Prokariotlar (lotincha: Pro — oldingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayrasida membrana bilanchegaralangan yadrosi boʻlmagan organizmlar. Prokariotlarga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar kiradi. DNK, oqsil va RNKdan iborat yadro apparati sitoplazmada ochiq joylashgan. Genetik sistemasi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan boʻlib, primitiv xromosomaga mos keladi. Koʻpayishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi bilan birga yangi hujayralarga oʻtadi. Mitoz boʻlmaydi, xloroplastlar, endoplazmatik toʻr, mitoxondriyalar,
