Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo‘lib, mayda kipriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda erkin yashaydi. Oq planariya – tipik vakili hisoblanadi . Oq planariya daryo va ko‘llarning tubida hayot kechiradi. Uni ayrim kichikroq soylarning tubida yotgan tosh, barg va cho‘plarning ostidan topish mumkin. Oq planariya tanasining uzunligi 2–3 sm, oqish yoki kulrang tusda. Tanasining biroz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o‘simtalarga o‘xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko‘zchalari joylashgan ..
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi
Planariyaning og‘iz teshigi qorin tomonida joylashgan. Og‘iz qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi Shoxlardan biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi keyingi tomoniga yo‘nalgan. Ichak shoxlari juda ko‘p, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi. Og‘iz teshigi, halqum, ichak hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Planariyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi.
Ichak
Halqum
Ko’zlari
Ayirish sistemasi
Tanasining g‘ovak to‘qimasida juda ko‘p uchi berk naychalar joylashgan (1-rasm, B, D). Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib o‘tadi va ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi.
Planariyaning nerv hujayralari tananing oldingi tomonida to‘planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi. Nerv tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi.
Nerv tugunlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Nerv hujayralari va nerv tolalari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
Sezgi organlari.
Planariya terisi orqali har xil ta’sirlarni sezadi. Agar unga biron narsa tegib ketsa, tanasini birdaniga qisqartirib oladi. Paypaslagichlari, terisi va ko‘zchalari planariyaning sezgi organlari hisoblanadi.
Jinsiy sistemasi va ko‘payishi
Tanasining oldingi qismida ikkita urg‘ochilik jinsiy organi – tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka o‘xshash erkaklik jinsiy organi – urug‘donlar joylashgan. Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urug‘donlarda esa urug‘ hujayralari – spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Urug‘langan tuxumlar to‘p-to‘p bo‘lib pilla ichiga qo‘yiladi. Tuxumdan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.
Regeneratsiyasi.
Planariyada regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Noqulay sharoit tug‘ilganda (harorat oshganda, kislorod yetishmasa) planariya mayda bo‘laklarga bo‘linib ketib, qulay sharoit tug‘ilganida yana har bir bo‘lakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin.
Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi ___________shaklda bo ‘ lib, mayda kipriklar bilan qoplangan.
Oq planariya tanasining uzunligi__________ sm, oqish yoki kulrang tusda. Tanasining biroz kengaygan oldingi tomoni _______________ kalta o ‘ simtalarga o ‘ xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita ____________________ shaklidagi ko ‘ zchalari joylashgan
Planariyaning og ‘ iz teshigi ____________ tomonida joylashgan. Og ‘ iz qisqa ______________ bilan tutashgan. Halqumdan __________shoxli ichak boshlanadi. Shoxlardan biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi keyingi tomoniga yo ‘ nalgan. Ichak shoxlari juda ko ‘ p, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi . Og ‘ iz teshigi, halqum, ichak ________________________________ hosil qiladi. Planariyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo ‘ lmaydi . Planariya – yirtqich hayvon. U mayda suv hayvonlari – __________________________________________________________________ bilan oziqlanadi. Oziq qoldiqlari ___________________ orqali chiqarib yuboriladi .
Planariyaning nerv hujayralari tananing ___________________ tomonida to ‘ planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi
Nerv hujayralari va nerv tolalari birgalikda ___________________________ hosil qiladi.
Paypaslagichlari, terisi va ko ‘ zchalari planariyaning ________________________ hisoblanadi .
Tanasining oldingi qismida ikkita urg ‘ ochilik jinsiy organi – _________________; ulardan keyinroqda pufakka o ‘ xshash erkaklik jinsiy organi – _____________________ joylashgan. Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdonlarda _____________, urug ‘ donlarda esa ____________hujayralari – spermatozoidlar hosil bo ‘ ladi. Urug ‘ langan tuxumlar to ‘ p-to ‘ p bo ‘ lib ________________ ichiga qo ‘ yiladi
Shunday qilib, planariya tanasidan bir vaqtning o ‘ zida tuxum va urug ‘ hujayralar rivojlanadi. Planariya va unga o ‘ xshash ikki xil jinsga ega bo ‘ lgan hayvonlar _____________________ deyiladi.
Noqulay sharoit tug ‘ ilganda (_________________________________________________) planariya mayda bo ‘ laklarga bo ‘ linib ketib, ___________________ sharoit tug ‘ ilganida yana har bir bo ‘ lakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin.
bargsimon
2-3
ikki yonida
qora nuqta
qorin
halqum
uch
hazm qilish sistemasini
chuvalchang, qisqichbaqasimonlar va hashorotlarning lichinkalari