kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

O'simliklarni generativ organlar filogenezi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Osimliklar generativ organlar filogenzi  biz qoyi sinflarda osimliklarni generativ va vegetativ organlani o'ganib chiqqanmiz Vegetativ organlarga ildiz poya va barg,geherativ organlarga gul meva va urug kiradi Generativ organlar o'simliklarning ko'payishi kelgusi avlodlarni gallanishini amalga oshiradi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«O'simliklarni generativ organlar filogenezi»


Namangan shahar

48- umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi

Xudoyorova Ra’noning

11-sinflar uchun

”O’simliklarni generativ organlar felogenezi’’

mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi.















ORGANIK OLAM FILOGENEZI.O”SIMLIKLARNI GENERATIV ORGANLARI FILOGENEZI

Ta’limiy maqsad: O’simliklarni generativ organlar filogenezi haqida ma’lumot berish,tushunchalarni umumlashtirish va takomillashtirish.

Tarbuyaviy maqsad. Tabiatni sevish,undagi ne’matlarini asrash va ardoqlash tuyg’sini shakillantirish

Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini kengaytirish,mustaqil holda ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish

Dasrdan kutilyotgan natija :

1.Generativ organlarini umumiy tavsifi haqida ma’lumotga ega bo’lishi.

2.Generativ organlarni harakterli xususiyatlarini ajrata olish.

3.O’simliklarni generativ organlari filogenezi haqida ma’lumotga ega bo’lish.

Mavzu o’zlashtirgandan so’ng quyidagi bilim va kunikmalarga ega bo’lish mavzu buyicha mustaqil axborot topib, uni taxlil qilish

Taxlil asosida xulisa tayorlash

Ta’lim metodlari.

Ma’ruza,klaster,ven diagrammasi,matnlar bilan ishlash,suhbat,tushuntirish,hikoyaqilish’bliz surov

Axborot manbalari va texnik vositalar

Kompiyuter,videyo proektor ,pleshka ,darslik,vatman, ma’ruza matni ‘markerlar ,rangli rasmlar,konspekt

Dars turi; Nazariy

Darsga ajratilgan vaqt miqdori;45-minut













Darsning xronologik kartasi



N

Mashgulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashgulot mazmuni

Ta’lim metodlari

Ta’lim vositalari

1.

Tashkiliy qism

5-daqiqa

1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash 3. Siyosiy va ijtimoiy yangiliklar xaqida

4. Sinf o’quvchilari 3 ta kichik guruhchalarga bo’lib olinadi (1-ilova)

Suhbat.Munozara

Axborot vositalar Vositalardagi o’quvchilar tomonidan tayorlangan yangiliklar matni.

2

Kirish

10- daqiqa

1.Uyga berilgan vazifani tekshirish.

2.Vegetativ organlar.Klaster to’pshirigi (2-Ilova)


Suhbat. Klaster.

Vatman Markerlar

3.

Yangi mavzu bayoni

15- daqiqa

1.O’qituvchi mavzu va rejalarni e’lon qiladi. 2.O’qituvchi ma’ruzasi.

(3-ilova)

3.Mavzuga bagichlangan videyofilim

Ma’ruza Tushuntirish.Ko’rsatish.Xikoya qilish

Kompiyoter,Vedeyo proektor

,

flishkа,

dars kospekt

4.

Mustahkamlash

10- daqiqa

1.Venn diagrammasi.(4-ilova).

Bliz so’rov (5-ilova)

Venn diagrammasiBlis so’rov.

Vatman.

Makerlar. Blis so’rov yozilgan matn

5.

Yakuniy

5- daqiqa

1.Baholar e’lon qilinadi.

2.Uyga vazifa beriladi.

Suhbat. Tushuntirish.










Yangi mavzu bayoni.

O’simliklarni generativ organlari filogenezi

O’simliklarni ko’payishi va kelgusi avlodni shakllantirishda ishtirok etadigan organlari generativ organlar deyiladi.

O’simliklar sistematikasida o’rin olgan bo’limlarga mansub organizmlar ko’payishi nuqtayi nazaridan tahlil etilganda, ularning vakillarida odiy bo’linish, sportlar va urug’ yordamida ko’payishi uchrashishni ko’rish mumkin.

Tirik organizmlar jinsiy ko’payishda izogamiya, geterogamiya vaoogamiya kuzatiladi. O’simliklar jinsiy ko’payishi jinsiy hujayralarningo’zaro qo’shilish natijasida zigota hosil bo’lishda ba’zi vakillarida izogamiya, ba’zilarida getrogamiya, ko’pchiligida esa oogamiya sodir bo’ladi.

Bir hujayrali suvo’tlari oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi,noqulay sharoit vujudga kelganda shu hujayra jinsiy ko’payishda ishtirok etadi.

Yuksak o’simliklarni generativ oganlariga sporangiylar,sporalilar boshoqlar g’iddalar (qubbalar),ochiq u’ruglilar o’simliklarda meva va urug’ hosil qiladigan gui kiradi.

Generativ organlar o’simliklar hayotining muayan davrida shakillanadi va tirik organizmlarga xos bo’lgan muhim jarayon – ko’payish funksiyasini bajaradi.

Bir hujayrali suvo’tlari bo’linish,koloniya bo’lib yashaydigan suvo’tlari parchalanish ko’p hujayrali suvo’tlari tallomning bo’laklarga ajlalishi bilan va zoosporalari yordamida jinssiz ko’payadi .Noqulay sharoitda suvo’tlarida xivchinli gametalar va ularning qo’shilishi natijasida zigota hosil bo’ladii.Zigota pishiq qobiq bilan qoplanib, tinim holatda noqulay sharoitda ham o’z hayot faoliyati saqlab qoladi va undan yangi individ rivojlanadi

Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishida turli tektonik o’zgarishlar suv havzalarini qisqarishi, tog’larning paydo bo’lishi suv muhitiga moslashgan suv o’tlarining quruqlikda chiqib olishiga olib kelgan.Evolutsiya jarayonida quruqlikda chiqib qolgan suv o’tlarda yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish va vegetative tallomning, balki ko’payish jarayoning ham o’zgarishiga olib keladi.Suvo’tlaridan farq qilib, quruqlikda o’sadigan o’simliklarda sporalar yetadiladigan organlari gametalar yetadiladigan organlari ko’p hujayralari bo’ladi.Sporalar yuksak o’simliklar yosinlar, qirqbo’ginlar va qirqquloqlarda gametofit (gametalarni shakllanishi va urug’lanish jarajoni sodir bo’ladigan bo’g’in) va sporafit ( sporalarni shakllanishi yetilishi sodir bo’ladigan bo’g’in) nasllar galanishi kuzatiladi. Yosinlar hayot sikllida gematofit ustunlik qiladi. Plaun, qiqrbo’g’in va qiqquloqlarda tarixiy rivojlanish jarayonida sporafit tuzulishi takomillashgan, ularda sporafit ustunlik qiladi

Sporali o’simliklar sporali yordamida tarqaladi. Sporalar bir hujayrali bo’lib, undagi oziq modalarning miqdori juda kam bo’ladi. Noqulay muhitga tushgan sporalarning ko’p qismi nobud bo’ladi.Qulay sharoitda sporadan gametofit rivojlanadi. Gametofitning rivojlanishi uchun namlik yetaj bo’lishi zarur.Gametofitda jinsiy organlar, ular esa jinsiy hujayralari yetishdi.Urug’lanishi jarayoni uchun suv zarur. Urug’lanishi jarayonida hosil bo’lgan zigotdan rivojlanadigan murtak dastlab gemotafit hisobiga oziqlanadi.

Evolutsiya jarayonida dastlabki urug’li o’simliklar – urug’li qirqquloqlar paydo bo’lgan .Urug’li o’simliklar urug’lari orqali tarqaladi.Urug’ evolutsiya natijasida paydo bo’lgan hamda o’simliklarning tarqalishiga va ko’payishiga xizmat qiladigan organ.Urug’ to’liq yetulmaguncha ona o’simliklar ajramaydi.Urug’ ko’p hujayrali, murakkab tuzulishga ega bo’lib, qobiq, murtak va endospermlardan iborat. Murtakning rivijlanishi uchun urug’da zaxira oziq moddalar to’planishi urug’li o’simliklarning noqulay sharoitda ham o’sishiga zamin yaratadi.

Evolutsiya natijasida chang naychasining paydo bo’lishi urug’li o;simliklarning urug’lanishi jarayoni uchun suvga bo’lgan ehtiyojning yo’qolishiga olib keldi.O’simliklarning urug’lanishi davrida suvli muhitga qaram bo’lmasdan urug’ning shakllanishi o’simliklar filogenezidagi muhim aromorfoz bo’lib, ularning o’simliklar olamida hukmron bo’lishiga olib kelgan.



Hozirgi davrda urug’li o’simliklar: ochiq urug’li o’simliklar, yopiq urug’li o’simliklarga ajraladi.

Ochiq urug’li o’simliklar urug’idan ko’payadi, urug’lari urug’kurtakli qubbalarda ochiq holda yetiladi.Urug’ hosil bo’lishi uchun avval changlanish, so’ngra urug’lanish jarayoni sodir bo’lishi kerak.Ochiq urug’lilar gametofitida tugunchaning bo’lmasligi , urug’kurtak ochiq holatda rivojlanishi, endospermaning gaploid ekanligi bilan xarakterlanadi.

Yopiq urug’li o’simliklarda mukammal tuzilgan o’tkazuvchi sistema – o’tkazuvchi naylar, gul va mevaning paydo bo’lishi yirik aromorfozlardan bo’lib, bu o’simliklarning Yer yuzida keng tarqalishiga imkon beradi. Gulning asosiy qismlari urug’chi va changchidan ibrat bo’lib, ularda changlanish va qo’sh urug’lanish jarayonida sodir bo’lgan. Urug’chi tugunchasiga joylashgan urug’kurtak urug’ga , tuguncha esa mevaga aylanadi. Yopqi urug’li o’simliklarda urug’ meva ichida shakllanishi va rivojlanganligi sababli, tashqi muhitning noqulay sharoitiga moslashgan va Yer sharining barcha geografik mintaqalarida keng tarqalgan.

Yopiq urug’li o’simliklarning changlanishi shamol, hasharotlar, qushlar, yordamida amalga oshishiga, urug’ va mevalari esa shamol, suv, qushlar,sutemizuvchilar vositasida tarqalashi individlar sononing ortishi, arealning kengayishiga olib kelgan.

Yopiq urg’li o’simliklarning anatomik, morfologik, tuzulishining makammalligi, hayotiy jarayonlarning jadal borishi, turli hayotiy shaklga ega bo’lganligi sababli o’simlilar dunyosida hukmronlikka ega. Yopiq urug’li o’simlilarning bir va ikki urug’pallalilarga ajralishi, ularga mansub oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan botanika o’quv fanini o’rganish jarayonida tanishgansiz.





















Guruhlarda ishlash qoidasi Sherigingizni diqqat bilan tinglang ..Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting,berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.

Agar yordam kerak bo’lsa ,albatta murojaat qiling.Agar sizdan yordam so’rasha ,albatta yordam bering Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.

Quydagilarni aniq tushunushimiz kerak

  • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rgamamiz!

  • Biz bitta kemadamiz; yoki birgalikda suzub chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz .





















Klasterni tuzish qoidalari







1. Topshirqni diqqat bilan o’qib chiqing.

2.Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo’lgan har bir fikrni yozing.

3.Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang .

4.Belgilangan vaqt tugamamaguncha yozishni to’htatmang,fikringizni jamlashga harakat qiling.

5.Fikrlarni chegaralamang,ular o’rtasida o’zaro aloqadorlikka e’tibor qarating.





















Klaster





















































O’simliklani generativ organlar filogenezi



















































































Venn diagrammasini to’dirish qoidasi:



1Ma’lumotlarni doiraning kesishmaydigan tomonlariga yozib chiqing.

2. Doiraning kesishgan joyiga har ikki tomondagi ma’lumotlarning umumiy bo’lgan jihatlar nomerini yozing .

Venn diagrammasi

Ооgamiya va izogamiyani solishtiring





Uyga vazifa:O’tilgan mavzuni o’qib o’rganish.Ven diagrammasini to’ldirish

Blis so’rov

  1. Gui qanday qismlardan iborat?

  2. Urug’chi qanday qismlardan iborat?

  3. Ghang tarkibida qanday hujayralar bo’ladi?

  4. Markaziy hujayra qanday to’plamga?

  5. Qo’sh o’ruglanish kim tomonidan va qachon kashf etilgan ?

  6. Aromorfoz nima?














































































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 11 класс

Скачать
O'simliklarni generativ organlar filogenezi

Автор: Xudoyorova Ra'no Abdurasulovna

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 546976


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства