Просмотр содержимого документа
«O'zbek xalq ertaklari»
Sinf: 3-“G”
Sana: 27.09.2019 yil
“O`zbek xalq ertaklari “ kitob taqdimoti
M
exrona
Osmoni musaffo zamini chaman,
Yursam yo`llariga mehri to`shalgan
Zamoni farovon xalqi baxtiyor
Bormi senday o`lka sendayin vatan?!
Odinabonu
Yurtim, hayotimning har bir lahzasi
Sen bilan go`zaldir sen bilan to`liq.
Nomini dunyoga hayqirib aytib,
Vatan sen tufayli toleim yorug`!
Aziz
Assalomu alaykum aziz mehmonlar!Biz uchun qadrli bo`lgan mehribon ustozlar
Laziza
Assalomu alaykum aziz ota-onala,r tengdoshlar!Bugun 3-G sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “O`zbek xalq ertaklari” kitobi taqdimotimizga xush kelibsiz.
Aziz
Marhamat tinglab, tomosha qiling!
Abdumalik
M
ehring makoni baxtimning koni,
Yuragim urgan oni en g mehriboni
Men uchun azizdir bug`doyi noni
Beqiyos baxtimsan O`zbekistonim!
Amira
Bejizga aytilmagan baxtlar zamoni
Ming-mingdan o`tadi do`stlarning soni
Go`zaldir chamanzori,gulla,bo`stoni!
Qalbimning to`risan sen aziz Vatan!
Sevinch
Vatan,sening bo`g`ingni sevdim,
Ham viqorli tog`ingni sevdim
Gul ko`kargan tog`ingni sevdim
Ko`ksingdagi tog`ingni sevdim
Ulug`bek
Osmoningda qoshlaring uchar
Oy kechasi tushlaring quchar.
Seni ko`rib hushlari uchar,
Qishing hamda yozingni sevdim!
Mohinur
Tinchliging timsoli oppoq kabutar
Xalqing mehnatkash,oqil u kamtar,
Seni porloq kelajak kutar,
Kuy yangragan so`zingni sevdim!
Aziz
Vatan,sening o`g`loning bo`lay,
Yov kelganda qalqoning bo`lay,
Jismingdagi bir joning bo`lay
Dilingdagi rozingni sevdim!
Raqs: O`zbekiston
Muhayyo
Salom, jonajon maktab,
Tabarruk makon maktab,
Ilm nurini sochgan
Quyoshsan maktab!
Alisher
Chorlading quchog`ingga
Keldik ilm bog`ingga
Munis ona misoli!
Bizga mehribon maktab!
Jasurbek
Bag`ringda har qiz o`g`lon
Qalbi bo`lar nurafshon
Sensan azaldan azizMuqaddas makon maktab
Amira
Kitob bilib o`rgatar
Kitob bilim o`rgatar
Qani tugib dilingga Asta olsang qo`lingga.
Ulug`bek
So`ng o`qisang har satrin,
Kitobning bilib qadrin.
U
lg`yganda sendan zo`r
Muhandis chiqar mashhur!
Mohinur
Balki shoir yo olim,
Balki oddiy muallim
Yo shifokor uchuvchi
Yoki usta quruvchi
Kitob o`qi ol saboq
U senga yaqin o`rtoq
Sevara
Ko`p kitob o`qiganning
So`z boyligi ko`p bo`lar
Har bir aytgan so`zingning
Mag`zi pishiq to`q bo`lar
Hamma:
Mo`jiza emasdir falakda oftob,
Mo`jiza aslida beminnat kitob
Sarvar
Kitob bu oyna siz undan tarixni bugungi va kelajakni ko`ra olasiz.
Mayram
Xalqimizning urf odatlari an`analari ko`p.Shulardan biri kitobga hurmatuni e`zozlash deb aytsak also mubolag`a bo`lmaydi chunki inson yaratilgandan buyon komillikka intilib yashaydi.Dunyoqarashini boyitib boradi,inson ma`naviy tarbiyani birinchi bo`lib oilada,keyin bog`cha,so`ng esa maktabda oladi. Ma`rifiy tarbiya chin ma`noda kitob orqali singdiriladi.Shuning uchun kitobni tarbiyaning asosiy quroli deyish mumkin.Demak chin inson bo`lib yetishning muhim shartlaridan biri kitob mutolaa qilishdir.Mutolaa arabcha so`z bo`lib diqqat bilan o`qish o`rganish ma`nosini anglatadi.
E`zoza
Kitobni paydo bo`lish tarixi Juda qadimiy qadimda Rim Misr YUnoniston va O`rta Osiyoda insonlar o`z fikrlarini toshlarga daraxt barglariga spool va hayvonlar terisiga yozishgan ,keyinchalik papirus o`simligidan foydalanishgan.
“Kuntegin va Tunyuquq” bitiklari toshlarga o`yib yozilgan.Va bizgacha yetib kelgan.
Meloddan avvalgi II asrida kelib hayvonlarning terisidan foydalanishgan.
Hanifabonu
Keyin esa qog`oz kashf etilishi bilan qo`lyozma kitoblar paydo bo`lgan.
650-yillardayoq Samarqandda qog`ozli kitoblar bor edi,shu asosda xatolik va muqovasozlik hunarlari rivijlangan .Kitoblar mashhur hattotlar tomonidan ko`chirilgan bo`lib dunyoning ko`xna kitobxonalarida saqlab kelinmoqda.
Parizoda
Kitob nusxalarini ommaviy natijasida XV-asrning 40 yillarida Germaniyada Iogann
Gutenburg tomonidan kitob bosish uskunasi ixtiro qilingan.
Mexrona
Kitobni oftob deydilar.O`tmishda hamma to`liq savodxon bo`lmagan,kitob nashr etish ixtiro qilinmagan yoki kitoblar juda oz bo`lgan .Zamonlarda kitobxonlik qilishgan . Chunki ko`plar kitob o`qishni yozishni bilmasada eslab qolishgan boshqalarga so`zlab berishgan.
Amira
Ajdodlarimiz kitobni juda e`zozlashgan,ular kitoblarni eng toza pok joylarda saqlashgan.
“Qat-qat qatlama qatlamadan xatlama deb hatto kitobning ustidan xatlab o`tish ham mumkin emasligini uqtiradi.Kitobni peshonasida ko`zlarida surib keyin uni e`zozlab tokchalarga qo`yishgan.
Javohir
Ajdodlarimiz kitobni har qanday boylikdan ustun qo`yishgan.Shoh va olim Mirzo Ulug`bek hayoti xavf ostida qolganda ham kitoblarini o`ylaydi ularni asrab avaylab kelgusi avlodga yetkazishni shogirdi Ali Qushchiga topshiradi.
Zarina
Guruzinlarda shunday bir an`ana bor ekan bu bizni hayratga soldi.Ular ma`naviyat va madaniyat belgisi sifatida har bir kelin
Yoshlik umrning eng g`animat davri.Unda egallangan ilm va hunar umr davomida halol va baxtli yashash uchun dastmoya bo`ladi.
Sevdiyor
“Kitob-barcha bunyodkorlik yaratuvchanlik va aql- idrokning, ilmi- donishning asosidir.Hayotda o`rgatuvchi murabbiydir degan” degan edi buyuk Amir Temur.
Nazarbek
Kitobni muqovasiga qarab oladilar,ichiga qarab baho beradilar” deydi ulug` mutafakkir A.Navoiy.
Ulug`bek
“Kitob-bir xazina, mutolaa yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mash`alder”,deb yozgan Oybek.
Abdulmalik
“Mutolaa insonni bilimdonlik,suhbat,topqirlik sari yetaklaydi” degan faylasuf Frensis Bekon
Jahongir R
Gyote:Kitob mutolaasi beqiyos sharafli,chunki kitob mutolaasi tufayli inson hayot qonuniyatlarini chuqur anglaydi,bilim doirasi kengayib,dunyoqarashi o`sadi,ma`naviy tarafdan yuksaladi:deganda naqadar haq gapni aytganlar.
Muxlisa
Kishilar o`z qismatining chigalliklari yechishdan ojiz qolgan chog`larda ertak uni nurli qanotlarida umidli manzillarga ko`tarib otgan. Bashariyat hali zulmat najot yollarni qidirib asrlar mobaynida kimsasiz taqdir so`qmoqlarida tentirab yurgan onlarda ertaklar uni xayolat qanotida ziyo baxsh etgan.
Otabek
Bir so`z bilan aytganda ertak insoniyatning beg`ubor bolaligi yetishtirgan samaradir. Binobarin, uning ta`rifi tavsifiga til ojiz-qalam behold.
Parizoda
O`zining maftunkor sehri tuganmas shukuhi ,dilni rom etuvchi jozibasi bilan hamisha qanoatlanib turuvchi xalaq ertakalari inson hayotining mevasidir.
Raqs:Bor ekanda
Mayram
Inson qadim zamonlardan buyon tabiat kuchlarining mohiyatini anglash, o`ziga bo`yso`ndirish dunyoda ro`y berayotgan hodisalarni tushunish adolat saodatini orzu qilgan
Sarvar
Barcha xalqlarning orzu niyatlari ostida bir-biriga hamo- hang bo`lsada ularni har bir xalq o`zicha ifodalagan.
Baxtiyorov
Xalqlarning ana shu orzu niyatlari ifodasi o`laroq xalq og`zaki yodida ertak janri maydonda kelgan
Otabek
Xalq ertaklarida barcha xalqlar o`g`zaki xos qadimiy janrdir.Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqning dunyoqarashi ,milliy xarakteri,sinfiy munosabatlari turmushi ma`lum darajada o`z ifodasini topadi.
Jasurbek
Ertaklar hayot haqiqatini hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligini tilsim va sehr vositalariga asoslanishi voqea hodisalarning ajoyib g`aroyib holatlarda kechishi qahramonlarining g`ayritabiiy jasorati bilan fikrlarning boshqa janrlardan farq qiladi.
Mehribon
Ertaklar barcha kitobxonlarda fikrning mardonovorligi va hayolotning shijoatkorligini shakllantiradi. Bu ayniqsa bugungi misli ko`rilmagan ishlar va kashfiyotlar davrida g`oyat ahamiyatlidir.
Sahna ko`rinishi: O`tinchi yigit bilan sher
Hanifa
Donoxon
Ertak so`zining lug`viy ma`nosini aytish .aytmoq hikoya qilmoq ma`nolarini bildiradi .O`zbek xalq ertaklari odatda saj ya`ni nasrdagi qofiya usulida yaratiladi va bor ekanda yo`q ekanda to`q ekan singari an`anaviy kirish bilan boshlanib hamda murod maqsadlariga yetibdilar.Xulosa bilan yakunlanadi.
Abdulloh
Ertaklar barcha davralarda ham dolzarbligicha qolaveradi. Barcha xalqlarning o`g`il va qizlari ertaklarini o`qib ulardan hayot sabog`ini oladi, adolat va ezgulik tantanasiga ishonch ruhida tarbiyalaydi.
Gimnastika
Baxtiyorov
Biz kitobni asraylik
U tuganmas xazina
Eng yaqin do`stimizdir
Kelajakka zo`r zina!
Amira
Nurga to`la har satri
U bilimga chorlaydi
Bu albatta kitobdir
Undan ilm porlaydi.
S
evdiyor
Kitobim –oftobimdir
Kitob bilimga boydir
Yaxshilikka undaydi
Kitob yaqin do`stimdir!
Laziza
Zilol suvlar oqar sho`x shodon o`ynab
Bu yurt kelajakning nurli o`lkasi,
Qalbim tilga kirib deydi pichirlab,
O`zbekiston baxti borlar o`lkasi!
Aziz
Ey qalbim pichirlab gapirma hech ham
Chunki yurtim yuragimning parchasi
Baralla aytaver eshitsin olam,
O`zbekiston baxti borlar o`lkasi !
Aar ko`ngilning orzusi shul erur obi hayot
Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.
Kompozitsiya:
Aziz
Aziz mehmonlar ,shuning bilan 3-G sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “O`zbek xalq ertaklari” kitobi taqdimotimiz o`z nihoyasiga yetdi.
Laziza
Bugungi tadbirimiz sizlarga manzur bo`lgan bo`lsa, o`zimizni baxtiyor deb bilamiz.