kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Qo'ng'ir va qizil suvo'tlari bo'limlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

qo'ng'ir va qizil suvo'tlar bo'limi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Qo'ng'ir va qizil suvo'tlari bo'limlari»



O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi


Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi


Namangan tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli


39-sonli maktabning

Biologiya fani  o`qituvchisi

Sharipova Tojixon Raximjanovnaning

bir soatlik










Ushbu bir soatlik dars ishlanma umumta`lim maktablarining 6-sinf bioligiya fani o`qituvchilari uchun tayyorlangan bo`lib, yangi pedagogik texnologiyalar va DTS talablariga asoslanib tuzilgan.









Muallif: Sharipova Tojixon Raximjanovna

Namangan tumani 39-sonli maktab

biologiiya fani o`qituvchisi.




Muharrir : K.Xolmatova – Namangan tuman XTB

uslubchisi .







Taqrizchi: R.Nosirova - 39-sonli maktab

Birinchi toifali kimyo-biologiya fani

o’qituvchisi




Ushbu dars ishlanma Namangan viloyat metodika markazi qoshidagi metodik kengashining 2020 yildagi №__-sonli yig`ilishida ma`qullangan. Metodika markazi qoshidagi metodik kengashining 2020-yildagi №__ -sonli qarori bilan foydalanishga etishga tavsiya etilsin.


  1. 6 “A” sinf

  2. Sana _____________

  1. Mavzu: “Qo`ng`ir va qizil suv o`tlar bo`limlari

  2. Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga “Qo`ng`ir va qizil suvo`tlarning tuzilishi” va “Xalq ho`jalikdagi ahmiyati” haqida umumiy tushuncha berish va bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarning fanga bulgan qiziqishlarini ortirish, ularga gigienik tarbiya va ekologik, tibbiy madaniyatni shakllantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning darslik ustida mustaqil ishlash, ko`nikmalarini shakllantirish, tafakkur, idrok, erkin fikr va mustaqil qaror qabul qilishga va sog’lom turmush tarziga o’rgatish.

  1. Dars turi: yangi tushunchalarni bayon etish.

  2. Dars uslubi: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda ishlash)

  3. Darsda foydalaniladigan jihozlar: Qo`ng`ir va qizil suvo`tlariga oid rasmlar, tarqatma materiallar, doska va bo’r, kom’g’yuter, slayd va videorolik.

  4. Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari


Vaqt

Tashkiliy qism.


3 daqiqa

Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish


20 daqiqa

Test topshiriqlari orqali yangi mavzuni mustahkamlash


5 daqiqa

Darsni yakunlash


4 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar


1 daqiqa

VII. Darsning borishi:

1) Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotni tinglash, sinf tozaligini tekshirish, ma`naviyat daqiqasida bugungi kuning muhim yangiliklari, mart oyida nishonlanadigan sanalar haqida o’quvchilar bilan o’rtoqlashish. O’quvchilarni uch guruhga ajratib ularni nomlash va ta’riflash.

1–guruh “Gul

2-guruh “Barg ”

3-guruh “Meva”


2) O’tilgan mavzuni mustaxkamlash: Har bir guruh uchun oldindan tayyorlangan 3 ta shartlar orqali o’tilgan mavzuni umumlashtirib yakunlash va o’quvchilar bilimini baholash.


1-SHART «O`simliklar so`zlaydi». Bu shartda o`quvchilar o`zlari istagan o`simlikni nomidan hayoti, tarqalishi va ahamiyati to`g`risida aytadilar. Qaysi guruh ko`p ma`lumot bersa o`qituvchi tomonidan ularga rag`bat kartochkasi beriladi. Rag`bat kartochkasini orqa tomonida maxsus raqamlar yozilgan bo`lib, o`simliklarga tegishli ma`lumotlar yashiringan.

« O`simliklar so`zlaydi ». Misol 1. Suv o`ti Xlorella bo`lib shu haqida qiziqarli ma`lumot . 2. Hlamidomonada haqida ma`lumot 3. Ulotriks haqida ma`lumot. 4. Hara haqida ma`lumot.


2-SHART T E Z K O R S A V O L L A R

Bu shartda har bir guruhning barcha ishtirokchilari o`zlari tomonidan tuzilgan savollarni bera boshlaydi. Tezkor savollarga to`g`ri javob bergan o`quvchilarga rag`bat kartochkasi berib boriladi.

1 guruh uchun

1. Gulli o`simliklarning yer yuzida qancha turi mavjud? (250 mihgdan ortiq)

2. Daraxtlarni yoshi qanday aniqlanadi? (Yog`ochlik halqasiga qarab)

3. Xlorella qanday suv o`ti? (bir hujayrali)

4. Qizil ko`zchali suv o`ti? (Hlamidomonada)

5. O`simliklarga xos bo`lgan yagona xususiyat? (fotosintez)

6. Barglar qanday tomirlanadi? (parallel va to`rsimon)

7. Yantoq ildizi necha metr chuqur kirib boradi (25-30 metr).

8. Xara suvo`tining uzunligi? ( 60-70 sm)

9. Barg nima orqali nafas oladi? (Barg og`izchalari orqali)

10. O`simliklarni turli muxitga moslanishi? (Hayotiy shakl)


2 guruh uchun

1. Hujayrani kim kashf qilgan? (Robert Guk)

2. Bir hujayrali suvo`tlariga misol ayting? (Xlorella va Hlomidomonada)

3. O`zbekiston suvo`tlarini o`rgangan olim? (A.M.Muzaffarov )

4. Belbog`li suvo`ti? (Ulotriks)

5. Muhitning ma`lum bir omiliga moslashgan o`simliklar? ( Ekologik guruhlar)

6. Seyshel palmasi yong`oqlarini og`irligi qanch? (25 kg)

7. Qaysi jarayonda havoga erkin kislorod ajralib chiqadi? (Fotosintez)

8. Qaysi urug`lar tarkibida efir moylar bor? (Zira va shivit)

9. Qaysi o`simliklarning mevasi qanotchali boladi? (zarang,qayrag`och va shumtol)

10. Gul tuzilishini sxema bilan ifodalanishi? (Gul diagramasi)

3 guruh uchun

1. Hujayra organoidlarini sanang? (Yadro,xloroplast, sitoplazma va vakuol)

2. Suv omborlarida qaysi suvo`ti uchraydi? (Kladafora)

3. Bir xil vazifa bajaruvchi hujayralar yig`indisi? (To`qima)

4. Shirinmiya yoz davomida qancha suv bug`latadi? (500-600 l )

5. Suvo`tlarning fanga ma`lum bo`lgan qancha turi bor? (30 000)

6. Silindrsimon hujayraga ega suvo`ti? (spirogira)

7. Soxta mevaga misol keltiring? (olma, nok, behi)

8. Urug` tarkibida zaharli modda to`playdigan o`simlik? (mastak, achchiq bodom)

9. Suvo`tining narsalarga yopishib turadigan hujayrasi? (Rizzoid)

10. Turni ikki nom bilan atashni kim fanga kiritgan? (Karl Linney)

3-SHART PISA TESTLAR BILAN ISHLASH.”

1. Quyidagi qaysi o’simlikning yer usti qismi qishda qurib qoladi?

a) b) c) d)


2. Ildiz mevani toping.

a) b) c) d)


3. Quyidagi qaysi o’simlik birinchi yili urug’idan unib chiqib to’pbarg hosil qiladi?

a) b) c) d)


Belgilangan vaqt ichida kim ko`p ma`lumot bergan guruhlar g`olib deb e`lon qilinadi.


3) YАNGI MAVZU BAYONI:

Reja: 1. Dengiz suvo`tlarining tuzilishi.

2.Laminariyaning ahamiyati.


Dengiz suvo`tlaining bo`yi bir necha santimetrdan 60-70 metrgacha boradi.Ular suv tagidagi loy, qum,tosh va boshqa narsalarga yopishib o`sadi. Dengiz suvo`tlari chuchuk suvo`tlaridan xromotofarida xlorofildan tashqariyana karotin (sariq),ksantofil (zarg`aldoq) hamda qo`ng`ir va qizil rang beruvchipigmentlar bo`lishi bilan farq qiladi.

Dengizda tarqalgan suvo`tlarga misol qilib, Laminariya turkumiga oid yapon laminariyasini keltirish mumkin.

Yapon laminariyasi yirik o`simlik bo`lib, tanasining yuqori qismi uzun tasmasimon, bo`yi 6-12 m, eni 10-75 sm keladi. Pastki qismi esa kalta silindirsimon yoki novsimon. Yapon laminariyasi dengiz qirg`og`idan boshlab, to 25-35 m chuqurlikkacha bo`lgan va suvning doimo harakatlanib turadiganyerlarida o`sadi. U, ayniqsa, Yapon dengizining shimoliy qismida keng tarqalgan.

Yapon laminariyasi jinssiz( zoosporalar orqali) va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi.

Yapon laminariyasi tanasida ko`p miqdorda darmondorilar, shaker va boshqa moddalar to`planadi. Shuning uchun ham odamlar unga “Dengiz karami” deb nom qo`yishgan.

Laminariyadan tashqari qizil suvo`ti- nemalion va yashil suvo`t-ulva kabi dengiz suvo`tlari ovqatga ishlatiladi.

Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya, Irlandiya va Angliya kabi mamlakatlarda uy hayvonlari suvo`tlar bilan boqiladi, chunki ular o`zlarining kimyoviy tarkibi jihatidan yaxshi sifatli xashakdan qolishmaydi.

Sanoatda dengiz suvo`tlaridan yod va brom olinadi.

Qizil suvo`tlariga mansub filloforadan agar-agar olinadi. Agar-agar oziq-ovqat sanoatida marmelad va muzqaymoq tayyorlashda ko`p ishlatiladi. Bundan tashqari, agar-agar laboratoriyalarda bakteriyalar va zamburug`lar kabi organizmlarni o`stirish uchun oziq sifatida ham qollaniladi.

Yangi mavzuni mustaxkamlash:

Bunda yangi mavzu yuzasidan tuzilgan test savollar guruhlarga tarqatiladi.


1.Dengiz suvo`tlarini bo`yi qanchagacha bo`ladi?

a) 50-40 metr b) 60-70 metr c) 70-90 metr

d) a, b, c javoblar to`g`ri


2. Dengiz suvo`tlarining xromataforida xlorofildan tashqari nimalar bo`ladi?

a) karotin b) ksantofil c) turli rangli pigment d) barcha javob to`g`ri


3. Karotin qanday rangli pigment?

a) zarg`aldoq b) sariq c) qo`ng`ir d) qizil


4. Ksantofil qanday rangli pigment?

a) zarg`aldoq b) sariq c) qo`ng`ir d) qizil


5. Yapon laminariyasining bo`yi necha metr bo`ladi?

a) 5-10 metr b) 6-12 metr c) 7-18 metr d) 9-10 metr


6. Qaysi o`simlikdan agar-agar olinadi?

a) Ulvadan b) Laminariyadan c) Filloforadan d) Nemaliondan


Yangi mavzuga doir pisa testidan har bir guruxga bittadan test beriladi.





1. Quyidagi qaysi o’simlikdan agar-agar olinadi?


a) b) c) d)

2. Ulva dengiz suvo`tini toping.


a) b) c) d)


3. “Dengiz karami” ni toping.


a) b) c) d)


Har bir guruh taqdimoti tinglangandan so’ng guruhlar rag’batlantiriladi. Shundan so`ng o`quvcxilar ilm haqida hikmatli so`zlar aytadilar dars yakunida “Bahtli kelajak nomli plakatga o`quvcxilar barcha ijobiy fazilatlar yozilgan kartochkalarni yopishtiradilar.

Yangi mavzuni umumlashtirib yakunlash:

O’quvchilarni baxolash: Darsda faol ishtirok etgan savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilarning kundaliklariga va jurnalga baxolash.

Uyga vazifani e’lon qilish.


  • Rasm chizish

  • Mavzu so’ngidagi savollarga javob berish

Foydalanilgan adabiyotlar:


6-Biologiya O`. Pratov, (A.S. To`xtayev), F.O`.Azimova Toshkent-2017


www. Ziyo.net.uz

www. Dengiz suvo`tlari.uz

www. kun.uz



































































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Qo'ng'ir va qizil suvo'tlari bo'limlari

Автор: Sharipova Tojixon Rahimlanovna

Дата: 27.04.2020

Номер свидетельства: 548128


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства