Научная статья : Любовь к природе и экологическая этика на узбекском языке
Научная статья : Любовь к природе и экологическая этика на узбекском языке
Природа должна быть защищена вне зависимости от наших чувств, независимо от того, любим ли мы ее или нет. Природа должна быть защищена по той простой причине, что она имеет право на существование, то есть по справедливости, из морального принципа.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Любовь к природе и экологическая этика на узбекском языке»
O`QUVCHILARDA TABIATGA ONGLI MUNOSABAT KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Любовь к природе и экологическая этика
Oripova Salomat Hojiyevna
BUXORO NEFT VA GAZ SANOATI KASB-HUNAR KOLLEJI
Бухарский колледж нефти и газа, Узбекистан, Преподователь
Insoniyot sivilizatsiyasining taraqqiy etishi va uning tabiat bag`riga tobora chuqurroq kirib borish oqibatida ahvol tubdan o’zgardi. Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Yer yuzidagi o’rmonlarning juda katta qismi qirqildi va bu tabiat uchun yetarli darajada yo`qotish bo’lganligi bejiz emas, hududlarni katta qismlari dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi.
Bu albatta quvonarli hol, lekin bu hududlar kimyoviy dorilar bilan o`g'itlanishi oqibatida tabiat zarar ko`rmoqda. Yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas dargoh bo’lmish tabiatdan inson ehtiyojlari uchun barcha yordamni oladi.
Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» — fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi.
Yangi asrning barkamol kishisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir.
Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin.
Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi.
Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Insoniyatga buyuk qomusiy olimlar yaratgan ijod namunalari negizida go`yoki “buni yodda tutinglar degan hayqiriq orqali murojaat etilgandek tuyuladi. Zero, o`tgan yillarda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonun fikrimizning yorqin dalilidir.
Ekologiyaga oid qonunlarning qabul qilinishi, jumladan sog'lom avlod davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining faoliyat boshlashi, handa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatlarning qabul qilinishi, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratilishiga zamin bo`lib xizmat qilmoqda.
Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi.
Dunyodagi global xususiyatlar va o`zgarishlarning ta’lim –tarbiya jarayoniga ko`rsatayotgan ta’siri sezilarli darajada shakllandi. Jumladan, umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quv darsliklari va dasturlarining mazmun-mohiyati, eng avvalo, ekologik madaniyatga qaratilgan.
O`quvchilarga o`rgatiladigan asosiy ko`nikmalardan biri har bir inson tabiatdan bahra oladi, ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi degan ma’naviy mohiyatni singdirishdan iboratdir.
Masalan, 2-sinf Atrofimizdagi olam darsligining “Ona zaminimiz” bo`limida “Yer-sayyora”, “Suv hayot manbai” kabi mavzular o`rganilayotganda o`quvchilarda o'z navbatida, insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu holat esa ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qiladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir?
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi». Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlarining urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan.
Ta’lim-tarbiya jarayonini qomusiy olimlar fikrlariga tayanib tashkil etishni tavsiya etamiz. Demakki, madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslan-masligiga hissa qo'shadi.
Birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi.
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. Har qanday pedagogik faoliyat davomida ekologik tarbiya uchun asos bo`lib “buni yodda tuting” shiori xizmat qilishi mumkin.
Agar, Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etishini hisobga olsak, orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammo ekanligini tushunib yetamiz.
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bo`lgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada gullab-yashnashiga hissa qo'shishi, atrof-muhitni parokanda etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.