kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : МАЛЫЙ БИЗНЕС И ЧАСТНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕЛА

Нажмите, чтобы узнать подробности

Главной  целью  экономических  реформ  в  Узбекистане   является построение   сильного   демократического    правового   государства    и гражданского общества  с устойчивой  социально ориентированной  рыночной экономикой,  открытой   внешней  политикой.   В  республике   твердо   и последовательно осуществляются рыночные преобразования.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : МАЛЫЙ БИЗНЕС И ЧАСТНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕЛА»


KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK AHAMIYAT1

МАЛЫЙ БИЗНЕС И ЧАСТНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО
                              СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕЛА

Тешаева Дилрабо Гафуровна

Средняя школа №43 Гиждуванского района Бухарской области, Узбекистан

Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud

muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o'rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o'sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e'tiborga olish lozim: [1.49-50].

Bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi,

kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularni to'laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko'tarish, farovonligini oshirishni ta'minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi ro’li ortib boradi. Tadbirkorlarning ma'lum qismi oyoqqa turib, yanada rivojlanishi oqibatida ular mulkdorlarga aylanadilar. Bu esa jamiyatda yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod - tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbayi hisoblanadi.

Tadbirkorlik inson qobiliyatini ro'yobga chiqarishga yaxshi imkoniyatlar

yaratadi va uni rag'batlantiradi. Shunday qilib, tadbirkorlik insonlarning o'zini o'zi anglashiga ko'maklashadi, dunyoqarashini kengaytiradi, o'zgartiradi, va natijada, jamiyatning ijtimoiy-madaniy darajasining o'sishiga olib keladi.

Tadbirkorlar qishloqlarda, mahallalarda ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat ko'rsatish korxonalari barpo etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirib, qishloqlar, mahallalar qiyofasini o'zgartirib yuboradilar. Bundan tashqari, tadbirkorlik ijtimoiy sohaga keng kirib bormoqda: [3.70-73].

- xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda bolalar bog'chalari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va ularga xizmatlar ko'rsatish, sog'liqni saqlash va sog'lomlashtirish, o'quv va

boshqa ijtimoiy soha muassasalari tashkil etish va ularni rivojlantirish, uy- joylar qurish va ularni ta'mirlash, aholini ichimlik suvi va gaz bilan

ta'minlash ishlari bilan bevosita shug'ullanib. ijtimoiy muammolarni yechishga katta hissa qo'shadi. Tadbirkorlik sub`yektlari xayriya ishlarida

ham faol qatnashib, ijtimoiy soha muassasalari, nogironlar, kam

ta'minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam

ko'rsatishda ham muhim o'rin egallaydi.

Tadbirkorlik sub`yektlari mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yaratib,

mamlakat ichki bozorini to’ldiradilar. Natijada, bozorda taklif miqdor, sifat, assortiment jihatidan yaxshilanadi, xaridorlar uchun tanlash va talabni qondirish imkoniyatlari kengayadi. Bu borada tadbirkorlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirish, narxlarni barqarorlashtirish, bozorda muvozanat o'rnatish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to'laroq qondirishga xizmat qiladi. Shuning bilan birga tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ko'tarish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim ro’l o'ynaydi.

Mamlakatda importni qisqartirish va eksportni kengaytirishda tadbirkorlik sub`yektlarining ro’li ortib bormoqda. Ular bir tomondan, import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarib, valutaning tashqariga chiqib ketishini qisqartirish va mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, ikkinchi tomondan

esa, eksportbop mahsulotlar chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib, mamlakat eksport salohiyatini ko'tarish va valuta tushumlarini oshirishda ham salmoqli o'rin egallaydilar.

Xususiy tadbirkorlik sub`yektlari, fermer xo'jaliklari davlat buyurtmasini bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma'lumki, O'zbekistonda davlat buyurtmasi bo'yicha paxta va g'alla yetishtirishda fermer xo'jaliklari yetakchilik qiladilar [4.32-34]. Bundan tashqari, kichik va o'rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to'ldiradilar [3.80-82] .

Yirik korxonalar ommaviy mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqarishga moslashganliklari tufayli asosiy mahsulotning ayrim detallari, ehtiyot qismlari, boshqa qo'shimcha narsalarni kichik seriyalarda ishlab chiqarish ular uchun ortiqcha tashvish hisoblanadi. Yirik korxonalar uchun shunday narsalarni o'zlari ishlab chiqargandan ko'ra, ularni boshqa korxonalardan olgan ma'qul. Shu boisdan ular o'zlarining ishlab chiqarishlari uchun kerakli ayrim narsalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni, asosan, kichik va o'rta korxonalarga topshiradilar. Bu borada O'zbekistonda rivojlangan va qo'llab-quvvatlanayotgan kasanachilik ham muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun kichik va o'rta korxonalar yirik korxonalar va umuman, iqtisodiyot tarmoqlarini o'zaro bog'lab, butun iqtisodiyotni yaxlit bir tizim darajasiga ko'tarishda katta ahamiyat kasb etadilar. Kichik, o'rta, xususiy tadbirkorlik sub`yektlarining ana shu vazifasi e'tiborga olinib, respublikada mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirishda ularga keng o'rin berilgan. Tadbirkorlikning yaratuvchilik vazifasi ham jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi. Uning bu vazifasi yangi qiymat va yangi bozorlar yaratish, yangi qiyofadagi inson-tadbirkorlar, mulkdorlarni shallantirishda namoyon bo'ladi. Tadbirkorlar mamlakatda milliy mahsulot yaratadilar va milliy boylikni ko'paytiradilar. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning qariyb yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ко'prog'i kichik biznesga to'g'ri keladi. O'zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda

kichik va o'rta tadbirkorlik sub`yektlarining hissasi hozirgi kunda foizdan oshdi va u yildan-yilga o'sib bormoqda [2.48-50].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik ishlab chiqarishni

qayta qurish, ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmetlari)ni yangicha uyg'unlikda birlashtirish va tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko'tarishga katta hissa qo'shadi. Bu esa ishlab chiqarishni amalga oshirish va rivojlantirish uchun yangi, qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularni ro'yobga chiqarish esa mavjud quvvatlarning unumdorligini oshirishni, qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o'sishini ta'minlaydi.


Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbayi bo'lib xizmat qiladi. Davlat budjeti tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to'g'ri keladi.

ADABIYOT

1. Karimov I.A. O’zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida T.:

O’zbekiston. 2005. B. 49-50.

2. Asobirov M. O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. T.:

Fan. 2004. B. 48-50.

3. Qosimova M.S., Xodiev B.Yu., Samadov A.N., Muhitdinova U.S. Kichik

biznesni boshqarish. O’quv qo’llanma. T.: O’qituvchi. 2003. B.

4 . Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy Psixologiya. O`zbekiston

faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. T.: 2015. B.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Экономика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Тешаева Дилрабо Гафуровна

Дата: 24.05.2019

Номер свидетельства: 512040


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства