kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Открытый урок на тему "Органы пищеварения" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Разработка урока на тему "Органы пищеварения" в 8-классе. Использованы новые пед технологии, игры.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Открытый урок на тему "Органы пищеварения" на узбекском языке»

Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji

,,Ovqat hazm qilish sistemasi” mavzusida o’tkaziladigan dars ishlanmasi

O’qituvchi : Norova A.M.

Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Talabalarga ovqat hazim qilish organlarining tuzilishi, funksiyalari haqida bilim berish.

  2. Ta`rbiyaviy maqsad: Talabalarga ovqat hazim qilish organlarining tuzilishi haqida bilim berish orqali gigiyenik, iqtisodiy, ekologik ruhda tarbiyalsh va o’z sog’ligini nazorat qilishga o’rgatish.

v) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish , hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Darsning jihozi:

Kodoskor, slaydlar, rangli ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.

Dars turi: aralash.

Dars metodi: Guruhlar bilan ishlash, tushuntirish, Klaster, Begonani top, Aqliy hujum,. ,,Sinkveyn’’ ,,Bingo”,

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

II.Chaqiruv bosqichi: ( Klaster, ,,Begonani top’’ interfaol usullaridan foydalaniladi.)

O’tilgan mavzi: Muskullarning tuzilishi va turlari haqida qisqacha savol- javob qilinadi.

Ikki nafar talaba doskaga chiqariladi.Klaster usuludan foydalaniladi.








,,Begonani top’’ o’yini kodoskop yoki kompyuter orqali ko’rsatiladi va tarqatma materiallar tarqatiladi., ma’lum vaqt belgilanadi.Ma’lum vaqt o’tgach eng tez va chaqqon o’quvchiga to’g’ri javoblar soniga qarab rag’bat jitonlari beriladi.

,, Begonani top’’

1.Trapetsiyasimon muskul, to’g’ri muskul,tashqi qiyshiq muskul,ichki qiyshiq muskul, oraliq muskul.

2.Fastsiya, miofibril, bosh, dum, dinamik, miokard, static.

3.Kulgu muskuli, yelkaning ikki boshli muskuli, uch boshli muskuli, tumshuqsimon yelka muskuli.

4.Tikuvchi muskul, nozik muskul, teri osti muskuli,taroqsimon muskul, to’rt boshli muskul, yarim parda muskuli.

5.Rombsimon muskul, trapetsiyasimon,tishsimon, orqaning keng muskuli, chakka muskuli.

6.Chakka muskuli, tashqi qanotsimon muskul, yonoq muskuli, kulgu muskuli,lunj muskuli, tikuvchi muskul.

III. Anglash bosqichi:

(Guruhlar bilan ishlash, aqliy hujum metodidan foydalaniladi

Dars mavzusi: Ovqat hazm qilish sistemasi

(kodoskop yoki kompyuter orqali ko’rsatiladi)

Dars shiori: Sog’lom tanda – sog’ aql.

Reja:

1.O’g’iz bo’slig’i, til , tish, halqum, qizilo’ngachning tuzilishi.

2.Me’da, ishaklarning tuzilishi va vazifalari.

3.Jigarning tuzilishi va funksiyasi.


Yangi mazvuni o’rganish uchun talabalar 3 guruhga bo’linadi. va nom tanlanadi. Har bir rejani o’rganish 1 tadan guruhga topshiriladi.Yangi mavzu matni tarqatiladi. Ma’lum vaqtdan so’ng guruhlarga savollar berilib topshiriq so’raladi.

I -guruh.. “Ibn -Sino”

II- guruh. Beruniy’’

III- guruh. Jurjoniy’’

Musobaqa 4 ta shart asosida o’tkaziladi.

1-shart: Tanishuv.

2-shart: Bilimdonlar sinovi.

3-shart: Donolar bisotidan.

1-shart: Tanishuv

Guruhlar nomlari va belgilarini ta’riflaydilar.

Har bir guruhga 10 tadan savol beriladi.

2-shart: Bilimdonlar sinovi

(Aqliy hujum metodidan foydalaniladi).

I -guruh.. “Ibn -Sino”

1.Ovqat hazm qilish organlariga nimalar kiradi?

2.Og’iz bo’shlig’I qanday tuzilgan?

3.Til qanday tuzilgan?

4.Tilning vazifasi nima?

5.Tilda qanday so’rg’ichlar joylashgan?

6.Tish qanday tuzilgan?

7.Tishlar necha xil bo’ladi?

8.Halqum qanday qismlardan tuzilgan?

9.Qizilo’ngach qancha uzunlikda bo’lib, qayerda joylashgan?

10.Qizilo’ngach qanday qismlardan tuzilgan?

II- guruh. . “Beruniy’’

1.Me’daning hajmi va uzunligi qancha?

2.Me’da qanday qismlardan tuzilgan?

3.Me’dada qanday fermentlar mavjud?

4.Ingichka ichak qanday qismlardan tuzilgan?

5.Inchichka ichak devori qanday qavatdan tuzilgan?

6. Inchichka ichakda qancha vorsinkalar bo’ladi?

7. Kiripta nima?

8.Yo’g’on ichak qanday tuzilgan?

9. Ko’richak qanday tuzilgan?

10 Yog’on ichakning vazifasi nima?

III- guruh. Jurjoniy’’

1.Jigar qancha kattalikda va og’irlikda bo’ladi?

2.Jigar qayerda joylashgan?

3.Jigar qanday pallalarga bo’linadi?

4.Jigar hujayralari qanday ataladi?

5.Jigar bo’lakchalari qanday tuzilgan?

6.O’t kapillarlari qanday hosil bo’ladi?

7..Jigar bir sutkada qancha o’t suyuqligi ishlab chiqaradi?

8..O’t pufagi qanday tuzilgan?

9..Jigar qanday vazifalarni bajaradi?

10.Jigarda qancha qon zaxira holda saqlanadi?

Talabalar javob berish davomida slaydlardan foydalanadilar.Guruhlar rag’bat va jarima kartochkalari orqali rag’batlantiriladi.

O’qituvchi mavzuni to’ldirib , xulosa qiladi.

3-shart: Donolar bisotidan.

Har bir guruh tomonidan tabiat haqida hadislar , allomalarning so’zlari keltiriladi.

Masalan: Hadislardan: ,,Tishlaringizni misvak ya’ni tish tozalagich bilan tozalab yurunglar va tozalikka odat qilinglar’’,,,Yenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka o’tmanglar’’.,,Kimki ko’zi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan bo’lsa uning jannatga kirishi aniqdir’’ Tangri pokdir, pokizalikni yaxshi ko’radi, saxiydirki saxiylikni yaxshi ko’radi, hovli, sahn va turarjoylaringizni toza tutinglar’’,

Ibn Sino o’gitlari:

-O’smirlarda ovqat talab qilish va hazim kuchliroqdir.

-Ko’lmak suvlar qanday bo’lishlaridan qat’iy nazar, medaga muvofiq kelmaydi.

-Shimolda ovqat yaxshi hazm bo’ladi va kishilar uzoq umr ko’radilar.

-Sog’liqni saqlovchi kishi o’z ovqatining asosiy qismini sabzavotlar, mevalar va bulardan boshqa davo bo’ladigan ovqatlardan bo’lishiga axamiyat bermog’i lozim.

-Agar taom ustiga taom tiqishtirilsa, ko’pincha u og’irlashadi va hazm bo’lmay tushib ketadi.

-Ortiq darajada to’yib ketish tabiiy haroratni qamrab oladi va badan sovushiga sabab bo’ladi.

-Bilginki non hazm bo’lmasa zarari ko’pdir, hazm bo’lmagan go’shtning zarari undan kamroqdir.

-Iliq suv hazmni buzadi, taomga bo’lgan ishtahani so’ndiradi, ichgan zamoni chanqoqni bosmaydi, qotmalik va tananing so’lishiga olib keladi.

-Go’sht tanani mustahkamlaydigan taom bo’lib, u boshqa ovqatlarga nisbatan qonni tezroq ko’paytiradi.

-Baliq go’shti o’z tabiati jihatidan sovuq bo’lsa ham, tuzlansa qattiq qizdiradigan bo’ladi.

-Ovqatni faqat ishtaha bilangina yemoq va ishtahani qaytarmaslik lozim.

-Lazzatli ovqatning zarari uni ko’p yeb qo’yishda.

-Ishtaha bo’la turib och turish me’dani zardobsimon yomon xilt ( sok) lar bilan to’ldiradi.

Guruhlar rag’bat va jarima kartochkalari orqali rag’batlantiriladi.


IV. Fikrlash bosqichi:

O’tilgan mavzu mustahkamlanadi.( ,,Sinkveyin’’ ,,,Bingo’’ interfaol usullaridan foydalaniladi.)

Har bir organ uchun ,,Sinkveyn’’

1-guruh “Ibn -Sino”

Jigar

1.Jigar- eng yirik bez.

2. Massasi 1500 gramm.

3.Ikki bo’lakdan iborat.

4. Qonni zararli moddalardan tozalaydi.

5.Jigar hujayrasi o’t suyuqligi ishlab chiqaradi

2-guruh. “Beruniy’’

Tish

1. Tish. – ovqat hazm qilish organi.

2. Tish– oziq, qoziq, kurak xillari bo’ladi.

3. Oziqni maydalaydi.

4. Tish 2 xil bo’ladi:sut va doimiy.

5. Tish 3 qismdan iborat: koronka, bo’yin. ildiz

3-guruh “Jurjoniy’’

Me’da

1. Me’da hajmi- 2,5 l bo’ladi.

2. Shilliq qavatida 14 mln mayday bezlar bo’ladi.

3. Pepsin, lipaza fermentlari bo’ladi.

4. Diafragma ostida joylashgan.

5.Ovqat hazm bo’ladi.

Mustaqil ish

Har guruhdan 3 nafardan talabaga Bingo varaqasi tarqatiladi.

Bingo varaqasi ( namuna)

JAVOBLAR

SAVOLLAR

yoni


orqa qismi

uchi

Tilning qaysi qismi shirin ta’mni sezadi?

Kupper hujayralari

Miogibrillar

kriptalar

Ingichka ichak vorsinkalari orasidagi bo’rtiklar qanday ataladi?

1,5 kg

2 kg

1,6 kg

Jigarning vazni qancha?


V.Talabalarni baholash.

Dars yakunida, rag’bat va jarima kartochkalari sanaladi . G’olib guruh aniqlanadi.Faol talabalar alohida rag’batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa . 114-119 betlarni o’qib, konspekt yozish.


ILOVALAR:


Foydalanilgan adabiyotlar


1. Xudoyberdiyev R. E.,Ahmedov N.K., Zohidov H. Z. va boshqalar Odam anatomiyasi

T.: “Ibn Sino nomidagi nashriyot- matbaa birlashmasi” 1993 yil

2. Shaxmurova G. A, Mamatqulov D. A. Sport anatomiyasi . T.; “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti 2007yil

3. .G’ofurov A.T. Tolipova J. Umumiy biologiyani o’qitishning noan’anaviy usul va

shakllari T.1990

4.Tolipova J O , G’ofurov Biologiya ta’limi texnalogiyalari( Metodik qo’llanma) T.2002.


Dars davomida ishlatilgan slaydlar va tarqatma materiallar






Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni avvalo ovqat hazim qilish a`zolaridan boshlanib, keyin iste`mol qilingan ovqat moddalari fizik, kimyoviy va fiziologik xossalari yordamida hujayralar va to`qimalarning o`zlashtirish uchun moslashadi. Oqsillar aminokislo-talargacha,uglevodlar monosaxaridlar-gacha, yog`lar glitsirin bilan yog` kislotalarigacha parchalangandan so`ng ichak so`rg`ichlari orqali qon va limfaga so`rilib hujayra to`qimalariga tarqaladi. Suv, mineral tuzlar, vitaminlar qonga o`zgarmagan holda o`tadi.






Og`iz bo`shlig`i- og`zning kirish qismi – dahlizdan va xususiy og`iz bo`shlig`idan iborat. Dahliz lablar, yon tomondan lunjlar bilan, orqa tomondan yuqori va pastki jag`, tishlar va milklar bilan chegaralangan.

Lunj lablarning davomi bo`lib, unig chuqur qatlamida yog` qavatlari, shilliq qavatida esa mayday bezchalar joylashgan.

Qattiq tanglay yuqori jag`ning tanglay o`sig`i bilan tanglay suyagining ko`ndalang o`sig`idan tuzilgan.

Yumshoq tanglay muskullardan iborat bo`lib, orqa tomoni xalqumga osilib turadi. Uning o`rtasida tilcha joylashgan , shilliq qavati qattiq tanglay shilliq qavatining davomi bo`lib hisoblanadi.




.

Til- muskullardan tuzilgan organ.

Tilning ustki yuzasida to`rt xil

so`rg`ich joylashgan.

1.Ipsimon so`rg`ichlar- tilning ust

yuzasida duxobasimon tus berib joylashgan.

2. Zamburug`simon so`rg`ichlar- tilning uchi

va yonlarida joylashgan bo`lib, ta`m

bilishda xizmat qiladi.

3. Tarnovsimon so`rg`ichlar- 7-15 ta

bo`lib, tilning ildizi bilan tanasining

chegarasida joylashgan.

4.Varaqsimon so`rg`chlar- kitob varaqlari

kabi tilning yonlarida joylashgan










Katta oziq tishning tuzilishi: 1- emal qavati; 2- dentin qavati;

3- sement qavati; 4- qon tomirla¬ri; 5- nerv tolalari.

Tishlar 3 qismdan iborat

1. Koronka

2. Bo’yin

3. Ildiz

Doimiy tishlar -32 ta

Sut tishlari- 20 ta




Jigar eng yirik bez bo`lib, vazni 1,5 kg bo’

lib katta qismi o`ng qovurg`alar tagida, kichik bo`lagi qorin bo`shlig`ining chap qismida joylashgan. Jigar bir sutkada uzluksiz ravishda 1-2 litrga yaqin o`t suyuqligi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilgan o`tning bir qismi konsentrlangan holda o`t pufagida yig`iladi.

O`t pufagi (vesika fellea) noksimon shaklda, u jigarning orqasida joylashgan. Uning hajmi o`rtacha 60 sm, ichakda ovqat hazm bo`layotganda o`t suyuqligi umumiy o`t yo`liga quyiladi. Jigar o`t suyuqligi ishlib chiqarish bilan birga ichakda ovqat hazm qilinishi natijasida hosil bo`lgan turli zararli moddalar- toksinlarni zararsizlantiradi.


Me`da -qorin bo`shlig`ining yuqori sohasida joylashgan , uning ko`proq qismi chap tomondagi qovurg`a osti sohasida, ozroq qismi esa qorin bo`shlig`I tepa bo`lagining o`rta qismida joylashgan. O`rta yoshdagi odamda uning hajmi 1-3 litr bo`ladi. Me`daning hamma tomoni qorin parda bilan o`ralgan , bo`lib devori seroz parda, seroz osti, muskul qavat, shilliq qavat va shilliq osti qavatidan tuzilgan.
















Ichaklar -hazm a`zolarining eng uzuni bo`lib,

uzunligi 7-7,5 m. Ichaklarda ovqat hazm bo`lishda davom etadi. Ingichka ichak (intestinum tenue) 3 qismga bo`linadi: o`n ikki barmoq ichak(25 sm), och ichak (2,5-3 m) va yonbosh ichak (3-3,5 m)

Yo`g`on ichak (intestinum crassum)ning diametri ingichka ichaknikiga nisbatan 2-3 marta katta bo`lib uzunligi 1,3-1,5 metr keladi. Yo`g`on ichak : chuvalchangsimon o`simtali ko`richakka, ko`tariluv-chi, ko`ndalang, tushuvchi va sigmasimon chambar ichak hamda to`g`ri ichakka bo`linadi.










Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Открытый урок на тему "Органы пищеварения" на узбекском языке

Автор: Норова Аломат Мустафоевна

Дата: 01.05.2017

Номер свидетельства: 412609


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства