kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Яшил бронза қўнгизининг ички тузилиши

Нажмите, чтобы узнать подробности

Яшил бронза қўнгизининг ички, ташқи тузилиши яшаш шароити хақида малумот.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Яшил бронза қўнгизининг ички тузилиши»







Pop tuman 11- Sonli davlat ixtsoslashtirilgan

maktab internatning biologiya fani o`qituvchisi

Olimov Shukurjonning Botanika fanidan

Yashil bronza qo’ng’izining ichki tnzilishi mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi.




































Mavzu: Yashil bronza qo’ng’izining ichki tnzilishi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob, jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita: Elektron resurslar , darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezintatsiya va slaydlar.


Darsning maqsadi:

  • ta’limiy: O`quvchilarga Yashil bronza qo’ng’izining ichki tuzilishi bilishda tayanch kompetensiyalarini (komunikativ, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish) hosil qilish.

  • tarbiyaviy: Bilim olishda tartib,intizomga rioya qilish, hamda o`z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg`usini shakllantirish tayanch (Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, Ijtimoiy faol fuqarolik, Umummadaniy) kompetensiyalrini hosil qilish,

  • rivojlantiruvchi: O`quvchilarda hasharotlarni ichki tuzilishi haqida bilimlarini rivojlantirish.

FANGA OID KOMPETENSIYALAR:

FK1 - Yashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi, og‘iz organlari va oziqlanishi. Qon aylanish, nafas olish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi va funksiyasi. Hasharotlarning sezgi organlari. bilish kompetensiyasi

FK2 – Yashil bronza qo’ng’izining ichki va tashqi tuzilishini kuzatish kompetensiyasi

FK3 – hayvonot dunyosini himoyalashni, o‘zini tutishning asosiy qoidalari va sog‘lom turmush tarzi asoslarini bilish.

DARSNING BORISHI

VAQTI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

Kirish

5 minut


Tashkiliy qism

2 min.

O‘qituvchi tomonidan xonani tozaligi ko‘zdan kechirilib, dars uchun kerakli jihozlar tayorlanib olinadi. Davomat tekshirilib belgilanadi.

Siyosiy xabarlar

3 min.

Yurtimiz va jaxon maydonlarida ro`y berayotgan muhim yangiliklar bilan tanishtirish

Asosiy qism

35 minut


O`tkan mavzuni takrorlash

10 min.

O‘tkan mavzuni takrorlash.

Yangi mavzu

15 min.

Yangi mavzu yuzasidan yangi tushunchalar berish;

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 min.

Yangi mavzu turli xil vositalar yordamida mustahkamlanadi

Yakuniy qism

5 minut


O`quvchilarni baholash

3 min.

O‘quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.Dars yakunlanadi.

Uyga vazifa

2 min.

Mavzu yuzsidan uyda mustaqil o‘qish.


Tashkiliy qism: (2min.) O`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, sinf jurnali to`ldiriladi, doskaga ko`rgazmali qurollar ilinib, jihozlar tayyorlanadi.


O`tkan darsni takrorlash: (10 min) O`tkan mavzu bo`yicha savol-javob, klaster materiallari, blits-savol-test.


Yangi mavzu: (20 min)


Hazm qilish sistemasi. Yashil bronza qo’ng’izi o’simliklar guli, yosh barglari va yetilmagan mevalari bilan oziqlanadi. Qo’ng’iz o’tkir yuqori jag’lari yordamida o’simlik to’qimasini uzib olib. pastki jag’lari bilan chaynab maydalaydi. Ana «hunga o’xshash qattiq oziqni chaynashga moslashgan ogiz organlari kemiruvchi hisoblanadi. Oziq og’iz bo’shlig’ida so’lak bilan aralashadi va qisqa halqum orqali qizilo’ngachga, undan muskulli oshqozonga tushadi (44-rasm). Oshqozonda ezilgan oziq ichakka o’tadi. Ichakda oziq hazm bo’ladi. Hazm bo’lmay qolgan oziq qoldiqlari orqa chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Hasharotlar og’iz organlari har xil tuzilgan. Qattiq o’simlik va hayvonlar to’qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar (qo’ng’izlar, chigirtkalar, chumolilar, beshiktervatarlar)ning og’iz organlari yashil bronza qo"ng’izinikiga o’xshash kemiruvchi bo’ladi. Suyuq oziq (o’simlik shirasi. gul nektari. qon) bilan oziqlanadigan hasharotlarning og"iz organlari u/un va ingichka xartumchadan iborat.

Qon aylanish sistemasi hamma bo’g’imoyoqlilar singari ochiq bo’ladi. Qoni tana bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Ichki organlari va to"qimalari qon suyuqlig’ida joylashgan. Qondagi oziq moddalar to’qimalarga o’tadi, to’qimalardan esa moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharotlaming qoni nafas olishda ishtirok etmaydi, ya’ni kislorod tashimaydi. Yuragi qorin bo’limida, ichagi ustida tana bo’ylab joylashgan muskulli naychadan iborat. Yurakdan bosh tomoniga qarab bitta qisqa qon tomiri ketadi. Bu tomirning uchi tana bo’shlig’iga ochiladi.Yurak qisqarganida qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u yerdan tana bo"shlig’iga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon tana bo’shlig’idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o’tadi.

Nafas olish sistemasi tana bo’shlig’ida joylashgan juda ko’p shoxlangan ingichka naychalarga o’xshash traxeyalardan iborat. Havo qorin bo’limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga o’tadi. Naychalar orqali hamma tana organlariga yetib boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi.

Ayirish sistemasi qorin bo’shlig’ida joylashgan ingichka va uzun malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning bir uchi berk. ikkinchi uchi esa ichak bo’shlig’iga ochiladi. Tana bo’shlig’idagi qondan malpigi naychalariga moddalar almashinuvi mahsulotlari o’tib, naychalar bo’shlig’ida kristallanadi va ichak bo’shlig’iga o’tib, undan oziq qoldig’i bilan birga chiqib ketadi.

Nerv sistemasi boshqa bo’g’imoyoqlilarnikiga o’xshash bo’lib, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Boshdagi juda ko’p nerv hujayralari qo’shilib, bosh miyani hosil qiladi. Bosh miyadan hamma sezgi organlariga nervlar chiqadi. Murakkab fe'1-atvorga ega bo’lgan arilar va chumolilarning bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hasharotlarning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivojlanganligi nerv sistemasi bilan bog’liq.

Sezgi organlari. Hasharotlar ko’zining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga o’xshash. Ko’pchilik hasharotlar rangni, ayniqsa hidni juda yaxshi sezadi. Ayrim kapalaklarning erkagi urg’ochisining hidini 11 km masofadan sezgan va uchib kelgan. Hasharotlar ta'mni ham yaxshi farqlay oladi. Ko’pchilik hasharotlar (chirildoqlar, temirchaklar, jizildoqlar)da ovoz chiqarish va eshitish organlari hani bor. Hasharotlar tanasidagi va mo’ylovlaridagi har xil tuklar teri sezgi organlari hisoblanadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash: (10 min)

  1. Hasharotlaming og’iz organlari qanday tuzilgan?

  2. Hasharotlar yegan ozig’ini qanday hazm qiladi ?

  3. Hasharotlar yuragi qanday tuzilgan?

  4. Hasharotlar qoni qanday vazifani bajaradi?

  5. Hasharotlar qanday nafas oladi?

  6. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?

  7. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?


O`quvchilarni baxolash: (2 min) O`quvchilarni rag`batlantirgan xolda 5 ballik sistema asosida.


Uyga vazifa: (1 min) Yangi mavzuni o`qish, test (10) va tarqatma materiallaridan tayyorlab kelish(10)



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Яшил бронза қўнгизининг ички тузилиши

Автор: Олимов Шукуржон Комилжонович

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546649


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства