Научная статья : Правовая основа использования водных ресурсов
Научная статья : Правовая основа использования водных ресурсов
В статье изучены основы правового регулирования рационального использования водных ресурсов. Отмечена роль законов и подзаконных актов как основы правового регулирования рационального использования водных ресурсов
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Правовая основа использования водных ресурсов»
Suv resurslarini foydalanishning huquqiy asoslari
Исаева Лайло, Джураев Шарафиддин
Правовая основа использования водных ресурсов
Бухарский филиал Ташкентского института ирригациии инженеров механизации сельского хозяйства, Узбекистан
В статье изучены основы правового регулирования рационального использования водных ресурсов. Отмечена роль законов и подзаконных актов как основы правового регулирования рационального использования водных ресурсов.
Suv resurslarini ifloslanishdan, bulg‘anishdan va miqdorining kamayib ketishidan muhofaza qilishning ekologik asosi bo‘lib, suvni ekologik tizimning ajralmas tarkibiy qismi ekanligi, ya’ni yerdagi hayotning mavjudligini ta’minlovchi omil ekanligi- dir. Tabiat yaxlit tizimining ajralmas qismi boMgan suvning ifloslanishi, bulg‘anishi, hattoki zaharlanishi va miqdorining kamayib ketishi bu tizimdagi salbiy jarayonlami yuzaga kelishining, biologik muvozanatni hamda undagi modda va energiya almashi- nuvining buzilishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga va jumladan, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini yuzaga kelti- radi. Shunday holatni yuzaga kelishning oldini olish ekotizimdagi optimal tabiiy sharoitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda biosferaning evolutsion rivojlanishini ta’minlaydi.
Shuning uchun suv resurslarini ifloslanishdan, bulg‘anishdan va miqdorini kamayib ketishdan muhofaza qilishning ekologik asosi, uni optimal tabiiy muvozanatini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
Tabiatdagi barcha hodisalar va jinslarlar o‘zaro bog‘liq va bir- biriga aloqador bo‘lib, doimo o‘zgaruvchan (dinamik) muvozanat holatda bo‘ladi. Dialektik materializmning bu nizomi suv resurslariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishlidir, chunki tabiatdagi barcha suvlar (havodagi suv bug’Mari, daryo, ko‘l, dengiz, okean suvlari va yer osti suvlari) yagona o‘zaro bogMangan va o‘zgaruvchan (dina- mik) muvozanatdadir. Tabiatning bu obektiv qonunini buyuk rus olimi akademik V.I. Vernadskiy kashf etib, 1920—1930-yillarda o‘z asarida «Tabiatdagi bu muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va suv resurslaridan foydalanish qoidasi tabiatdagi barcha suvlarning birlik qonunidan kelib chiqib va uni hisobga olgan holdagi konsepsiyaga asoslanishi kerak, chunki manbadan har qanday miqdorda suvni olib ishlatilishi tabiatdagi muvoza- natga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum darajadagi miqdor va sifat o‘zgari- shiga olib keladi», degan g‘oyani ilgari surgan. Bu g‘oyadan ana shunday salbiy o‘zgarishni minimallashtirish ustida boradi yoki bu holatni sezilarsiz darajada bo‘lishini amalga oshirish imko- niyati bo‘lmasa, unda bu holatni bartaraf qilishning yuqori sama- radorlik tadbirlari belgilanadi. Bu maqsadga faqat tabiatdagi mu- vozanatni tushunib yetgandagina erishish mumkin.
Suv resurslarini muhofaza qilish, undan turli maqsadlarda oqilona foydalanish jarayonida uzluksiz ravishda amalga oshirilishi kerak. Buni amalga oshirish masalasi suv resurslarining ifloslanishini va miqdorining kamayishini qayd etish va aybdor- larni huquqiy choralar bilan jazolashdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki tabiatdan foydalanish, jumladan, suv resurslaridan foydalanish, tabiiy hodisalarning qonuniyatlarini aniqlash asosi- da, suv resurslarining ifloslanishiga, miqdorining kamayishiga va behuda sarflanishiga olib keladigan tabiiy va sun’iy sabablarni va omillarning o‘rnatilishi asosida amalga oshirilishidadir. Shundan kelib chiqqan holda, suv resurslarini muhofaza qilish, uni shakl- Ianish jarayonidan boshlanib, shakllangan obektdagi (er osti va yer usti) suv miqdorlarini va sifatini muhofaza qilishning texnik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat bolishi kerak.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqqan holda, suv resurslarini muhofaza qilish deb, suv resurslarining tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanishi, bulg‘anishi va miqdorining kamayib ketishini hamda suvning behuda va befoyda sarfini bartaraf qi- lishga qaratilgan ilmiy asoslangan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy, texnikaviy va iqtisodiy tadbirlar tizimiga aytiladi.
Tabiat qonuniyatlarini o‘rganish asosida suv resurslarini muhofaza qilish vazifasiga quyidagilar kiradi:
Suv resurslarining ifloslanishini, uni shakllanish jarayonida oldini olish chora-tadbirlarini uzluksiz ravishda amalga oshirish, ya’ni atmosfera havosi va tuproq qatlamining ifloslanishini oldini olish chora-tadbirlarini to‘liq miqyosda amalga oshirish.
Suvni ifloslantiruvchi o‘choqlarining paydo bo‘lishini oldini oluvchi profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Suvdan oqilona foydalanish nuqtayi nazaridan undan foydalanishni to‘g‘ri rejalashtirish.
Bularni amalga oshirish uchun albatta, ilmiy asos va yagona qat’iy siyosat bo‘lishi shart.
Arid iqlimli mintaqada suv resurslaridan oqilona foydala- nishning yagona qat’iy siyosati bo‘lib suvning har tomchisi hisobga olingan bo‘lsa, ilmiy asosi - tabiatdagi (er usti, yer osti va atmosfera yog‘in) suvlarning birlik qonunidir.
Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy samaradorligini oshirishni ta’minlash ko‘p jihatdan bu ishni amalga oshirishning huquqiy asosiga O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bu masalaga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Tabiatni va jumladan, suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asosini yaratishga va uni takomillashtirishga katta e’tibor berilayapti. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkita moddasi ana shu masalaga bag’ishlangan, jumladan:
55-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
0’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bir qator qonunlar va me’yoriy hujjatlar majmuasi tayyorlangan: «Suv va suvdan foydalanish», «Tabiatni muhofaza qilish»qonunlari va bir qator me’yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.
«Suv va suvdan foydalanish» Qonunida suvni muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, qonunning XIX bobida oqindi suvlami oqizish uchun suv obektlaridan foydalanish masalasi keltirilgan bo‘lib, uning quyidagi modda- sida chiqindi-oqova su^ar 8 risida ma lumot berilgan.
modda. Oqindi suvlarni oqizish uchun suv obektlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi idoralar. Sanoat, kommunal-mai- shiy, zovur suvlarini va boshqa oqindi suvlarni oqizish uchun suv obektlaridan foydalanishga qonunlarga muvofiq hamda tabiatni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlarining davlat sanitariya nazorati, qonunchilik nazorati davlat organlari geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishib bergan ruxsatiga binoan
yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ruxsat suv obektlaridan oqindi suvlarni oqizish uchun foydalanish zarurati va imikoniyatlarini asoslab beruvchi hujjatlariga binoan beriladi, deyilgan.
modda. Suv obektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari.
Suv obektlariga oqindi suvlarni oqizishga suv obekti tar- kibidagi ifloslovchi nioddalarning belgilab qo‘yilgan me’yor- lardan oshib ketishiga yo`l qo‘ymaslik sharti bilan va suvdan foydalanuvchi bunday oqindi suvlarni tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan darajaga yetkazib tozalab berish sharti bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Agar mazkur talablar buzilayotgan bo’lsa, tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari oqindi suvlarni oqizishni cheklab, to‘xtatib yoki taqiqlab qo‘yishlari, hattoki ayrim sanoat qurilmalarini, sexlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yishlari lozim. Aholining sog’lig’iga xatarli hollarda, oqindi suvlarni oqizish to‘xtatilib hattoki, ishlab chi- qarish obektlaridan va boshqa obektlardan foydalanish to‘xtatib qo‘yilishi lozim, deyilgan.
Qonunning XXIV bobida suvni muhofaza qilish masalalari keltirilgan bo‘lib, uning quyidagi moddasida suvni muhofaza qilish vazifalari keltirilgan.
modda. Suvni inuhofaza qilish vazifalari.
Hamma suvlar (suv obektlari) aholi sogMigiga zarar yetkazishi, shuningdek, baliq zaxlralarining kamayishi, suv ta’minoti sharoitining yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyatining kamayishi, suvning gidrologik va gidrogeologik rejimini buzilishi natijasida kelib chiqadigan boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan muhofaza qilinishi kerak, deyilgan.
modda. Suvni muhofaza qilishni, shuningdek, uning holati va rejimini yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlami amalga oshirish.
Faoliyat suvlarning holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mahalliy hoqimiyat organlari, tabiatni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati organlari hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda, texnologiya, o‘rmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini o‘tkazishlari shart degan masalaga qaratilgan.
Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ulami o‘rganish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq burg‘ulash hamda boshqa kon qidiruv ishlarini bajarish chog‘ida yer osti suvlari bor qatlamlari aniqlangani taqdirda, bu haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlariga ma’lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
Basharti, sanoat oqindi suvlarini oqizish uchun qaziladigan qu- duqlaming suvli qatlamlarni ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo’lmasa, bunday quduqlar qazish barcha hollarda man etiladi.
O’z-o‘zidan suv chiqarib, suvi foydalanish uchun yaroqsiz bo’lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o‘rnatilishi, ular qonunlarda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi lozim.
Sifatli yer osti suvlari to‘planadigan manbalar chegarasida qattiq va suyuq chiqindilar to‘plash. axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo’lgan sanoat, qishloq xo‘jalik obektlari va boshqa obektlar qurilishiga yo‘1 qo‘yilmaydi.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rish, jumladan, quduqlarni kuzatish tarmog‘ini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi, deyilgan.
102- modda. Kichik daryolarni muhofaza qilish.
Xo‘jahk faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora- tadbirlarini ko‘rishlari lozim.
Kichik daryolarning suvini muhofaza qilish mintaqalari, bu mintaqalardagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘- jalik faoliyati rejimi qonunlar bilan belgilanadi, deyilgan.
105-modda. Suv yetkazadigan zararli ta’sirdan muhofaza qilish, ularni oldini olish va bartaraf etish tadbirlari.
Suv yetkazadigan zararli ta’sirdan muhofaza qilish, ularni oldini olish va bartaraf etish tadbirlari suvdan foydalanuvchilar:
korxonalar, tashkilotlar, xo‘jaliklar mablag‘i va mahalliy budjet hisobidan;
respublika va mintaqaviy dasturlar bo‘yicha - respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi, deyilgan.
113-modda. Suv monitoringi.
Suv monitoringi, shu jumladan, yer osti suvlari monitoringi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga baho berish, salbiy ja- rayonlarning oldini olish va ularga barham berish uchun suvlarning holati ustidan olib boriladigan kuzatuv tizimidan iboratdir.
Suv monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deyilgan.
Yuqorida qayd etilgan barcha moddalar respublikamizda mavjud suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari hisoblanib, suv resurslarini muhofaza qilishning asosiy omillari hisoblanadi. Suv resurslarini muhofaza qilish bosqichma-bosqich profilaktik ravishda amalga oshirilishi shart. Tabiatdagi yer usti (daryo, ko‘l, dengiz va atmosferadagi suv bug’‘lari), yer osti va atmosfera yog‘in suvlari-tabiatdagi barcha (er usti, yer osti va atmosfera yog‘in) suvlarning birlik qonunidir (akad. V.I. Vernadskiyning tabiatning obektiv qonuni).
Demak, barcha yer usti va yer osti suvlarining asosiy manbai atmosfera yog‘in suvlaridir. Oxirgi 10-20 yillar davomida atmosfera havosining haddan tashqari ifloslanganligi va zaharlangan ligi (turli chiqindilar, changlar, tutunlar, qurum va boshq.) tufayli turli erigan moddalarga to‘yingan, deyarli «kislotali yomg‘irlar» hisobiga shakllanayotgan yer usti va yer osti suvlari, yog‘in yer yuzasiga kelib tushmasdan, bu bosqichda ma’lum darajada ifloslangan suv mavjud bo‘lib, shakllanishning keyingi bosqichi yer yuzasi bo‘ylab jilg‘a va soylarni tashkil etishida yoki yer ostiga shimilishida tuproqdagi turli eriydigan moddalar va iflosliklarga to‘yinib yanada ifloslanmoqda. Ana shunday jarayonda shakllangan yer usti va yer osti suvlari obektlariga kelib quyilayotgan turli oqova (kommunal-ro‘zg‘or, sanoat, chorvachilik majmualari va fermalari, sug‘oriladigan yerlardan chiqarilayotgan zovur tashlama) suvlar ta’sirida bu suvlar yanada kuchliroq ifloslanmoqda, bulg‘anmoqda va zaharlanmoqda.
Shunday qilib, suv resurslarini ifloslanishdan, bulg‘anishdan va zaharlanishdan muhofaza qilish, xuddi tibbiyot sohasidagidek, profilaktik ravishda amalga oshirilishi kerak, ya’ni ifloslanma- gan, toza, turli maqsadlar uchun yaroqli yer usti va yer osti suvlari shakllanishi uchun birinchi navbatda, atmosfera havosi va tuproqning musaffoligini ta’minlash zarur. Muhofaza qilishning ikkinchi bosqichida shakllangan yer usti va yer osti suvlarini turli iflos va ayrim hollarda zaharli oqova suvlar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega.