kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Inson biosfera omili

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanma DTS talablari asosida yozilgan

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Inson biosfera omili»

Muallif

Namangan viloyati uchqo’rg’on tuman

1-umumta’lim maktabi biologiya fani

o’qituvchisi Ro’zimova Matluba

Mavzu:Inson biosfera omili sifatida.

Har bir o’qituvchining eng asosiy vazifasi sifatli ta’lim berish va darsning muqaddasligini ma’suliyat bilan anglash lozim!

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsadi:O’quvchilarga insonning biosferaga ta’siri haqida ma’lumot berish,biosferani himoya qilish muammolari,tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish, uning ahamiyati haqidagi tushunchalarni berish orqali fanga oid kompetensiyasini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarga darsni o’zlashtirish bo’yicha aqliy faoliyatlarini tashkil etish jarayonida vatanparvarlik,iqtisodiy tarbiya berish,yoshlarni kasbga yo’naltirish,estetik,ekologik tarbiya berish orqali tabiatda o’zini nazorat qila olish kompetensiyasi hamda tayanch bilimlar asosida hayotga tadbiq eta olish kompetensiyasi,milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish.

3.Rivojlantiruvchi maqsadi:biologik bilimlarni oshirish, berilgan savollarga o’z ona tilida ravon so’zlash kompetensiyasi,darslik va qo’shimcha axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi,o’z ustida mustaqil ishlash kompetensiyasi va ilmiy dunyoqarashini kengaytirish kompetensiyasini rivojlantirish.

Dars turi:Yangi bilimlarni shakllantirish.

Dars shakli:Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar:Uzilmas zanjir,kim chaqqon,blits so’rov,nostandart test,nota o’yini



Dars shiori:Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.



Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish va navbatchi axboroti tinglanadi.

2)Ma’naviyat daqiqasi-muhim sanalar ,kun yangiliklari,yil nomlanishi,biologiya sohasi va tibbiyot yo’nalishidagi kasblarga qiziqtirish orqali ijtimoiy faol fuqarolik va umummilliy tayanch kompetensiyalarini shakllantirish.

3)O’quvchilarni guruhlarga ajratish va baholash mezoni bilan tanishtirish-O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi,guruh nomlariga izoh berish,sardorlar tayyorlash,o’z-o’zini baholash tartibi bilan tanishtirish-bunda sinf jamoasini monitorda yakka tartibda baholanib boriladi va har bir guruhning o’zi ham o’zini kartochkalar orqali boholanadi.

II. O’ilgan mavzuni mustahkamlash.

“Uzilmas zanjir”,”Aqliy hujum”,”Kim chaqqon”,”Nostandart test” “Sinkveyn”

Darsda foydalanadigan jihozlar:

  1. Didaktik jihozlar: Darslik, mavzuga oid ko’rgazmali rasmlar, tarqatmalar, slaydlar.

  2. Texnik jixozlar: kompyuter, proyektor

Fanlararo bog’lanish: Ona tili, ingliz tili, geogrsfiya

Kuzatilayotgan natija: O’quvchilar dars davomida tayanch bilimlarga asoslanib, bilim, malaka, ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish kompetensiyalariga ega bo’ladilar.

T/r

Dars bosqichlari

Ta’lim metodlari va usullari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

“Muzyorar”

5

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

“Uzilmas zanjir”, “Kim chaqqon”, “klaster”,”Nostandart test”

10

3

Yangi mavzu bayoni

Suhbat, ko’rgazmalilik

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

“Notalar metodi ”

10

5

Darsni yakunlashva o’quvchilarni baholash

“O’z-o’zini baholash “guruh rag’batlarini hisoblash

3

6

Uyga vazifa

Kitob Bilan ishlash, savollarga javob yozish kelgusi mavzuga tayyorlash

2

Dars taqsimoti:

Dars shiori: Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish va navbatchi axboroti tinglanadi.

Hayotning ajralmas bo’lagidirsan,

Insoniyat qonunin asosidirsan.

Har bir hodisani isbotlaguvchi

Tabiiy fanlar sardori BIOLOGIYASAN.

Bilimlarning koni senda biro lam,

Salomatlik sirlari senda mujassam,

Har bir inson uchun kerak bilimsan

Tabiiy fanlar sardori BIOLOGIYASAN.

Hayvonot dunyosi g’aroyibotlarin

Nabotot ilmining barcha sirlarin

O’rganib boramiz yo’lboshchimizsan,

Tabiy fanlar sardori BIOLOGIYASAN!

S)Ma`naviyat daqiqasi-muhim sanalar, yangiliklari , yil nomlanishi, biologiya sohasi va tibbiyot yo’nalishigi kasblarga qiziqtirish orqali ijtimoiy faolfuqarolik va umumiy tayanch kompetensiyalarni shakkllanadi.

d)O’quvchilarni guruhlarga ajratish va baholash mezoni bilan tanishtirish- o’quvchilarni 3 guruhga ajratib, guruh nomlariga izoh berish, sardorlar tayyorlash, oz-ozini baholash tartibi bilan tanishtirish- bundasinf jamoasini monitorda baholanadi.

Guruh nomlari























































III. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

Bunda o’quvchilarga nostandart testlar tarqatiladi.


Jarayonlar


Atamalar

1

Biosferaning mavjudligini ta’minlovchi,uning butunligini saqlovchi omil

A

Quyosh energiyasi

2

Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan-bir manbai

B

Biokimyoviy sikl

3

Yerdagi hayotni,jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan munosabatini ta’minlovchi omil

D

Atomlarning biogen miqratsiyasi

4

Tirik organizmlarning oziqlanishi,nafas olishi,ko’payishi,organik moddalarni sintezlashi,to’plash hisobiga amalga oshadigan jarayoni

E

Modda va energiyaning biotic davriy aylanishi

5

Kimyoviy elementlarning bir marta to’liq aylanib chiqishi.

F

Suvning havzalar va quruqlik o’rtasida tinmasdan aylanib turishi

6

Biosfera evolyutsiyasining insoniyat jamiyatining kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq davri

H

Nogenetika

7

Insonning ongli mehnati,ilmiy faoliyati ta’sirida rivojlanadigan va o’zgaradigan biosfera

G

Biosferaning gomeostaz holati

8

Biosfera ilmiy-tehnikaviy progress sharoitida ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiqish bilan shug’illanadigan fan.

I

Nogenez

9

Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok etuvchi avtotroflar,geterotroflar,redutsentlar faoliyatining muvozanatlashuvi

K

Nogenez bosqichi

10

Insoniyat jamiyati paydo bo’lishi bilan boshlangan biosfera evolyutsiyasining bosqichi.Bu bosqichda evolyutsiya inson ongi ta’sirida,uning mehnat faoliyati natijasida davom etadi.

L

Noosfera



Uzilmas zanjir” metodi orqali har bir guruh o’quvchilari takrorlanmaydigan ma’lumotlar aytishadi. Takrorlansa shart buzilgan hisoblanib, jarima beriladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” savollari beriladi.

1.Biosfera evolyutsiyasiga qaysi omillar ta’sir etadi?

2.Biosfera evolyutsiyasi nechta bosqichga ajratiladi?

3.Har bir bosqichning o’ziga hos hususiyatlarini aniqlang?

4.Dastlabki tirik organizmlarga xos hususuyatlar qaysilar?

5.Dastlabki tirik organizmlar va avtotrof organizmlarni taqqoslang.

6.Avtotrof organizmlarning kelib chiqishi qanday o’zgarishlarga olib kelgan?

7.Kislorodning hosil bo’lishi va sarflanishi o’rtasida muvozanat qachon paydo bo’lgan?

8.Tabiatda moddalar davriy aylanishida qaysi organizmlar ishtirok etadi?

9.Insonning paydo bo’lishi biosfera tarixida qanday o’zgarishlarga olib keldi?

10.Noogenez bosqichning bo’lishiga sababchi bo’lgan omil qaysi?

11.Biogenez bosqichni noogenez bosqich bilan taqqoslang. Farqlarini toping.

12.Noosfera tushunchasini kim fanga kiritgan?

13.Noogenika fanining vazifalarini aniqlang.

Mavzu:Inson boisfera omili sifatida

Reja:

1.Insonning biosferaga ta’siri

2.Biosferani himoya qilish muammolari

3.Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish

Yangi mavzuni o’qituvchi tomonidan slayd orqali suhbat metodi asosida o’quvchilarga yoritib beriladi













































Hozirgi kunning jiddiy muamolardan biri- birinchi navbatda sanoat korxonalardan CO2 gazi atmosferaga ko’p miqdorda chiqarib tashlanmoqda uning katta qismini o’simliklar tomonidan fotosintez jarayoniga jalb etilib bo’lmasligi tufayli sayyora iqqliminning isishi yuz bermoqda . Oqibatda bu gaz atmosferaning yuqori qatlamlarida to’planmoqda va issiqhona deb ataluvchi ta’sirni vujudga keltirib tabiiy issiqlik almashinuviga to’sqinlik qilmoqda. Ayniqsa, kimyo, metallurgiya, neftni qayta ishlash sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining tashlamalari juda xavli. Taksik moddalar inson organizmiga havo orqali kirib , shu ondayoq qonga so’riladi. Ularning xavflilik darajasi oshqozon-ichak trakti orqali bo’ladigan ta’sirdan bir necha marta kuchli bo’ladi.

Amerikalik olimlarni ma’lumotlariga ko’ra, sement zavodlarida taxminan 100kg sement changi xavoga chiqariladi. Sement zavodlari joylashgan xududlar havosining ifloslanishi korxona atrofiga 1000m bo’lgan mintaqaning tuproq va o’simlik qoplamini kuchli darajada ishdan chishiga olib keladi. O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan 2600dan ortiq korxonalarni yiliga 164 ming tonna 150 turdagi ifloslantiruvchi moddalar havoga chiqarib yuborilmoqda. Ulardan 87% i respublikaning Toshkent, Qashqadaryo , Buxoro , Farg’ona, Navoiy viloyatlarida joylashgan korxonalar xissasiga to’g’ri keladi.

Atmosferaning ifloslantirishda transport vositalarining hissasi respublikamiz hududida yuqoriligicha qolmoqda.

Ozon qavati yemirilishi muammosini xal etish maqsadida 1965chi yilda “Ozon qavatini muhofaza qilish to’g’risida”gi Vena konvensiyasi imzolangan. 1987-yilda Monreal konferensiyasi bo’lib, unda 56 ta davlatdan vakillar qatnashdilar. Konferersiyada ozon qavatini yemirilishiga olib keluvchi zararli frionlarni ishlab chiqarishni 50%ga kamaytirish, ularni xlorsiz moddalar bilan almashtirish, ftor va ayrozollarni qo’llashni taqiqlash, uni o’rniga boshqa ekologik jihatdan toza gazlardan foydalanish kabi qator masalalar ko’rib chiqildi va imzolandi.

Gazlar nomi

Xajmi bo’yicha %

Massasi bo’yicha %

Azot

Kislorod

Argon

Karbonat angidrid

Neon

Geliy

Metan

Kripton

Azot oksidlari

78.01

20.95

0.93

0.036

1.8*10-3

5.24*10-4

1.7*10-4

1.14*10-4

5*10-5

75.53

23.14

1.28

0.051

1.25*10-3

7.24*10-5

9.41*10-5

3.3*10-4

7.6*10-5























IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Notalar usuli bu usulda o’quvchilarni izlanishga majbur qiladi, ya’ni yettita notaning har bir ishtirok etgan kimyoviy so’zlarni toppish.

Do-re-mi-fa-sol-lya-si-do

O’quvchilar bu so’zlar ishtirok etgan atamalarni topishadi

V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash.

O’qituvchi tomonidan mavzu xulosalanib yakunlanadi. Har bir o’quvchini jamlagan rag’batlari asosida baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Mavzuni o’qib mustahkamlash, savollarga javob yozish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 11 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Inson biosfera omili

Автор: Ro'zimova Matlyuba Valijanovna

Дата: 10.04.2020

Номер свидетельства: 546003


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства