kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishning shakl va usullari

Нажмите, чтобы узнать подробности

В данной статье рассматривается важнейший и актуальный на сегодняшний день вопрос — необходимость ведения работы по бережному отношению к окружающей среде и рациональному ее использованию, начиная с дошкольных образовательных организаций. Любовь к природе в дошкольных образовательных организациях следует прививать вместе с организацией трудовой деятельности по уходу за растениями и животными, их бережному содержанию. Обеспечение чистоты окружающей среды зависит от нас самих. Если мы, взрослые и молодые, будем высаживать саженцы в нашем городе и озеленять его, сохранять его чистоту, чтобы наслаждаться чистым воздухом, мы сохраним и наше собственное здоровье. Весной проводится месячник посадки саженцев. Таким образом, посадка и уход за саженцами с добрыми намерениями, выращивание цветов — это человеческий долг каждого ученика и взрослого. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishning shakl va usullari»

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishning shakl va usullari

Mahliyo Ganiyeva

Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi oʻqituvchisi


Annotatsiya

Ushbu maqolada hozirgi kunda eng muhim va dolzarb masalasi atrof-muhitni asrab-avaylash hamda undan oqilona foydalanish masalalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan olib borish zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiatga mehr-muhabbatini oʻsimliklar va hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash boʻyicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qoʻshib olib borish kerak. Atrof - muhitning tozaligini ta’minlash o‘zimizga bogʻliq, biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo‘lish uchun shahrimizga ko‘chat ekib, ko‘kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak o‘zimizning sogʻligʻimizni saqlagan bo‘lamiz. Bahor faslida ko‘chat ekish oyligi o‘tkaziladi. Shunday ekan, nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o‘stirish har bir o‘quvchi va kattalarning insoniy burchidir. Bolalarga singdirish esa biz kattalarning vazifasidir.

Kalit soʻzlar: ekologik tarbiya, tabiat, oʻsimlik, hayvon, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mashg‘ ulot, oʻyin, bola, tarbiyachi va tabiat burchagi.

Inson onadan tug‘ilib, olamga kelgan chog‘idanoq tabiat ehsonidan bahramand bo‘ladi. Ilk bor havodan to‘yib nafas oladi. Odamzot o‘sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, harorati juda zarur bo‘lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat musaffo bo‘lsa, odam ham sog‘lom, baquvvat o‘sadi. Odam har nafas olganda uning o‘pkasiga yarim litrgacha havo kiradi. Odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi yoki tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in’omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang o‘pkada gaz almashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu insonning sog‘lig‘ini bora-bora izdan chiqarib, turli xastaliklarni vujudga keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar”, 55-moddasida esa “Yer osti boyliklari, suv, o‘simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyilgan. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o‘zgarib bormoqda. Yashil o‘rmonlar siyraklashib, o‘simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg‘un bo‘lgan tabiiy holatga putur yetmoqda. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit o‘rtasida bo‘lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirishdan iboratdir. Inson tabiatga, o‘zini o‘rab olgan muhitga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o‘rganishi va ular asosida o‘z hayotini rivojlantirish! shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yoʻllarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chikishiga sababchi bo‘Iadi va shu ofatlardan halok bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar bolalarga ta’lim va tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Dasturda belgilangan bilim va malakalarni tarbiyachi ta’lim tamoyillari asosida bolalar o‘zlashtira oladigan qilib tashkil etadi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularni aniqlash va sistemalashtirish imkonini beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning xilma-xil yo‘llari mavjud.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari:

  1. Mashg‘ ulotlar o‘tkazish

  2. O‘yinlar o‘ynash

  3. Kundalik hayot ishlari

  4. Ekskursiya mehnat

Mashg‘ulotlarning ayrimlarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni, hikoyalarni o‘qish, diafilm va shunga o‘xshashlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotiarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqtirlashtiriladi. Mashg‘ulotiarda bu xildagi suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi so‘zlardan, bolalarning tabiatdagi mehnatidan foydalaniladi. Barcha guruhlarda mashg‘ulotlarga qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.

Ekskursiya maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim berishning tashkiliy formalaridan biri ekskursiyadir. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko‘rish, eshitish, sezish orqali idrok etiladi. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi bog‘liqlik va uning qonuniyatlari to‘g‘risida realistik tasavvurlar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda o‘rganiladigan tabiiy fanlarni o‘zlashtirib olishniosonlashtiradi. Tabiat to‘g‘risidagi bilimlardan bexabar bo‘lish ko‘pincha o‘simlik va hayvonlarga nisbatan noto‘g‘ri, ba’zi hollarda esa berahm va shafqatsiz munosabatda bo‘lishga olib keladi. Ekskursiya bolalarni tabiatni o‘ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o‘zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boradi. Bu esa kishilarning yaratuvchanlik faoliyatiga hurmatini tarbiyalaydi va unda qatnashish xohishini uyg‘otadi, o‘z o‘lka tabiatidan, unda yashovchi mehnat ahlidan g‘ururlanish hissini mustahkamlaydi. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko‘paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir. Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni bolalar har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni sistemali ravishda kuzatib va parvarish qilib boradilar, Natijada o‘simlik va hayvonot dunyosining rang-barangligi, ularning o‘sishi va rivojlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o‘rgatadi, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib oladilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklarning chiroyli gullashiga, barglarining shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko‘rinishiga va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go‘zallikdan quvonishga o‘rganadilar hamda ularning estetik didi o‘sadi. Bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni tarbiyachi rahbarligida sistemali ravishda kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida ma’lum malaka va ko‘nikmalarni ham egallab boradilar, ularga nisbatan barqaror qiziqish va g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi. Bolalarning tabiatga mehr-muhabbatini o‘simliklar va hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash bo‘yicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo‘shib olib borish kerak. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularning yosh xususiyatlari, pedagogik, fiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. Fotima Qodirova, Shoista Toshpoʻlatova, Nargiza Kayumova, Malohat Aʻzamova Maktabgacha pedagogika - Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. - 688 b.

  2. Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika- Toshkent: “Tafakkur Boʻstoni”, 2013-288-b.

  3. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi. T. 2022 yil

  4. Rajabova, L. C., & To’Xtayeva, M. H. (2021). Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat burchagini tashkil qilishning ahamiyati. Scientific progress, 2(7), 1224-1229.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Дошкольное образование

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Дошкольникам

Скачать
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishning shakl va usullari

Автор: Mahliyo Ganiyeva

Дата: 09.05.2025

Номер свидетельства: 669480


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства