kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Aylanma va ilgarilanma harakatni o‘zaro uzatish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Kundalik turmushda harakatlanuvchi transport vositalarining harakati kuzatilsa, ularning dvigateli bir xilda ishlab tursa-da, ular turlicha tezlikda harakatlanishi kuzatiladi. Avtomobil tekis yo‘lda katta tezlik bilan qiyalikka chiqishda, botqoqli joylarda sekin yuradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Aylanma va ilgarilanma harakatni o‘zaro uzatish»


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ

TA’LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI UCHO`RG`ON TUMANI 17-SONLI UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI FIZIKA FANI O`QITUVCHISI

TURSUNOVA MUAZZAM HABIBULLAYEVNA NING

BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI















Sana “ ”_____________________201___-yil.


MAVZU: 5-MAVZU. AYLANMA VA ILGARILANMA HARAKATNI O‘ZARO UZATISH

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:

Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

B1

Harakat turlarini farqlay oladi. Aylanma harakatni uzatish, gorizontal otilgan jism harakati, Galileyning nisbiylik prinsipi, inersial va noinersial sanoq sistemalari, jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati,jismlarning elastik va noelastik to‘qnashuvi, jismlarning muvozanat shartlarini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.B1+

Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog‘liqligini tushunadi va tahlil qila oladi.

Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:

B1

gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakatini, momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar,qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar chiqaradi.

B1+

Mavzuga doir tajribalarni o‘tkazish yo‘li bilan kattaliklarni aniqlay oladi va tahlil qila oladi.

Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olishkompetensiyasi:

B1

o‘quvchi jismlarning vertikal harakati, aylana bo‘ylab notekis harakat, gorizontal otilgan jismning harakati, dinamika va saqlanish qonunlarini hisoblashga doir masalalar yecha oladi, o‘quv-laboratoriya elektron tarozisi, spiral prujinalar, bloklar, qiya tekislik, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.


Darsning blok sxemasi:


Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,fizika “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, fizika“ darsligi. .

Namoyish tajribalari:

1. Vakuumda elektr toki.

2. Metall o‘tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligi.

3.Yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanilishi.

4. Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Tok manbai. Milliampermetr, mikroampermetr. Voltmetr. Qarshiliklar to‘plami. Vakumli diod. Diod. Triod. Tranzistor. Neon gazi bilan to‘ldirilgan lampa. Turli kuchlanishli tok manbalari. O‘tkazgichlar. Izolyatorlar. Termometr. Tok o‘tkazgichli moddalar. Kalit. Ulash simlari.

2.,,Mavzuga oid chizmalar

3.Doska, bo‘r, daftar.

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

I. Tashkiliy qism:

5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:

7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..

III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:

11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.

Yangi dars bayoni:

Kundalik turmushda harakatlanuvchi transport vositalarining harakati kuzatilsa, ularning dvigateli bir xilda ishlab tursa-da, ular turlicha tezlikda harakatlanishi kuzatiladi. Avtomobil tekis yo‘lda katta tezlik bilan qiyalikka chiqishda, botqoqli joylarda sekin yuradi. Xuddi shunday to‘qimachilikda, sanoatda ishlatiladigan dastgohlarda ham ularning turli qismlari turlicha tezlikda aylanayotganligini kuzatish mumkin. Kundalik turmushda ishlatiladigan tikuv mashunasida ham aylanma harakat va uni borib-keluvchi (ilgarilanma) harakatga aylantirib beruvchi mexanizmlar ishlatiladi

Friksion usulda harakatni uzatish. Aylanma harakatni friksion usulda uzatish uchun har xil diametrli ikki g‘ildirak bir-biriga kuch bilan siqib turiladi. Ulardan biri soat strelkasining yo‘nalishi bo‘yicha aylansa, ikkinchisi ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga kelib, soat strelkasining aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishida aylanadi (1.6-rasm). Friksion uzatish usulidan, uzatiladigan quvvat uncha katta bo‘lmagan hollardagina foydalaniladi. Bu harakatda g‘ildiraklar bir-biriga nisbatan sirpanmaydi, shu sababli gildiraklar gardishlarining chiziqli tezliklarining modullari son jihatdan o‘zaro teng bo‘ladi: 1 = 2 yoki

Harakatni tasmali uzatish. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ikkita g‘ildirak bir-biriga tarang tortilgan tasma bilan biriktiriladi (1.7-rasm). Bunda uzatish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi. Harakat uzatuvchi shkiv (g‘ildirak)ni yetaklovchi va harakatni qabul qiluvchi shkiv (g‘ildirak) yetaklanuvchi shkiv deyiladi. Tasmali uzatishda ham aylanayotgan g‘ildiraklarning chiziqli tezliklarining modullari o‘zaro teng: 1 = 2.Burchak tezliklari esa g‘ildiraklarning radiuslari orqali o‘zaro quyidagi muno sabatda bo‘ladi:

Harakatni tishli g‘ildiraklar orqali uzatish. Har xil diametri ikkita tishli g‘ildirakning tishlarini bir-biriga kiygizish orqali aylanma harakatni uzatish usuli tishli uzatish deb ataladi (1.8-rasm). Birinchi g‘ildirakdagi tishlar soni N1 bo‘lib, sekundiga ν1 marta aylansin, u bilan tishlashgan ikkinchi g‘ildirak esa N2 ta tishga ega bo‘lib, sekundiga ν2 marta aylansin. Tishlashish nuqtasida vaqt birligi ichida birinchi g‘ildirakning N1 · ν1 tishi o‘tganda, ikkinchisining N2 · ν2 tishi o‘tadi

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.


VI. Uyga vazifa:

O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: _____________


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Физика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 10 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Aylanma va ilgarilanma harakatni o‘zaro uzatish

Автор: TURSUNOVA MUAZZAM HABIBULLAYEVNA

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546776


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства