kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining o`rni.

Нажмите, чтобы узнать подробности

It is about a math class for elementary classes

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining o`rni.»

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARINING O`RNI.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda matnli masalalar ustida ishlash usullari va matematika darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash jarayoni haqida tushuncha beradi.

Kalit so’zlar:matematika, matematik masalalar, konkret, arifmetik amallar

Matematikani o’qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali mashq turlaridan biridir. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shaklllantirish ularning programmada berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur. Shunday qilib, masalalar konkret material bo’lib, ular yordamida bolalarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlab boradi. Masalalar bilimlarni shakllantirishda konkret material bo’lgani holda nazariyani amaliyot bilan, o’qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. Masalalar yechish bolalarda kundalik hayotda har bir kishi uchun zarur bo’lgan amaliy uquvlarni vujudga keltiradi. Masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. 1-etap-masala mazmuni bilan tanishtirish; 2-etap-masala yechimini izlash; 3-etap-masalani yechish; 4-etap-masala yechimini tekshirish. Ajratilgan etaplarga bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir etapida ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi. Har bir etapda ishlash metodikasini batafsil ko’rib chiqamiz. 1. Masala mazmuni bilan tanishtirish Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o’qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir. Masalani odatda bolalar o’qiydilar. Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidaqn keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. 2. Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak. 3. Masalaning yechilishi Masalaning yechilishi bu yechim plani tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart. 4. Masalaning yechimini tekshirish Masalani yechimini tekshirish degan yechim to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash demakdir.

Boshlang’ich matematika darsida asosiy o’rin egallagan masalalar juda muhim vazifani bajaradi. Ular o’quvchilarda mantiqiy fikrlash, analiz va sintez qilish, umumlashtirish, qaralayotgan hodisalar orasidagi bog’lanishlarni ochib berish malakasini o’stiruvchi asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatishning ahamiyati ular ustida ish olib borish metodikasiga bog’liq. Bu o’z navbatida boshlang’ich sinf o’qituvchisidan puxta bilim, yuqori malaka va mahorat talab etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish ularni matematik munosabatlar bilan tanishtirishda muhim asos vazifasini bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bikbayeva N. U. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996 yil

2. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent, 2005 yil

3. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. “Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi” Toshkent, “TDPU” 2005 yil


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Дошкольное образование

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining o`rni.

Автор: YO'LDOSHEVA LOBAR ABDUSALOMOVNA

Дата: 17.09.2020

Номер свидетельства: 557688


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства