kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ижтимоий ҳамкорлик мавзусида очиқ дарсишланмаси

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ижтимоий ҳамкорлик мавзусида очиқ дарсишланмаси

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ижтимоий ҳамкорлик мавзусида очиқ дарсишланмаси»

O’qituvchi: Barno Kaddirova Sana: ________________________ Sinf: 8

Fan: “ Milliy Istiqlol G’oyasi ”

Mavzu: Ijtimoiy hamkorlik

Darsning maqsadi:

  • Ta’limiy maqsad: O’quvchlarga Milliy g’oya, milliy mafkura. G’oyalarning xususiyatlari, ijtimoiy va siyosiy g’oyalar, bunyodkor va vayronkor g’oyalar, g’oyalarning turlari haqida ma’lumot berishh.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi yoshlarni kelajak uchun poydevor bo’ladigan milliy g’urur, milliy mafkura, Vatanparvarlik va komil inson g’oyalari asosida tarbiyalash.

  • Mafkuraviy maqsad: Ozod va obod vatan erkin va farovon hayod pirovard maqsadimiz

  • Dars usuli: Og’zaki

  • Dars uslubi: Savol javob, baxs munozara

  • Dars jixozi: Darslik, I.Karimov „Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch“ S.Inoyatov „Milliy istiqlol g’oyasi“ qo’llanma U.O’tamurodov „Ma‘lumotnoma“

Good morning boys abd girls! I’m glad to see you!

How are you today? Ok!

Let’s start our lesson! Who is on duty today?

Now tell me please, What date and day is it today?

Dars tashkil etilgach, sinf tozaligi, o’quvchilar maktab formasi, tartib intizom, o’quvchilar davomati va darsliklar yuritilishi haqida qisqacha suxbat olib boriladi.

Darsni boshlashdan oldin, „Bugun Yurtimizda“ mavzusida qiziqarli suhbat tashkil qilinadi.

O’quvchilar diqqatini jamlash va o’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun, o’tilgan mavzular yuzasidan qisqacha savol javob o’tkaziladi.

O’quvchilar bilan birgalikda mamlakatimizda olib borilayotgan fan, ta’lim tarbiya, texnika texnalogiya, madaniy va ma’rifiy sohalardagi isloxatlar haqida davra suxbati tashkil etiladi. Bugungi kunning yoshlari qanday va qanaqa saloxiyatga ega bo’lishi haqida fikirlar almashinadi.

DARSNING BAYONI:

Reja:

  1. Ijtimoiy hamkorlik, uning mohiyati va mazmuni.

2.Mamlaktimizda bu g’oyani amalga oshirishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ahamiyati.

3.Yosh avlodda Milliy g‘oyaga sodiqlik xislatlarini shakllantirish vazifalari.


KLASTER USULI

Mushtaraklik

Umummilliy maqsad



IJTIMOIY HAMKORLIK





Birlashish

Bahamjihatlik



Ahillik



E’tibor bergan bo‘lsangiz, bizni o‘rab turgan dunyo har jihatdan xilma-xil va rang-barang. Har joyning o‘ziga xos tabiati va iqlimi bor. Xuddi shuningdek, odamlar va xalqlar ham rang-barang va xilma-xil. Jahonda har xil toifa, millat va elatga, din va mazhabga mansub odamlar yashaydi. Hatto bir millat yoki bir xalqqa mansub odamlar ham dunyoqarashi, e’tiqodi, insoniy xususiyatlari va manfaatlari nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi.

Bizning mamlakatimizda ham turli toifa, millat va elat, din vakillari istiqomat qiladi. Har bir toifa, har bir guruhning o‘ziga xos maqsad-muddaosi, manfaatlari, ishonch-e’tiqodi bor. Shuningdek, ana shu turli qatlamdagi odamlarni yagona bir mamlakat xalqi, yagona bir jamiyat a’zolari sifatida birlashtirib turadigan umummilliy maqsad-muddaolar, manfaatlar ham mavjud bo‘lib, ular, millati, tili, dini va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklar uchun yagona Vatan bo‘lgan, ularni voyaga yetkazgan, orzu-istaklariga qanot bergan, ota-bobolarining. xoki yotgan mana shu muqaddas yurtning ravnaq topishi, tinchligi va osoyishtaligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hamkorlik har qanday jamiyat uchun hayotiy zarurat hisoblanadi. Chunki shunday hamkorlik bo‘lmasa, yurtda tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik, fotuvlik bo‘lmaydi. Bunday qadriyatlar barqaror bo‘lmagan mamlakat esa hech qachon taraqqiy etmaydi.

Ijtimoiy hamkorlikning ziddi – o‘zaro ixtilof, qarama-qarshilik, nizo va adovatdir. Bunday salbiy holatlar hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki ijtimoiy hamkorlik bo‘lmagan joyda boshboshdoqlik, tartibsizlik, janjal-to‘polon hukmronlik qiladi. Bir kun janjal chiqqan joydan esa, avvalgi darslarimizdan birida ta’kidlanganidek, qirq kun fayz-baraka ko‘tariladi. Bunga tarixdan ham, bugungi kunimizdan ham ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, sohibqiron Amir Temur vafotidan so‘ng temuriy shahzodalar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik, ahillik bo‘lmagani uchun tilkan saltanat turli xonliklarga bo‘linib ketdi. Buning oqibatida yurtda tinchlik buzildi, o‘zaro kurashlar avj oldi, turmush izdan chiqdi.

Mintaqamizdagi, jahondagi ayrim mamlakatlarda yuz berayotgan o‘zaro nizo va adovatlar ijtimoiy hamkorliksiz tinch-osuda hayotga, milliy taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Turli toifa, millat va elat vakillari o‘rtasida birdamlik, hamjihatlikning yo‘qligi bois dunyoning ba’zi o‘lkalarida notinchlik, urush va janjallar avj olmoqda, qanchadan-qancha begunoh odamlar qurbon bo‘lib, aholining hayot darajasi keskin pasayib bormoqda.

Ijtimoiy hamkorlik mustahkamlangan joyda qanday yuksak rivojlanishga erishish mumkinligini Yaponiya jamiyati misolida ko‘rish mumkin. Bu mamlakat fuqarolari, tili, dini, millati va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, Yaponiyaning umumiy manfaatlari yo‘lida birlashadi, o‘zlarini yagona xalq vakillari deb biladi. Jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi har qanday muammo birgalikda, hamkorlik asosida, mamlakat xalqining umumiy manfaatlari foydasiga hal etiladi. Buni Ikkinchi jahon urushidan keyin yapon xalqining yanada birlashib, juda qoloq ahvolga tushib qolgan mamlakatni dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqqani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

FSMU jadvali.


F

S

M

U






Fikr

Sabab

Misol

Umumlashtirish

Dars davomida o’quvchilar egallagan bilimlari bo’yicha ushbu jadvalni to’ldiradi.

Tayanch tushunchalari

Ijtimoiy hamkorlik, Milliy g‘oya,Komil inson, barkamol avlod, Bunyodkor xalq, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,

Uyga berilgan vazifa:

  • O’tilgan mavzularni mustaxkamlash.

  • Mavzu yuzasidan savollarga javob (yozma va og’zaki)

Bilim qaytarish va takrorlash bilan bunyod bo’ladi„

Abu Rayxon Beruniy

Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz“

Islom Karimov


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Естествознание

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Ижтимоий ҳамкорлик мавзусида очиқ дарсишланмаси

Автор: КАДДИРОВА БАРНО ХУДОЙКУЛОВНА

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545149


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства