•Suv qushlari. Suv qushlari hayotining ko‘p qismini suvda suzib o‘tkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv o‘tkazmaydigan tig‘iz qoplag‘ichni hosil qiladi. Qushlar dumg‘aza bezlari ajratib chiqaradigan yog‘simon suyuqlikni tumshug‘i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi. Suv havzalarida yashovchi qushlarning ko‘pchiligi suvda chaqqon suzadi va sho‘ng‘iydi, ozig‘ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va beso‘naqay harakatlanadi. •Sohil qushlari. Sohil qushlari suv havzalarining sayozliklari, sohil yaqini va botqoqliklarda oziqlanadi. Ko‘pchiligining bo‘yni va oyoqlari uzun bo‘ladi. Shuning uchun ular sayozliklarda va balchiqda yaxshi yuradi; tumshuqlari yordamida ozig‘ini oladi; lekin suvda suzolmaydi. •Pingvinlar turkumi.Pingvinlarning qanoti kalta va ingichka bo‘lib, eshkakka aylangan. Oyoqlari tanasining keyingi qismiga birikkanligi uchun quruqlikda yurganida tanasini tik tutadi. Eshkak qanotlar yordamida ular soatiga 30 km tezlikda sho‘ng‘iy oladi. Antarktida, Tinch okean orollari, Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrika sohillarida tarqalgan. Baliqlar va yirik qisqich baqasimonlar bilan oziqlanadi. Imperator pingvininining bo‘yi 120 sm, vazni 45 kg keladi. Pingvinlar koloniya bo‘lib in quradi.
Просмотр содержимого документа
«“Suv havzalari va sohil qushlar”»