Статья:EKOLOGIYANING GLOBАL MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI
Статья:EKOLOGIYANING GLOBАL MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI
EKOLOGIYANING GLOBАL MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI
Annotatsiya:Ushbu maqoladabugungi kunda barchani birdek tashvishga solayotgan, butun dunyoni xavotirlantirayotgan, ona tabiatimizga insonyatning ko’rsatayotgan ta’siri haqida soʻz boradi.
Bugungi kunda global muammoga aylanib borayotgan va kundan- kunga avj olib borayotgan ekologik muammolar butun dunyo aholisini bezovta qilmoqda. Bunday muammolarning yuzaga kelishida insoniyatning roli qay darajada? Qanchalik insoniyat yangiliklar, buyuk kashfiyotlar qilar ekan, tabiat shunchalar cho’kib bormoqda.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Статья:EKOLOGIYANING GLOBАL MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI»
EKOLOGIYANING GLOBАL MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI
Avezmurodova Yulduz Raxmonkulovna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda barchani birdek tashvishga solayotgan, butun dunyoni xavotirlantirayotgan, ona tabiatimizga insonyatning ko’rsatayotgan ta’siri haqida soʻz boradi.
Bugungi kunda global muammoga aylanib borayotgan va kundan- kunga avj olib borayotgan ekologik muammolar butun dunyo aholisini bezovta qilmoqda. Bunday muammolarning yuzaga kelishida insoniyatning roli qay darajada? Qanchalik insoniyat yangiliklar, buyuk kashfiyotlar qilar ekan, tabiat shunchalar cho’kib bormoqda.
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Muammolarning ildizi qayerda?
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi?
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi.
"Koʻpchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030-yilga kelib suvga boʻlgan talab va mavjud boʻlgan suv taʼminoti oʻrtasida 40 % tafovut boʻladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yoʻgʻi 15 yil bor xolos”, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Taʼkidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi qatoridan oʻrin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv yetarli boʻlmagan, kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham oson emas! Bu tuygʻularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsin!
Taʼkidlash joizki, ekologik-huquqiy javobgarlik bu bu belgilab qoʻyilgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonun talablari hamda meʼyorlarini buzganligi, tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini buzish, atrof tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan noqonuniy va xoʻjasizlarcha foydalanish oqibatida vujudga kelib, u subyektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon boʻladi. Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ekologiya qonun talablarini buzganlik uchun qanday turdagi javobgarlik nazarda tutilgan va ushbu turdagi javobgarlik turlari bugungi kundagi zamon talabiga qanchalik darajada mos kelmoqda yoxud bu javobgarlik koʻlami butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan global ekologik vaziyatni yumshatishga yordam berishi mumkinmi yoki yoʻq?
Masalaga huquqiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, ekologik qonun talablari buzilganda amaldagi qonunlarimizga muvofiq ekologik-huquqiy javobgarlikning quyidagi javobgarlik turlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir:
Intizomiy javobgarlik
Maʼmuriy javobgarlik
Fuqarolik javobgarlik
Jinoiy-huquqiy javobgarlik
Ekologik qonun talablarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak, taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VIII bobi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib, xususan? ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: “Daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-boʻlimi “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan boʻlib, yuqoridagi qonunbuzarlik holati uchun 198-moddada jinoiy javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa,
Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviyhisoblashmiqdoriningyetmishbeshbaravaridanyuzbaravarigachamiqdordajarimayokiuchyuzsoatdanuchyuzoltmishsoatgachamajburiyjamoatishlariyokiikkiyildanuchyilgachaaxloqtuzatishishlariyoxudbiryildanuchyilgachaozodliknicheklashyokiuchyilgachaozodlikdanmahrumqilishbilanjazolanadi.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, sayyoramizda xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:
Yer sayyorasi va uning oʻziga xos tabiatini insonga maʼlum boʻlgan olamda yagona ekanligi;
Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud boʻlib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;
Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;
Tabiatdagi salbiy oʻzgarishlar va atrof-muhitga antropogen taʼsir koʻlami jihatidan butun sayyoraga tazyiq koʻrsatuvchi jarayonlar ekanligi;
Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga koʻp hollarda bir yoki bir nechta davlatlarning imkoniyatlari yetarli emasligi;
Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yoʻli ekanligi.
2015-yil 25-27-sentyabr kunlari BMTning 200 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan Sammitda aynan Barqaror rivojlanish masalasi kun tartibiga qoʻyildi va yaqin 15 yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi eʼlon qilindi. Mazkur maqsadlar BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan 2015-2030-yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga kiritilgan boʻlib, unda dunyo mamlakatlarining yetakchilari dunyoning barcha nuqtalarida barcha global muammolarga batamom barham berishga vaʼda qilishi kutiladi. Shu jumladan, dasturning 13, 14 va 15-maqsadlari Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash, yer ekotizimlarini asrash va dengiz ekotizimlarini asrash deb nomlangan boʻlib, hozirgi global taraqqiyot davrida ekologik vaziyatning qanchalik darajada dolzarb ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi. Lekin, bularning barchasi ulkan koʻlamdagi ekologik muammolarni bartaraf etish uchun kifoya qilmasligi sizu bizga birdek ayondir. Jumladan, AQSH hukumatining global ekologik muammolarni mensimasdan kelayotganligi barchani birdek tashvishga solib qoʻyishi shubhasizdir. “Hech qaysi davlat iqtisodiy istiqboli va energetik xavfsizligi evaziga ekologik barqarorlikka erishishni maqsad qilmasligi kerak” deb BMTning Polshada boʻlib oʻtgan iqlim muammolariga bagʻishlangan forumida AQSHning energetika boʻyicha vakili bergan bayonotda bu yana-da oʻz aksini topdi. Nahotki hukumatlar dunyo hamjamiyatni tashvishga solib kelayotgan global ekologik muammolar inqirozini abadiy muammoga aylantirishga oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda. Vaholanki, AQSH dunyoda iqlimni ifloslash boʻyicha Saudiya Arabistonidan keyingi “faxrli” 2-oʻrinni egallab kelmoqda.
Yerning ozon qatlamining yo'q qilinishi
Ozon qatlamining ekologik muammosi ilmiy jihatdan ham qiyin emas. Ma'lumki, Yerdagi hayot sayyoramizning kuchli ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiluvchi ozon qatlamini yaratgandan keyingina paydo bo'ldi. So'nggi o'n yilliklarda ushbu qatlamning kuchli qirilib ketishi kuzatilmoqda.
Ozon qatlami muammosi 1982 yilda, Antarktidadagi Britaniya stantsiyasidan 25-30 kilometr balandlikda sinov o'tkazilganda, ozon tarkibining keskin pasayishi aniqlanganda paydo bo'ldi. O'shandan beri, Antarktidada har doim turli shakl va o'lchamdagi ozon "tuynuk" qayd etildi. 1992 yildagi so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, u 23 million kvadrat metrga teng. km, ya'ni butun Shimoliy Amerikaga teng bo'lgan maydon. Keyinchalik xuddi shu "teshik" Kanada Arktik arxipelagida, Svalbard ustidan va keyin Evrosiyoning turli joylarida topilgan.
Aksariyat olimlarning fikriga ko'ra, atmosferada ozon teshiklari paydo bo'lishining sababi freonlar yoki xloroflororuglerodlardir. Azotli o'g'itlardan qishloq xo'jaligida foydalanish; ichimlik suvini xlorlash, freon sovutish moslamalarini yong'inlarni erituvchi va aerozollarda o'chirish uchun keng ishlatish, millionlab tonna xloroflorometanlarning pastki atmosferaga rangsiz neytral gaz sifatida kirib borishiga olib keldi. Yuqoriga tarqalib, xloroflorometanlar ultrabinafsha nurlanish ta'siri ostida bir qator birikmalarga ajralib chiqadi, ularning xlor oksidi ozonni faol ravishda yo'q qiladi. Shuningdek, ko'p ozon yuqori balandliklarda uchadigan zamonaviy samolyotlarning raketa dvigatellari, shuningdek kosmik kemalar va yo'ldoshlarni uchirish paytida vayron bo'lganligi aniqlandi.
Ozon qatlamining emirilishi Yer yuzidagi barcha hayot uchun haqiqiy tahdiddir. Sayyoramizning ozon qatlamining vayron bo'lishi va ko'paygan ultrabinafsha nurlanishining kirib kelishi Yer atmosferasi tizimining radiatsion muvozanatiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi va yer iqlimi uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan issiqxona effektini kuchaytirish; ekvator zonasida planktonning nobud bo'lishi, o'simliklarning o'sishini inhibe qilish, ko'z va saraton kasalliklarining keskin ko'payishi, shuningdek, odamlar va hayvonlarning immunitetining zaiflashishi bilan bog'liq kasalliklar tufayli okean mavjud biogenezining yo'q qilinishiga olib keladi; atmosferaning oksidlanish qobiliyatini oshirish, metallarning korroziyasi va boshqalar.
Ushbu tendentsiyadan xavotirda bo'lgan xalqaro hamjamiyat ozon qatlamini himoya qilish bo'yicha Vena konventsiyasi (1985) tomonidan freonlarning chiqarilishini cheklab qo'ydi.
Ozon qatlamining buzilishining oqibatlari
Ozon qatlamining parchalanishi natijasida ultrabinafsha nurlanish atmosferadan to'siqlarsiz o'tib, er yuzasiga tushadi. To'g'ridan-to'g'ri ultrabinafsha nurlari ta'sir qilish immunitetni zaiflashtirib, teri saratoni va katarakt kabi kasalliklarni keltirib chiqaradigan odamlar salomatligiga salbiy ta'sir qiladi.Bugungi kundagi eng ayanchli kasalliklar ham xuddi shu asnoda kelib chiqmoqda.
Aholining ekologik madaniyat koʻrsatgich darajasini oshirish
Ekologik madaniyatni shakllantirishda, ekologik ong va dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan bog’cha tarbiyasi, maktab tarbiyasiga, oʻrta va oliy taʼlim muassasalariga eʼtibor qaratilishi lozim. Ushbu soha uchun bu kabi mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun talabidir. Bundan tashqari, insoniyat tarbiyasi uchun uning oilasi, mahallasi ham alohida oʻrin egallaydi. Oilalar,mahallalar ham ushbu ishlarga jonbozlik koʻrsatishi lozim, deb oʻylayman.Ta’lim muassasa dargohlari bilan birgalikda ish yuritsa har o’quvchi yoshlar ongida yaxshiroq tushunchalar shakllana boradi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, taʼkidlash joizki, butun dunyoda ekologik barqarorlikka erishish, yer yuzining hozirgi holatini tubdan oʻzgartirish uchun xalqaro hamkorlik, ekologik qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlikning qatʼiy boʻlishi, aholining yuqori darajadagi ekologik ong va madaniyatini oshirishning oʻzigina kifoya qilib qolmasdan, balki barchamizni masʼuliyat hissi bilan yashashga undashga ham chaqiradi. Tabiat inʼom etgan tuhfalarni buzadigan xalq oʻz ildiziga bolta uradi deb Franklin Delano Ruzvelt tomonidan bildirilgan fikrlar barchamizni ogohlikka chorlab qolishi shubhasizdir. Zero, tabiatni muhofaza qilish bu nafaqat Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir, balki insoniyatning kelajak avlod uchun qoldirishi mumkin boʻlgan yagona va bebaho xazinasidir.
1 martdan boshlab butun mamlakat bo’ylab “YASHIL YILLIK” tadbiri boshlanadi. Yashil yillik tadbirdan maqsad o’simliklar olamini boyitish, ekologiyaga har bir inson o’z hissasini qo’shishi va shuning bilan birga mevali daraxtlar safini kengaytirish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ”Qaysi bir musulmon bir tup ko’chat eksa yoki biror-bir ziroat qilsa, undan qushmi,insonmi,hayvonmi yesa, albatta uning uchun bundan sadaqa hosil bo’ladi”, deganlar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bugungi kunda tabiatga juda kata e’tibor berilmoqda. Bugungiqilinayotgan ishlar samarasini biz albatta kelajakda kata yutuqlar bilan qarshi olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A. G‘аfurоv, A. Abdukаrimоv, J. Тоlipоvа, О. Ishаnkulоv, М. Umаrаliyevа, I.Abdurахmonоvа. О‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2017 y
2. A. G‘аfurоv, A. Abdukаrimоv, J. Тоlipоvа, О. Ishаnkulоv, М. Umаrаliyevа, I.Abdurахmonоvа. О‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2018 y
4. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda innovastion texnologiyalar. Pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. “Cho‘lpon” T.: 2011 – 128 bet
5. Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. Akademik listey va kasb-hunar kollejlari biologiya o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: Bilim, 2004, – 160 bet.