kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Xivchinlilar sinfi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu ochiq dars ishlanmasi Kattaqo’rg’on tumani xalq ta’limi bo’limiga qatashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabining  Ilmiy – pedagogik kengashida muhokama qilinib, foydalanish uchun va ommalashtirish uchun tavsiya etildi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Xivchinlilar sinfi»

O’ZBEKIISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

KATTAQO’RG’ON TUMAN XALQ TA’LIMI BOLIMIGA QARASHLI


56-umumiy o’rta ta’lim maktabi




Biologiya fanidan



O CHIQ DARS ISHLANMASI




O’qituvchi: D.Shukurova



Kattaqo’rg’on – 2020

O’ZBEKIISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

KATTAQO’RG’ON TUMAN XALQ TA’LIMI BOLIMIGA QARASHLI


56-umumiy o’rta ta’lim maktabi





Biologiya fanidan




OCHIQ DARS ISHLANMASI







O’qituvchi: D.Shukurova





Kattaqo’rg’on – 2020




Ushbu ochiq dars ishlanmasi Kattaqo’rg’on tumani xalq ta’limi bo’limiga qatashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ilmiy – pedagogik kengashida muhokama qilinib, foydalanish uchun va ommalashtirish uchun tavsiya etildi.

__- son qarori “____”____________ 2020 yil




Ilmiy-pedagogik kengash raisi: /___________/ B.Bozorov


Kotib(a)i: /___________/ F.Jumayeva

Mavzu: XIVCHINLILAR SINFI

Darsning maqsadi:

1. Ta`limiy maqsad: Biologiya faning mohiyati, tarixi, hozirgi kundagi vazifalari haqida ma’limotlar berish;

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.

4. Kompitensiya: TK3 – o’quvchilarni o’zini o’zi rivojlantirish, qo’shimcha topshiriqlar bajarish

Dasrning turi: Noan`anaviy.Guruhlarda ishlash.

Darsning usuli: Interfaol metodlardan foydalanib dars o’tish.(sirli raqamlar, ortiqchasini top, baliq skeleti, venn diogrammasi)

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, plakatlar, AKT vositalari, slaydlar va o’quv darsligi.

Darsning tashkiliy qismi:

1. Salomlashish, navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash, siyosiy daqiqa o`tkazish - 6 minut

2. O`tilgan mavzuni so`rash -12 minut

3. Yangi mavzu bayoni – 15 minut

4. Yangi mavzuni mustahkamlash – 10 minut

5. Uyga vazifa va o’quvchilarni baholash - 2 minut

Darsning borishi

O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi o’quvchidan davomatni aniqlash.

Sinf o’quvchilari 2 ta guruhlarga ajratilib guruhlar nomlanadi.

O’quvchilar doskadagi sirli raqamlardan “5” raqami nima uchun alohida bo’yalganligini so’raydi?

O’qituvchi: Ha aytgandek “5” raqami sizlarga nimalarni eslatayapdi – bolajonlar?

  1. O’quvchi: “5” baholarga o’qishimizni ustoz!

  2. O’quvchi: Prizedentimiz tomonidan e’tirof etilgan 5 ta muhim tashabbusni eslatayapdi.

O’qituvchi: Qani kim aytadi bu muhim tashabbuslarda nimalar keltirilgan?

O’quvchilar she’riy tarzda 5 ta muhim tashabbusni izohlaydi.

O’qituvchi: O’tgan darsning takrori

O’quvchilar: Kelajak poydevori

O’tilgan mavuni so’rashda “Sirli raqamlar” metodidan foydalaniladi. Hayvonchalar rasmi tarqatiladi. Bu rasmchalar orqasida o’tilgan mavzu yuzasidan savollar mavjud. Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchi raqamlardan birini tanlaydilar. Raqamlar ortida zoologiya faniga oid so’z yashiringan bo’ladi .Shu tariqa hamma savollarga javob berib raqam ortidagi so’zni bilib olishadi.

1 2 3 4 5 6 7 8 9

K A S H K A R O V









Sirli raqamlar”ning tarqatma savvollari

  1. Umurtqali hayvonlarni o’rgangan olimlar?

  2. Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasida joylashgan to’qima nomi?

  3. Soxta oyoqlilarning dengizlarda yashovchi turi?

  4. Soxta oyoqlilarning parazit turi?

  5. Otlar naslboshi nomi?

  6. Ohak chig’anoqli soxta oyoqlilar nomi?

  7. Tabiiy sanitarlar deb nimaga aytiladi?

  8. To’qima deb nimaga aytiladi?

  9. Hayvonlarda necha hil to’qima bor?

O’tilgan mavzuni so’rashda tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.

  1. Hayvonlar ekalogiyasini o’rgangan olim?

  2. Faqat O’rta Osiyo hududida tarqalgan hayvonlar?

  3. Ko’k kitning og’irligi?

  4. 2016 yilgi qizil kitobga nechta hayvon turi kiritilgan?

  5. Evropa turi nimaning nasl boshi?

  6. Qaysi hayvonlarning qirilib ketishi havfi mavjud?

  7. Biriktiruvchi to’qimaning suyuq xili nomi?

  8. Umurtqasizlar nechtadan ortiq tipni o’z ichiga oladi?

  9. Amyobaning kattaligi necha mm?

  10. Nursimonlar skeleti qoldig’idan nima maqsadda foydalaniladi?

Biologik diktantdan foydalaniladi. Bunda mavzuga oid ma’lumotdan biror so’z tushirilib beriladi.

  1. Soxta oyoqlilarning eng tipik vakili ………. dir. (amyoba)

  2. Amyoba ………. yordamida harakatlanadi. (soxta oyoqlari)

  3. Amyoba ………. tubida hayot kechiradi. (iflos suvlar)

  4. Sitoplazmada ………. yadro bo’ladi. (bitta)

  5. Hujayra membranasi ………. ni tashqi muhitdan ajratib turadi. (sitoplazma)

  6. Amyoba ………. bilan oziqlanadi. (bakteriyalar, mayda suv o’tlari va organik qoldiqlar)

  7. Amyoba ………. bilan nafas oladi. (suvda erigan kislarod)

  8. Amyoba ………. yo’li bilan ko’payadi. (ikkiga bo’linish)

  9. Ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payganligi sababli ………. ko’payish deyiladi. (jinssiz)

  10. Sovuq tushganda yoki noqulay sharoitda ………. hosil qiladi. (sista)

  11. Soxta oyoqlari ………. vazifasini bajaradi. (harakatlanish va oziqni qamrab olish)

  12. Qulay sharoit tug’ilganda ……….dan chiqib, hayot faoliyatini davom ettiradi. (sista)

O’qituvchi: Yangi mavzu, yangi dunyo

O’quvchilar: Unda bor ming-ming ma’no

Yangi mavzu bayonida o’qituvchi mavzuni vedio rolik asosida izohlab tushuntiradi.

Yanig darsning bayoni.

Xivchinlilar sinfi. Xivchinlilar sinfi qilga o’xshash bitta yoki bir necha xivchinlar yordamida harakatlanadigan 8000 dan ko’proq turni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari chuchuk suv, tuproq dengizlarda erkin hayot kechiradi. Bir qancha turlari yashil rangda bo’lib, o’simlik singari yorug’lik ta’sirida fotosintez usulida oziqlanadi. Ayrim turlari odam va hayvonlarning xavfli parazitlari hisoblanadi. Xivchinlilarning ektoplazmasi tashqi tomondan pellikula deb ataladigan qattiq po’st bilan qoplangan, tanasi har xil shaklda bo’ladi. Xivchinlilar soxtaoyoqlilar bilan birga sarkomastigoforalar(soxtaoyoq xivchinlilar) tipini tashkil etadi.

Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena ko’lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasi 0.05mm kattalikda,po’st bilan qoplangan.Tanasining shakli duksimon bo’lib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o’xshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganiigi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuoli,20 ga yaqinyashil xromotatoforlar va bitta qizil dog’ga o’xshash «ko’zcha» joylashgan.

Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachaiar shaklidagi xromatoforalar bo’ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorug’lik ta’sirida uning xromatoforalarida organik moddalar paramila donachalari to’planadi. Bu moddalar evglenaning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishi uchun sarf bo’ladi. Evglena qorong’ida hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorong’i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi rangsizlanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib,hayvonlar uchun xos bo’lgan saprofit oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati o’simliklar bilan hayvonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ko’rsaladi.

Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yiiboriladi.

Ta’sirlanishi. Evglena qizil dog’ ko’zchasi yordamida yorug’likni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug’ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.

Ko’payishi. Evglena amyoba singari ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi Bo’linish boshlanisbi bilan eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo’ladi. Bo’linish butun tana bo’ylab shu ikki xivchin hamda yadro o’rtasidan o’tadi.

Sista hosil qilish. Noqulay sharoit tug’ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib sistaga aylanadi.

Volvoks - koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va ko’llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o’xshash voivokslar uchraydi .

Volvoks koloniyasi rningga yaqin noksimon ikki xivchinii hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bo’lib, sitoplazmatik ipchalar yordamida o’zaro bog’langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to’lgan.Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini paydo qiladi. Leyshmaniya O’zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda odam yuzi va ba’zan qo’l terisida uzoq vaqt tuzahnaydigan yara, ba’zan”pashshaxo’rda”deb ataladigan teri kasalligini hosil qiladi.Odamning o’t pufagi va o’t yo’llarida lambliya yashaydi.Bu hayvonlar Leshmaniya,tripanasoma,lambliya faqat parazit hayot kechiradi.

Xivchinlitar hujayrasi yupqa qobiq bilan qoplangan; tana shakli doimiy; xivchinlar yordamida harakatlanadi. Evglena va volvoks hujayrasida yashil rang berovchi xromatoforalari bor; ular yordamida fotosinlez qiladi; qorong’ida yashil rangini yo’qotib, hayvonlar singari oziqlanadi. Tripanosoma odam qonida, leyshmaniya terisida, lambliya o’t pufagi va o’t yo’llarida parazitlik qiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bilim bo’lsa mustahkam (o’qituvchi)

Hech kimdan bo’lmaymiz kam(o’quvchi)

1. Xivchinlilar tuzilishi soxta oyoqlilardan qanday farq qiladi?

2. Evgtena yorug’likda qanday oziqtanadi?

3. Qisqaruvchi vakuola qanday ahamiyatga ega?

4. Evglena qanday ko’payadi?

5. Nima sababdan volvoks koloniyali hayvonlarga kiritiladi?

6. Tripanosoma odamga qanday yuqadi?

7. Xivchinlilarning qaysi xususiyatlari o’simlikka o’xshaydi?

TEST SAVOLLARI

1. Evglena sitoplazmasida

a) qisqaruvchi va hazm vakuolalari joylashgan hujayralardan iborat

b) xromatoforalari va qisqaruvchi vakuolalari bor hujavralardan iborat;

d) qizil ko’zchasi va xivchinlari joylashgan hujayralardan iborat.

2. Volvoks koloniyasi:

a) duksimon

b) sharsimon

d) nuksimon

  1. K.Linney ……

  1. Hayvonlarni o’rganish asosida evolutsion ta’limotni yaratgan

  2. Hayvonlarni tur, urug’, turkum va sinflarda ajratib o’rganishni taklif etgan

d) Hayvonlarni embrional rivojlanishini o’rgangan

  1. Zohidov va Bagdanov…..

  1. Umurtqali hayvonlarni o’rgangan

  2. Hayvonlar ekalogiyasini o’rganishni boshlab bergan

d) Umurtqasiz hayvonlarni o’rgangan

  1. Hayvonot olamida eng yuqori sistematik guruh

  1. Tur

  2. Turkum

d) Tip

  1. Soxta oyoqlilarning harakatlanish organoidi nimadan hosil bo’ladi?

  1. Sitoplazmaning muvaqqat o’simtalaridan

  2. Hujayra membranasidan

d) Soxta ayoqlar va kipriklardan

  1. Amyobaning oziqni qamrab oladigan organoidi…

  1. hazm qilish vakuolasi

  2. hujayra membranasi

d) soxta oyoqlari

  1. Hayvon organizmi qanday to’qimalardan iborat

  1. 3 ta- epiteliy, biriktiruvchi, nerv

  2. 5 ta- epiteliy, biriktiruvchi, nerv, qo’shuvchi, qoplovchi

d) 4 ta epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv







VENN DIOGRAMMASI

O RTIIQCHASINI TOP 1

  1. Evglena

  2. Amyoba

  3. Leyshmaniya



ORTIIQCHASINI TOP2

  1. Tripanasoma

  2. Volvoks

  3. Ichburug’ amyobasi


O`quvchilarni baholash.

Uyga vazifa. :

Mavzuni o’qib kelish. 17 betdagi jumboqni yechish. 7-8-rasmlarni chizish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O.Mavlonov, Zoologiya – umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent – 2017 yil


  1. Maktabda biologiya jurnali 2018 yil 7-son nashri




  1. O.Mavlonov, Biologiya asoslari “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent – 2012 yil


  1. Ziyonet.uz sayti, O’qituvchi telegramm kanali, supper biologiya teligramm kanali


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Xivchinlilar sinfi

Автор: Shukurova Dilnoza Elmurodovna

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545550


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства