Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Мотивы и функции предпринимателей»
Мотивы и функции предпринимателей
TADBIRKORLIKDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISH MOTIVI
Тешаева Дилрабо Гафуровна
Средняя школа №43 Гиждуванского района Бухарской области, Узбекистан
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davr jamiat a’zolari oldiga bir
qator talablarni va bajarilishi zarur bo`lgan vazifalarni qo`ymoqda. O`zini va oilasini iqtisodiy ta’minlash hozirgi kun kishisining asosiy maqsadi va
vazifasiga aylanib bormoqda. Olgan daromadidan samarali foydalanish va uni yanada ko`paytirib borish barcha uchun birday zarurdir. Buning uchun bir
qator qonuniyat va tavsiyalarga amal qilib ishtiyoq va qat`iyat bilan mehnat
qilish zarur. Afsuski, dunyoda 80 foiz insonlar tadbirkorlik bilan o`ziga xos qobilyatga va ko`p mablag`ga ega insonlar shug`ullanib muvaffaqiyatga
erishadilar deb hisoblashadi, va aynan, shu fikr ularga kelgusidagi muvaffaqiyatlarga nisbatan juda katta psixologik to`siq bo`lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik fazilatlari, eng avvalo, shaxsdagi tadbirkorlik faoliyatining
o`zaro mutanosibligiga bog`liq bo`lib, muvaffaqiyatga erishish va mag`lubiyatdan qochish motivatsiyalarining vujudga kelishi, mazmuni, tavakkalchilikka tayyorlik darajalarining bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularning barchasi shaxsda tadbirkorlik faoliyati yaxlit faollik sifatida namoyon bo`ladi. Xuddi shu sababdan ularni alohida-alohida o`rganish mumkin emas, chunki ularda motivatsion, emotsional-irodaviy, baholash, nazorat aspektlari uyg`unlashgan bo`lib, o`zaro uzviy bog`liqlikda hukm suradi.
Tadbirkorlik motivatsiyasi, shaxsni faoliyatga undovchi muhim
psixologik mexanizm bo`lib, uning samarasi va mazmun-mohiyati shaxsdagi ehtiyojlar tizimi, tavakkalchilik darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy tasavvurlarga, yosh, individual va oilaviy muhitga bog`liq [2.33-35].
Tadbirkorlik bilan shug`ullanish nisbatan motivatsiya, mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega bo`lib, u shaxsning jamiyatdagi axloqiy normalar va qadriyatlarga
munosabati hamda ma`naviy dunyoqarashiga bevosita bog`liq tarzda namoyon bo`ladi.
Hozirgi kunda tadbirkorga odamlar bilan to`g`ri va o`rinli muomila qilish
mahorati juda zarur. Bu xususiyatlarga, avvalo, ko`pchilik fikrini muvofiqlashtira olish, begonalarga nisbatan sabr-toqatli bo`lish, ba`zan oqimga qarshi bora olish, ya`ni agar manfaat talab qilsa, oxirigacha o`z nuqta’i nazarini va qiziqishlarini himoya qila olish, turli toifa, jins va yosh xususiyatli insonlar bilan gaplasha olish va o`z fikrini tushuntira olish kabi qator ko’nikmalar kerak. Tadbirkorlarga
o`ziga xos irodaviy sifatlardan, dastavval, tavakkal qila olish qobiliyati, o`z harakatlari, istaklari va ehtiyojlarini nazorat qila olish, kurashish, g`alaba qilish ishtiyoqi, o`z “Meni”ning fazilatlarini ko`rsatish orqali, ko`pchilikning e`tiboriga sazovor bo`lish, qat`iyat, talabchanlik, intiluvchanlik, qo`rqmaslik, dadillik kabi qator fazilatlar zarur.
O`zini omadli, ishbilarmon insonlar qatoriga qo`shish, taniqli ishbilarmon, muvaffaqiyatga erishgan insonlarning avtobiografiyalari bilan tanishib borish, ulardek bo`lishga intilish yaxshi natijalarga olib boradi. Zero, taniqli
amerikalik iqtisodchi olim Charlz Kette aytganidek; “Yuqori natijalar doimo yuqori umidlar tufayli qo`lga kiritiladi” [3.24-25].
Tadbirkorlik faoliyatida yutuqlar osonlikcha qo`lga kiritilmaydi. Buning uchun qat`iyat, hech qachon ortga chekinmaslik kerak. Uzoq yillar davomida to`plangan tajriba esa insonning muvaffaqiyyatiga asos bo`ladi. Nemis
iqtisodchi olimi Xerold S Geninning aytishicha, iqtisod olamida har kimga
ikkita tanga taqdim etiladi. biri mablag` olish uchun, biri tajriba to`plash uchun. Sen tajribani xarid qil, mablag` esa o`zi keladi. Tajriba insonning ijtimoiy hayotdagi siyosiy, iqtisodiy va boshqa ko`plab sohalardagi faol
ishtiroki va munosabati davomida to`planib boradi [1.90-95].
Juda qattiq qiziqqan sohasida ishlayotgan, lekin hali muvaffaqiyat o`rniga bir necha marta omadsizlikka uchragan insonlar bu sohada qobilyatim yo`q deb emas, balki tajribalari kamlik qilganligini tushunishlari kerak.
Tadbirkorlik qilish niyatida bo`lgan har bir inson o`zi uchun boshlang`ich jamg`arma tashkil etishi unda tadbirkorlik motivini uyg`otadi. O`zidagi
mablag`ni tejab ishlatish, keraksiz sarf-harajat qilmaslik va jamg`armani yana ham ko`paytirib borish, katta iqtisodiy rejalarni tuzish, albatta yaxshi natija
beradi.
Jamg`armaning bo`lishi insonga katta kuch, o`ziga nisbatan hayotda to`la ishonch bag`ishlaydi. O’ziga ishongan optimist inson munosabatlarda faol, tashkilotchi, kreativ shaxsga aylanadi. Xattoki, ba’zi insonlarda jamg`rmaning bo`lishi hayotidagi og`ir tushkunlik paytlarida o`ziga xos dalda vazifasini ham o`taydi. Hayotida yuz bergan muammoga boshqa tomondan yondoshishga, uzoq o`ylab muammoga to`g`ri yechim topishga odatlantiradi [4.25-26].
O`zbek oilalarida farzand tarbiyasi va moliyaviy ta`minoti ota-onaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaga jiddiy qaragan ota-onalar esa hali farzandlari tug`ilmaslaridan bu haqida bosh qotirishlari zarur. Buning
uchun er-xotin kelishgan holda o`z mablag`laridan har oyda qanchadir foizini bankka qo`yib borishsa, bu ularga kelgusida kelib chiqishi mumkin bo`lgan muammolarni hal etishda, ya’ni farzandlari ulg`ayib ularning ehtiyojlari
kattaygan paytda iqtisodiy ta`minlashda qo`l keladi. Farzandlarni iqtisodiy tanqislik tufayli kelib chiqadigan psixik zo`riqishdan xalos etib, qobilyat va imkoniyatlarini to`la namoyon bo`lishiga, sog`lom va jamiatga manfaatli
shaxs bo`lib yetishuviga asos bo`ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik motivatsiyasi shaxsni faoliyatga undovchi muhim psixologik mexanizm bo`lib, uning shakllanishi oilaviy muhit bilan chambarchas bogliq. Ota - onalar bolalarni tejamkorlikka, sarf - harajatlarni to`gri re’jalashtirishga, o`zida mavjud bo`lgan
imkoniyatlardan samarali foydalana olishga o`rgatishlari kerak. Oila a’zolari o`zlarining iqtisodiy bilim va tajribalari bilan unga namuna sifatida ta’sir
etganda, bolada iqtisodiy bilimlar kengaya boradi va kelajakda tadbirkorlik
bilan shug`ullanish uchun qator g’oyalarni shakllantiradi.
ADABIYOT
1. Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T. O`zbekiston, 1998. B. 90-95.
2. Hayitov O.E. Ta’lim menejmenti. T. Sharq. 2008. B. 33-35.
3. Hayitov O.E. // Iqtisodiyot va ta’lim. – T.Sharq 2001. B. 24-25.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muhitdinova U.S. O`quv