Просмотр содержимого документа
«''Йиртқич қушлар'' презентация»
Namangan Viloyati Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarshli 53-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining biologiya fani o’qituvchisi Mansurov Ahmadjonning 7-sinflar uchun “Biologiya” fanidan tayyorlagan dars taqdimoti
Mavzu:Yirtqich qushlar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yirtqich qushlar haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning bilim darajasini oshirish
YIRTQICH QUSHLAR
KUNDUZGI
YIRTQICHLAR
YAPALOQQUSHLAR
TURKUMI
Ukki
Qora kalxat
Boyo’g’li
Tasqara
Miqqiy
Boyqush
Jo’rchi
Burgut
Qarchig’ay
Qora kalxat
Qora kalxatvohalar, to‘qaylar va tog‘larda, xullas, daraxtlar
bo‘lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri
dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va
Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxt larning
shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bo‘lib, ko‘pincha baqa-lar, kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shu ningdek, kushxonalarning
tashlandiqlari va o‘laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham
tutib yeydi. U havoda baland uchib, o‘lja axtaradi.
Tasqara
Tasqara– o‘lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi.
Tana sining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3
m gacha yetadi; uning og‘irligi 6–12 kg, boshi va bo‘ynidagi pat lari juda siyrak bo‘ladi. Tasqarani uchganida keng va uzun
qa not laridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish
mumkin. U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi,
lekin yerda beso‘naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning
o‘laksasi bilan oziqlanadi Tasqaraning tirnoq lari kuchsiz bo‘lganidan tirik hayvonlar-ga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug‘i
bilan hayvonlar terisini yirta oladi
Ukki
Ukki– yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida
quloq qa o‘xshash ikki to‘p pati dikkayib turadi. Ukki ko‘proq tur-li kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba’zan o‘rgimchaklar va ayrim
qushlarni ham tutib yeydi
Miqqiy -lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush.Gavdasining uzunligi 31-38 sm, vazni 180-240gr. Osiyo, yevropa, afrikada tarqalgan. Doimiy juft hosil qiladi.
Boyqush - ko’zlari oldinga qarab turganligi sababli, ular yaxshi rivojlangan durbin ko’rish qobiliyatiga ega. Boyqushlar boshlarini butunlay burolmaydi. U har qanday yo’nalishda 135 gradusni aylantirishi mumkin. Boyqushlar- yirtqich qushlar. Ular boshqa qushlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.
Qushlarning ahamiyati
Zararkunandalarni qiradi
O’simlik urug’larii tarqalishiga yordam beradi
Gullarni changlatadi
Axlati azot va fosforga boy bo’lgani uchun o’g’it sifatida foydalaniladi.
“Uni top” metodi. Bunda bir o’quvchi biron bir qushga ta’rif beradi,qolgan o’quvchilar bu ma’lumotlardan foydalanib qush nomini topadilar.
U vohalar, to’qaylar va tog’larda, xullas, daraxtlar bo’lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotganda uni ayri dumiga qarab oson bilib olish mumkin.U Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxtlarning shoxiga in quradi. ( qora kalxat )
O’lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tanasininguzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi: uning og’irligi 6-12 kg, boshi va bo’ynidagi patlari juda siyrak bo’ladi.U uchganida keng va uzun qanotlaridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish mumkin. ( Tasqara )
ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari simyog’och yoki daraxtlarning qurigan shoxida o’tirib olib, oija poylaydi. Bu qush o’simliklarga ziyon keltiradigan qo’ng’iz, chigirtka va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi. ( Boyo’g’li )
U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda beso’naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning o’laksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o’laksa izlaydi. Tasqaraning tirnoqlari kuchsiz bo’lganidan tirik hayvonlarga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug’i bilan hayvonlar terisini yirta oladi. ( Tasqara
yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa o’xshash ikki to’p pati dikkayib turadi. Ukki ko’proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba'zan o’rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi. ( Ukki )
Uyga vazifa
Mavzuni o’qib o’rganish
Savol va topshiriqlarni bajarish
Mavzu yakunidagi Jumboqni yechish.
Jumboq: Boyqushlar tuzilishining qaysi xususiyatlari ularga shovqinsiz uchish, har qanday sharpani eshitish va tunda ko‘rish imkonini beradi?