kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Меры по сохранению водных ресурсов

Нажмите, чтобы узнать подробности

Среди природных богатств вода занимает особое место, так как она является основной составляющей живого организма и в целом — жизни на Земле. Географическое положение Узбекистана предопределило природно-климатические условия, которые предполагают аридность и континентальность, что в свою очередь влияет на особенности в определении методов использования водных ресурсов страны

 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Меры по сохранению водных ресурсов»

Suv resurslarini muhofaza qilish chora tadbirlari

Меры по сохранению водных ресурсов

Исаева Лайло, Юсупов Хамид

Правовая основа использования водных ресурсов

Бухарский филиал Ташкентского института ирригации и инженеров механизации сельского хозяйства, Узбекистан

Среди природных богатств вода занимает особое место, так как она является основной составляющей живого организма и в целом — жизни на Земле. Географическое положение Узбекистана предопределило природно-климатические условия, которые предполагают аридность и континентальность, что в свою очередь влияет на особенности в определении методов использования водных ресурсов страны




Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchisi, miqdoriy jihatdan kamayishdan saqlash bo‘lsa, ikkinchisi uning ifloslanish va minerallashish darajasining ortib ketishini oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o‘lkamizda yuqoridagi har ikki yo‘nalish ham juda muhimdir.

Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramasdan, uni tejashga kam e’tibor berilayapti, natijada suvning ko‘p qismi bekorga sarf bo‘lmoqda. Deyarli barcha iste’molchilar doimiy ravishda me’yordan ko‘p suv olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin maydonlarida yer osti suv­lari sathining ko‘tarilishiga, yerlarning qayta sho‘rla­nishiga olib kelmoqda. O‘z navbatida sho‘rni yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada sug‘oriladigan yerlarda hosil bo‘ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ort­moqda. Shundan ko‘rinib turibdiki, sug‘orishda suvni te­jashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, ka­nallar o‘zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo‘li bilan sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsientini 0,7­0,8 ga yetkazib, hamda yuqorida aytilganidek, sug‘orishning ilg‘or usullarini qo‘llash bilangina erishish mumkin.

Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy re­zervlaridan yana biri sug‘orishda qaytarma suvlardan unum­li foydalanishdir. Resrublikada bu suvlar asosan ekin maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va maishiy­kommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan bo‘ladi. F.E.Rubinova ma’lumotlariga ko‘ra 1971­1975 yillarda Farg‘ona vodiysida irrigatsiya maqsadlarida yiliga o‘rtacha 19 km3 suv sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan qaytarma suvlar 9 km3 ni tashkil etgan. Xuddi shu davr uchun Mirzacho‘lda yiliga 6,3 km3 suv olinib, qaytarma suvlar 2,2 km3 ga teng bo‘lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug‘orish massivlarida 1961­1980 yillar mobaynida qaytarma suvlar umumiy olin­gan suvning 19,2 foizidan 62,6 foizigacha o‘zgarib turdi. 70­yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning poten­sial qiymati Amudaryo havzasida yiliga 24,1 km3 ni (sug‘o­rishga olingan suvning 49,3 foizi), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km3 ni tashkil etdi.

Afsuski, qaytarma suvlarning juda katta qismi tabiiy botiqlarga oqiziladi, natijada ular Sirdaryo va Amudaryoga kelib qo‘shilmaydi.

33­jadval ma’lumotlaridan qaytarma suvlarning miq­dori keyingi yillarda keskin ortganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Umuman, 1956­1980 yillar mobaynida tabiiy bo­tiqlarga oqizilgan qaytarma suvlar hajmi 77,1 km3 ni tashkil etgan.

Yuqoridagi misollar suvni miqdoriy kamayishdan muhofaza qilishning muhim istiqbollaridan darak beradi. Shu bilan bir qatorda suvning sifatini muhofaza qilish, ya’ni tabiiy manbalarga oqava, qaytarma va boshqa turdagi chiqindi suvlarning qo‘shilishi natijasida ifloslanishdan saqlash ham juda muhimdir.

Keyingi yillarda daryolar, ko‘llar, suv omborlarining suvi unga sanoat va shaharlar oqava suvlarining, ekin maydonlarida hosil bo‘ladigan qaytarma suvlarning qo‘shi­lishi natijasida keskin yomonlashib ketdi. Bu jarayon ayni paytda quyidagi sabablarga bog‘liq holda yanada jadal­lashmoqda va xavfli tus olmoqda.

Birinchidan, shahar xo‘jaligining va sanoatning, ay­niqsa, uning ximiya va metallurgiya tarmoqlarining suvga bo‘lgan talabi yildan­yilga ortmoqda, shunga mos ravishda tabiiy suvlar ifloslanishining manbai bo‘lgan oqava suvlar ham ko‘paymoqda.

Ikkinchidan, shu paytgacha oqava suvlarni daryo va ko‘l­larga oqizish bunday tabiiy suv manbalaridan foydala­nishning bir turi deb qaraldi. Ayniqsa, daryolar iflos­langan oqava suvlarni yo‘q qilishda o‘ziga xos tabiiy inshoot deb qabul qilindi. Oqava suvlar kam va sanoat uncha rivojlanmagan paytda bunday qarash ma’lum darajada to‘g‘riday tuyulgan edi. Afsuski, ayrim mutaxassislar­zavod va fabrikalar, korxonalar rahbarlari bu fikrni hozir ham to‘g‘ri deb qaramoqdalar. Ko‘pchilik hollarda suvni sun’iy tozalash inshootlarini qurish tugallanmay turib, sanoat ob’ektlari ishga tushirib yuborilmoqda. Bu sohaga ajratilgan kapital mablag‘lar sekin o‘zlashtirilmoqda.

Uchinchidan, oqava suvlarni sun’iy tozalashning ho­zirgi kundagi imkoniyatlariga ortiqcha baho berilayapti. O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish Davlat komiteti Suv resurslarini muhofaza qilish bo‘limining axborotiga ko‘ra 80­yillarning oxirida Respublikamizda 750 ta suv tozalash inshooti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, afsuski, shulardan 225 tasi yaxshi ishlamagan, 104 tasi esa umuman ishlamagan. Natijada 1988 yilda Respublikamizdagi sanoat korxonalarida 384 mln. m3 oqava suvlar hosil bo‘lgan bo‘lsa, shuning 11,7 foizi umuman tozalanmay suv manbalariga oqizilgan. Yuqoridagi miqdorga ayrim korxonalar quyidagicha "hissa" qo‘shganlar: Chirchiq elektroximiya kombinati 242 mln.m3, Toshkent qog‘oz kombinati 2,4 mln.m3. Birinchisi oqava suvlarni bevosita Chirchiq daryosiga, ikkinchisi esa Qorasuv kanaliga oqizgan.

Yuqoridagi kabi salbiy holatlarning oqibati nima­larga olib kelishini quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin: M.I.Lvovich ma’lumotlariga ko‘ra 1 m3 hajmdagi tozalan­magan oqava suv kam deganda 50­60 m3 toza tabiiy daryo su­vini bulg‘aydi. Ayniqsa daryolarda kam suvli­mejen davr­larida oqava suvlarni ularga oqizish yanada yomon oqi­batlarga olib keladi.

To‘rtinchidan, ayrim mutaxassislar, olimlar tomonidan "tabiiy suvlar ifloslanishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normasi" degan noto‘g‘ri nuqtai­nazar ishlatil­moqda. Hozirgi kunda "bu yo‘nalish suvning iflosla­nishini chegaralaydi", deb qarash o‘zini oqlamaganligi ham­­maga ma’lum bo‘lib qoldi.

Suv resurslarining sifat jihatdan o‘zgarishiga aso­siy sabablardan yana biri tabiiy suv manbalariga ekin maydonlaridan chiqqan suvlarning oqizilishidir. Mana shu sabab tufayli, hamda sanoat korxonalari, maishiy­kom­munal tarmoqlar oqava suvlarining qo‘shilishi va ularning ay­rimlari havoga chiqarayotgan chiqindilar natijasida o‘lka­mizdagi tabiiy suv manbalarining minerallashish dara­jasi, ularda erigan tuz miqdori ortib bormoqda, tobora ifloslanmoqda.

Shu o‘rinda, takrorlash bo‘lsa ham, quyidagi ma’lu­motlarni qayd etib o‘tish lozim. Hozirgi kunda o‘lkamizdagi daryolarning gidroximiyaviy rejimi antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgardi. Bu o‘zgarish oqim hosil bo‘lish oblastidan uzoqlashgan sari hamda yildan­yilga sezilar­liroq bo‘lmoqda. F.E.Rubinova ma’lumotlariga ko‘ra, Sir­daryo havzasida daryo suvlari minerallashuvining o‘sishi 50­yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. Masalan, 1961 yilda Sirdaryo suvining Kal qishlog‘i yaqinida mineral­lashuv darajasi tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8 marta, 1974 yilda 2,3 marta ortgan. Kazalinsk shahri yaqinida esa 1974 yilda 1953 yildagiga nisbatan 3,1 marta, kam suvli 1975 yilda esa 5,1 marta o‘sdi.

Daryo suvi minerallashuvining ortishi Surxondaryoda 60­yillardan, Amudaryo va Zarafshonda 60­yillarning oxi­ridan sezilarli bo‘la boshladi. 70­yillarning boshlarida Zarafshon va Surxondaryoning quyi qismida ularning oqim hosil bo‘ladigan oblastiga nisbatan minerallashuvi 2,9­3,9 marta o‘sdi.

Daryo suvi minerallashuv darajasining ortishi bilan ularda zaharli ionlar (magniy, natriy, kaliy, sulfat va xlorid) miqdori ham daryo uzunligi va vaqt bo‘yicha hamda yilning suvliligiga bog‘liq holda o‘zgarmoqda. Natijada ko‘pgina daryolar, jumladan Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo suvidan ularning quyi qismida ichimlik suvlari sifatida foy­dalanish imkoniyati yo‘qoldi.

Ma’lumki, minerallashuv darajasini bilgan holda daryolar o‘z suvi bilan qancha miqdorda tuzlar olib ketayot­ganligini hisoblash mumkin. F.E.Rubinova ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo havzasida yiliga o‘rtacha 7,8 mln. tonna tuz daryo suvi bilan olib ketilayotgan bo‘lsa, shuning 5 mln. tonnasi (64 foiz) Norin va Qoradaryoga, 1,6 mln. tonnasi (21 foiz) uning Farg‘ona vodiysidagi irmoqlariga, 1,2 mln. tonnasi (15 foiz) Chirchiq va Ohangaron daryolariga to‘g‘ri keladi. Amudaryo havzasida esa oqim hosil bo‘lish oblastidan yiliga 20,9 mln. tonna yoki Sirdaryoga nisbatan 2,7 marta ko‘p erigan tuzlar olib chiqib ketiladi. Albatta bu qiymatlar daryoning suvliligiga bog‘liq holda yillarora o‘zgarib turadi.

Yuqorida daryo suvining minerallashuv darajasi uning quyi qismiga qarab orta borishi qayd etildi. Tuz oqimi esa daryo suvi kamayishiga mos ravishda kamayib boradi. Ma­salan, Sirdaryo (Tyumen­Ariqda) tuz oqimi miqdori uning yuqori qismiga nisbatan 1,7 marta ko‘p bo‘lsa, Kazalinsk shahri yaqinida 1,1 martaga tushib qoladi. Yoki Amudaryoda Kerki yaqinida yuqori qismiga nisbatan 1,4 marta ko‘p bo‘lsa, uning quyi qismida esa boshlang‘ich qiymatga nisbatan 90 foizni tashkil etadi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turib­diki, hozirgi kunda Respublikamizda eng dolzarb masala­lardan biri suvni sifat jihatdan muhofaza qilishdir. Bu muammoni hal etishda ko‘pchilik olimlar qaytarma va oqava suvlarni tozalashni asosiy yo‘l deb qaramoqdalar. Lekin, bu yo‘l juda murakkab bo‘lib, qimmatga tushadi. Ikkinchidan, eng takomillashgan sun’iy tozalash inshoot­lari ham suvni to‘la tozalashga imkon bermaydi. Suvni 80­90 foiz tozalash yetarli darajada takomillashgan deb qabul qilinadi. Bu holda 10­20 foiz o‘ta chidamli ifloslantiruvchi moddalar yana suv tarkibida qoladi. Ular daryo suvini if­loslan­tiradi. Demak, sun’iy tozalash asosiy masalani hal qi­lishning yordamchi usullaridan biridir. [80-82]

Bu asosiy masala esa bir qancha choralar tizimini o‘z ichiga oladi. Ular oqava suvlarni daryolar, ko‘llar, suv om­borlariga oqizishni iloji boricha kamaytirishga, ayrim hollarda esa to‘la to‘xtashishga qaratilgandir. Faqat shu yo‘lgina masalani tubdan hal qilishga imkon beradi, toza suvni tashlandiq suvga aralashtirishdan xalos etadi. Shu yo‘l bilan tabiiy suvlarning sifatini yaxshilash va ularning miqdorini ko‘paytirish mumkin, chunki bunda bu­tun daryo suvi toza bo‘lib, iste’mol uchun yaroqli bo‘ladi, toza suv hajmi bir necha marta ortadi.

Yuqorida aytilgan asosiy masalani hal qilishda, ko‘pchilik olimlarning fikricha, quyidagi chora-tadbirlarni na­zarda tutish lozim:

1. Shaharlarning oqava suvlaridan dehqonchilik, asosan, yem­xashak yetishtiriladigan dalalarini sug‘orishda foyda­lanish mumkin, chunki tajribalarning ko‘rsatishicha ular tarkibida ko‘p miqdorda organik o‘g‘itlar, jumladan, o‘rtacha 50 g/m3 azot, 10 g/m3 fosfor, 30 g/m3 kaliy, 100 g/m3 kalsiy va magniy mavjud bo‘ladi. Albatta, gigiena nuqtai­ na­zaridan, bunday dalalarda to‘g‘ridan­to‘g‘ri ist’emol qi­linadigan ekinlar ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga ziyon yetkazmaydi. Bunday tajribalar Rossiyada va boshqa chet ellarda o‘tkazilgan hamda ijobiy natijalar olingan;

2. Sanoat korxonalarini aylanma suv ta’minotiga o‘tkazish zarur. Bunda korxona suvni o‘ziga kerakli darajada tozalaydi va undan qayta foydalanadi. Shu maqsadda korxona talab darajasidagi suvni bir yo‘la oladi, mahsulot ishlab chiqarishda butunlay sarf bo‘lgan qismi (umumiy suv miqdoriga nisbatan 10­15 foiz) esa suv manbaidan doimiy ravishda to‘ldirib boriladi. Bu tizimning qulay tomoni shuki, birinchidan, oqava suvlarning daryolarga oqizilishiga chek qo‘yiladi, ikkinchidan, korxona o‘zi ifloslantirgan suvni tozalashga majbur bo‘ladi. Bunda korxonaning o‘zi or­­tiqcha ifloslanishni oldini olishga harakat qiladi, na­tijada suvni tejash uchun rag‘batlantiruvchi iqtisodiy omil vujudga keladi;

3. Ayrim ximiyaviy korxonalarning ifloslangan suvlarini, agar ularni tozalab qayta ishlatish imkoni bo‘lmasa, alohida havzalarga yig‘ib, tabiiy yoki sun’iy holda bug’‘latib yuborish kerak;

4. Shaharlarda suv ta’minoti tarmoqlarini ikki yo‘­nalishda, birinchisini ichimlik, maishiy va oziq­ovqat sa­noati uchun, ikkinchisini esa sanoatning boshqa tarmoqlari uchun tashkil etish zarur. Bu tartib toza suvni tejash im­konini beradi;

5. Shaharlardagi yirik sanoat korxonalarida (asosan ximiya, metallurgiya) iloji boricha suvdan foydalanish me’yorini kamaytirish uchun kurashish kerak. Bu toza suv­ning miqdorini va shu bilan birga sifatini saqlash choralaridan biridir;

6. Daryolarda kam suvli davrda ularning suvini bir muncha ko‘paytirishga erishish lozim. Buning uchun mavjud suv omborlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish va agromelioratsiya usullarini qo‘llash talab etiladi;

7. Ekin maydonlarini sug‘orish natijasida hosil bo‘l­gan qaytarma suvlardan unumli foydalanish lozim. Ular­ning tabiiy botiqlarga oqizilishiga va behuda sarflani­shiga iloji boricha yo‘l qo‘ymaslik kerak.

O‘lkamiz sharoitida foydalaniladigan suv resurs­larining asosiy qismi (90 foizdan ortig‘i) irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladi. Uning qolgan qismidan esa sa­noatda hamda maishiy va kommunal maqsadlarda foy­dalaniladi. Ma’lumki, yuqoridagi har uch yo‘nalish ham yildan­yilga ko‘proq suv talab qilmoqda va shu sababli o‘lkamizda suv muammosi tobora tig‘iz bo‘lib qolmoqda. Ana shunday sharoitda suvdan tejab­tergab foydalanish, uning samarasiz yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvdan saqlash asosiy vazifa bo‘lib qoldi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Экология

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : Меры по сохранению водных ресурсов

Автор: Исаева Лайло, Юсупов Хамид

Дата: 27.04.2018

Номер свидетельства: 467845


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства