1-sinf o'quvchilari maktabga ilk bor qadam qo'yganlarida. O’qishni va yozishni bilmagan holda keladilar. Biz boshlang'ich sinf o'qituvchilari:
Oz-oz o'rganib dono bo'lur,
Qatra - qatra yig'ilib daryo bo'lur
maqoliga amal qilib, o'quvchilarga bilim bera boshlaymiz. O'qituvchining bergan sabog'ini qunt bilan egallab borgan o'quvchilar qorong'ilikdan yorug'likka chiqqandek bo'ladilar, ya'ni o'qishni va yozishni bilib oladilar.
Ular uchun «Bilimlar qasrining» eshiklari ochiladi. O'quvchilarimiz hozirgi kunda bemalol o'qishni va yozishni uddalayaptilar, endi ular bilan sinfdan tashqari tadbirlar uyushtirsak bo'ladi, degan maqsada «Bilimlar qasriga sayohat» nomli tadbirni tayyorlab, o'tkazdim.
E'tiboringizga shu tadbir dasturini havola etaman.
Tadbirni o'tkazishdan maqsad:
1. O'quvchilar qalbida Vatanga, buyuk ajdodlarimizga nisbatan mehr uyg'otish.
2. O'quvchilarning o'qishga bo'lgan qizjqishlrini orttirish.
3. Tabiatni sevishga, ongli munosabatda bo'lishga o'rgatish.
4. Ota-onalar oldidagi farzandlik burchlarini o'quvchilar ongiga singdirish.
5. Mustaqil fikrlashga, xulosa chiqarishga o'rgatish.
BILIMLAR qASRIGA SAYoHAT
madhiya
O'quvchi: Hamma so'zlar ichida,
Salom sevgan so'zimiz.
Ta' zim bilan aytamiz,
Assalomu alaykum.
O'quvchi: Aziz mehmonlar qadamingiz qutlug' kelsin,
Barchangizga bu bayram qutlug’ bo'lsin.
Qalbimiz qo'ri, davramiz to'ri sizniki bo'lsin,
Aziz ustoz birinchi so'z sizniki bo'lsin.
O'qituvchi: Assalomu alavkum, mana shu tantanali
kechaga tashrif buyurgan aziz mehmonlar,
qadrli ota-onalar, mehridaryo ustozlar!
Bugun o'tkazilar maktabda bayram,
Katta-yu kichikda liboslar bashang,
Qo'llarda alvon gul, yuzlarda kulgu,
Kiygan liboslari yarashmish qarang.
Bugun biz uchun hech qachon esdan chiqmaydigan, xotiramizda bir umr muhrlanib qoladigan kun. Bugun jajji bolajonlarimiz hayotda erishgan ilk muvaffaqiyatlarini siz-u biz bilan baham ko'rishmoqchi. Bilim - qalblarni yorituvchi bir ziyo-inson hayot yo'lini yorituvchi porloq mash'ala. Qolaversa, hamma narsaningkaliti bilimda.
Ilmdan bir zarra dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
Biz bolajonlarimiz bilan mana shu ummon sirlarini ochishga birinchi qadamni tashladik.
Zero: Odamdan yuqori turarkan olam,
Bilim oshirmoqqa muhtojdir odam.
Odamzodning kundalik muomalasi avvalo so'z bilan boshlanadi. So'z bilan kishi o'z maqsad va orzularini ifodalaydi, so'z bilan inson o'z mehr-muhabbatini izhor qiladi. Shunday ekan, navbatni kichkina «so'zshunoslar»ga beramiz.
O'quvchi: Yosh qalbim sevinchga limmo-lim,
Quyoshday porloqdir toleim.
Orzumga yo'l ochar fan-bilim,
Nega ham quvonmay men axir,
Eh, bugun – ALIFBE bayramim!
O'qituvchi: Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to'lsin,
Alifbe bayramingiz,
Barchaga qutlug’ bo'lsin.
O'zbekiston mustaqil bo'lganidan keyin yurtimizda juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Hozirgi kunda ta'litn sohasiga ham alohida e'tibor berilmoqda. Noananaviy usulda darslar, tadbirlar o'tkazish yaxshi samara bermoqda.
Shundan kelib chiqqan holda biz ham bugungi «Savodxonlik» bayramimizni noananaviy usulda, ya'ni «Sayohat» tarzida o'tkazmoqchimiz.
Marhamat, tinglab - tomosha qiling!
Kabutar: Assalomu alaykum, aziz bolajonlar.
Men sizlarga shahzodam yuborgan maktubni olib keldim.
O'qituvchi: Rahmat Qani o'qib ko'raylik-chi xatda nima
haqida yozilgan ekan?
Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Men sizlarni «Bilimlar qasri»da o'tkaziladigan bayram kechasiga taklif etaman. Qasrga o'rmondan, sehrli so'qmoqlar orqali kelasiz. Siz u yerda turli xil to'siqlarga duch kelasiz, ulardan muvaffaqiyatli o'tsangiz «Bilimlar qasri»ning eshiklari ochiladi. Sizlar har qanday to'siqni yengib o'tasiz degan umiddaman. Xayr sizlarni kutib qoluvchi ShAXZODA.
Ayiq: Hoy, kirn u mening uyqumni buzgan?
Bu yerdan osonlikcha o'tib ketmoqchi bo'lsangiz xato qilasiz.
O'qituvchi: Biz «Bilimlar qasri»ga bormoqchi edik.
Qani qanday savolingiz bor?
Ayiq: Ko'ksingizga taqib olgan narsangiz nedur tushunmadim?
Tarif bering har biringiz, tinglab bilibolayin.
O'qituvchi: Unday bo'lsa, biz yordamga ALIFBE kitobini chaqirsak, chunki bu harflar sirini biluvchi, ularni tilga kirituvchi ALIFBE kitobidir.
Bilsangiz bor bir kitob,
Kitoblarning bobosi.
Kitobmas go'yo oftob,
Yo'qdir uning bahosi.
Bu bayram sababkori,
Bilimlar poydevori.
Ma'noli shirin so'zi,
Qani ALIFBE o'zi,
Alifbeni chaqirsak,
Baravar qarsak chalsak.
Hamma: ALIFBEJON kela qol,
Olqishlaymiz quloq sol.
Aliibe: Assalomu alaykum aziz ota-onalar va qadrdon bolalar!
Savodxonlik muborak,
Bayram shodlik muborak.
O'quvchi: Rahmat senga ALIFBE,
Chindan qadrdon bo'lding.
Sen ALIFBE kitobim,
Ko'zga go'yo nur berding.
Charaqlagan oftobim.
O'quvchi: Qadrdon kitobimiz,
U bizning oftobimiz,
Beradi bizga ta'lim,
Qalbi qaynoq muallim.
O'quvchi: Endi olib kitobni,
Sharillatib o'qiyman.
Go'yo quchib oftobni,
O'zim ham she`r to'qiyman.
O'qituvchi: Navbat endi sizlarga,
Jajji o'g'il-qizlarga,
Boshlab bizni keng yo'lga,
Harflar kirsin tilga.
HARFLAR ShE'Ri
Alifbe: Rahmat aziz o'quvchilar, men sizlardan juda ham hursand bo'ldim. Endi men o'z o'rnimga «O'QISh» kitobini qoldiraman. Marhamat davraga taklif etsak.
Hamma: Kelaqolgin O'QIShJON,
Yo'lingga biz intizor.
O’qish: Men o'qishman, men o'qish,
So'zlar ma'nosin o'qish,
Sher, ertaklar menda mo'l,
Ishonmasang o'qib ko'r.
Ona-yurtga mehringiz,
Doimo ortsin deyman.
Hurmatin saqlang deyman,
O'rgataman odobni,
Ham qiziq topishmoqni,
Bitta shartim biling siz,
Faqat meni yaxshi saqlangiz.
O’quvchi: Kitoblarni saqlayman,
Toza qilib hech yirtmay.
Dog’ tegizmay betlariga
O'qiyman g'ijim etmay.
O’qituvchi: Sirlidir bizning kitob,
Chuqur o'ylab sirin top.
Sirli sandiq ochilsin,
Ziyo nuri sochilsin.
«QADRDONIM MAKTABIM» qo'shiq
O’qish: Rahmat, aziz bolajonlar, endi davraga «MATEMATIKA» kitobini chaqirsak.
Hamma: Hisoblashni o'rgatgan,
To'g'ri yo'lni ko'rsatgan.
Matematikam kela qol.
Matematika: Men o'rgataman hisob,
Fanlaming podshosiman.
Sirlarim ko'p behisob,
Donolar oshnosiman.
Aziz bolajonlar men sizlarning bilimingizni sinab ko'rish maqsadida, sirli gul olib kelganman. Sirli gullarga yozilgan sonlarga ta'rif bera olsangiz gullar ochiladi. Marhamat zukko bolajonlar navbat sizlarga.
SONLARGA TA`riF
Matematika: Rahmat aziz bolajonlar, sizlardan ko'nglim to'q bo'ldi
Ayiq: Ha, mayli endi sizlar uchun yo'l ochiq,
chunki mening sinovimdan o'tdingiz.
O'qituvchi: Endi o'g'il bolalar ishtirokida «O'g'il bola» raqsini tomosha qilamiz.
Qaroqchi: Do'stim eshitayapsanmi? oyoq tovushlari eshitilyapti. Bugun ham ishimiz besh ekanda.
-Hoy zumrashalar qayoqqa ketayapsizlar?
-bilimlar qasriga.
-Bu yerdan osonlikcha o'ta olmaysizlar, agar biz bergan savollarga javob bera olsangizgina sizlar uchun yo'l ochiladi.
O'qituvchi: Xo'sh qanday savolingiz bor?
O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar.
Qaroqchi: Vatan deganda nimani tushunasiz?
O'quvchi: Har bir kishining tug'ilib o'sgan joyi uning Vatanidir.
O'quvchi: Vatan so'zi so'zlar ichra durdona,
Vatan o'zi quyosh kabi yagona.
Vatan mehrin ichdim men yona-yona,
Vatan aziz muqaddas bir koshona.
Qaroqchi: «O'zbekiston» so'zini hosil qilib she'rlar ayting-chi.
O'quvchilar: O’-O'zligini topdi o'zbek sunbulaning kunida,
Z - Zamona silsilasi qaytarolmas maqsaddan,
B - Baxt-saodat kelar, albat, ahil bo'lsak bizlarga,
E - Yetuklikka intilamiz, insoniylik burchimiz.
K - Kamolot, ulug'lik tomon intilar xalqim,
I - Insonlar barchasi ahil va inoq,
S - Sabr-toqat, imon bo'lsada yo’ldоsh,
T - Tinch o'tar inson umri, baxt unga doim yo'ldosh.
O - Orzu niyatlarimiz tinch bo'lsin butun jahon,
N - Nomi keng jahonda jaranglar ona-yurt
O'quvchi: Diyorim hur O'zbekiston,
Gullar yurti bo'lajak.
Kutar meni baxtli davron,
Go'zal, porloq kelajak.
O'quvchi: G'ururim va iymonim,
Onajonimsan Vatan.
E`tiqodim manzili,
Jonajonimsan Vatan.
O'quvchi: Istiqloling muborak,
Jonim O'zbekistonim.
Noming el-aro buyuk,
Shonim O'zbekistonim.
O'quvchi: Temur bobom suygan yurt,
Bobur dili kuygan yurt,
Quvonch-u alamimsan,
Sen mening Vatanimsan.
O'quvchilar: «O'zbekistonim» qo'shiq.
Qaroqchi: O'zbekistonning prezidenti kim, qanday muhim sanalarni bilasiz?
O'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Daviat prezidenti Shavkat Mirоmоnоvich Mirziyoyev.
Hotam dunyo hikmatiari bor,
Hikmati bor har bir tuhfasin.
Yuz yilda bir tug'ilsa sardor,
Parvardigor o'zi asrasin.
O'quvchi: 1991 yil 31-avgust kuni O'zbekiston mustaqil daviat deb e`lon qilindi.
Mustaqillik qutlayman seni,
Bor san`atim, bayotim bilan.
Mustaqillik asrayman seni,
Kerak bo'lsa hayotim bilan.
O'quvchi: 1991 yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Daviat bayrog'i tasdiqlangan.
Bayroqdagi to'rt xil rang,
Hamohangdir birlikda,
Bir – birini to'ldirar,
Maqsad sari tenglikda.
O'quvchi: 1992 yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan.
Assalom ona yurt, tonglar o'lkasi,
Tarif-tavsifingni yo'q nihoyasi,
Senga bag'ishlanar muqaddas qo'shiq,
Bu o'zbek elining o'z madhiyasi.
O'quvchi: 1992 yil 2-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Daviat tamg'asi tasdiqlangan.
Tamg'amizda orzumiz,
Aks etgandir biling siz.
Humo qushi yetaklar,
Maqsad sari biling siz.
O'quvchi: 1992 yil 8-dekabrda baxtimiz qomusi bo'lmish O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi tasdiqlangan.
Qomusimiz baxtimiz,
U g'urur va sha'nimiz,
Odillik va rostlik bilan,
Ortar shuhrat - shonimiz.
O'quvchi: 1992-yil 2-mart kuni O'zbekiston Respublikasi BMTga a'zo bo'lgan.
Bir-bir bayon aylay quloq sol yey dil,
Vatan oshyonisiz sayramas bulbul,
Dunyoda har millat o'zicha bir gul,
Gul kabi ochilib turgan O’zbekman.
O'qituvchi: Endi qizlar ijrosida «O'zbekiston» raqsini tomosha qilamiz.
Qaroqchi: Voy-bo', zumrashalar ancha-muncha narsani bilishar ekan-ku, yana qiyinroq birorta savol topaylik.
- Ha o'yladim, qani bizga «Vatan» mavzusida birorta sahna ko'rinishi namoyish etib bersinlar-chi.
O'quvchi: «Bir qarich yer» sahna ko'rinishi.
O'qituvchi: Vatanni seving siz, Vatanni asrang!
Unga tikilmasin begona ko'zlar!
Yigitlar misoli Alpomish bo'1sin,
Jannatga aylansin sahro-yu cho'llar.
Qaroqchi: Rahmat bolajonlar, biz ham sizlardan anchagina ma'lumotga ega bo'ldik. Marhamat sizlar uchun yo'l ochiq.
O'qituvchi: Qani, o'quvchilar yo'lda davom etaylik-chi, bizni yana qanday to'siqlar kutmoqda ekan?
Yalmog'iz: Hoy bolalar mening kulbam atrofida nima qilib yuribsizlar, agar bu yo'ldan o'tmoqchi bo'lsangiz mening shartimni bajarishingiz kerak, agar bajara olmasangiz hammangiz xuddi menga o'xshagan yalmog'izga aylanib qolasizlar.
O'qituvchi: Biz bugungi sayohat davomida ko'p to'siqlarga duch keldik, o'quvchilar barchasidan muvaffaqiyatli o'tishdi, qani eshitaylik-chi sizning qanday shartlaringiz bor?
Yalmоg’iz: Menga bolalar ota-onalanga bag’ishlangan she`r va qo'shiqlardan aytib berishsin-chi, eshitib bir mazza qilay.
O'qituvchi: Marhamat! Aziz o'quvchilar navbat biz uchun eng aziz bo'lgan ota-onalarga bag'ishlangan sher va qo'shiqlarga.
O'quvchi: Aziz ota-onalar biz sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr tilaymiz. Bizning baxtimizga doimo sog' bo'linglar.
O'quvchi: Chehrasi go'yoki oy,
Tillari shakarga boy.
Doim ochiq yuz chiroy,
Onajonim onajon.
O'quvchi: Siz quyoshsiz porloq osmonda,
Bolam deya yorug’ olamda.
Bog'im uzra bo'stonim onam,
Yurakdagi dostonim onam.
O'quvchi: Onajonlar bor bo'ling omon,
Sizga ta'zim, sizga sharaf-shon,
Sizlar bilan hayot osuda,
Siz buyuksiz, ulug' ma'buda,
Onajonlar sog’ bo'ling omon.
O'quvchi: Ona aziz, ona ulug' zot,
Ona borki go'zaldir hayot.
Onalarning buyuk qalbidan,
Yer-u ko'k olamdir bir hayot.
O'qituvchi: Endi o'quvchilarimiz ijrosida «Onajonlar assalom» nomli qo'shiqni tinglaymiz.
QO'ShIQ
Yalmog'iz: Iya, bu o'quvchilar kichkina bo'lishlariga qaramay barcha sinovlardan o'tdilar-ku. Ha mayli, sizlarga oq yo'l.
O'qituvchi Mana o'quvchilar bugun biz juda ko'p to'siqiardan o'tib, maqsadimizga erishib, «Bilimlar qasri»ga yetib keldik.
Shahzoda: Assalomu alaykum aziz o'quvchilar! Xush kelibsizlar mening qasrimga. Bugun men o'z qasrimda uyushtirgan bayram kechasiga eng a`lochi, zukko o'quvchilarni taklif etganman. Marhamat bolajonlar bayramda o'ynab kuling. Nimagadir bugun qorbobo kechikib qoldilar, qani hammamiz birgalikda davramizga qorboboni chaqiraylik-chi.
Hamma: Qorbobo, qorbobo, davramizga marhabo.
Qorbobo: Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Mana men ham uzoq-uzoq o'rmonlardan oshib yetib keldim. Men barchangizni kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan tabriklayman. Men ham sizlarning bilimingizni sinab ko'rmoqchiman. Hozir buyuk allomalarimiz siymosi aks ettiriladi, sizlar qaysi alloma ekanligini topasizlar.
O'quvchi: Biz kim mulki Turon amiri Turkistonmiz,
Biz kim millatlarning eng buyugi,
Turkning bosh bo'g'inimiz.
Men umrim davomida yirik davlat tuzdim. Yurtni boshqarishda bir nechta hikmatlar bilan bir qalorda «Kuch – adolatda» degan hikmatga amal qildim.
O'quvchi: Bobojon biz sizni tanidik. Siz buyuk sarkarda bobomiz Amir Temursiz.
O'quvchi: G'urbalda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Butbulga tikondek oshyon bo'lmas emish.
Men 1441-yil 9-fevralda Xirotda dunyoga keldim. 5-6 yoshimdanoq ko'p she'rlarni yod oldim.
O'quvchi: Biz sizni tanidik bobojon. Siz so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizsiz.
O'quvchi: Sizlarning sog'lom o'sishlaringiz O'zbekislonning dovrug'ini olamga yoyadi. Chunki sog'lom, baquvvat, jasur va mard o'g'lonlar vatanning tayanchidir. Sog'lomlik bilan birga kitobga mehr qo'ying. Shunda dunyo sirlaridan boxabar bo'lasiz.
O'quvchi: Biz sizni tanidik bobojon. Siz tabobat fanining asoschisi Abu Ali Ibn Sinosiz.
Qorbobo: Rahmat bolajonlar. Buyuk bobolarimiz haqida ham tushunchaga ega ekansizlar, Qani endi bolajonlar mcnga yangi yil bayramiga bag'ishlangan she'rlardan aytib beringlar-chi?
ShE`r, QO'ShIQ, RAQS
O'qituvchi: Shunday qilib bugungi «Bilimlar qasriga sayohat» nomli bayram tadbiri o'z nihoyasiga yetdi. Endi navbat ota-onalarga. Marhamat so'z navbati sizlarga.
QIZIQARLI O'YMLAR
1. Stul atrofida raqs.
2. Endi aziz bolalar
O'taylik topishmoqqa,
Uushyor ota – onalar,
Shay bo'linglar topmoqqa.
1) Varoqlari qatma – qat,
Bir yilga yetar faqat.
(taqvim)
2) Uyga osdik bitta nok,
Yop - yorug' bo'ldi har yoq.
(lampоchka)
3) Asal emas yoqadi,
Ari emas chaqadi.
(gap)
4) Kunga qarab tolmaydi,
Kundan ko'zin otmaydi
(kungabоqar)
3. Arqondan o'tish.
4. Savol – javob.
1) Farzandingiz yod olgan she'rni aytib bering,
2) Farzandingiz qaysi harfni o'rganishda qiynaldi?