kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Qushlarning ahamiyati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Annotatsiya: Ushbu dars ishlanma "Qushlar" sinfi mavzusini o'qitishda foydalansa bo'ladi.

Просмотр содержимого документа
«Qushlarning ahamiyati»


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

X ALQ TA’LIMI VAZIRLIGI









NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI



Uchqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli

39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining Biologiya fani o’qituvchisi Mamadjanova Nodira Abdulxayevnaning

7-sinf uchun yozgan

DARS ISHLANMASI





Uchqo’rg’on tumani







M AVZU: QUSHLARNING TABIATDAGI VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI.

Darsning ta’limiy maqsadi: Qushlar haqida olingan bilimlarni umumlashtirish, mustahkamlash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning intelektual salohiyatini oshirish, o’quvchilarda qushlarga bo’lgan mehrni uyg’otish.

Darsning jihozi: 7-sinf darsligi, qo’shimcha adabiyotlar, “Bioloto” daraxti, turli qushlar rasmlari, jadvallar, buklamalar, rasmli tarqatmalar.

Darsning usuli: “Aqliy hujum” guruhlarda ishlash, “Klaster”, “Topqirlar” o’yini.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlanadi, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshiriladi, navbatchi axboroti tinglanadi,

Darsning shiori:

“Fan bilan kengayar nazar, tasavvur

Fan- quyosh singari sochar zarrin nur.”

Keling aziz o’quvchilar ,bugungi darsimizning ma’naviyat daqiqasida eng muhim ekologik muammolar haqida suhbatlashsak. Siz o’quvchilar sayyoramizdagi qanday global ekologik muammolar haqida bilasiz?

  • Dunyo aholisining mutassil o’sishi, oziq – ovqat, yonilg’i va kiyim – kechakka bo’lgan ehtiyojning o’sishiga sabab bo’layotgan, bu o’z navbatida o ’rmon hududlarining qisqarishiga, tuproq tuzilmasining buzilishi, ozon qatlamining kamayishi va havo haroratining isishiga olib kelayotir.

  • Tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan nooqilona foydalanish, ulkan sanoat korxonalarining bunyod etilishi natijasida chiqindilarning kata miqdorda chiqarilishi asosiy suv havzalari va yer maydonlarini ifloslantirib bo’ldi.

  • Ona sayyoramizda ekologiyaning tobora izdan chiqayotgani yer yuzida tuproq nurashi, o’rmonlardan mahrum bo’lish, tuzli yomg’irlar, atmosfera ifloslanishi, ozon qatlami buzilishi va boshqa ofatlarni keltirib chiqarmoqda.

  • Mutaxassislarning takidlashlaricha, yer atmosferasidagi yillik o’rtacha havo haroratining asta – sekin ko’tarilib borishiga ochiq elektrostansiyalari, zavod quvurlari va boshqa ifloslantiruvchi manbalalarning havo bo’shlig’iga yiliga 22 mlrd tonnaga yaqin zararli gazlarning chiqarishi sabab bo’lmoqda.

  • BMT huzuridagi iqlim o’zgarishlarini o’rganuvchi hukumatlararo ekspertlar guruhi ma’ruzasida ta’kidlanishicha XXI asr oxiriga borib yerdagi o’rtacha harorat odatdagidan 6.4 daraja yuqori bo’ladi.

O’quvchilar aytib o’tgan ma’lumotlarni umumlashtirib, slayd orqali quyidagi o’z yechimini kutayotgan global ekologik muammolar ko’rsatiladi.



































O’quvchilar shu o’rinda M. Gandining quyidagi so’zlarini aytib o’tmoqchiman. “Tabiat sabr – toqatning chegarasi bor, agar inson yovuzliklari chegaradan oshsa, u o’ch olishni boshlaydi”.

Kelajakda sizlarning ichingizdan global ekologik muammolarni yechimini topuvchi insonlar yetishib chiqadi, degan umiddaman.



  1. Uy vazifasini tekshirish va baholash.

O’quvchilarning uyga berilgan vazifalarini tekshirish uchun “Bioloto” o’yinidan foydalanaman. Bunda bitta kata daraxt chiziladi. Unga mevalar o’rnatiladi. Har bir mevaga raqam va uning orqasiga savol yoziladi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Maxsus idishdagi raqamlar aralashtiriladi. Qaysi raqam tanlansa, daraxtdagi o’sha raqamli meva oraqsidagi savolga javob beriladi.

Savolga to’g’ri javob bergan o’quvchilar o’z guruhlari uchun “Rag’bat” kartochkasiga ega bo’ladilar, javob berolmagan o’quvchilar esa aksincha.

Yangi mavzuni boshlashdan oldin, sinf o’quvchilarini kichik guruhlarga bo’lib olinadi.



I-guruh – “Ekologlar”

II-guruh – “Ona tabiat”

III-guruh – “Tabiat posbonlari”

Reja:

  1. Qushlarning tabiatdagi ahamiyati.

  2. Qushlarning inson hayotidagi roli.

  3. Qanotli do’stlarimizni asrash.



Endi har bir guruh uchun stol ustiga 1 ta oq vatman qog’oz tarqatiladi. Har bir guruhga aniq topshiriqlar beriladi va ular bu topshiriqlarni “Klaster” usulida 6 daqiqa ichida taqdimot qilishlari kerak bo’ladi.





1-guruhga topshiriq – Qushlarning tabiatdagi sanitarlik vazifasi.

2-guruhga topshiriq – Qushlarning inson hayotidagi ahamiyati.

3-guruhga topshiriq – Qanotli do’stlarimizni asrash choralari.

Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash uchun rasmli, testli kartochkalar tarqatib beriladi, javob uchun 2 daqiqa ajratiladi (chunki guruhlar tayyorlanib bo’lguncha bu o’quvchilarning javoblarini olib bo’lish kerak.)

Guruh o’quvchilari berilgan topshiriqni klaster usulida ta’riflab berishadi.



I-guruh – “Ekologlar”





























II-guruh – “Ona tabiat”



















III-guruh – “Tabiat posbonlari”























O’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini xulosalaydi. Demak qushlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati juda muhim ekan. Ular tabiatning inson hayotining ajralmas qismidir. Qushlar hayotimiz quvonchlaridan biridir. Qushlar keng tarqalganligi va ko’p miqdorda oziqlanishi tufayli tabiatga katta tasir ko’rsatadi. Hashoratxo’r va yirtqich qushlar tabiatda hashoratlar va kemiruvchilarning ko’payib ketishini cheklab turadi.

Q ushlar tabiatda o’simliklar urug’ini tarqatishda ham muhim ahamiyatga ega. Yana bazi tropik o’simliklar gulining changlanishida nectar bilan oziqlanadigan qushlar (masalan, nektarchilar va kolibrilar) ishtirok etadi. Qushlarning inson uchun ahamiyati katta ular zararkunandalar va kasallik tarqatuvchi hashoratlarni qirib, ekinlar hosilini oshirishga yordam beradi. Bitta chug’urchuq oilasi jo’ja boqish davrida 8000-10000 ta qo’ng’iz yoki uning qurtini va 150000dan ko’proq zararkunanda kapalaklar qurtini istemol qiladi.

























Y irtqich qushlar ham ekinlarning zararkunandalari va kasallik tarqatuvchi kemiruvchilarni qirib, kata foyda keltiradi. Yoz davomida bitta yapaloq qush 1000ga yaqin kalamush va sichqon yeydi. Shuning uchun hashoratxo’r qushlarni muhofaza qilish, ularni dala va bog’larga jalb etish zarur.













Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Topqirlar” o’yinidan foydalaniladi.

  1. Tasqaraning tirnoqlari? (kuchsiz)

  2. Kalxatning dumi? (ayri)

  3. Kolumbiyada qancha qush turi bor? (1700ta)

  4. Qanotsiz qush? (kivi)

  5. Dunyodagi eng mitti qush? (kalibri)

  6. Qaysi qushlar uchmaydi? (pingvin, tuyaqush)

  7. 2000 xil sayraydigan qush? (bulbul)

  8. Begona inga tuxum qo’yuvchi qush? (kakku)



  1. Atlas ko’ylak qanoti, xushhabarchi odati? (zag’zg’on)

  2. Eng qadimgi qush? (arxeoptriks)

O’quvchilar bilimini yanada mustahkamlash uchun guruhlarga biologik masalalar beriladi.





1 – guruh uchun masala.

Kabutar bir daqiqa tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Agar uchib borayotgan kabutar galasida 20 ta kabutar bo’lsa, ularning hammasi 3 daqiqada necha marta nafas olib chiqaradi?

Yechish: 1 ta kabutar – 400 marta nafas olib chiqaradi (1 daqiqa)

20 ta kabutar – x

X = 400 * 20 = 8000 marta nafas olib chiqaradi. Bundan foydalanib galaning 3 daqiqada necha marta nafas olib chiqarishini topamiz.



1 daqiqa 20 ta kabutar -------- 8000 marta nafas olsa

3 daqiqada 20 ta kabutar ------- X

X = 8000 * 3 = 24000 marta nafas oladi.

Javobi: 20 ta kabutar 3 daqiqada 24000 marta nafas oladi.

2 – guruh uchun masala.

Qirg’ovul chiroyli va yirik qush, erkagining og’irligi 1500 gr keladi. Bordiyu 6 m2 maydonda 20 ta erkak qirg’ovul turgan bo’lsa, ularning umumiy og’irligi necha kg keladi?

Yechish: 1 ta qirg’ovul og’irligi -------- 1500 gr

20 ta qirg’ovul og’irligi ------- X

X = 1500 * 20 = 30000 gr = 30 kg

Javob: 20 ta qirg’ovulning og’irligi 30 kg ga teng.





3-guruh uchun masala.

Pingvin uchish qobiliyatini yo’qotgan qush sifatida taniymiz. Pingvin soatiga 30 km tezlikda sho’ng’ib suzadi. 3 soatda qancha km tezlikda sho’ng’ib suzadi?

Yechish: 1 soatda----- 30 km

3 soatda------X

X= 30 km* 3 soat / 1soat=90 km.

Javob: 3 soatda 90 km tezlikda sho’ng’ib suzadi.





O’quvchilarning dars davomida to’plagan rag’bat kartochkalariga qarab baholanadi.

Uyga vazifa: Mavzuni to’liq o’qish, savollarga og’zaki tayyorgarlik ko’rish, yoqtirgan qushlari rasmini chizib kelish.

























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Qushlarning ahamiyati

Автор: Mamadjanova Nodira Abdulxayevna

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545906

Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства