kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Bosh miyaning tuzilishi.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bosh miya tabiat yaratgan tabiat mo'jizasidir. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bo'lib, ogirligi katta odamda 1020-1970 gr gacha bo'ladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Bosh miyaning tuzilishi.»





Namangan shahar

48- umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi

Xudoyorova Ra’noning

8-sinflar uchun

Bosh miya’’

mavzusida bir soatlik dars

ishlanmasi.



8-sinf Odam va uning salomatligi


Mavzu:Bosh miya.

Darsning maqsadi:

1. Ta`limiy maqsad:Oʻquvchilarga bosh miyahaqida ma’lumotlar berish, hamda, fan va texnikaga oid yangiliklardan habordor qilish.

2.Tarbiyaviy maqsad:Oʻquvchilarnivatanparvarlik ruhida tarbiyalash.Oʻz ajdodlari bilan faxrlanish tuygʻusini rivojlantirish

3.Rivojlantiruvchi maqsad:Oʻquvchhilar ongini vatafakkurini oʻstirish. Dunyoqarashinikengaytirish.

Darsada singdiriladigan kompetensiyalar

  1. Tayanch kompetensiya:oʻz –oʻzini rivojlantirish. Bosh miya haqidatushunchaga ega boʻlish.

  2. Fanga oid kompetensiya:biologik ob’yekt hodisa,jarayonlarni tushunish, tanish,izohlashkompetensiyasi.

Darsningturi: Yangi materialni oʻrganuvchi dars.

Darsning usuli:Tushuntirish, savol-javob

Darsning jihozi:Darslik,Nerv sistemasining umumiy tasviri, markaziy nerv sistemasi (bosh va orqamiya, vegetativ nerv sistemasi) tuzilishlarini aksettiradigankoʻrgazmali jixozlar,metodik qoʻllanma multimediya va elektron darslik.

Darsning texnologik xaritasi.

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Oʻtgan mavzuni mustahkamlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzuni oʻrganish

20 daqiqa

4

Darsni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Oʻquvchilarni baholash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

1daqiqa



Darsning borishi :

I. Tashkiliy qismi:

a) oʻquvchilar bilan salomlashish,

b) xona tozaligini tekshirish

c)davomat aniqlash

d) ma’naviyat daqiqasi o`tkazish.


II. Oʻtgan mavzunitakrorlash

Oʻtgan mavzu: Nerv sisstemasining ahamiyati, orqa miya.

Oʻtgan mavzuni soʻrashda oʻquvchilarni 3 guruhga boʻlib olamiz va ularnioʻzlarinixohlagan olim ismi bilan guruhlarini nomlaydilar.

1-guruh. Ibn Sino.

2-guruh. Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriy.

3- guruh. Abu Rayhon Beruniy.

G uruhlar oʻzlari nomlagan olimlar toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot beradilar.

1-guruh.Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib keyin iste’mol qilishni tavsiya etgan.


2-guruh. Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriy.Ahaviy Buxoriy “Hidoyat” (tibbiyotni oʻrganuvchilar uchun qoʻllanma) kitobida odamdauchraydigan koʻpgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma’lumotlar berilgan.

3 - guruh.Abu RayhonBeruniy. Tabiat va tibbiyot fanlaririvojiga katta hissa qoʻshgan.Uning “Saydana” kitobida oʻsimlik va hayvonot mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot bergan.




Oʻtilgan mavzuni “BU MENIKI” deb nomlangan oʻyin orqali takrorlanadi.

Oʻyinda oʻquvchilarga oʻtilgan mavzularga oid koʻrgazmali rasmlar tarqatiladi hamda oʻsha rasmlargaoid savollar beriladi, oʻquvchilar qoʻlidagi rasmga oid savol boʻlsa bu meniki deb turadi va rasmni qisqacha ta’riflab beradi.


1-savol.Tirik organizmlarning tuzilish va funksional birlidi xisoblanadi,barcha organizmlarda uchraydi, ular yigʻilib toʻqimalarni hosilqiladi.

O ʻquvchi: bumeniki, bu hujayra.Hujayra odam tanasining asosiy tuzilish va funksional birligidir, odam organizmi hamhujayralartoʻplamidan iborat,u hujayra membranasi, sitoplazma, sentrosomayadro, yadrocha,mitoxondriya va boshqalardan tashkil topgan.


2-savol.Umurtqa pogʻonasi kanali ichida joylashgan boʻlib uzunligi katta odamda 40-45 sm.

O ʻquvchi:bu meniki,bu orqa miya massasi 30-40 grboʻlib, 13mln dan koʻproq nerv hujayrasi bor.Orqa miya 31-33 ta segmentdaniborat, koʻndalangigakesilsa ikki xil moddadan tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi koʻrinadi.


3 savol.4 kameradan iborat boʻlib, nasos singari ishlaydi,massasi erkaklarda220- 300gr boʻladi.

Oʻquvchi: bu meniki, bu yurak. Yurak qon aylanish sistemasining markaziy qismi boʻlib,muskullardan tashkiltopganuning massasierkaklarda 220-300 gr,ayollarda esa180-220 gr gachaboʻladi.

U toʻsh suyagining orqasida joylashgan.3 qavatdan iborat.


4 savol.Retseptor sezuvchi nerv tolasi,sezuvchi nervhujayrasi va oraliq nervhujayralari va boshqa hujayralardan tuzilgan bu kimiki?

O ʻquvchi lardan biri turib javob beradi: bu meniki bu tizza refleksi odamda orqa miyaning harakatlantiruvchirefleksnitajribada kuzatish mumkin, buning uchuntekshiriluvchi odamstulda oyoqlarini chalishtirib oʻtiradi, uning yuqorida turgan oyogʻiga maxsus rezina bolgʻacha bilan sekin urganda oyoq silkinib, koʻtariladi bu tizzaning harakat refleksini koʻrsatadi.

Shunday tarzda oʻquvchilardan oʻtgan mavzular qisqacha takrorlab olinadi, guruhlarda faol qatnashgan oʻquvchilarni vitaminlar bilan taqdirlab boriladi.


III. Yangi mavzuni oʻrganish

Reja:

1.Bosh miyaning ahamiyati

2.Bosh miya tuzilishi va funksiyasi

3.Bosh miya qismlari.

Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Odamning bosh miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va icliki muliit ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha toʻqima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bogʻlab boshqaradi, organizmtashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi.

Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan boʻlib, ogʻirligi katta odamda 1020 - 1970 g gacha boʻladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bosh miyaning katta- kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.

Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining poʻstloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fizio­logik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bogʻliq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning y oshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bogʻliq.

B

1-rasm. Bosh miyaning tashqi

koʻrinishi:

1-uzunchoq miya, 2-miyacha

3-bosh miya yarim sharlarinig

poʻstloq qismi.

osh miya qismlari
. Bosh miyaikki qismdaniborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi vabosh miyakatta yarimsharlari. Bosh miyaningstvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev koʻprigi(miya koʻprigi), oʻrta miya, oraliq miya hamda miyachakiradi.

Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi boʻlib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya koʻprigiga tutashgan. Uning uzunligi 3 - 3,5 sm, massasi oʻrtacha 7 g boʻladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining toʻxtab qolishiga sabab boʻladi.

Miya koʻprigiuzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan oʻrta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya koʻprigida uchlik, koʻz soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.

Oʻrtamiyavaroliyevkoʻpriginingyuqorisidajoylashganboʻlib, undatoʻrttepalik: toʻrttepalikningoldingi 2 tasidapoʻstloqostikoʻrishmarkazlari, orqadagi 2 tatepalikdaesapoʻstloqostieshitishmarkazlarijoylashgan.

O raliqmiyaoʻrtamiyaningyuqoriqismidajoylashganboʻlib, boshmiyakattayarimsharlaribilanqoplanibturadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga koʻrish doʻmboqlari (talamus), doʻmboqosti soha (gipotalamus)

kiradi.

M

2-rasm.Miyyachaning tashqi koʻrinishi.

1-chuvalchangsimon qismi.

2-yarim shari.

iyacha
.U odam tanasidagi barcha muskullarningharakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatdaboʻlishinita’minlaydi, agarmiyacha shikastlansa yoki kasallansa,tana muskullari boʻshashadi va odam tik turish, yurish,sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib,mast odamga oʻxshab gandiraklab harakat qiladi.



IV.Mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda biologik diktant metodidan foydalanamiz.

Bu metodda mavzuga doir kerakli soʻzlar tushurib qoldiriladi,oʻquvchilar uni birma - bir topishadi.


1-guruh.

1. Bosh miya …. ichida joylashgan.

2. Ogʻirligi katta odamda ….. grgacha boʻladi.

3.Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining poʻstloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab ………xususiyatlariga bogʻliq.

4.Odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning …….bogʻliq.

5.Bosh miya…. qismdan iborat.

2-guruh

1.Bosh miyaning stvol qismiga ……….. kiradi.

2.Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi boʻlib, uning quyi qismi….., yuqori qismi esa ……tutashgan.

3.Uning uzunligi …. sm, massasi oʻrtacha …. boʻladi.

4.Uzunchoq miyaning shikastlanishi ……….qolishiga sabab boʻladi.

5.Miya koʻprigiuzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan…. , yon tomondan ……. bilan tutashib turadi.

3-guruh

1.Miya koʻprigida………..nervlarning markazlari joylashgan.

2.Oʻrta miyavaroliyev koʻprigining yuqorisida joylashgan boʻlib, unda …. tepalik: toʻrt tepalikning oldingi 2 tasida ……. markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa poʻstloqosti……. markazlari joylashgan.

3. Oraliq miya oʻrta miyaning yuqori qismida joylashgan boʻlib, …….. bilan qoplanib turadi.

4.Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga koʻrish doʻmboqlari ……., doʻmboqosti soha …… kiradi.

5.Miyachashikastlansa yoki kasallansa, …….. kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga oʻxshab gandiraklab harakat qiladi.

V.Oʻquvchilarni baholash.

Faol ishtirok etgan oʻquvchilar va guruh ragʻbatlantirib boriladi,dars soʻngida qaysi guruh koʻp ragʻbatlantirilgan boʻlsa etirof etib oʻtiladi.

VI. Uyga vazifa.Mavzu asosida“Sinkveyn”tuzish.

Namuna.

1-qator

Mavzu bir soʻz bilan ifodalanadi (1ta ot tanlanadi)

Bosh miya

2-qator

Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi(2ta sifat yoziladi)

Murakkab, mustahkam.

3-qator

Mavzu doirasida hatti harakatni uchtasoʻz bilan ifodalanadi (3 fe’l yoki ravishdosh)

Boshqaradi, bajaradi, moslashtiradi.

4-qator

Toʻrtta soʻzdan iboratfikr,mavzuga doir.

Organizmni tashqi muhitga moslashtiradi.

5-qator

Ma’nosi mavzuga yaqin boʻlgan bitta soʻz(sinonim soʻz yoziladi)

Organ









Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Bosh miyaning tuzilishi.

Автор: Xudoyorova Ra'no Abdurasulovna

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 546991


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства