Просмотр содержимого документа
«Hasharotlarning ko'payishi va rivojlanishi»
Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi
O’qituvchi: Ziyotova Nilufar
Arilar
Kapalaklar
Ninachilar
Guruhlar
PISA testlari nima?
PISA testlari nima?
PISA(inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?
PISA test tarkibi qanday?
PISA sinovlarida qanday usullardan foydalaniladi?
PISA; Asosiy yoʻnalishlar
3-bosqich. O`tgan mavzuni so`rash va baholash
Berilgan ta’rifga qarab uni qanday organlar yig’indisi ekanligini topish va shu sistema bo’yicha qisqacha umumiy ma’lumot berish
Savol 1: Tana bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Nafas olishda ishtirok etmaydi. Bu qaysi sistema?
Savol 2: Kemiruvchi yoki sanchib so’ruvchi bo’ladi.
Savol 3: Tana bo’shlig’ida joylashgan bo’lib, ingichka naychalardan iborat.
Savol 4: Qorin bo’shlig’ida joylashgan ingichka va uzun naychadan iborat.
Savol 5: Hasharotning boshida nerv hujayralari yig’ilib _____________ ni hosil qilgan.
Savol 6: Fe’l atvori juda murakkab tuzilgan.
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni
Hasharotlarning ko’payishi va rivojlanishi
Hasharotlar – ayrim jinsli hatyvonlardir. Erkak hasharotlar urg’ochilariga nisbatan kichikroq va xipcha, mo’ylovlari kuchli rivojlangan, hidni juda yaxshi sezadi. Hasharotlarning jinsiy organlari qorin bo’shlig’ida joylashgan. Urg’ochilarida bir juft tuxumdon, erkaklarida bir juft urug’don bo’ladi. Tuxumdonlarda tuxum hujayralari, urug’donlarda urug’ hujayralari yetiladi.
Qurti
Bronza qo’ng’izi urug’langan tuxumlarini chirigan yog’och yoki chiriyotgan daraxtlar tanasiga qo’yadi. Tuxumlardan mayda qurtchalar rivojlanadi. Ularning tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi voyaga yetgan qo’ng’izlarga o’xshamaydi. Qurtlarning oqish va yog’on tanasi yoyga o’xshash egilgan, yirik, boshi hamda oyoqlari sarg’ish-qo’ng’ir rangli qalin xitin bilan qoplangan bo’ladi.
G’umbak
G’umbak hasharotlarning tinim davri hisoblanadi. G’umbak harakat qilmaydi va oziqlanmaydi. U qurtlik davrida to’plagan ozuqasi hisobiga yashaydi. Murakkab o’zgarishlar natijasida g’umbakdan voyaga yetgan qo’ng’izga xos bo’lgan organlar shakllanadi.
Hasharotlarning rivojlanishi
Chala o’zgarish bilan rivojlanish
To’liq o’zgarish bilan rivojlanish
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash
“ Mozaika” usuli
“Arilar” guruhi uchunChala o’zgarish bilan rivojlanish
Tuxumdan chiqqan lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotga o’xshaydi.
Faqat juda kichikligi bilan farq qiladi.
Qanotlarning rivojlanmaganligi bilan undan farq qiladi.
Lichinkasi 4marta tullaydi va 5-yoshni o’tib, voyaga yertgan hasharotga aylanadi.
Voyaga yetish davrida lichinkaning tana tuzilishi va hayot kechirish davrida uncha katta o’zgarish bo’lmaydi
“Kapalaklar” guruhi uchunTo’liq o’zgarish bilan rivojlanish
Tuxumdan chiqqan lichinkasi tashqi ko’rinishi bilan qurtga o’xshaydi
Qurtlarining og’iz organlari ichki tuzilishi oziqlanishi voyaga hasharotnikidan farq qiladi
Kapalaklar hartumi yordamida gul nektarini so’radi
Ularning chuvalchangsimon qurtlari og’iz organlari kemiruvchi tipida tuzilgan, qorin qismida oyoqlari bo’ladi.
Kapalak qurtlari o’simlik to’qimalarini kemiradi
Yashil bronza qo’ng’izi gullarning changi va bloshqa qismlarini uning qurtlari esa chirindi bilan oziqlanadi
Chala o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
To’liq o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
“Arilar” guruhi uchun savollar (Qisqichbaqalar mavzusida)
Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq ___________ 1m qoplangan.
Qisqichbaqaning uzun va kalta mo’ylovlari ______organlari hisoblanadi.
Qisqichbaqaning qorin bo’limi _________dan iborat.
Qisqichbaqa bo’g’imoyoqlilar singari eski qattiq po’stini tashlab ________o’sadi.
Qisqichbaqasimonlarning______dan ortiq turi bor.
Urg’ochisi erta bahorda qo’ygan tuxumlarni _________ yopishtirib oladi.
Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan _________ko’p uchraydi.
Ko’pchilik dengiz qisqichbaqasimonlar__________ go’shti uchun ovlanadi.
“Kapalaklar” guruhi uchun savollar (O’rgimchaklar mavzusida)
O’rgimchak zahari tarkibida _______ bo’ladi.
Butli o’rgimchak zahari_________ ta’sir qilmaydi.
O’rgimchakning oldingi tomonida _________ joylashgan.
O’rgimchaklarning ko’pchilik turlari yirtqich________ larni qirib foyda keltiradi.
Chayonlar __________ tagacha tirik bola tug’adi.
Biy eng katta o’rgimchak bo’lib, tuproqda ______gacha bo’lgan tik inda yashaydi.
O’rta Osiyo cho’llarida keng tarqalgan________ 6-7smni tashkil etadi.
_____ hidni juda yaxshi sezadi, o’z ho’jayinlarining hidi orqali topib oladi.
“Ninachilar” guruhi uchun savollar ( hasharotlar mavzusi bo’yicha)
Hasharotlarning qoni _______da ishtirok etmaydi.
Qattiq o’simlik va hayvonlar to’qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar ning og’iz organlari yashil bronza qo’ng’izinikiga o’xshash_________ bo’ladi.
Suyuq oziqa bilan oziqlanadigan hasharotlarning og’iz organlari ________ dan iborat.
G’umbak hasharotlarning _________ hisoblanadi.
Tuxumdan chiqqan lichinka tuzilishi va hayot kechirishi _______ga o’xshaydi.
Kapalak qurtlari_______ kemiradi.
Murakkab fe’l-atvorga ega bo’lgan ________ning bosh miyasi va ner tugunlari boshqa hasharotlarnikidan kuchli rivojlangan .
Ko’pchilik hasharotlar chirildoqlar, temirchaklar, jizildoqlarda ________ organlari bor.
Uyga vazifa
1. O’z o’zini rivojlantirish kompetensiyasiga asoslanib navbatdagi darsga kapalaklar ya’ni tangacha qanotlilar bo’yicha gazeta, jurnal,ensiklopedia va internet manbalaridan foydalangan holda qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.
2. “T” usulida o’rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfining umumiy o’xshash va farqli jihatlarini topib kelish