Просмотр содержимого документа
«Qirqquloqsimonlar. Yuksak o’simliklar evolyusiyasi. Ochiq urug’lilar.»
Ma’ruza № 11
Qirqquloqsimonlar.
Yuksak o’simliklar evolyusiyasi.Ochiq urug’lilar.
Qirqbo`g`im toifa o`simliklar (Equiesetophyta)
Qirqbo`g`im toifalar bo`limi qirqbo`g`imsimonlar ajdodi qirqbo`g`imnomalar, qabilasi va qirqbo`g`imdoshlar oilasi qirqbo`g`im turkumidan iborat. Bo`limning 20ga yaqin turi mavjud. Bo`limning daraxtsimon vakillari paleozoy erasining devon, trias davrlarida yashab toshko`mir va yura davrlariga kelib yo`qolib ketgan. Bo`limning shu kunda mavjud bo`lgan vakillari ko`p yillik o`tsimon organizmlardir.
Avstraliya va Yangi Zenlandiya oblastlaridan tashqari hamma joyda uchraydigan qirqbo`g`imlar mazkur bo`limning vakili hisoblanadi.
Dala qirqbo`g`imi (Equisetum arvense) qishqi qirbo`g`im (E. humile) shoxlangan qirqbo`g`im (E. ramosissmum) kabi vakillari Markaziy Osiyoda uchraydi.
Qirqbo`g`imlarning mayda, tangachasimon barglari poyada halqa hosil qilib joylashgan, xatto poyadagi yon novdalar ham halqa shaklida joylashgan bo`ladi.
Dala qirqbo`g`imi ekin maydonlarida, ariq bo`ylarida yo`qotish qiyin bo`lgan parazit begona o`t. Tibbiyotda dala qirqbo`g`imi novdalari siydik xaydovchi, qon to`qtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qirqbo`g`imlar yer ostki suvining yuza joylanishii joylanishi ko`rsatib beradigan indikator o`simliklar hisoblanadi.
Dala qirbo`g`imi:
(Equisetum arvense)
А-bahorgi novdasi, B- kuzgi novdasi.
Qirqquloqtoifa o`simliklar (Polypodiophyta)
Qirqquloqlar hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuksak sporali o`simliklar guruhi bo`lib, 10 000 gacha yaqin turni o`z ichiga oladi. Nam tropik o`lkalarda daraxtsimon va o`tsimon shakillari uchraydi.
Qirqquloqlarning sporofiti yaxshi rivojlangan, ko`p yillik va yirik bargli (makrofilliya). Barglari patsimon, ayrim hollardagina butun bo`lishi mumkin. Boshqa o`simlik barglaridan farqi shuki, ularning barglari har doim uchidan o`sadi. Ularning barglari «vayya» deyiladi.
Bo`lim vakillarining ko`pchiligi teng sporali, har xil sporali turlar ozchilikni tashkil etadi. Barglarning pastki tomonida sporangiylar t o` plami, ya’ni jigarrang soruslarni hosil qiladi. Soruslar alohida parda bilan qoplangan. Sporalar yetilishi natijasida sporangiylar yorilib, sporalar shamol yordamida tarqaladi.
Qulay sharoitda ulardan o`simta rivojlanadi. Teng sporali qirqquloqlarning o`simtalari juda kichkina, yashil plastinkasimon yoki ipsimon, ikki jinsli bo`lib, ular uzog`i bilan bir necha hafta yashaydi. Har xil sporali qirqquloqlarning erkak o`simtasi juda reduktsiyalanib, mikroskopik o`lchamda mustaqil oziqlanish xususiyatini yo`qotgan (sporangiy ichida rivojlanadi). Urg`ochi o`simta unga nisbatan yirik.
O`simtadan arxegoniy va anteridiylar hosil bo`ladi. Arxegoniydagi tuxum hujayraning otalanishidan murtak rivojlanadi, keyinchalik u o`sib, voyaga yetgan sporafitga aylanadi.
1- ajdod . Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar)- Ophioglossopsida ga 300ga yaqin turi bo`lib, sodda tuzilishga ega. Ular teng sporali gametofiti ko`p yillik xlorofillsiz, yer ostida rivojlanadi, zamburug`lar bilan hamkorlikda yashaydi (mikoriza).
Bu ajdodning vakillari tropik o`lkalarda yashab, ba’zi birlari epifit holda o`sadi.
2- ajdod . Maratgiyasimonlar - Marattiopsida vakillari nam tropik o`rmonlarda saqlanib qolgan. Ular juda yirik o`simliklar, poyalari yirik tugunaksimon, barglarning uzunligi 6m ga yetadi.
3- ajdod. Polipodiumsimonlar — Rolypodiopsida vakillari hoziri o`tsimon o`simliklar bo`lib, tuproqda yoki daraxtlar tanasida epifit holda yashaydi. Ular nam tropik, subtropik o`rmonlarda, sovuq zonalarda o`sadi. Qirqquloqlarning erkak qirqquloq (Dryopteris filixmas), ilontili (Oplioglossum), su mbul (Adianthum), osmundalar (Osmunda), botrixium (Botrychium), xelmintostaxis (Helminthostachys), asplenum ( Asplenum) , suv qirqqulog`i (Salvinia) , marsiliya (Marsilia), kabi turkumlarini ko`rsatish mumkin.
Erkak qirqquloq (Dryopteris filix mas)
Suv qirqqulog`i suvda suvda suzib yuruvchi o`simlik bo`lib, daryo bo`ylarida, zovurlarda va sholipoyalarda hayot kechiradi.
O`zbekiston florasida uchraydigan sumbul yoki zuhra soch buloq bo`ylarida, ariq va soy bo`ylarida, tog`larda suvli qoyalarning yoriqlarida va salqin joylarda o`sadi.
Halq xo`jaligidagi ahamiyati: erkak qirqquloqdan gijja tushiruvchi vosita sifatida tibbiyotda, orlyak qirqqulog`i ildizpoyasidan oziq-ovqat sifatida, asplenum, sumbul kabilardan manzarali o`simlik sifatida foydalaniladi.
Qadimgi qirqquloqlar hamda plaunlar, qirqbo`g`imlar toshko`mir konlarining hosil bo`lishida ishtirok etgan.
Qarag`aytoifa –Rinophyta
yoki ochiq urug`li o`simliklar –Gymnospermae.
Bu bo`limga kiruvchi o`simliklar qadimgi, ya’ni ularning qazilma holdagi qoldiqlari devon davrining yotqiziqlarida topilgan. Hozirgi vaqtdagi ochiq urug`lilar asosan daraxtlar hisoblanadi, ba’zan buta yoki lianalar. Shoxlanishi monopodial. Gnetumsimonlardan boshqa ajdod vakillarida yog`ochlik traxeidlardan tashkil topgan, naylar uchramaydi.
Ba’zi bir ochiq urug`lilarning barglari yirik va qirqilgan bo`lib, qirqquloqlarning yoki palmalarning barglariga o`xshab ketadi. Aksariyat barglar tangachasimon yoki ninasimon shakllarda bo`ladi. Ochiq urug`lilar doim yashil o`simliklar. Ular urug` yordamida ko`payadi. Urug`kurtak yoki urug`lar ochiq holda megasporofillarda joylashadi. Shuning uchun ham ularni ochiq urug`lilar deyiladi. Taraqqiyot davrida sporofit bilan gametofit nasllarining gallanishi kuzatilib, sporofit nasllar ustunlik qiladi.
Bo`lim o`z ichiga 800ga yaqin turni birlashtirib, 6 ta ajdod ga bo`linadi.
1. Urug`li qirqquloqsimonlar – Pteridospermae.
2. Bennetitsimonlar – Bennetittopsida.
3. Sagovniksimonlar – Cycadopsida.
4. Gnetumsimonlar – Gnetopsida.
5. Ginkgosimonlar – Ginkgopsida.
6. Qarag`aysimonlar – Pinopsida.
Urug`li qirqquloqsimonlar va bennetitsimonlar ajdodining vakillari nobud bo`lib, yo`qolib ketgan. Urug`li qirqquloqlar tashqi ko`rinishi bilan qirqquloqlarga o`xshab ketadi, ammo urug` hosil qilishi bilan ulardan farqlanadi.
Bennetitsimonlar ham palmalarga o`xshab, ulardan ikki jinsli qubbalarning bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Sagovniksimonlar ajdodi (Sycadopsida)
Sagovniklarning 100 dan ortiq turi ma’lum bo`lib, ular Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Afrika va Amerikaning tropik va qisman subtropik oblastlarida tarqalgan. Ajdodning sagovnik turkumini tashqi ko`rinishidan qirqquloqlarga o`xshab balandligi 3-8m gacha, yo`g`onligi 1m gacha yetadi. Poyasining uchida murakkab yirik patsimon qirqilgan to`p barglar joylashgan. Sagovniklar ikki uyli o`simlik bo`lib, qubbalarda mikro va megosporafillar yetiladi. Ularning barglari ham har xil. Masalan, pakana (karlik) zamiyalar ning barglari 5-6 sm uzunlikda bo`lsa, sagovnik turkumi va tserotozamiya turkumlarining vakillarida 3 metrgacha, entsefalyartos turkumining ayrim vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 m gacha yetadi. Ko`pchilik sagovniklarning sporofillari qubbalarda to`plangan. Megosporang i ya urg`ochi o`simlikning megosporofil deb ata l uvchi generativ barglarining qo` lti g` ida jo y lashgan. Sagovniklar ikki uyli o`simlikdir. Ularning changchi (erkaklik) va urug`chi (ur g` ochi) q ubbalari boshqa-bosh q a o`simliklarda taraqqiy etadi Strobillar ( q ubbalar) sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi.
Sagovniklarning ko`payish organlari poyalarining uchida joylashadi. Uni Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yapo n iyada) o` suvch i , balandligi 3 metrgacha yetadigan revlluta tsikasi misolida k o` rish mumkin. Ularni n g uzunligi 2 m gacha yetadi. Sagovniklarning amaliy ahamiyati unchalik katta emas. Poyasining o`zaklaridan ozuqa kraxmali «caro» olinadi. Ba’zi bir turlari manzarali o`simliklar sifatida bog`larda o`stiriladi.
Sagovnik
Bennettitsimonlarajdodi(Vennettitopsida)
Bennettitsimonlar asosan perm davriga oid qazilma o`simliklardir. Bo`r davrining oxirlarida, ya’ni 70 mln. yil ilgari ular batamom qirilib ketgan. Bennettitlarning qoldiqlari O`zbekiston (Hisor tizmasi) dan ham topilgan. Ular tashqi ko`rinishdan hozirgi sagovniklarga o`xshash bo`lgan.
Bennettitlarning poyasi yo`g`on bo`lib, tik o`sgan. Barglari ko`pchilik turlarida murakkab patsimon, ayrimlarida esa oddiy va butun bo`lgan. Urug`lari kichik, ya’ni sholi doni kattaligida bo`lgan. Bennettitsimonlarning urug`i ikki palladan iborat bo`lib, urug` pallalarida zahira moddalari to`plangan. Bennettitsimonlar ko`pincha ikkita: Vilyamsoniyadoshlar — (Williamsoniaceae) va Bennettitdoshlar - (Bennettitaceae) oilasiga ajratiladi.
Vilyamsoniya oilasining gigant Vilyamsoniya (Willifmsoniagigas) nomli turining balandligi 2 metrgacha yetadigan, barglari murakkab patsimon, qubbalari asosan ikki jinsli bo`lgan. Vilyamsoniyalar deyarli hamma qitalardan topilgan.
Bennettitdoshlar (Bennettitaceae) oilasi vakillari asosan quruq, issiq iqlimli joylarda o`sgan. Poyasi yo`g`on va qisqa (1m gacha) shoxlanmagan bo`lib, patsimon murakkab bargalari poyasining uchida rivojlangan. Qubbalar poyasining yonlarida o`rnashgan. Bennettitlarning qoldiqlari Shimoliy Amerika, G`arbiy Yevropa, Mongoliya, Hindiston, Yaponiya va O`rta Osiyo, aylangan poyasi esa Italiyadan topilgan.
Efedra ( Erhedra . sp )
Bennettit
Gnetumsimonlar ajdodi (Gnetposida)
Bu ajdodga 3 ta qabila (Qizilchanamolar - Yerhedrales, Velvichiyanamolar — Welwetschiales, Gnetumnamolar -Gnetales), 3 ta oila, 3 ta turkum va 70 dan ortiq tur kiradi. Ular O`rta Yer dengizi atrofidagi cho`llarda, Janubiy Osiyo, O`rta Osiyo, Shimoliy-Janubiy Amerika, Kavkaz, Sibir, Janubi-G`arbiy Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik zonalaridan tarqalgan.
Hayotiy shakli jihatdan bu ajdod vakillari uncha katta bo`lmagan daraxt, buta va lianalardan iborat.
Velvichiyanamolar (Welwitschiales) qabilasi.
Velvichiyadoshlar — oilasi (Welwitschiaceae)
Bu oilaga bitta turkum va yagona velvichiya (Welwitschia mirabilis) deb ataluvchi tur kiradi. u Angolaning toshloq cho`llarida va Janubi-G`arbiy Afrikada (Namib cho`llarida) tarqalgan. Uning o`q ildizi 3 m gacha chuqurlikka tushadi. Poyasi tashqi ko`rinishidan kesilgan daraxtning to`nkasiga o`xshash bo`lib, ko`pchilik qismi yer ostida joylashgan.
Velvichiya (Welwitschia mirabilis)
Yer ustki q isminin g balandligi 50 sm, diametri esa 1,2 m gacha yetadi. Poyasining tepa qi smida bir-biriga qarama-qar shi o`rnashgan ikkita barg h osil bo`ladi. Ular o`simlik umrining oxirigacha (2000 yil) q urimasdan turadi. Bir yilda barg 8-15 sm gacha o`sadi. Bargning uzunligi 2-3 m ga yetadi. Velvichiya 2 uyli o`simlik.
Gnetumnamolar (Gnetales) qabilasi
Gnetumdoshlar oilasi (Gnetaceae)
Bu oilaga bitta turkum (gnetum - Gnetum) va 30 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan sernam tropik mamlakatlarda, Janubiy-Shar q iy Osiyo, Malayziya, Janubiy Amerika, Afrikada tarqalgan.
Gnetum (Gnetum)
Ular yirik liana, daraxt va butalardan iborat. Barglari qisqa bandli, qarama- q arshi o`rnashgan, yirik, qa lin, butun. Gnetumlar ham ikki uyli o`simlikdir. Ayrim tropik mamalakatlarda gnetumlarning po`stlog`idan tola olinadi.
Ginkgosimonlarajdodi(Ginkgoopsida)
Hozirgi vaqtda ajdodning ginkgo biloba (Ginkgo biloba) degan vakili muhim bo`lib, ular yovvoyi holda Xitoyining janubiy – sharqiy qisimlaridagi tog`li tumanlarida o`sadi.
Yaponiyada uni madaniylashtirilgan. Ginkgo madaniy holda G`arbiy Yevropada, Qrim va Kavkaz bog`larida o`stiriladi. O`zbekistonda ham 1920 yildan boshlab manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. O`zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarida ham uchratiladi. Tabiiy sharoitda ginkgo faqat sharqiy Xitoyning Tyanmu Shan tog`ida ozroq maydonda saqlanib qolgan. Ginkgo biloba — balandligi 30 metrdan oshadigan, yirik bargini to`kuvchi daraxt. Barglari yelpig`ichsimon shaklda bo`lishi bilan xarakterlanadi. O`simlik ikki uyli, qubbalari ayrim jinsli. Urg`ochi qubbalari ikkita urug`kurtakka ega. Erkak qubba kuchalasimon shaklda bo`ladi. Urug`i etdor tashqi qobiqli, olxo`riga o`xshab ketadi.
Ginkgo biloba (Ginkgo biloba)
Qarag`aysimonlar ajdodi (Rinopsida)
Ajdod vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning Yer sharida 8 ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi.
Ajdod ikki ajdodchaga: kordait k abilar (Sordaitidae) va qa ra g` ay k abilar (Pinidae) ga bo`linadi.
Qarag`aykabilar (Pinidae) ajdodchasi
Ajdodcha 7 ta qabila, 7 ta oila va 55 ta turkumga mansub 560 dan ziyod turni birlashtiradi . Qarag`ayqabilar ajdodchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada katta o`rmonlarni hosil etadi. Janubiy yarim sharda esa ular ko`proq mu’tadil iqlimli joylarda tarqalgan, Ayniqsa Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubii Amerikada ko`p uchraydi. Ko`pchilik endemik turkumlari va barcha relikt turkumlari tinch okeani atroflari bo`ylab tarqalgan. Ayniqsa, Xitoynint Janubiy-Sharqiy va Markaziy qismida, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniya, Tasmaniya, Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili janubida, Yangi Zelandiyada, yangi Gvinieyada tarqalgan.
Qara g` aykabilar ajdodchasi vakillarining tarixi karbondan (370 mln. yillar muqaddam) boshlanadi. Trias davrida (240 mln. yillar mukaddam) ular Shimoliy yarim sharning o`simliklar q oplamida katta rol o`ynagan.
Qara g` ayqabilarning ko`pchilik turlari baland bo`yli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o`suvchi doim yashil sekvoyyaning (Sequoia sempervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining deametri esa 10 m gacha yetgan.
Sekvoya Botqoqlik taksodiumi Taksodium
Meksika taksoidiumi (Taxo dium mucronatum ) poyasining diametri 16 m, mamont daraxti ( Sequoidendrom giganteum ) poyasining yo`g`onligi esa 12 m ga yetgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi aniqlangan.
Mamont daraxti (Sequoidendrom giganteum)
Qa ra g` ayqabilar orasida yoshi jihatdan eng kattasi ShimoliyAmerika qarag` ayi (Pinus longaeva) sanaladi. Nevida sharq ida topilgan daraxtning yoshi taxminin 4900 yoshga teng deb aniqlangan. Gigant daraxtlar bilan bir qatorda, ular orasida podakarpdoshlar oilasiga mansub yer bagirlab o`sadigan turlari ham bor. Bu ajdodcha vakillarida o`zak qavat kam taraqqiy etgan.
1. Araukariya namolar(Araucariales) qabilasining vakillari esa 60 m gacha bo`yga ega bo`lgan chiroyli daraxtlar bo`lib, Avstraliyada, Janubiy Amerikaning Braziliya, Chili, Boliviya shtatlarida, Yangi Gvineya orollarida uchraydi.
Araukariya (Araucaria .sp )
2. Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi.
Qabila bitta qarag`aydoshlar (Pinaceae) oilasiga ega bo`lib, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o`z ichiga oladi.
Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada «Tayga» deb ataladigan o`rmonlarni hosil q iladi. Qa ra g` aydoshlar asosan doim yashil, qisman bargini t o` kuvchi daraxt, hamda ayrim yotib o`suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qara g` aydoshlarning barglari asosan ko`p yillik 2-7 yilgacha to` k ilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli.
Qarag`ay turkumi (Pinus) — 100 ga yaqin turga ega. Tabiiy sharoitda Azarbayjon bilan Gro`ziyada o`suvchi (eldar qaragayi) qurg`oqchilikka chidamliligi uchun O`zbekistonning ko`pchilik shaxarlarida manzarali daraxt sifatida o`stirilmokda.
Oddiy qarag`ay ( P inus)
El(qizil daraxt) turkumi (Piceae) ga 30-50 ga yaqin tur kiradi. ular soyasevar o`simliklar bo`lib, Shimoliy, Sharkiy Yevropada, G`arbiy va Sharkiy Sibirda, Kavkazda, O`rta Osiyo tog`larida, Shimoliy Amerikada tarqalgan.
El turlarining ayrimlari 50-60 metrdan to 80 metrgacha balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. O`rta Osiyoning Tiyonshan va Jungor Olato g` ida hamda Xitoy chega- r asigacha bo`lgan h ududlarda Shrenk yeli (Piseae schrenkiana) o`sadi. Yel daraxti shoxlari yanvar oyida utkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi.
El (qizil daraxt) (Piceae)
Sarvnamolar(Cupressales) qabilasi.
Sarvdoshlar (Archadoshlar) oilasi — (Cupressaceae) .
Oilaga 19 ta turkum 130 ga ya q in tur kiradi. U lar har ikkala yarim sharda ham tar q algan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar bo`lib, ularda smola yo`llari bo`lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama- q arshi yoki xalqasimon o`rnashgan.
Sarv (Kiparis) - (Cupressus) — 15-20 ta turga ega. Ular O`rta yer dengizi atrofida H imolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O` zbekistonda ham manzarali o`simlik sifatida o` stirilmokda.
Tuya (Thuja) turkumi bir uyli daraxt va butalardan iborat bo`lib, 6 turga ega. G`arb tuyasi (Thuja ocsidentalis) asosan Xitoyda tarqalgan.
Archa (Junipeus) turkumiga 14 ta tur kiradi. shundan 3 ta turi: Zarafshon archasi (J. zeravschanica), yarim sharsi-mon (J. semiglobosa) va Turkiston archasi (J. turkistanica). O`zbekistonning tog`li hududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin archasi (J. virgina) manzarali o`simlik sifatida respublikamiz shaharlarida o`stirilmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o`simlikdir.
Archalar tog`lik tumanlarda erroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o`zida fitoniid ajratish bilan Havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar kurilish uchun xom ashyo, manzarali o`simliklar sifatida ham katta rol uynaydi.
4.Tissanamolar (Taxales) qa bilasi doim yashil daraxt va bu t alardan tashkil topgan. Qabila 2 ta oilaga mansub 20 ta turni o`z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim shardagi issi q xududlarda tar q algan. 5.Podokarpnamolar(Rodocarpales) qa bilasi ochiq , urug ` li o ` simliklarning eng takomillashgan guruhini o ` z ichiga oluvchi bitta oila (Polakarpdoshlar - Rodocarpaseae), 9 ta turkum va 140 ta turdan tashkil topgan . Ular asosan janubiy Yarim sharda tarqalgan.
Tiss
Ninabargli o`simliklar t u proqni muhofaza qilishda va suv saqlashda muhim rol o`ynaydi. Tayga o`rmonlari uchun katta xo`jalik ahamiyatiga ega. Ularning yog`ochi va uning tarkibida qimmatli ko`pgina moddalar mavjud. Yog`ochining ko`pchilik qismi qog`oz tayyorlash va qurilish materiallari va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Po`stlog`i oshlovchi moddalar manbai. Oq qarag`ayning barglari esa atir-upa olishda foydalaniladigan efir moylari olinadi. Sibir qarag`ayi va boshqa turlarning urug`laridan qimmatbaho ozuqa mahsuloti hisoblanadi, ulardan moy olinadi. Ko`pchilik ninabargli o`simliklar xushmanzara o`simliklar hisoblanadi, ular shahar va bog`larni ko`kalamlashtirishda, shuningdek atrof muhitning ifloslanishini aniqlashda foydalaniladi. Bulardan tashqari ba’zi bir ninabargli o`simliklar «Qizil kitob» ga kiritilgan. Noyob turlar hisoblanadi va ular muhofaza qilinadi.