kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Nerv sistemasi kasalliklari

Нажмите, чтобы узнать подробности

SAMARQAND VILOYATI KATTAQO`RG`ON  TUMAN 59-SON UMUMTA’LIM MAKTABI BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI OCHILOV SHOXRUXNING “BIOLOGIYA ” FANIDAN

“OCHIQ DARS” ISHLANMASI

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Nerv sistemasi kasalliklari»






SAMARQAND VILOYATI KATTAQO`RG`ON TUMAN 59-SON UMUMTA’LIM MAKTABI BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI OCHILOV SHOXRUXNING “BIOLOGIYA ” FANIDAN

OCHIQ DARS” ISHLANMASI














KATTAQO`RG`ON-2019

Mavzu: Nerv sistema kasalliklari va ularning oldini olish

Dars o`tishning texnologik xaritasi


Maqsad va vazifalar

Nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini o’rganish va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

O`quv – tarbiya jarayonining mazmun mohiyati

Nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini o’rganish orqali o’quvchilarga biologik va ekologik tarbiya hosil qilishdan iborat

Dars jarayonini amalga oshirish usullari, texnologiyasi

Metod: “Sinf bilan ishlash”, “Og`zaki bayon qilish”, suhbat

Usul: savol – javoblar

Shakl: ma’ruza, jamoada ishlash

Vosita: 8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi, savollar, rasmlar, elektron darslik, komp’yuter

Nazorat: og`zaki, o`z-o`zini nazorat qilish.

Baholash: rag`batlantirish, balli sistema asosida

Kutilayotgan natijalar

O`qituvchi: “Nerv sistema kasalliklari” mavzusini yoritishda qisqa vaqt ichida o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarning darsga, fanga qiziqishi ortadi. Bir qancha o`quvchilarni baholaydi. Maqsadga erishadi.

O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka tartibda ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi rivojlanadi – ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi: o`quvchilarni biologiya faniga qiziqtirish yo`llarini, mavzuning hayotga fan, tibbiyot bilan bog`lanishini boyitish.

O`quvchi: Markaziy nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini farqlay oladi hamda, qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlaydi, o`z fikrini ravon bayon qila oladi, mustaqil fikrlaydi.

Maqsad: a) ta’limiy maqsad –Nerv sistemasining kasalliklari va ularning oldini olish haqida tushuntirish;

b) tarbiyaviy maqsad – mavzu asosida sog’lom tumush tarziga o’rgatish;

s) rivojlantiruvchi maqsad – markaziy va Periferik nerv sistemasi kasalliklariga oid tarqatmalardan foydalanish.

Dars turi: yangi tushuncha bilimlarini shakllantiruvchi, BKMni rivojlantirish.

Dars usuli: an’anaviy, zamonaviy.

Jihozlar: Ko`rgazmali plakatlar, tarqatma materiallar, elektron darslik, darslik.

Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqti

Tashkiliy qism

1-bosqich

Salomlashuv. Darsda qatnashuvchi o`quvchilar davomati, o`quv qurollari shayligini ko`rish, darsga muhit tayyorlash

Og`zaki muloqot

4 daqiqa

Otilganlarni takrorlash

2-bosqich

O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash, sinf jamoasi bilan ishlash

Jamoa bilan ishlash, og`zaki topshiriq va taqdirlash.

8 daqiqa

Yangi mavzuni bayoni

3-bosqich

Mavzu bo`yicha o`quvchilarni savol-javob orqali bilimlarini so`rash hamda mavzu mazmunini ko`rgazmali ma’ruzasi – jamoaviy. Elektron darslikni namoyish etish.

Og`zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, darslik bilan ishlash, rasmlar bilan tanishish

20 daqiqa

Mustahkamlash

4-bosqich

Mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimlarini savol-javob orqali aniqlash, past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga e`tibor berish.

Savol-javob, o`z-o`zini baholash

9 daqiqa

Darsni yakuni, baholash, uyga vazifa berish

5-bosqich

Darsda faol ishtirok etgan va savollarga javob bergan o`quvchilarni rag`batlantirish (baholash va siylov), darsni yakunlash, uy vazifasini berish (uyga vazifa qanday bajarilishi va nima qilinishi tushuntiriladi).

O`quvchilarni rag`batlantirish

4 daqiqa



I.Taskiliy qism: a) Salomlashish

b) Yo`qlama

s) o`quv – qurollar shayligini ko`rish

d) muhit tayyorlash.


II. O`tilgan mavzuni takrorlash: savol – javob, o`quvchilar tomonidan so`zlash.

Savollar: 1. Bosh miya katta yarimsharlari po`stloq qavatining qalinligi qancha bo`ladi?

2. Miya katta yarimsharlari qanday qismlarga bo`linadi?

3. Ko`rish markazlari bosh miyaning qaysi qismida joylashgan?


III. Yangi mavzuning bayoni:

Reja:

  1. Orqa miya va uning nervlarining zararlanishi.

  2. Bosh miya kasalliklari.

Orqa miya va uning zararlanishi.Gripp va boshqa ayrim yuqumli virus kasalliklari asorati ta`sirida nervlar hamda nerv tugunlari zararlanishi mumkin.Sezuvchi nerv tolalarining zararlanishi nevralgiya deyiladi.Bunda kasallangan nerv sohasida kuchli og`riq seziladi.Masalan,uchlik nerv shamollaganida yuz, ko`z va tishlarda og`riq paydo bo`ladi.Harakatlantiruvchi nervlarning shamollashi nevritga olib keladi.

Ba`zan umurtqa pog`onasi bel va dumg`aza qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi sababli radikulit deb ataladigan kasallik shamollash yoki og`ir yuk ko`tarish oqibatida kelib chiqadi.

Orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarini viruslar zararlashidan poliomelit (bolalar falaji) kelib chiqadi.Bu kasallikda muskullar qisqarish xususiyatini qisman yoki tamoman yo`qotishi mumkin.Buning natijasida kasallangan nerv boshqaradigan organ kamharakat yoki harakatlanmaydigan (shol) bo`lib , osilib qoladi.

Bosh miya kaslliklari.Gipertoniya (qon bosimining ko`tarilishi) va ateroskleroz (qon tomiri nayining torayib qolishi )kasalliklarida miyada qon aylanishining buzulishi yoki kapilyar qon tomirlari yorilib miyag qon quyilishi mumkin.Oqibatda miyaga keladigan kislorod va oziq moddalar kamayib miyaning ishi buzuladi.Qo`l va oyoqni harakatlantiradigan markazlar shkastlanganida organlar harakatlanmasdan tarashadek qotib qoladi.

Ba`zan miya chayqalishi, qattiq qo`rqish, qon ketishi yoki kuchli og`riq ta`sirida odam hushidan ketishi mumkin. Bunday holatda dastlab odamning boshi aylanadi, ko`z oldi qorong`ulashadi, rangi oqarib, sovuq ter bosadi, yurak urishi va nafas olishi sekinlashadi.Hushidan ketgan odamning boshini past qilib, orqasi bilan yotqiziladi.

Alkagol va narkotik moddalar nerv hujayralariga oson kirib olish xususiyatiga ega.Bu moddalar uzoq vaqt iste`mol qilinganida tez nobud bo`ladi.

Tarqatma materiallar orqali “Kim chaqqon” o’yini olib boriladi:

Savol: Nerv sistemasining kasalliklariga nimalar kiradi?

Savol: Bosh miya kasalliklariga qaysilar kiradi?

Savol: Hushidan ketgan odamda qanday alomatlar seziladi?

IV. Mustahkamlash. Yuqorida mavzuni bayon etish bilan birga har bir rejadan so`ng tushunchani mustahkamlash uchun savol-javobdan foydalaniladi va o`quvchilar baholanadi. Bunda o`quvchilarning BKMlarni o`zlashtirishda natijaga erishish mumkin.

Darsga yakun yasash va baholash. O`tgan mavzuni so`rashdan so`ng va savol-javob natijasidan keyin o`quvchilar baholanadi. Yangi mavzuni bayon etishdagi savol-javob mavzuni mustahkamlash ham hisoblanadi.


V. Uyga vazifa: Darslikdagi mavzuni o`qib o`rganish, “Nerv sistemasi kasalliklari” haqida qo`shimcha ma’lumotlar to`plab kelish (bu navbatdagi mavzuni o`rganishda asos bo`ladi, bog`lanish yuzaga keladi), daftarga mavzudagi uchragan termin va BKM elementlarini lug`aviy ma’nosi bilan yozib kelish.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Bahodir Aminov, Turob Tilavov, Ochil Mavlonov “Odam va uning salomatligi 8- sinf uchun darslik” T.:"O'qituvchi" NMIU, 2019.

  2. E. Qodirov “Odam anatomiyasi” Toshkent “Universitet” 2007.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Nerv sistemasi kasalliklari

Автор: Ochilov Shoxrux Abdizoir o'g'li

Дата: 21.04.2020

Номер свидетельства: 547570


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства