Просмотр содержимого документа
«Лансетник мавзуси»
Muallif: Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi 11-sоnli davlat ixtisoslashtirilgan makatb-internatining biologiya fani o`qituvchisi Olimov Shukurjon
Mavzu:Lansetnik – tuban tuzilgan hordali hayvon.
Darsning ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga Lansetnik – tuban tuzilgan hordali hayvonni bilishda tayanch kompetensiyalarini (komunikativ, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish) hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Bilim olishda tartib, intizomga rioya qilish, hamda o`z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg`usini shakllantirish tayanch (Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, Ijtimoiy faol fuqarolik, Umummadaniy) kompetensiyalrini hosil qilish,
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O`quvchilarda Lansetnik – tuban tuzilgan hordali hayvon haqida bilimlarini rivojlantirish.
FANGA OID KOMPETENSIYALAR:
FK1 - Lansetnik – tuban tuzilgan hordali hayvon bilish kompetensiyasi
FK2 – Lansetnik – tuban tuzilgan hordali hayvonkuzatish kompetensiyasi
FK3 – hayvonot dunyosini himoyalashni, o‘zini tutishning asosiy qoidalari va sog‘lom turmush tarzi asoslarini bilish.
Dars o‘tish uchun kerakli jihozlar: Lansetnik rasmi tushurilgan plakatlar, baril’ef modeli. Avval o‘tilgan mavzularning plakatlari. Lansetnikning doimiy mikropreparati. Mikroskop.
DARSNI QUYIDAGI TARTIBDA TASHKIL QILISH MUMKIN:
DARSNING BORISHI
VAQTI
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
Kirish
5 minut
Tashkiliy qism
2 min.
O‘qituvchi tomonidan xonani tozaligi ko‘zdan kechirilib, dars uchun kerakli jihozlar tayorlanib olinadi. Davomat tekshirilib belgilanadi.
Siyosiy xabarlar
3 min.
Yurtimiz va jaxon maydonlarida ro`y berayotgan muhim yangiliklar bilan tanishtirish
Asosiy qism
35 minut
O`tkan mavzuni takrorlash
10 min.
O‘tkan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu
15 min.
Yangi mavzu yuzasidan yangi tushunchalar berish;
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 min.
Yangi mavzu turli xil vositalar yordamida mustahkamlanadi
Yakuniy qism
5 minut
O`quvchilarni baholash
3 min.
O‘quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.
Dars yakunlanadi.
Uyga vazifa
2 min.
Mavzu yuzsidan uyda mustaqil o‘qish.
Darsning borishi:
I. Darsning tashkiliy qismi
II. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish (Buni har bir o‘qituvchi vaziyatdan kelib chiqib turli yo‘llar bilan guruhlarga ajratishi mumkin, masalan, rangli kartochkalar, juft va toq sonlar va x.o)
III. O‘tilganlarni takrorlash yangi mavzuni o‘tilishi mobaynida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi guruhlarga murojaat qiladi.
1. Biz siz bilan shu kungacha qaysi hayvon tiplarini o‘rgandik?
2. Ular qanday muhit va qanday joylarda yashaydilar?
3. Aytingchi bolalar, halqali chuvalchanglar va hasharotlarning ichki organ sistemalari bir-biridan qanday farq qiladi va qanday o‘xshashliklarga ega.
Ushbu savollar yozilgan kartochkalar har bir guruhga tarqatiladi.
O‘quvchilarga o‘zlarining javoblari uchun kerakli preparat va jadvallar, plakatlar o‘qituvchi tomonidan tarqatiladi. Ularga tayyorlanishga 4 minut ajaratiladi. 3-guruhning savolga javob berishi uchun Venn diagrammasi chizilgan varaqa beriladi.
halqali chuvalchang hasharotlarning
O‘quvchilarning javoblari tinglagach o‘qituvchi ko‘rgazmali qurollar asosida bu javoblarni xulosalaydi.
Shundan so‘ng o‘quvchilarga 1-rasm ko‘rsatiladi.
- «Aytingchi bolalar, lansetnikni hayvonlarni qaysi tipiga kirgizgan bo‘lar edingiz, va u yashaydigan muhit qanday?”
K
?
lasster usuli asosida o‘quvchilarning javobi tinglanadi va doskaga yoziladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini eshitgach: “Kelinglar endi sizlarni fikrlaringizdan to‘grisini qidiramiz. Siz o‘z fikr va mulohazalaringiz bilan olimlar yo‘lidan bordingiz.
1974 yilda Qora dengizdan Petr Simon Pallas- rus tabiatshunosi, sayohatchi bu hayvonni ko‘rishi bilanoq uni Molluskalar tipiga kiritdi.
Aytingchi?, Nega u bunday hulosaga keldi.”
O‘quvchilarning javobi tinglanadi. Notog‘ri javoblar also qoralanmaydi, to‘g‘ri javob bo‘lsa rag‘batlantiriladi.
“Lansetnik suvda yashaydi, u jabralari orqali nafas oladi, kam harakatchan. Ana shu hususiyatlari uchun uni Pallas Molluskalar tipiga kiritdi.”
Endi o‘qituvchi bolalarning ish daftariga sanani, dars mavzusini hamda maqsadini yozdiradi.
O‘qituvchi: “Lansetnik tropic va motadil iqlimli dengizlar shu jumladan qora dengizda tarqalgan. U scalpel-lanset tibbiyot asbobiga o‘xshaganligi uchun ham unga shunday nom berishgan. Uning kattaligi 4-8 sm bo‘lib 5 yilgacha umr kechirishi mumkin.
XIX asrning 1-yarmida Aleksandr Onufreevich Kovalevskiy uning rivojlanishini o‘rganib, u nihoyatda umrtqali hayvonlarga o‘xshashligini isbotladi. Kovalevskiy o‘z tajribalaridan lansetnikning butun tanasi bo‘ylab o‘tgan va umr bo‘yi saqlanib qoladigan pishiq o‘q – ho‘rdani tig‘iz joylashgan maxsus hujayralar yig‘indisi ekanligini, u ichki organlar uchun tayanch vazifasini o‘tashini, tanani egiluvchan qilib turishini isbotladi.
Endi aziz bolajonlar darsligimizni 92-betini ochamiz”
O‘qituvchi guruhlarga vazifalar beradi, chunonan
1-guruhga Lansetnikning yashashi, tashqi tuzulishi, ho‘rdasi va muskullari.
2-guruhga Lansetnikning nafas, hazm qilish va qon aylanish sistemalari.
3-guruhga Lansetnikning ayirish, nerv sistemasi ham umurtqasiz hayvonlarga o‘xshashligi.
Vaqt o‘tgach o‘quvchilarning fikrlari tinglanadi. Ular do‘skadagi plakatlar yordamida topshiriqni bayon qiladilar.
O‘quvchilarga daftarga quyidagi ko‘rinishni chizishadi.
Umurtqasiz hayvonlar
Umurtqali hayvonlar
Q
Q
H
H
N
N
Izoh; Q- qon aylanish sistemasi
H- hazm qilish sistemasi
N –nerv sistemasi
O‘quvchilar ushbu jadvaldan xulosa chiqarishlari lozim.
Mustaqil ravishda umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki tuzilishini darslikdan jadvallardan, ko‘rgazmali qurollardan foydalani izohlashadi.
Bunda o‘qituvchi ularning fikrini to‘g‘ri yo‘naltirmog‘i kerak.
O‘qituvchi: “Bundan ko‘rib turibmizki, lansetnik A.O.Kovalevskiy isbotlaganidek umurtqali va umurtqasizlar o‘rtasidagi oraliq hayvon ekan.
Endi daftarlarimizga yozamiz. Lansetnikning sistematikasi.
1. Xo‘rdalilar tipi
2. Bosh suyaksizlar kenja tipi
3. Lansetniklar oilasi
4. Lansetnik turi
Daftarga quyidagi rasmga izoh yozing.
O‘qituvchi rasmga izoh beradi. Lansetnik 23-31 promil sho‘rlikdagi dengizlarning 10-30 metr chuquqrligidagi qumlarga kunning yorug‘ vaqtida ko‘milib yashaydi, kechasi harakatlanib suzib o‘z joyini o‘zgartiradi. U yashaydigan muhit 17-30 C0 . Uning tarkibida oqsil va 2 % yog‘ bor, u planktonlar bilan oziqlanadi.
I. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash.
II. Uyga vazifa lansetnikning ichki tuzilishini rasmini daftarga chizish hamda darslikning 95-betidagi 9 ta savolga javob yozish. Luga`t daftarga terminlarni yozish va izohlash.