kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Vitamenlar haqida

Нажмите, чтобы узнать подробности

Kattaqo`rg`on tuman

 XTB ga qarashli 59-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Biologiya fani o`qituvchisi Ochilov Shoxrux Abdizoir o`g`lining 8-sinf odam va uning salomatligi fanidan tayyorlagan bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi

 

 

 

 

 

 

 

                                    Kattaqo`rg`on tumani 2020-yil

                                         

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Vitamenlar haqida»









Kattaqo`rg`on tuman

XTB ga qarashli 59-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Biologiya fani o`qituvchisi Ochilov Shoxrux Abdizoir o`g`lining 8-sinf odam va uning salomatligi fanidan tayyorlagan bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi















Kattaqo`rg`on tumani 2020-yil

MAVZU:VITAMINLAR

Darsning maqsadi:
1
. Darsning ta’limiy maqsadi: Oquvchilarga vitaminlar, ularning turlari, vazifalari, meva va sabzavotlarda uchraydigan vitaminlar,ularning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuncha berish.

2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Darsdan olgan bilimlarini kundalik hayotga qo’llay bilish malakasiga erishish,ekologik va gigiyenik ta’lim-tarbiya berish.

3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ovqat tarkibidagi vitaminlarning miqdori, odam organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish orqali salomatlik haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.

4. shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Fk-1, Fk-3

Dars turi: Nazariy, yangi bilimlarini o’zlashtirish darsi.

Darsning uslubi: Guruhlarda ishlash, KVN darsi, BBB texnologiyasi, “Matbuot anjumani” metodi

Darsning jihozi: Turli xil meva va sabzavotlarning asli, rasmlari, garuhlar uchun topshiriqlar,darslik, vitamin dori preparatlari : pikovit, duovit va h.o.

Dars jarayonini tashkil etish 

I. Tashkiliy qism ( 2 daqiqa ) 
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa ) 
III. Yangi mavzuni tushuntirish ( 20 daqiqa ) 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 13 daqiqa ) 
V. O’quvchilarni baholash ( 3 daqiqa ) 
VI. Uyga vazifa berish ( 2 daqiqa ) 



Darsning shiori: Sog’ tanda sog’lom aql. Sog’liging – boyliging

Tashkiliy qism :

a)Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;

b) Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish, oquvchilar mevalar rasmi tushirilgan varaqchalarni olib 4 guruhga bo’linadilar 

1-guruh - Olma

2-guruh - O‘rik 

3-guruh – Shaftoli

4-guruh - Uzum

Oqituvchining kirish so’zi : Vitaminlar biologik aktiv moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Rus olimi N.I. Lunin 1880-yil himoya qilgan do’ktorlik disertatsiyasida vitaminlar organizm uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. U ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda K. Funk tomonidan Vitaminlar deb nomlandi. Vita – hayot degan ma’noni bildiradi.



UZUM





SHAFTOLI







O’RIK



OLMA








 


Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Shunday ekan bugungi darsimiz vitaminlarda bag’ishlangan KVN darsi

Oqutuvchi guruhlar uchun topshiriqlarni e’lon qiladi. 

1- topshiriq guruhga nom tanlash va uni asoslab berish 

1-guruh - Olma- ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Xushbo‘y, shirin va nordon olmalar, yurakni quvvatli qiladi. Xalq tabobatida surinkali bod, tovush bo‘g ‘ilishi, kamqonlik, oshqozon – ichak yo‘lining yallig ‘lanishi kabi kasalliklar davolangan .

Sanoatda olmadan murabbo, djem, kompot, sharbatlar tayyorlanadi. Uy sharoitida olmadan, yoki dejimidan tayyorlan piroklar juda mazali va to‘yimli bo‘lib ishtahani ochadi. Olmani o‘zidan tayyorlangan pirok gijjalarda va dizenteriyada foyda qiladi. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur maddalar, temir moddasi bor.

2-guruh - O‘rik – Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sanoatda ham oilada ham undan djem, sharbat, murabbo, kampot tayyorlanadi.O‘riklar asosan quritiladi Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy ichish tavsiya qilinadi. Ivitilgan turshak isitmalarga foyda qiladi va qabiziyat oldi olinadi.O‘rik mevasi tarkibida qandlar, pektin moddalar, organik kislotalar, karotin, C, PP vitaminlari bor. 
3-guruh – Shaftoli - pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ovqatga ishtaha tugdirish xusisiyati bor. Shaftolini ovqatning ustiga eyish yaramaydi, ovqatni ham buzadi o‘zi ham buziladi. Shuning uchun ovqatdan ilgari eyish zarur. Uning yog‘i bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi. Shaftoli mevasi tajribada 15 % gacha qand, эfir moyi, pektin, karatinoidlar, organik kislotalar (olma, uzum, hin va limon) C,B vitaminlari, kaliy magniy va organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalari bor. 
4-guruh - Uzum - tokdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik chirmashib o‘sadigan o‘simlik. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni uzulganidan yaxshidir.Yangi uzulgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib qo‘yilgan yaxshi oziqli bo‘lib badanni quvvatli qiladi. Mayiz jigar va me’daning do‘stidir. Uzum va mayiz birgalikda ichak og‘riqlariga, yaxshi mayiz эsa buyrak va qovuqqa foyda qiladi.

Mevasi tarkibida 30% gacha, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlari, karotin va mineral tuzlar bor. Tok barglarida ham organik kislotalar, C, P vitaminlari va 2% gacha qand bor.Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak-jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi. Ilmiy

medisinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. 
2- topshiriq Uy vazifasi deb nomladik ”Moddalar va energiya almashinuvi” mavzusi yuzasidan topshiriqlar berish. 
1-guruh - Olma - Organizmda oqsillar almashinuvi haqida ma’lumot berish. 

2-guruh - O‘rik -Organizmda uglevodlar almashinuvi haqida ma’lumot berish 

3-guruh – Shaftoli Organizmda suv va mineral tuzlar almashinuvi haqida ma’lumot berish 
4-guruh - Uzum- Assimiliyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari va organizmda yog’lar almashinuvi haqida ma’lumot berish 


3- topshiriq BBB jadvalini toldirish. Oquvshilarga yangi mavzuni o’rganishdan oldin savollar beriladi. O`quvchilar guruhda maslahatlashib bilgan savollarini yoniga bilaman ustuniga belgi qo`yib chiqadilar.Bilmaydiganlarini to`g’risiga bilmoqchiman ustuniga belgi qo`yadilar. 

















Savollar


Bilaman


Bilmoq chiman


Bilib oldim

1.Vitamin so’zining ma’nosi

2.Vitaminlarning qancha turi bor.

3. Avitaminoz –

4. Gipovitaminoz-

5. Gipervitaminoz-

6. Yog’da eruvchi vitaminlar

7. Suvda eruvchi vitaminlar

8. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji.

9. A vitamini ahamiyati

10 A vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

11. D vitamini ahamiyati

12. D vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

13. C vitamin ahamiyati

14. C vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

15. B guruh vitaminlari ahamiyati

16. B guruh vitaminlari qaysi mahsulotlarda ushraydi

17. PP vitamin ahamiyati

18.PP vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi










O’qituvchi jadvalni yig’ib olib jadvaldagi ba’zi savollarga javob beradi

Avitaminoz – odam organizmida biron vitaminning mutloqa yo’qolishi.

Gipovitaminoz- odam organizmida biron vitaminning miqdorini kamayib ketishi.

Gipervitaminoz - odam organizmida biron vitaminning me’yoridan ortib ketishi.

Vitaminlar yog’da va suvda eruvchilarda bo’ladi.

Yog’da eruvchi vitaminlar - A va B vitaminlari.

Suvda eruvchi vitaminlar – B gruppa, K, C, PP vitaminlari. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji haqidagi jadval bilan tanishtiradi.


Yangi mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriq beradi.


4- topshiriq Vitaminlar bilan tanishish “Matbuot anjumani” metodidan foydalanamiz. Bunda faol o’quvchilardan 5 tasi “Shifokorlar” rolini o’ynab beradilar o’quvchilar vitaminllar to’g’risida to’plagan ma’lumotlarini do’stlariga so’zlab berishadi.

VITAMIN C YOKI ASKORBIN KISLOTA

Vitamin C vazifasi

Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to‘qimalarning holatini yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zlashtirilishida, bu to‘qimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga terining silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. C vitamini virus va bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini terida pigmentning to‘g‘ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.

C vitamini yetishmasa…

Uning yetishmovchiligi terini rangsiz qilib, inson tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Organizmda C vitamin yetishmasa, tog‘ay va suyak to‘qimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi ro‘y beradi. Organizmda askorbin kislota hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi.

Askorbin kislotasining tabiiy manbalari

Vitamin C organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi. C vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko‘katlarda mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg‘or qalampiri, ukrop, petrushka, gulkaram va karamda, apelsin, qulupnay, olmalar, gilos, shavel, shpinat, kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka, na’matak, oblepixa, qora smorodinalarda ko‘pdir.

Ushbu vitamindagi insonning kunlik ehtiyoji 60-100 mg.ni tashkil qiladi.





VITAMIN A YOKI RETINOL

Vitamin A (Retinol) 1909 yilda ochilgan va 1933 yilda sintezlangan. Ikki xil formada bo‘ladi: retinol va karotin.

Vitamin A (retinol) — ushbu vitamin o‘sish jarayoni hamda ko‘zlarga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. O‘simlik to‘qimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Ko‘rish pigmentlari hosil bo‘lishida qatnashib, organizmning normal o‘sishini, ko‘zning turli darajadagi yorug‘likka moslashishini ta’minlaydi.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, A vitamini uzoq vaqt davomidagi yorug‘lik nuri, kislorod yoki yuqori harorat ostida nobud bo‘ladi. Sifatsiz yog‘lar ham vitamin Ani nobud qiladilar.



A vitamini manbalari

Uning ozuqaviy manbalari bu — baliq va jonivorlarning jigari, sariyog‘, qaymoq, pishloq, tuxum sarig‘i, baliq yog‘idir. O‘simlik mahsulotlarida uning provitamin ko‘rinishi, ya’ni karotin ko‘rinishida mavjuddir. A provitamini (beta-karotin) mavjud mahsulotlar odatda sabzi rang bo‘lib, qizil yoki sariq ham bo‘lishi mumkin. Demak bular, sabzi, pomidor, qovoq, o‘rik, ryabina, oblepixa, na’matakdir. Bu mahsulotlar organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar va reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan ma’qul.

A vitaminining foydalari

  • Ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi.

  • Uning boshqa nomi – Immunitet vitamini. Chunki u tananing infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini orttiradi.

  • Teri va sochni go‘zal, sog‘lom holatda saqlaydi.

  • Bola bo‘yining o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish milklarini sog‘lomlashtiradi.

  • Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi.

A vitamini yetishmasa…

Immunitet tushib ketishi oqibatida tana o‘zining kurashish qobiyaliyatini yo‘qotib, kasalliklarga ochiq bo‘ladi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo bo‘ladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira bo‘lib, to‘kila boshlaydi, tirnoq mo‘rtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabko‘rlik, kon’yunktivitga asosan A vitamin yetishmasligi sabab bo‘ladi. Retinol yetishmasligi oqibatidako‘zlarning qizarib ketishi va achishishi kuzatiladi. Mabodo shifokor A vitamini ichishni tavsiya qilsa, qancha miqdorda ichishni ham yozib olishni unutmang, chunki me’yoridan ortiq ichib yuborish ham xavfli. Agar yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib tursangiz, qo‘shimcha A vitamini ichishga hojat qolmaydi.

Avitaminoz A ning belgilari

Avitaminoz A ning belgilari: korish otkirligini pasayishi, qorong‘ida ko‘rmaslik, ya’ni “shabko‘rlik kasalligi” vujudga keladi, qoplovchi to‘qimalar quriydi, ayniqsa, ko‘zning shilimshiq pardasi qurib, ko‘z shox pardasining ko‘rishi-kseroftalmiya “grekcha xeros — quriq, ophtalmos — ko‘z atamalaridan olingan” kasalligi kelib chiqadi, o‘sishni to‘xtashi, og‘irlikni pasayishi va organizmni oriqlab ketishi kuzatiladi. Teri quruqligi kasalligi oqibatida dermatit, bronxit kabi nafas yo‘llarining xastaliklari kelib chiqadi.









VITAMIN D


Vitamin D (Kalsiyferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo‘lib, kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ning hosilasidir, 1916 yilda o‘rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari xolekalsiferol (Vitamin D3), ergokalsiyferol (Vitamin D2) hamda digidroergokalsiferol (Vitamin D4) lardir.

Vitamin D (kalsiyferol) — organizmdagi kalsiy va fosforni muvozanatga keltirib turadi. Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal o‘sishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur.

D vitaminning foydalari

Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishiga yordam beradi. A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklarida ham foydali. A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi.

Vitamin D manbalari

Manbalari bo‘lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hisoblanadi. U baliq yog‘ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq va smetanada mavjuddir. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari — xolesterol, ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi.

D vitamini yetishmasa…

Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Tishlar yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi.

Raxitning oldini olishning eng yaxshi yo‘li – kunduzi sayr qilish va tent ostida quyosh vannasi qabul qilish.

Vitamin B1 yoki tiamin

(Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan, uning nomi tiamin grekcha “tion-oltingugurt” atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i (kepagi)da bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun tiamin ko‘proq talab qilinadi. Tiamin bo‘lmasa, polinevrit kasalligi ro‘y beradi. Organizmda bu vitamin bo‘lmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir kasalligi — beri-beri paydo bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar bo‘shashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.

Vitamin B1 vazifasi

Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini muvozanatga keltiradi. Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Ular odam va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini dekarboksillanish reaksiyasining maxsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli zaharli modda-pirouzum kislotasini yo‘qotib, asab tizimining qo‘zg‘alishini me’yorlashtiradi.

Tiamin gipo- va avitaminozi

Uning yetishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi, xotiraning susayishi, undan tashqari oshqozon-ichak va qon tomirlar tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligiga olib keladi. Avitaminoz B1 da beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nerv tolalarining yallig‘lanishi) tufayli falajlik kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga, suvning almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomirlari tizimi funksiyalarining buzilishi kuzatiladi. Vitamin B1 yiringli infeksiyalarga qarshi immunitetni ishlab chiqaradi, u ayniqsa: husnbuzarlar, teri qichishishi davolashda zarurdir. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni shifokor maslahatiga asoslanib, ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi.

B1 vitaminining tabiiy manbalari

Bu suvda eruvchi vitamin hisoblanib, shu sababli bunday mahsulotlar qaynatib pishirilganda uning suvi ham ana shu vitaminga boy bo‘ladi. Ushbu vitamin soda ta’siri ostida nobud bo‘ladi. Ushbu vitamindagi bir sutkalik talab 1-2 mg.ni tashkil etadi.

Ushbu vitamin qaysi mahsulotlarda mavjuddir: bular — dag‘al maydalangan undan tayyorlangan nonlar, yormalar (grechka, suli, sok), no‘xat, soya, pivo drojjilari, jigar, mol go‘shtidir. Uning tabiiy manba’lari achitqi, ayniqsa pivo achitqisi, non achitqisi(xamirturush), don, yorma, non(ayniqsa, qora non), sabzavotlardir.





VITAMIN PP YOKI NIKOTIN KISLOTASI

V i t a m i n PP (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo‘shganlar. Pellagra atamasi italyancha pela agra — g‘adir — budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit, diareya ( ich ketish ), xattoki, demensiya (aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib chiqadi.

Vitamin PP vazifasi

Vitamin PP — teridagi suv almashinuviga javob beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Nikotinamid, nikotin kislota (PP vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda o‘simlik oqsillarining hazm bo‘lishini tezlashtiradi, me’daning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, me’da osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Ushbu vitamin husnbuzarlarni, nevrozlarni davolashda qo‘llaniladi.

Nikotin kislota yetishmasa…

Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi ro‘y beradi. Bundan tashqari aqliy o‘sishdan qolish, depressiya, ich ketishi, tez charchash, uyqusizlik, qonda qand miqdori kamayi, kam quvvatlik kuzatiladi.

Vitamin PP manbalari

Nikotin kislota uy parrandasi, mol go‘shti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bug‘doy murtagida ko‘p bo‘ladi. PP vitamini na’matak, zveroboy, shalfey, bug‘doy kepagi, sabzi, qo‘ziqorin, brusnika va chernikalarda ham mavjuddir.

Sutkalik talabi kattalar uchun 20 mg atrofida, og‘ir mehnat qiluvchilarga 25 mg atrofida, bolalarga 6 oydan 1 yoshgacha — 6 mg; 1 yoshdan 1,5 yoshgacha — 9 mg; 1,5 yoshdan 2 yoshgacha — 10 mg; 3 yoshdan 4 yoshgacha — 12 mg; 5 yoshdan 6 yoshgacha — 13 mg; 7 yoshdan 10 yoshgacha — 15 mg; 11 yoshdan 13 yoshgacha — 19 mg; O‘spirin bolalar 14-17 yoshgacha — 21 mg; O‘spirin qizlar 14-17 yoshgacha — 18 mg.




Darsni mustahkamlash: BBB jadvalini toldirishni davom ettirish . Endi oquvchilar dars davomida bilib olgan savollarining to’g’risiga belgi qo’yib chiqishadi.

Darsni yakunlash: baholash guruhlarning toplagan ballarini hisoblash, sardorlarga so’z beriladi . guruhida qatnashgan o’quvshilarning bilimini baholab berishadi
Uyga vazifa : Mavzuni o’qib kelish, har bir o’quvchi biron bir meva va sabzavotlarning ahamiyati, hosiyatlari haqida ma’lumotlar toplab kelish. 



15




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Vitamenlar haqida

Автор: Ochilov Shoxrux Abdizair o`g`li

Дата: 21.04.2020

Номер свидетельства: 547565


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства