Научная статья на тему Экотуризм - новое направление на туристическом рынке
Научная статья на тему Экотуризм - новое направление на туристическом рынке
Если говорить о сфере развития туризма в Узбекистане, в стране достигнуты значимые результаты. Только за 2015 год нашу республику посетило более 2 миллионов туристов. На сегодняшний день в Узбекистане действуют более 900 туристических предприятий.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему Экотуризм - новое направление на туристическом рынке»
Ekoturizm – sayyohlik bozorida yangi yo'nalish
Экотуризм - новое направление на туристическом рынке
Шодиева Сайёра Саъдуллаевна
Преподователь, Бухарский колледж ирригации, мелиорации и архитектуры
Ekologik turizm o'tgan asrning oxirlaridan jahon sayyohlik industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Hozirgi kunga kelib esa jadal sur`atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biriga aylandi.
Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lumotlariga ko'ra, hozirda turizm sanoatida 210 milliondan ortiq ishchi xizmat qiladi va undan olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ayni paytda turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Bu o'rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O'rta Sharq hamda Yevropa mintaqalaridagi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi kunda turizm industriyasida ekoturizm tarmog'iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizm tarmog'i jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Masalan, Kanada davlatida yovvoyi tabiatga sayohat turizmining umumiy hajmi ichki turizmdan tushgan daromadning 25 foizini tashkil etadi. Kanada hukumati, faqatgina ekoturizmdan tushgan soliq hisobidan har yili 1,7 milliard AQSh dollari miqdorida foyda oladi. Bu esa, hukumat tomonidan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish dasturiga ajratilgan mablag'dan (300 million AQSh dollari) 5 barobar ko'pdir. Shunday qilib, ekoturizm tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga katta hissa ko'shadi hamda ularni to'la-to'kis o'tkazishga sezilarli moliyaviy ko'mak beradi. BMT ma`lumotlariga qaraganda, har yili ekoturizmdan nisbatan kichik davlatlar ham Keniya - 1,4, Ekvador - 1,18, Kosta-Rika - 1,14, Nepal - 1,55 million AQSh dollari miqdorida daromad oladilar. Shuni aytish joizki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan daromadi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 70-80 foizini tashkil etadi. Ayni paytda jahon turizmi sanoatida xalqaro turizmdan tushgan daromad avtomobil, neft, gaz ishlab chiqarish sanoatidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi.
O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy, ijtimoiy sharoitni yaxshilash, aholini yangi ish joylari bilan ta`minlashda yaxshi samara beradi.
Mamlakatimizda nafaqat dunyoga mashhur, xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar, shu bilan birga, ekoturizm bilan bog'liq betakror go'zal tabiat, landshaftlar (sahro, cho'l-adirlar, tog'lar, pasttekisliklar), xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot olami, nodir, dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar va shunga o'xshash tabiiy yodgorliklarning 8000 dan ortig'i mavjud.
O'zbekiston 38 million gektardan ortiq bo'lgan ovchilik - baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan bir million gektarini suv fondi, ko'llar, daryolar, suv omborlari tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o'txo'r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 ta baliq turlariga ega. Ulardan O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga o'txo'r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ma`lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq tur oliy yovvoyi o'suvchi o'simliklarni, shundan 9 foizi endemiklar, ya`ni aynan shu hududda o'sadigan o'simliklarni tashkil etadi. O'zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibida 2164 kvadrat kilometr maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo'riqxonasi, 6061 kilometr maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog' va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko'paytirish Respublika markazi (Jayron «Ekomarkazi»), 12186 kvadrat kilometr maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 kvadrat kilometrni yoki O'zbekiston hududining 5,2 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay transport-geografik hududda joylashgan, rivojlangan turli xildagi kommunikatsiya aloqa yo'llari bilan bog'langan bo'lib, o'zining xalqaro turizm salohiyati bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi. Biroq, amalda O'zbekistonda bu salohiyat va imkoniyatlardan to'la-to'kis foydalanilmayotgani natijasida mamlakatimizda turistlarni qabul qilish amaliyoti salohiyatga nisbatan ancha kam. So'nggi yillarda ekologik turizmni taraqqiy ettirish uchun dastlabki qadamlar tashlandi va uning rivojlanish tendensiyalari kuzatilmoqda. Shunga qaramay, mamlakatimizda turis¬tik xizmatning hissasi birmuncha kam, uning ulushi O'zbekiston yalpi milliy mahsulotiga (YaMM) nisbatan 1 foizga ham yetmaydi. Shu o'rinda Jahon sayyohlik tashkiloti ma`lumotlariga ko'z tashlasak. O'zbekistonga yiliga o'rtacha 470 ming atrofida turist kelib ketmoqda, vaholanki, O'zbekiston turistik resurslari har yili 1 milliondan ortiq sayyohlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. O'zbekistonda ekologik turizmning rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri - bu tabiiy hududlarda ekoturistlar uchun eng muhim bo'lgan, yovvoyi tabiat qo'ynida Markaziy Osiyoda kamyob hayvonlarning erkinlikda yashashi uchun infratuzilmaning yetarli darajada emasligi bo'lib keldi.
Ekoturizmni rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar yurtimizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida, nafaqat xorijiy sayyohlarni ona Vatanimizning landshafti, hayvonot va nabotot dunyosi, boy va betakror tabiati bilan tanishtirish, balki xalqlar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini bog'lash, shu bilan birga, O'zbekiston hududida yo'qolib borayotgan noyob hayvonot va nabotot dunyosini saqlash va ko'paytirish maqsadida qo'riqxonalar (Surxon, Nurota, Hisor, Baday-To'qay, Zarafshon, Qizilqum, Chotqol, Zomin, Kitob), parvarishxonalar («Jayron» Ekomarkazi, Sayxun xo'jaligi) tarkibida va atrofida jahon talablariga javob bera oladigan milliy tabiiy bog'larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm ob`ektlarining moddiy-texnika bazasini yaratish uchun qo'shimcha chet el sarmoyalarini jalb etishdan iboratdir.
Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim.