Просмотр содержимого документа
«Формарование экономических терминов»
IQTISODIYOTGA OID TERMINLARNING QO'LLANILISHI
Maxmudova Dilrabo Mirzayevna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi
iqtisod fani o`qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisod faniga oid bir qancha terminlarning kelib chiqishi va qay tarzda qo`llanilishi haqida yoritilgan.
Kalit so`zlar: XXI asr, diplomatik iqtisodiy munosabatlar, termin, neologizmlar.
Bugungi kunda butun dunyoda fan-texnika rivojlanayotgan bir davrda albatta xorijiy tillarni o`rganishga bo`lgan e`tibor kundan kun ortmoqda. “ O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tartiblari to'g'risida ʼʼ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bunga yaqqol misoldir. Hozirda chet tillarini bilish nafaqat filologlar uchun, balki barcha soha vakillari uchun juda ham zarur bo`lib kelmoqda. Qaysi sohada ish yurituvchi bo`lsangiz ham , albatta , aynan XXI asrda kamida 2-3tacha xorijiy tillarni bilish zamon talabi bo`lib kelmoqda. Hozirgi O’zbekistonda ona tili bilan birga ingliz va rus tillarini bilish mutaxasislik sohasida katta yordam beradi va sohadagi yutuqlarni o’rganishni kengaytiradi. Ayniqsa, ba`zi bir holatlarda ya`ni bir davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy shartnoma imzolayotganda yoki turli xil diplomatik munosabatlar, xalqaro aloqalarni o`rnatish paytida xorijiy tillarni biladigan soha vakillariga zarurat tug`iladi. Ma`lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o`ynaydi. Shu sababli iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlar aniq, lo`nda va mantiqan asoslangan bo`lmog`i lozim. Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyot sohasiga ham o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi, buning natijasida yana bir qancha iqtisodiyot sohasida yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi . Umuman baynalmilal iqtisodiy so‘zlarni o‘zbek tiliga qabul qilishda ko‘p jihatlarni e’tiborga olmoq lozim. Iqtisodiy termin o‘zbek tiliga kirib kelayotganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak bo‘ladi: terminning o‘zbek tilini tovush tizimiga mosligiga; uning o‘zbekcha muqobili bor -yo‘qligiga; kalka yoki tarjima qilish zaruriyatiga; iqtisodiy terminning mazmuniga; uning sodda va ravonligiga;
Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan iqtisodiy terminlar dastlab mutaxassislar va atamaqo‘m muhokamasidan o‘tmog‘i, so‘ngra Oliy Majlisning tegishli qo‘mitasidan tasdiqlanmog‘i lozim. Ana shundagina bunday iqtisodiy terminlar qonuniy kuchga kiradi va ularni bemalol qo‘llash mumkin. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosqichma- bosqich bozor iqtisodiyotiga o`tib bormoqda. Jamiyatda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari joriy qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi neologizmlar yanada ko`paymoqda. Bularning muayyan qismi ona tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirib berilmoqda, ma’lum qismi esa baynalmilal o‘zlashma sifatida ishlatilmoqda. Iqtisodiyot terminlarining o‘zbek tilida qo‘llanilishida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: 1. Ko‘plab terminlar tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirilgan. Bunda bir guruh terminlar o‘zbek tilidagi tayyor muqobillari bilan berilmoqda, ma’lum qismi esa tarjima qilinib ishlatilmoqda, bir qismi esa o‘zbek tili qonun-qoidalari asosida yasalmoqda. Masalan: auktsion-kimoshdi, makler-dallol, kommersant-tijoratchi, komissionnie voznagrajdeniya-vositachilik haqi, ekonomikaiqtisodiyot, chek na pred’yavitelya-oq chek, shaxssiz chek, aktsioner-aktsiyador, biznesmen-bizneschi va hokazolar. 2. Yana bir usul dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ishlatilib kelinayotgan baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga ham o‘z holicha o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib kelayotgan terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun ularning asosiy qismi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari tillarida bir shaklda o‘z asl holicha ishlatiladi va bu qo‘llanish dunyo bizneschilari axborot almashinuvi uchun qulay. Masalan: korrupsiya, kredit , eksport , grant ,auditor, avizo, valyuta, lizing, menedjer, litsenziya , biznesmen, norezident.
Quyida iqtisodiyot sohasida keng ishlatiladigan bir nechta terminlarni keltiramiz. Ularning ba’zilari o’zbekcha so’zlar bo’lsa, ba’zilari esa boshqa tillardan bevosita kirib kelib tilimizda qo’llanilmoqda.
AUKSION - (lat.auction) - "kimoshdi" savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo xizmati mahsulotni eng yuqori narxga ko'targan xaridor sotib oladi.
BANK - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtiga qarab pul mablag'larini bir davolash yig'uvchi va uzluksiz aylanib turushini ta'minlovchi, korxonalarga va umuman pulga tekshirishga kredit, suda qilingan, tomonlar ishlash to'lovi va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin vachet el valyutasi bilan bog'liq operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo'yuvchilarga ma'lumot foizini to'lash, qarz olganlardan davomiy foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar bo'yicha farq qiladigan bank foydasi mavjud. BIZNES- (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg'ulot ) boylik, foyda orttirishga yo'naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo'jalik yuritish ko'lamiga qarab yirik, o'rta va mayda turlarga bo'linadi. Xodimlarning o'rtacha soni va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi. BIZNESMEN - (inglizcha business-ish, man-odam)- biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs, korchalon.
BIRJA - (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy. BOJ- (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog'ozlardan undiriladigan pul yig'imlari. BROKER - (ingl.broker)- mahsulot, qimmatbaho qog'ozlar, valyuta sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi rasmiy dallol. O'zi yoki mijozlar nomidan kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
VALYUTA - ( ital. valuta. lat. valere- qadrlanmoq, qiymat )- mamlakatning pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog'oz, pul)ga tenglashtirilgan to'lov vositalari. VEKSEL - (nem.Wechsel, aynan-ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus ko'rinishdagi qimmatbaho qog'oz. qarz bergan tomon vekselda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega. IMPORT - (lat.importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital
INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)- investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida (ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va boshqalarni, real moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi. IPOTEKA - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo'yish.
LISENZIYA - (lat.licentia-erkinlik, huquq)- ruxsatnoma; 1) chet mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar bilan yoki bepul foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish yoki mol kiritishda boj to'lovlarini kamaytirish. Patentlangan L.- ro'yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan foydalanish huquqini boshqalarga berish.
PATENT - (lat. patens-guvohnoma, yorliq)- 1) xususiy tarzda tadbirkorlikning biror bir turi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi guvohnoma, tegishli hujjatlar asosida moliya organlari tomonidan beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va ixtiroga mualliflikni tasdiqlovchi guvohnoma. P. davlat tomonidan patentlashtiriladi. POLIS - (fr.police, ital, pollissa-tilxat)-shaxsiy yoki mulkiy sug'urta shartnomasi tuzilgani va uning shartlari haqidagi hujjat. REKLAMA - (fr.reclame)-tovar yoki ko'rsatiladigan xizmat to'g'risidagi xolis axborot, ularni ko'proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning xossalari, afzalliklari va sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus firmalar orqali amalga oshiriladi va yuqori daromad manbai hisoblanadi.
SERTIFIKAT - (fr.certifikat-tasdiqlayman, guvohlik beraman) - bu guvohlik beruvchi hujjatdir. Masalan: auditor sertifikati- e'lon qilingan firma balansining to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati- bu sug'urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik sertifikati- bu o'z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar sifati guvohnomasi va h.k.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining takomillashuvi natijasida xususiy mulkchilikning barcha shakllari rivojlanib, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochilmoqda, natjada chet davlatlar bilan oldi-sotdi ya`ni exportimport ishlari amalga oshirilmoqda bu borada esa chet tilini bilish juda muhim, xususan iqtisodiy neologizmlarni tushunish har birimizga kerak. “Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasi bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, dunyoqarashi keng milliy kadrlarni tayyorlashda chet tilining xizmati katta”.
Adabiyotlar
Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
Anikina A. Iqtisodiy atamalar lug’ati inglizcha-ruscha. T., 1993.
Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
Barotov.Z Iqtisodiy matinlarda neologiznlarning tarjima qilinishi. S., 2013.
Husanov N. Mirahmedova Z. Iqtisodiy atamalar va ish yuritish.-T., 2005. B. 106.
6. “Iqtisodiy matnlarda neologiznlarning tarjima qilinishi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi _ Samarqand-2013.