Просмотр содержимого документа
«Иқтисодий тизимлар»
Sana : 26.09.2019yil Sinf: 8,-,A’’ Fan: Iqtisodiy bilim asoslari
Mavzu: Iqtisodiy tizimlar
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga iqtisodiyotning uch asosiy savoli.Iqtisodiy tizim. Iqtisodiy tizim turlari. An’anaviy iqtisodiyot, markazlashgan rejali iqtisodiyor, bozor iqtisodiyoti, aralash iqtisodiyotga doir bilim malaka va ko’nikmalarni shakillantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikirlash qobilyarlarini o’stirish, iqtisodiy bilim va tafakkurlarini oshirish.Iqtisodiy dunyoqarashni shakillantirish.
DTS talablari asosida ta’lim va tarbiya berish
O`quvchilar egallashi kerak bo`lgan fanga oid kompetensiyalar:
FK1: Iqtisodiy savodxonlik kompetensiyasi:asosiy iqtisodiy tushunchlarning mazmun va mohiyatini zarur vaziyatlarda bayon qilib bera oladi, iqtisodiyotga oid atamalarni hayotiy va ta`limiy vaziyatlarda o`z o`rnida og`zaki yoki yozma nutqda qo`llay oladi, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni shaxs va jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan tahlil qila oladi, bozor iqtisodiyotining amal qilish qonunlarini tushuntira oladi, odatiy va noodatiy hayotiy va ta`limiy vaziyatlarda vujudga kelishi mumkin bo`lgan muammolarga maqbul yechim topa oladi, asosiy milliy va xalqaro darajadagi iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlil qilishda modellar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, iqtisodiy xaritalar kabi iqtisodiy tahlil vositalaridan o`rinli foydalana oladi, iqtisodiy ta`limga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan bog`lay oladi.
FK2: Iqtisodiy madaniyatga ega bo`lish kompetensiyasi: o`z ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarga maqbul ravishda egalik qiladi, ulardan samarali foydalanadi va tasarruf eta oladi, ijtimoiy ne`matlarga tejamkor va oqilona munosabatda bo`ladi, iqtisodiy faoliyati jarayonida ekologiya va atrof muhit muhofazasiga ustuvor munosabatda bo`ladi, shaxsiy iqtisodiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg`unlikda ro`yobga chiqarish usul va vositalarini biladi, mavjud iqtisodiy va ta`limiy vaziyatlarni to`g`ri baholay oladi, eng maqbul yechim topa biladi, iqtisodiy munosabatlarga amaldagi qonunchilik doirasida kirisha oladi.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya:TK1: o`zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, o`z pozitsiyasini himoya qila olish, tadbirkorlikka oid atamalarni mazmunini bilish va formulalarini tushuntira olish.
Axborortlar bilan ishlash kompetensiyasi:TK2: mavjud axborot manbalaridan iqtisodiyotga oid ma`lumotlarni topa olish, statistik ma`lumotlar asosida iqtisodiy grafiklar diagrammalar, jadvallar, chizmalarni tayyorlay olish, taovarning shtrix kodini o`qiy olish.
O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi:TK3: halollik, to`g`rilik, tejamkorlik kabi sifatlarga ega bo`lish, kognitiv ko`nikmallarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda oshirib borish, o`z hatti harakatlarini muqobil baholash va mustaqil iqtisodiy qaror qabul qila olish ko`nikmallarini egallashni nazarda tuta olish.
Darsning turi: yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi:,Bahs-munoza, aqliy hujum, muammo texnologiyasi, “Loto” o’yini, “Atamalar” o`yini
Dars jihozlari: darslik, tadbirkorlik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar
jamlanmasi.
DARS REJASI
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2 O‘tilgan mavzuni takrorlash 8 daqiqa
3 Yangi mavzuni tushuntirish 10 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 18 daqiqa
5 O‘quvchilarni baholash 3 daqiqa
6 Uyga vazifa berish 1daqiqa
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish,ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Dars shiori e`lon qilinadi:
Bilimga ega bo’lish,bilimli bo’lish juda muhim.Lekin uni qayerdan,qanday qilib izlab topish undan ham muhim.
SH.M.Mirziyoyev
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash:
S inf guruhlarga ajratiladi:
“An`anaviy iqtisodiyot”
“Markazlashgan rejali iqtisodiyot”
“Bozor iqtisodiyoti”
“Aralash iqtisodiyot”
“Mevalar terish” o`yini o`tkaziladi. O`quvchilar tanlagan mevalar ichidagi savollarga javob beradilar:
1.Mehnat unumdorligi nima, va unga ta’sir qiluvchi omillarni sanang 2.Mahsuldorlik va mehnat unumdorligining bir biridan farqini aytib bering
3.Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad nima?
4. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning afzalliklari hamda kamchiliklarini sanang
5. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning kelib chiqishiga nimalar sababchi bo’lgan?
6. Ixtisoslashuvni korxonalar tarmoq va soha korxonalar misolida tushuntiring
7. Hududiy ixtisoslashuv nima? Mamlakatimizdagi biror bir mahsulotni ishlab chiqarishga iqtisoslashgan viloyat va tuman hududlarini ayting.
8.Qaysi mamlakatlar nima ishlab chiqarishga ixtisoslangannini ayting.
9.Nina uchun yirik korxonalardan ko’ra kichik shaxobchalar yoki xizmat ko’rsatish turlarini amalga oshirish qulay?
III.Yangi mavzu bayoni:
MAVZU: IQTISODIY TIZIMLAR
R EJA:
IQTISODIYOTNING UCH ASOSIY SAVOLI
AN`ANAVIY IQTISODIYOT
BOZOR IQTISODIYOTI
MARKAZLASHGAN REJALI IQTISODIYOT
ARALASH IQTISODIYOT
IQTISODIYOTNING UCH ASOSIY SAVOLI
Ma’lumki qanday davlatda, jamiyatda iqtisodiyotning asosiy vazifasi resurslarning taqchilligi sharoitida mavjud resurslardan foydalanishning eng samarali va oqilona yo 'llarini tanlab, mamlakat fuqarolarining ehtiyojlarini to'laroq qondirishdan iborat. Bu maqsadda iqtisodiyotning quyidagi uchta asosiy savoliga javob topish muammosiga duch kelinadi:
Nima? Qanday? Kim uchun?
Bu uchta savol har qanday iqtisodiy tizim — mamlakatdagi (jamiyatdagi) xo'jalik yuritish tizimi uchun umumiy bo'lib, uni har bir tizim o’zicha, turlicha hal qiladi. Tizimlar bu muammoni qanday hal qilishga qarab an'anaviy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, markazlashgan rejali iqtisodiyot va aralash iqtisodiyot kabi turlarga ajtatiladi
I qtisodiy tizim-jamiyat(mamlakat)iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli
An’anaviy iqtisodiyot tizimi — Nima? Qanday? Kim uchun? Degan savollarga jamiyatda saqlanib kelayotgan yuz yillik an'analarga muvofiq javob beradi. Mahsulot ota-bobolardan meros bo'lib kelayotgan usullar yordarnida ishlab chiqariladi, eski urf-odatlarga ko’ra taqsimlanadi. Bunday iqtisodiyot turi qadimgi bo'lib, natural xo’jalik paydo bo'lishi bilan boshlangan. Hozirda esa qoloq, dunyodan ajralib yashayotgan, tashqi dunyo bilan aloqa qilish va borish qiyin bo'lgan tundra, Afrika va Amazonka Changalzorlari, Sibir taygalari, okeanlardagi kichik oro l chalarda va baland tog'larda istiqomat qilayotgan jamoa va qabilalarda uchratish mumkm. ishlab chiqarish kerak?
An’anaviy iqtisodiyot-iqtisodiyotning asosiyy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim
B OZOR IQTISODIYOTI Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalal xususiy korxonalar, shaxslar qo'lida bolib, barcha iqtisodiy yechimlar iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar tomonidan erkin qabul qilinadi. Nimadan, qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi talab va taklifgaasoslangan bozor mexanizmi yordamida aniqlanadi.Masalan:istemolcilardatamakinisotib olishga bo’lganxoxish,yani talab bo’lmasa fermer xo’jaliklari tamaki ekmay qo’yishadi,chunki uni hech kim sotib olmaydi va undan foyda yo’q.Uning o’rniga esa foydaliroq bo’lgan don ekinlariniekishadi va hokazo.
Bozor iqtisodiyot - iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an'analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.
Bozor iqtisodiyoti - xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy qarorlar erkin qabul qilmadigan, iqtisodiy ne'matlar esa bozorlar yordarnida taqsitnlanadigan iqtisodiy tizim
M ARKAZLASHGAN REJALI IQTISODIYOT Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vosilalari davlat tasarrufida bo'lib, barcha iqtisodiy yechimlar, nimani qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi hukumat tomonidan markazlashgan holda yechiladi. Shuningdek, bu mahsulotlarni qay tariqa ishlab chiqarish ham oldindan rejalashtirilib, markazdagi o'tirgan bir guruh mutaxassislar tomonidan hal qilinadi. lshlab chiqarilgan mahsulot hukumat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarishdan olingan foyda davlat ixtiyorida qoldiriladi va u ham rejaga asosan taqsimlanadi. Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizmmi sobiq ittifoq va qator sotsialistik davlatlarida mavjud edi.
Aralash iqtisodiyot – Bu iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish resurslarining bir qismi davlat tasarrufida, qolganlari esa xususiy korxonalar va shzxslar qo’lida bo’ladi.Ba’zi turdagi tovar va mahsulotlar davlat tomonidan ishlab chiqarilsa qolganlari xususiy korzonalar tomonidan ishlab chiqariladi.Shuningdek ,aralash iqtisodiyotda davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvcgi kuch sifatida qatnashadi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi ham ta’minlanadi.Shu bois,aralash iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning ,,qorishmasi’’dan ibora t iqtisodiyot deb atash mumkin.Hozirda dunyoning ko’plab davlatlarida aralash iqtisodiyot tizimi hukm surmoqda. Bunga misol qilib,Germaniya ,Shvetsiya, Norvegiya ,Finlandiya,Kanada kabi qator davlatlarni keltirish mumkin. Shunisi qiziqki ,bu davlatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi brogan sari takomollashib bormoqda.
Aralash iqtisodiyot-bozor iqtisosdiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o’zida mujassamlashtirgan iqtisodiy tizim.
I V. Mavzuni mustahkamlash:”Loto” o’ yini o`tkaziladi
1. Nima ? Qanday? Kim uchun? Savollar qanday muammolarni o’z ichiga oladi?
2.Iqtisodiy tizimlar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
3. An’anaviy iqtisodiyotning avfzallik va kamchilik tomonlarini ayting
4. Markazlashgan rejali iqtisodiyotni tavsiflab bering va uning nima sababdan tanazzulga yuz tutganini tushuntiring
5. Bozor iqtisodiyotini tavsiflab bering
6. har bir iqtisodiy tizimga misollar keltiring va ularni izohlang
7 . Aralash iqtisodiy tizimni vujudga kelishiga nimalar sababchi bo’lgan deb o’ylaysiz
8.Ayni paytda mamlakatimizda qaysi iqtisodiy tizimning asoslarini yaratmoqdamiz?
9.Qaysi iqtisodiy tizimda odamlar uchun yashash yaxshiroq?
“Atamalar o`yini” o`tkaziladi. Bunda har bir o`quvchi o`z ismining bosh harfi bilan boshlanadigan atamalarni aytib va izohlab beradi.
V.O’quvchilarni baholash: faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
VI.Uyga vazifa : O’tilgan mavzuni o’qib o’rganib kelish. Atamalarni yod olish mavzu so’ngidagi savollarga javob yozish darslikdan 26-29 betlar.