kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Хашаротларнинг купайиши ва ривожланиши

Нажмите, чтобы узнать подробности

Бу дарс ишланма ердамида мавзуни кизикарли килиб еритиш мумкин.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Хашаротларнинг купайиши ва ривожланиши»

Mavzu: Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: qurt, g’umbak, lichinka, chala o’zgarish bilan rivojlanish, to’liq o’zgarish bilan rivojlanish

Soatlar soni: 1 soat (45 daqiqa)

Mavzuning qisqacha ta`rifi: Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi haqida tushuncha berish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod:Tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, munozara, tezkor savol – javob, “Klaster”, “T” metodi va “Mozaika” usullari, biologik diktant

Shakl: Jamoa, yakka, juft va guruh bo`lib ishlash.

Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.

Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi.

Darsning maqsad va vazifalari:

Ta`limiy:o`quvchilarga hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi tushuntirish.

TK1: Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish. FK: Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi haqida o’z fikrlarini bildira olish va misollar keltira olish.

Tarbiyaviy: O`quvchilar qalbiga milliy qadryatlarimiz va urf-odatlarimizni singdirish. Do`stona munosabatda o`zaro tenglikka erishish.

TK4: Atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob –axloq qoidalariga rioya qilishga o`rgatish

Rivojlantiruvchi:O`quvchilarni mustaqil fikrlashini,chala va to’liq o’zgarish bilan rivojlanishni ajrata o`olish malakalarini rivojlantirish. FK2: o`rganilgan tushunchalarni turli vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar xosil qilish.

Kutilayotgan natijalar: Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi bo’yicha bilim, malakasini egallash, hasharotlarni tabiatda uchratganda ularni qaysi rivojlanishga tegishli ekanligini ajrata olish, hasharotlardan gerbariy tayyorlay olish va texnika vositalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo`lish.

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism.

Salomlashish O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

savol-javob


3 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash

Sinfni 3guruhga bo`lib olinadi, Siyosiy daqiqasi o`tkazish

Qisqa savol-javob, guruhlash



5 daqiqa

3-bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va baholash

Uy ishini bajarilishini monitorda nazorat qilish.

O`tilgan mavzu mustahkamlanadi, baholanadi.


“Aqliy hujum” metodi,

“Klaster” uslubi



5 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.

Ko`rgazma asosida hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi haqida tushuncha beriladi. Videorolik namoyishi.

“Tushuntirish” metodi

“Mozaika” usuli


20 daqiqa.

5-bosqich.

Mustahkamlash.

Mavzu bo`yicha misollarni ishlash. Dars jarayoni to`g`ri tashkil etilgani bo`yicha bilim,ko`nikma, malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash


Biologik diktant



10 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib, reytingini e`lon qilinadi. Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.

O`quvchilarni rag`batlantirib baholash Kundaliklariga baho qo`yish


2 daqiqa







1-bosqich. Tashkiliy qism.

O’quvchilar: Assalomu alaykum, ustoz!

O’qituvchi: Vaalaykumm assalom, aziz o’quvchilar!

O’qituvchi: Hozir darsimiz nima?

O’quvchilar: Zoologiya fani.

O’qituvchi: Zoologiya qanday fan?

O’quvchi: Zoologiya – hayvonlarni o’rganuvchi fan.

O’qituvchi: Barakalla! Unda fanimizga mos bugungi darsimizning shiori nima?

O’quvchilar:

O ’qituvchi: Albatta, agar shu shiorimizga amal qilsak, keljakda ko’zlagan har bir ,maqsadimizga erishamiz. Darsimizdan ko’zlagan maqsadimizga erishish uchun 3 guruhga bo’linib olamiz.















2 -bosqich. Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash















O’qituvchi: PISA testlari nima?

O’quvchi: PISA(inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.

O’qituvchi: Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?

O’quvchi: PISA testlari XXI asr sodir bo’layotgan o’zgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarnitahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.

O’qituvchi: PISA test tarkibi qanday?

O’quvchi: PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:Oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yoʻnalishlari. Oʻzbekiston 2021 yilda uch yoʻnalish: Oʻqish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan.

O’qituvchi: PISA sinovlarida qanday usullardan foydalaniladi?

O’quvchi: PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:

  1. Bir javobli testlar;

  2. Bir nechta javobli testlar;

  3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigansavollar;

  4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

O’qituvchi: PISA; Asosiy yoʻnalishlar

O’quvchi: Oʻqish savodxonligi:Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.

O’quvchi: Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

O’quvchi: Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

3-bosqich. O`tgan mavzuni so`rash va baholash

O’qituvchi: O’quvchilar biz sizlar bilan zoologiya fanida turli atamalarga duch kelamiz va tabbiyki bu atamalar qandaydir o’ziga xos ma’nolarni anglatadi. Kelinmg atamalarni o’z ismimizning bosh harfiga moslarini topamiz va bu atamni izohlaymiz. Bu usulni “Tushunchalar tahlili” deyiladi.

Masalan: Zumrad- “zoologiya”- “zo”-hayvon va “logos”-fan, ta’limot, ya’ni hayvonlarni o’rganuvchi fan. Alisher- “amioba”-bir hujayrali soxta oyoqlilar sinfiga kiradi.

(Har bir o’quvchi o’z ismining bosh harfiga biologik atama aytib, izohlaydi.)

O’qituvchi: Barakalla. Endi o’tilgan mavzuimizni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqni bajaramiz. Bunda har bir guruhga2 tadan ta’rif beriladi. Ular bu ta’rif qaysi sistemasiga tegishli ekanligini topishlari va u haqda ma’lumotlar berishlari kerak.

Topshiriq. Berilgan ta’rifga qarab uni qanday organlar yig’indisi ekanligini topish.

Savol 1: Tana bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Nafas olishda ishtirok etmaydi. Bu qaysi sistema?

Javob 1: Qon aylanish sistemasi

Savol 2: kemiruvchi yoki sanchib so’ruvchi bo’ladi.

Javob 2: Ovqat hazm qilish sistemasi

Savol 3: Tana bo’shlig’ida joylashgan ingichka naychalardan iborat.

Javob 3: Nafas olish sistemasi

Savol 4: Qorin bo’shlig’ida joylashgan ingichka va uzun naychadan iborat.

Javob 4: Ayirish sistemasi

Savol 5: Hasharotning boshida nerv hujayralari yig’ilib _____________ ni hosil qilgan.

Javob 5: Nerv sistemasi

Savol 6: Fe’l atvori juda murakkab tuzilgan.

Javob 6: Sezgi organlari

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Hasharotlar – ayrim jinsli hatyvonlardir. Erkak hasharotlar urg’ochilariga nisbatan kichikroq va xipcha, mo’ylovlari kuchli rivojlangan, hidni juda yaxshi sezadi. Hasharotlarning jinsiy organlari qorin bo’shlig’ida joylashgan. Urg’ochilarida bir juft tuxumdon, erkaklarida bir juft urug’don bo’ladi. Tuxumdonlarda tuxum hujayralari, urug’donlarda urug’ hujayralari yetiladi.

Qurti. Bronza qo’ng’izi urug’langan tuxumlarini chirigan yog’och yoki chiriyotgan daraxtlar tanasiga qo’yadi. Tuxumlardan mayda qurtchalar rivojlanadi. Ularning tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi voyaga yetgan qo’ng’izlarga o’xshamaydi. Qurtlarning oqish va yog’on tanasi yoyga o’xshash egilgan, yirik, boshi hamda oyoqlari sarg’ish-qo’ng’ir rangli qalin xitin bilan qoplangan bo’ladi.

G’umbak. G’umbak hasharotlarning tinim davri hisoblanadi. G’umbak harakat qilmaydi va oziqlanmaydi. U qurtlik davrida to’plagan ozuqasi hisobiga yashaydi. Murakkab o’zgarishlar natijasida g’umbakdan voyaga yetgan qo’ng’izga xos bo’lgan organlar shakllanadi.

























































O ’qituvchi: Mavzuimizni to’la qonli anglab yetish uchun asalarilarni va kapalakning ko’payish jarayoni tasvirlangan video namoyish etiladi.





5-bosqich. Mustahkamlash.





























O’qituvchi: Mavzuimiz hammaga tushunarli bo’ldimi?

O’quvchilar: Ha!

O’qituvchi: Kelinglar endi mavzuimizni qanchalik tushunganingizni “Mozaika” uslubida tekshirib ko’ramiz. “Mozaika” so’zi nimani anglatadi?

O’quvchi: Hasharotlarning ko’trish organi bo’lib, harbir kichik ko’z mayda tasvirchalarni ko’radi va hamma ko’zlari yig’ilib butun bir tasvirni hosil qiladi.

O’qituvchi: Barakallla. Shuning uchun biz ham shu uslub asosida mayda qismlarni bir butun ma’noni hosil qilamiz, yani bir ma’no ostiga jamlaymiz. . “Mozaika” uslubini guruhlarda qo’llab ko’ramiz. Buning uchun har bir guruhga hasharotlarga oid turli xil tasvirlar va ma’lumotlar solingan jildlar beriladi. Topshiriqqa ko’ra jamlab chiqish lozim bo’ladi.

Arilar” guruhi - jildda berilgan ma’lumotlar orasidan chala o’zgarish bilan rivojlanishga oid gaplarni topib yopishtirish kerak.









































Kapalaklar” guruhi - jildda berilgan ma’lumotlar orasidan to’liq o’zgarish bilan rivojlanishga oid gaplarni topib yopishtirish kerak.









































Ninachilar” guruhi - jildda berilgan tasvirlar orasidan chala o’zgarish hamda to’liq o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarni ajratib yopishtirish kerak.























Arilar” guruhi uchun savollar (Qisqichbaqalar mavzusida)

  1. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq ___________bilan qoplangan. (xitin po’st)

  2. Qisqichbaqaning uzun va kalta mo’ylovlari ___________organlari hisoblanadi. (hid bilish va tuyg’u)

  3. Qisqichbaqaning qorin bo’limi _________dan iborat. (7 bo’g’in)

  4. Qisqichbaqa bo’g’imoyoqlilar singari eski qattiq po’stini tashlab ________o’sadi. (tullab)

  5. Qisqichbaqasimonlarning______dan ortiq turi bor. (30 ming)

  6. Urg’ochisi erta bahorda qo’ygan tuxumlarni _________ yopishtirib oladi. (qorinoyoq)

  7. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan _________ko’p uchraydi. (dafniya va siklop)

  8. Ko’pchilik dengiz qisqichbaqasimonlar__________ go’shti uchun ovlanadi. ( krab, omor, krevetka, langust)

Kapalaklar” guruhi uchun savollar (O’rgimchaklar mavzusida)

  1. O’rgimchak zahari tarkibida _______ bo’ladi. (hazm suyuqligi)

  2. Butli o’rgimchak zahari_________ ta’sir qilmaydi (odam va umurtqali hayvonlar)

  3. O’rgimchakning oldingi tomonida _________ joylashgan. (O’pka xaltalar)

  4. O’rgimchaklarning ko’pchilik turlari yirtqich________ larni qirib foyda keltiradi. (pashsha va chivin)

  5. Chayonlar __________ tagacha tirik bola tug’adi. (20-30ta)

  6. Biy eng katta o’rgimchak bo’lib, tuproqda ______gacha bo’lgan tik inda yashaydi. (chuqurligi 60sm)

  7. O’rta Osiyo cho’llarida keng tarqalgan________ 6-7smni tashkil etadi. (yirik sariq falanga)

  8. _____ hidni juda yaxshi sezadi, o’z ho’jayinlarining hidi orqali topib oladi. (Kana)

Chumolilar” guruhi uchun savollar ( hasharotlar mavzusi bo’yicha)

  1. Hasharotlarning qoni _______da ishtirok etmaydi. (nafas olishda)

  2. Qattiq o’simlik va hayvonlar to’qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar ning og’iz organlari yashil bronza qo’ng’izinikiga o’xshash_________ bo’ladi.(kemiruvchi)

  3. Suyuq oziqa bilan oziqlanadigan hasharotlarning og’iz organlari ________ dan iborat. (uzun va ingichka hartum)

  4. G’umbak hasharotlarning _________ hisoblanadi. (tinim davri)

  5. Tuxumdan chiqqan lichinka tuzilishi va hayot kechirishi _______ga o’xshaydi. (voyaga yrtgan hasharot)

  6. Kapalak qurtlari_______ kemiradi. (o’simlik to’qimalarini)

  7. Murakkab fe’l-atvorga ega bo’lgan ________ning bosh miyasi va ner tugunlariboshqa hasharotlarnikidan kuchli rivojlangan . (arilar va chumolilar)

  8. Ko’pchilik hasharotlar chirildoqlar, lemerchaklar, jizildoqlarda ________ organlari bor. (ovoz chiqarish va eshitish)



6-bosqich. Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

1. O’z o’zini rivojlantirish kompetensiyasiga asoslanib navbatdagi darsga kapalaklar ya’ni tangacha qanotlilar bo’yicha gazeta, jurnal,ensiklopedia va internet manbalaridan foydalangan holda qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

2. “T” usulida o’rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfining umumiy o’xshash va farqli jihatlarini topib kelish




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 7 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Хашаротларнинг купайиши ва ривожланиши

Автор: Ziyotova Nilufar Nosirjonovna

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547060


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства