kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Yorug'lik hodisalariga doir masalalar yechish metodikasi" mavzusida malaka ishi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Yorug'lik hodisalari bo'limiga doir masalalar yechish metadikasi mavzusida malaka ishi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Yorug'lik hodisalariga doir masalalar yechish metodikasi" mavzusida malaka ishi»

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

S AMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI








DUVLAYEV KAMIL ABDURASHIDOVICH

6- sinf Fizika kursining Yorug’lik hodisalari bobiga doir masalalar yechish metodikasi.”

mavzusidagi


MALAKA ISHI


Yo‘nalish (guruh) Fizika fani o‘qituvchilari

Tinglovchining ish joyi Qo’shrabot tumani 2-maktab

Kafedra mudiri _____________

Imzo

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Xoliqov Q..

Imzo

Tinglovchi _____________ Duvlayev K.A.

Imzo

Samarqand – 2020-yil, mart

MUNDARIJA

Malaka ishi mazmunining bayoni

-bet

Ilovalar

-bet

Tinglovchining malaka oshirish davrida o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo‘yicha bajarilgan ishlari


-bet

Tinglovchining o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan yo‘l xaritasi

-bet

Taqdimot slaydlari

-bet




REJA

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

    1. Masalalar yechishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati.

    2. 6-sinf fizika kursining “Yorug’lik hodisalari” bobiga doir maslalar yechishda AKT hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish .

  3. XULOSA

  4. FOYDALANILGAN MANBALAR

  5. ILOVALAR

























  1. KIRISH

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim

poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

Fizikadan darslarni tashkil qilishda masalalar yechishni zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil qilish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasining PISA xalqaro baholash dasturida ishtirok etishi fizika fanini o’qitishning ilg’or xorijiy tajribalarini o’rganish, hamda fizika darslarida masalalarni yechishda innovatsion texnologiyalardan keng miqiyosda foydalanishni bugungi kunning dolzarb mavzusi sifatida maydonga chiqaradi.

Ushbu malaka ishida 6-sinf Fizika kursining “Yorug’lik hodisalari” bobiga doir masalalar yechish misolida Fizika faniga doir masalalrni tuzish va yechishga zamonaviy pedagogik texnologiyalarini joriy qilish usullari yoritiladi.


  1. ASOSIY QISM

    1. Masalalar yechishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati.

Hozirgi vaqtda butun dunyo miqiyosida fizika ta’limini takomillashtirish bo’yicha intensiv ishlar amalga oshirilmoqda: fizika o’qitishning maqsadlari, o’quv materiali mazmunini tanlash tamoyillari aniqlashtirilayapti, darsliklar va boshqa o’quv vositalarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, o’qitishning samarali shakllari va metodlari ishlab chiqilmoqda.

Shu bilan bog’liq ravishda maktabda fizika o’qitishning maqsadlari ham o’zgarmoqda. Tegishli axborotlarni egallashning kuchayishi esa o’quv materiallari strukturasini takomillashtirishni talab etmoqda. Bu esa o’quvchilarning fizikaning umumiy printsiplari va qonunlarini o’zlashtirish darajalariga va ularni nazariy fikrlash metodlari asosida egallashlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Ko’pgina mamlakatlarda fizika o’qitishga qo’yiladigan maqsadlar deyarli bir xil: o’quv fani bo’yicha ilmiy va texnik savodxonlik asoslarini shakllantirish; ijodiy qobiliyatlarnirivojlantirishni ta’minlash, ilmiy fikrlashni shakllantirish, turli manbalar (adabiyotlar, eksperimentlar va h.k) yordamida mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish.

PISA (Programme for International Student Assessment) O’quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturi 2015 yil tadqiqotlarining natijalariga e’tiborni qaratadigan bo’lsak undan quyidagicha saboqlar kelib chiqadi:

  1. Aksariyat o’quvchilar XXI asrda yashashga tayyor emaslar, ya’ni zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetentsiyalariga to’laqonli ega emaslar.

  2. Maktab ta’limi ko’p jihatdan bu kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltirilmagan.

  3. O’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini qaerda ishlatilishini bilishmaydi.

  4. Hali ham ko’p maktablarda eskicha usullarda ta’lim berilayapti, ya’ni tayyor bilimlar berilayapti. Aslida maktab o’quvchilarni “o’rganishga o’rgatishi” lozim, ya’ni mustaqil bilim olishga o’rgatishi kerak bo’ladi.

  5. Darsliklar va undagi o’quv topshiriqlari mazmuni ham bunday vazifani bajarishga mo’ljallanmagan.

Bu saboqlarni umumlashtiradigan bo’lsak, biz o’quvchilarni kundalik hayotda duch keladigan muammolarni maktabda olgan BKM lari hamda hayotiy tajribalaridan foydalangan holda hal eta olishlariga o’rgatishimiz kerak bo’ladi.

Xo’sh, buni fizika fani doirasida qanday amalga oshirsh mumkin? Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga e’tibor beradigan bo’lsak, ular asosiy e’tiborni fizikani hayotiy vaziyatlardan kelib chiqqan holda o’rgatishga e’tibor qaratishadi. Demak fizikani o’rgatishda ko’proq masalalarga, masala bo’lganda ham hayotij jarayonlar aks etgan masalalrga, e’tibor qaratishimiz lozim. Masalan PISA topshiriqlari.

Darsliklarda berilayotgan masalalarga e’tibor qaratadigan bo’lsak ko’pchilik masalalarning shartini o’quvchilar tushunishga qiynalishadi, sababi masalining berilishi o’quvchida hech qanday qiziqish uyg’otmaydi, o’quvchi bu masalani yechishni o’rganish uning ertangi hayotida qanday vaziyatlarda asqotishini tushunib yetmaydi. Natijada o’quvchi bu masalani o’zi uchun keraksiz deb hisoblaydi.

O’quvchilarni masala yechishga qanday qiziqtirsa bo’ladi?

O’quvchiga masalani hayotda yuz beradigan biror vaziyat tarzida taqdim qilish kerak bo’ladi.

Buni qanday amalga oshir kerak?

Masala shartini tuzish va yechish jarayoniga AKT hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish orqali.

Qanday texnologiyalarni qo’llagan ma’qul?

Bu o’qituvchining ijodkorligiga, o’rganilayotgan mavzuga bo’gliq. O’qituvchidan ko’proq izlanishi, o’z ustida ishlashni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib ma’lumot to’plash, uni qayta ishlash hamda o’quvchi uchun tushunarli va qiziqarli shaklda bayon qila olishlikni talab etadi.

    1. 6-sinf fizika kursi “Yorug’lik hodisalari” bobiga doir maslalar yechishda AKT hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish .

6-sinf fizika kursi “Yorug’lik hodisalari” bobiga doir masalalar tayyorlash va yechisda Power Point dasturi imkoniyatlaridan samarali foydalanish mumkin. Bu dastirning animatsion imkoniyatlari yordamida yo’rug’lik nurining harakati, qaytishi va sinishini o’quvchilarga sodda va tushunarli holda ko’rsatib berish mumkin. Masalan darslikning 145- betidagi 10- mashqning 1-masalasini ko’raylik. Masalaning berilishi quyidagicha: Buyum botiq ko‘zgudan 2F masofada joylashgan hol uchun tasvir yasang.

Bu masala grafik usulda yechiladi. Botiq linzaga bosh optik o’qqa parallel tushayotgan nurlarning linzadan qatishini va tasvirning hosil bo’lishini Power Point dasturi animatsiyasi yordamida juda jonli va tushunarli holda aks etdirish mumkin.

Animatsiyali taqdimot ilova qilinadi. (1- ilova).

Xuddi shu kabi darslikning 145- betidagi 10- mashqning 3-masalaning yechilishini ham tushunarli tarzda animatsion namoyish qilish mumkin. Masalaning berilishi quyidagicha: Yassi ko‘zguga nur α burchak ostida tushmoqda. Agar ko‘zguni β burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi? (Javobi:2β .)

6-sinf fizika kursi “Yorug’lik hodisalari” bobiga doir masalalar yechisda AKT hamda “Keys-stady” texnologiyasini qo’llash orqali o’quvchilarning darslarda olgan bilim, ko’nikma va malakalarini real hayotiy vaziyatlarda to’g’ri talqin qila olishi va masalini yechishda ularni samarali qo’llay olishiga zamin yaratadi. Bu texnologiyani qo’llash orqali o’quvchilarning masala shartlarini hayotdagi aniq bir vaziyatda tasvvur qilishlariga, masalani yechishda nafaqat darslarda olgan bilimlarini, balki hayotiy tajribalarini ham umumlashtirishiga erishiladi.

Misol sifatida darslikning 145- betidagi 10- mashqning 8-masalasini ko’raylik. Masalaning berilishi quyidagicha: Avtomobil ichida orqani ko‘radigan oyna sifatida qaysi turdagi ko‘zgudan foydalangan ma’qul? Javobingizni asoslang.

Aynan shu masalani “keys” tarzida boshqacharoq berish ham mumkin.

G’aroyib mashina

Ma’lumot: Avtomobillarning old oynasining tepa qismiga haydovchi tomonga qaratib ko’zgu o’rnatiladi (Rasmda qizil chiziq bilan belgilab ko’rsatilgan).Bu ko’zgu - “orqani ko’rsatuvchi ko’zgu” deb nomlanadi. Bunday ko’zgular barcha avtomobillarga o’rnatilishi shart qilib belgilab qo’yilgan.

Keys: Salohiddinlarning oilasi Samarqanddagi tarixiy obidalarni ko’rish uchun avtomobilda turistik sayohatga chiqdi. Salohiddin “orqani ko’rsatish ko’zgusi”ga qarab ketardi.


1-Savol: ”Orqani ko’rsatuvchi ko’zgu” sifatida qanday ko’zgudan foydalangan ma’qul?

A)Qavariq ko’zgudan B)Yassi ko’zgudan C)Botiq ko’zgudan D)Qoraytirilgan ko’zgudan.


Orqa o’rindiqqa joylashib olgan Salohiddin to’satdan hayajon bilan “orqani ko’rsatuvchi ko’zgu”ni ko’rsatib dedi: “Iye, qaranglar orqadan haydovchisi o’ng tomonda joylashgan g’aroyib mashina kelayapdi”. “Sen adashaypsan, ko’zguga emas orqaga qargin.” – dedi avtomobilni boshqarib ketayotgan otasi Kamol aka pinagini buzmay.

2-Savol: Salohiddin nimada adashdi, otasi unga nega orqaga qarashni maslahat berdi?

3-Savol: Salohiddin orqaga o’girilib qarab quyida keltirilgan qaysi rasmdagi holatni ko’rgan?

1-rasm 2-rasm



Yana bir misol sifatida darslikning “Yassi ko’zgu” mavzusiga kiritilgan sferik ko’zgularga doir masalalar yechishda qo’lash mumkin bo’lgan “Quyosh oshxonasi” topshirig’ini taklif qilaman.

Quyosh oshxonasi.

Ma’lumot. Hozirgi davrda atrof muhitga zarar yetkazmaydigan ekologik sof qurilmalarni yaratish borasida ko’plab izlanishlar olib borilmoqda va yaratilmoqda. Shunday oddiy qurilmalardan biri “Quyosh oshxonasi”dir. Quyosh oshxonasining qanday ishlashi va tashqi ko’rinishi quyidagi rasmlarda ko’rsatilgan.

Ko’rinib turganidek Quyosh oshxonasining asosi sferik ko’zgudan iborat. Quyosh nurlari sferik ko’zgudan qaytib uning fokus nugtasida yig’iladi. Agar shu niqtaga biror jism qo’yilsa, bu jism kuchli qiziydi.

Keys: Ravshan uyi chordog’ini tartibga keltirayotib ishlatilmay yotgan yarim sferik sahakldagi suniy yo’ldosh antennasini topib oldi. U do’sti Farxod bilan Quyosh oshxonasi yasamoqchi bo’ldi. Birgalikda o’lchash va hisoblash ishlaridan so’ng antennaning egrilik radiusi 2m ekanligini aniqladilar. Shundan so’ng antennaning ichki yuzasini yaltiroq qog’oz bilan qopladilar.

1-Savol: Yarim saferik shakldagi antennaning egrilik radiusini qanday aniqlasa bo’ladi?

2-Savol: Ikki do’st antennaning ichki yuzasini yaltiroq qog’oz bilan nima maqsadda qopladilar?

Shundan so’ng choy qaynatish uchun qo’yiladigan choynakni qayerga joylashtirish haqida o’ylab qolishdi.

3-Savol: Ularga bu muammoni yechishda yordam bering. “Quyosh qozoni”ning egrilik radiusi 2m ekanligi ma’lum. Choynakni “Quyosh qozoni” markazidan qanday masofaga joylashtirish kerakligini hisoblab toping?

Bu “keys”da uchta savol qoyilgan bo’lib, o’quvchilar birinchi savol matematik mazmunda bo’lib sfera egrilik radiusini (aylana radiusini) aniqlash talab qilinadi, ikkinchi savolga javob topishda sifatga doir masalani hal qilishsa, uchinchi savolda hisoblashga doir masalani yechishlari talab qilinadi. Bundan tashqari bu “keys”ni o’rganish jarayonida o’quvchilar ekologik muammolar va bu muammolarni hal qilish borasidagi haraktlar haqida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladilar. Eng asosiysi o’zlarini ekologik muammoni hal qilishda ishtirok etgandek his qilishadi.

Bundan tashqari masalalar yechishda fanlararo bog’lanishga (STEAM yondashuv) ham e’tibor qaratgan holda “Muammoli vaziyat” usulidan ham foydalanish mumkin.

Masala.
Doktorlar bemorning qulog’i yoki og’zini ko’rayotganda botiq ko’zgu shaklidagi o’rtasi teshik asbobdan foydalanadilar. Bu asbob doktorlarga nimaga kerak?

Javob:Quloq yoki oqiz boshligi ichiga yorug’lik kam tushadi. Bu asbob botiq kozgu shaklida bolganligi uchun yoruglik nurini qaytaradi va qaralayotgan joyga yonaltiradi. Kozgu ichidagi teshikdan doktor kasallangan joyga qaraydi.


Tibbiy ko’rik
Shanks Emilya Yakovlevna (1880–1900)




Shanks Emilya Yakovlevna (01.08.1857–13.01.1936) – anglo-rus rassomi, asarlari vistavkaga qo’yilgan birinchi ayol-rassom.



III.XULOSA

Ushbu malaka ishida 6-sinf fizika kursi “Yorug’lik hodisalari” bobiga doir masalalarni yechish misolida umumta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda AKT hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash usullarini o’z tajribam, hamda malaka oshirish kursida olgan bilimlarim asosida yoritishga harakat qildim.

Umumta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda AKT hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, darslarda olgan bilim, ko’nikma va malakalarini real hayotiy vaziyatlarda to’g’ri talqin qila olishi va kelgusi hayotida ularni samarali qo’llay olishiga zamin yaratiladi. O’quvchilar AKT dan foydalanish, o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni turli resurslardan qidirib topish, saralash, tahlil qilish, umulashtirish va xulosa chiqarish malakalariga ega bo’ladilar.

















IV.Foydalanilgan manbalar.

  1. N. SH. Turdiyev. Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun Fizika darsligi (Qayta ishlangan uchinchi nashri). «Niso Poligraf» nashriyoti 2013, 2017.

  2. V. S. Volkenshteyn. Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami. Toshkent. O’qituvchi. 1969 y.

  3. L. V. Golish, D. M. Fayzullaeva Pedagogik texnologiyalarni loyhalashtirish va rejalashtirish. Toshkent. TDIU . 2010y.

  4. www.online-maktab.uz, www.uchportal.ru , www.infourok.ru internet resurslari.




















GLOSSARY

Inglizcha

O’zbekcha

light

yorug’lik

antenna

antenna

sphere

sfera

mirror

ko’zgu

spherical mirror

sferik ko’zgu

problem

muammo

sun

quyosh

dinning-room

oshxona

device

qurilma

focus

fokus

distance

masofa

amazing

g’aroyib

machine

mashina

question

savol

problem-solving situation

muammoli vaziyat

sick

bemor

doctor

doktor

flat mirror

yassi ko’zgu

corner

burchak






























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Физика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
"Yorug'lik hodisalariga doir masalalar yechish metodikasi" mavzusida malaka ishi

Автор: Duvlayev Kamil Abdurashidovich

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546214


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства