kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Оддий ва мураккаб барглар. Новдада баргларнинг жойлашуви

Нажмите, чтобы узнать подробности

ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. NOVDADA BARGLARNING JOYLASHUVI

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Оддий ва мураккаб барглар. Новдада баргларнинг жойлашуви»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI



NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

NAMANGAN SHAHAR

34- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

BIOLOGIYA fani o’qituvchisi

BURANOVA GULBAXORNING

6-SINFLAR UCHUN“ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. NOVDADA BARGLARNING JOYLASHUVI” MAVZUSIDA BIR SOATLIK





Mavzu: Oddiy va murakkab barglar.Novdada barglarning joylashuvi

Darsning ta’limiy maqsadi:O’quvchilarga oddiy va murakkab barglarning tuzulishi, turlari, ularning xillari, ahamiyati haqida tushuncha berish

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarga ekologik gigeyenik tarbiya berish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatni sevishga asrashga o’rgatish borasida kasbga yo’naltirish

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarning mustaqil darslik ustida ishlash ko’nikmasini hamda fikrlash doirasini kengaytirish orqali bilimlarini rivojlantirish

Rejalashtirilgan natija: yozma va og’zaki nutq orqali fikrlarni bayon etish, rasmlar va tegishli axborotlar bilan ishlash,jadvallar bilan ishlash,bir-birini fikrlarini hurmat qila olish,shaxs sifatida o’z- o’zini baholay olish ko’nikmalariga ega bo’ladi;(Tayanch kompetensiyalar)

O’simlik barglarini o’rganish orqali biologik ob’ektlarni tanish ,izohlash ko’nikmalari va ekologik kompetensiyalar rivojlantiriladi (Fanga oid kompetensiyalar)

Dars turi:Yangi bilimlarni shakllantiruvchi

Dars usuli: noan’anaviy,” aqliy hujum”, Venn diagrammasi”, “atamalar izohi” “kungaboqar”

Dars jihozi: darslik, o’simlik barglari na’munalari, barglarning tuzulishi turlari tasvirlangan videofilm,gerbariylar, metodik qo’llanma, AKT va tarqatma materiallar

Darsning borishi

Tashkiliy qism: Salomlashiladi, Aziz o’quvchilarim diqqat qiling!

O’zbekiston Respublikasiga sidqidildan xizmat qilishga tayyormisiz

Barcha birgalikda O’zbekiston Respublikasiga sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz

Barakalla! Qani unda barcha darsga tayyormi? Darsga tayyormiz doim Maqsad zo’r olmoq bilim.

Davomat aniqlanadi Yurtimizda sodir bo’layotgan kun yangiliklar so’raladi.Fanga oid mushohada yurgizish

Guruhlarga bo’linamiz.Har bir guruh o’ziga nom bersin.

Topqirlar

Donolar

Zukkolar





1.Flora nima? 2.Botanika fani nimani o’rganadi? 3.Qizil kitobning mohiyati?

Barakalla! Hamma darsga moslashib oldimi.

O’tgan darsni takrorlash.O’quvchilar uyga vazifa nima edi.Hamma mavzuni o’qib keldimi?

Savollar yomg’iri

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir” shunga amal qilgan holda Aqliy hujum metodi orqali o’tgan mavzuni takrorlab olamiz. O’qituvchi o’quvchilarni “Ofarin”, “Barakalla”, “Harakatda bo’ling” kartochkalari orqali baholab boradi.





1.Barg nima? Unga qanday ta’rif beramiz.

2.Barg qanday qismlardan iborat?

3.Barg bandi bo’lmaydigan o’simliklar qaysilar?

4.Bir urug’pallali o’simliklarni ayting?

5.Ikki urug’pallali o’simliklarni bargi qanday tomirlangan?

Yangi mavzu bayoni:

Reja:

1.Oddiy barglarning tuzulishi

2.Murakkab barglar

3.Murakkab barglarning turlari

4.Novdada barglarning joylashuvi

Barglar tuzulishiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.1.Oddiy barglar 2.Murakkab burglar

Qani o’quvchilar aytingchi oddiy barg deganda o’zi nimani tushunasiz? Oddiy barg deganda bitta barg bandida bitta barg joylashsa oddiy barg deyiladi?Ko’zingizni oldiga keltirdingizmi.Gerbariylar tarqatiladi o’quvchilar kuzatadi.Shu o’rinda o’simlik bargalri aks etgan videofilm namoyish qilinadi.Videofilm davomida o’qituvchi tog’da o’sadigan adirda o’sadigan yaylovlarda o’sadigan o’simliklarni bargini ko’rsatadi.

Qani o’quchilar gerbariylarga qaraymiz hamma guruhi bilan birlashsin.oddiy barglarga

N

Oddiy bargli o’simlik nomlari

1

Olma

2

Terak

3

Olcha

4

Tut

5

Shaftoli

6

Terak

7

Yantoq

k

O’quvchilar zerikmadingizmi!



abi shunga o’xshash o’simliklarni olishimiz mumkin.Shu o’simliklarning bargini ajrating.





Ilmga yetishishning uchta yo’li mavjud, fikrlash eng to’g’ri yo’l, taqlid qilish eng oson yo’l , tajriba yo’li eng achchiq yo’l! Siz qaysi birini tanlagan bo’lardingiz? Murakkab barglar deb bitta barg bandida bir nechta barg joylashishiga aytiladi.Murakkab bargli o’simliklarga quyidagilar kiradi.

N

Murakkab bargli o’simlik nomlari

1

Yong’oq

2

Soxta kashtan

3

Yeryong’oq

4

Shirinmiya

5

Beda

6

Loviya

Murakkab barglar quyidagi guruhlarhga bo’linadi.



1.Toq patsimon barg .Agar barglarning oxirida bitta toq barg bilan tugashiga aytiladi Misol: shirinmiya, yong’oq

2.Juft patsimon barg barglarning oxirida bir-biriga qarama – qarshi juft holda joylashishiga aytiladi. Misol: yeryong’oq

3.Ikki yoki uch karra patsimon bargga misol totim bilan shoyi akatsiya kiradi.

Uch bargchali murakkab bargga sebarga beda, loviya mosh kiradi.Ba’zan toq bargchalar o’rnida gajak hosil qiladi no’xat bilan burchoqda.Ayrim barglar shaklini o’zgartirib tikonga aylangan .O’quvchilar xozir xonamizdagi qaysi o’simlikda shunaqa ? Barakalla kaktusda .Ayrimlari esa qipiq shakliga kelib qolgan bu saksovul va qandim. Ojud,kovrak,rovoch kabi o’simliklarning bargaining yaprog’I 50-70 sm dan 1 m gacha boradi.O’simliklarning qaysi tur turkum,oilaga mansubligini barg shakliga qarab bilish mumkin.Qoqio’tdoshlar (Murakkabguldoshlar) va Ziradoshlar (Soyabonguldoshlar) oilasining ildiz bo’g’zida joylashgan barglari nihoyatda yirik bo’ladi

.

Mavzuni tushunyapmizmi ? Atamalar izohi lug’ati bilan ishlaymiz?

Daftarga to’ldiramiz. Oddiy barg, Murakkab barg , Toq patsimon barg ,Juft patsimon barg

Barglarning novdada joylashuviga ko’ra uchta guruhga bo’linadi.

1.ketma-ket 2. qarama-qarshi 3.halqa hosil qilib

Barglarning novdada navbat bilan ketma-ket joylashuviga misol qilib, terak, oqquray, do’lana, go’za kabi o’simliklarni olishimiz mumkin.Barglari qarama – qarshi joylashadigan o’simliklarga yalpiz,chinnigul, ligustrum, mavrak, gazanda ,kampircho’pon kiradi.Bunda o’simlikning barglari bir-biriga qarama-qarshi holda joylashadi.Halqa hosil qilib joylashadigan o’simliklarga sambitgul,qirqbo’g’im qumrio’t kiradi.Bunda burglar bir joyda to’p bo’lib halqa shaklida joylashadi.

Novdada barglarning joylashishi: 1—navbat bilan joylashgan; 2- qarama-qarshi joylashgan;

3-halqa hosil qilib joylashgan.

Yorug’sevar o’simliklar.Qani aytingchi? O’quvchilarim nima uchun yorug’sevar deyiladi.fikrlar tinglanadi.Barakalla! bevosita quyoshga o’girilib o’sganligi uchun. Soyasevar o’simliklar deb qalin o’rmonlarda, g’orlarda soya salqin joylarda o’sganligi uchun ham aytiladi

.

N

Yorug’sevar

Soyasevar

1

Kungaboqar

Qulupnay o’rmon yertuti

2

Pomidor

Yovvoyi xina

3

Yantoq

Binafsha



Y

Oddiy barg

Olma

Behi

Gilos

Terak

angi mavzuni mustahkamlash. Venn diagrammasi orqali

Murakkab barg

Soxta kashtan

Yong’oq

Yeryong’oq

















Test tarqatmalari tarqatiladi.

1.Qaysi biri oddiy barg hisoblanadi. A. olma B. beda C. yeryong’oq D. yong’oq

2.Panjasimon bargga qaysi o’simlik kiradi . A. olcha B. soxta kashtan C. aloe D. anjir

3.Soyasevar o’simliklarni ajrating 1.kungaboqar 2.yantoq 3. Qulupnay 4. Xina 5. Pomidor 6. Binafsha

A.1,2,5 B. 2,3,6 C. 3,4,6, D. 1,4,6

4.Yorug’sevar o’simliklarni ajrating 1.kungaboqar 2.yantoq 3. Qulupnay 4. Xina 5. Pomidor 6. Binafsha

A.1,2,5 B. 2,3,6 C. 3,4,6, D. 1,4,6

Doskaga testda faol ishtirok etgan guruh o’quvchilardan uchtasi chiqadi.Doskaga atama so’zi yashiringan bo’ladi. Birinchi harfini ochadi agar shu so’zni boshiga qarab atamani topsa aytadi, bilmasa ikkinchi o’quvchi davom ettiradi.

Darsni yakunlash Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.Hamma baholariga rozimi.

Shunday ekan bolajonlarim kitob o’qishdan ilm o’rganishdan bilim olishdan also charchamanglar .Doimo sog’ bo’ling

Uyga vazifa: O’simlik na’munalaridan gerbariy tayyorlab kelish


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
Оддий ва мураккаб барглар. Новдада баргларнинг жойлашуви

Автор: Буранова Гулбахор Тахировна

Дата: 06.07.2020

Номер свидетельства: 554510


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства