kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Mehrjon bayrami

Нажмите, чтобы узнать подробности

5, 6, 7-sinflar uchun botanikadan tadbir senariysi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Mehrjon bayrami»

Andijon viloyati Asaka tuman 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani muallimasi Karimova Zumradxon Isroildjonovnaning “Mehrjon bayramini” o’tkazish ssenariysi.



Bayram o’tkaziladigan xona bayramona bezatiladi.Maktab sahnasida gullar,qo’lda tayyorlagan daraxtlar gullar bilan bezatiladi,qushlarni inlari,kuz faslida yetishtiriladigan barcha poliz va sabzavot ekinlari,urug’lardan namunalar,vitaminga boy bo’lgan mevalar,tabiiy usulda tayyorlangan sharbatlar qo’yiladi.”Mehrjon bayramiga hush kelibsi!” yozilgan shior sahnaga ilinadi.

(sahnaga musiqa sadolari ostida qo’llariga sharlar, mev va sabzavot ekinlari tasvirlangan rasmlari,mevalarni aks ettirilgan kiyimlarda o’quvchilar kirib keladilar) Kuz faslini kiyimlarini kiygan o‘quvchi qiz q’lida oltin rangli barlar ko’tarib kirib keladi.

).

Boshlovchi ( Kuzoy)

Mulki borliq ichra bir mahal

Ko’rksizgina olam yaralgan.

Bermoq uchun dunyoga sayqal

Olam aro odam yaralgan



Shundan beri inson tinmayin

Shu yer uzra ter to’kar hamon.

Yerni go’zal qilgani sayin

Go’zal bo’lar o’zi xam inson.

(E.Vohidov)



Dehqon bobo: Eh –he-he –he!

Odamlaru ,.odamlar

Bog’da bitgan bodomlar

Eshitmadim demanglar,

Eshitganlar, jilmanglar,

Zaminimizga oltin kuz fasli kirib keldi.

Kuzoy : Assalomu – alaykum aziz mehmonlar, ota – onalar,mehridaryo ustozlar,aka – opalar,shirinjon singillaru - ukajonlar.

Bobo dehqon : Assalomu alaykum azialarim, qora ko’z bolajonlarim.mana bugun maktabingizda bayram, chunki “mehrjon bayrami” o’tkazilmoqda.

Kuzoy hamda Bobodehqon birgalikda:

Mehrjon bayramiga Hush kelibsizlar!

Kuz faslini aks ettiruvchi rasmlar musiqa ostida ko’rsatiladi.Oltin rangli bargni aks ettirilgan kiyingan o’quvchi qiz sahnaga poli va sabzavot ekinlari bilan qo’l ushlashgan holda kirib keladilar.

Sahnada o’g’il bolar B.Qodirovning “Andijon do’ppisi” qo’shig’iga raqsga tushadilar.

Oltin rangli Barg : Sevaman bog’ – dalani,

Hamda gul-u lolani,

Tabiatni asragan

Har qiz-u shox bolani

Sug’orish gulzorimni

Eng sevimli yumushim

Tabiatni ardoqlash

Eng ezgu ko’ngil ishim.

Asal ari: Chalib nog’ora, karnay

Dasturxon yozibdi may.

Mehmonlari bir talay

Kelishsin – da, kechikmay.

Qulpnay : Sim qoqibdi qulupnay

Olchaga der aylanay:

  • Boramizmi bazmga?

Gilosxon yonimda shay!

Anor:

Meni anor deydilar

Mazza qilib yeydilar,

Yoqut misol har donam

Xurmo mening dugonam.



Xurmo:

Meni nomim Xurmodir

Demang ozroq xomroqman

Meni ko’proq yesangiz

Hech xam kasal bo’lmaysiz.



Tarvuz:

Tarvuzdek shirin ne’mat ,

Topilmaydi dunyoda

Dum – dumaloq shaklim bor

Juda silliq ozoda.

Shunda sahnaga oppoq beg’ubor Paxtaoy kirib keladi..Va o’zini tanishtiradi.

Paxtaoyman men o’zim,

Berilib tinglang so’zim,

O’zbekiston faxriman,

O’zim juda baxtliman.

Kuzoy va dehqon bobo Paxtaoyni kutib olishadi. Qovun bilan yong’oq qo’l ushlashib kuz faslini tarannum etuvchi musiqa ostida kirib keladila va davraga qo’shiladilar

Qovun:

Men qovunman sap – sariq

Men go’yo ulkan tovuq,

Beqasam to’nim go’zal,

Ichim g’ovaki asal.

Yong’oq:

Baxorda to’n bichaman,

Uni kuzda yechaman.

Shamol bo’lsa guvillab,

To’kilaman duvillab.



Kuzoy: Kelinglar azizlarim endi navbatni bir go’zal raqsga bersak.Qo’lida savatda non ko’tarib chiqqan raqqosa qiz X.Abdullayeva ijro etgan “Non yopadi” qo’shig’iga raqsga tushadi.

Dehqon bobo:

Barakkalla.Aziz bolajonlarim non nonni ushog’I xam non deb bejiz aytmaganlar.Qo’ida bug’doy boshoqlarini ko’targanicha meva sabzavotlarni aks ettirgan o’quvchilar oldiga boradi.

Boshlovchi (Kuzoy): Endi navbatni sahna ko’rinishiga beramiz.Sahnaga dehqon bilan uning nabirasi kirib keladi. Nabira qo’lida meva ko’chati bo’ladi.

Dehqon: Bo’laqol Nabijon,bo’l bolam,chelakda suv xam oldingmi.Belkurakni xam oldingmi.

Nabijon (Nabirasi) Bobojon xammasini oldim.Xavotir olmang.Bobo nimaga ko’chat ekamiz,shu zarurmi?

Dehqon: Albatta ekishimiz kerak.Nabijon bolam qanchalik bog’larni ko’paytirsak elimiz to’q bo’ladi.Boyligimiz xam ko’payadi.Mevalarini mazza qilib yeysizlar .



Nabijon: Bobo ko’chatga suvni nima uchun quyamiz.Quymasdan eksa bo’lmaydimi.Bu ekkan ko’chatimiz qachon mevaga kiradi aaa,bobojon.

Dehqon : Voy bolam namuncha ko’p savol berasan?

Nabijon: Xamma narsani bilgim kelgim keladida bobojon.

Shu paytda bobo va nabirani o’zaro suhbatini boy eshitib qoladida ularning oldiga keladi.Va ularga murojat qiladi.

Boy: Xormang otaxon.

Bobo: Bor bo’ling boy ota.Assalomu alaykum. Deb salom beradi.

Boy: Bobo nima qilyapsiz?

Bobo: Boy ota meva ko’chati ekayapmiz.

Boy: Xaaaa,yaxshi deb bir chetga yuradida o’z o’ziga:”Tavba o’zi qarib qolib zo’rg’a turgan bo’lsa.Meva qilgunicha bormi bu hayotda yo’qqmi? Tavba” deydida yana boboga qarab so’raydi.





Boy: Bobo ko’chatni ovora bo’lib ekyapsiz.Sizga zarurmi? O’zi yoshingiz bir joyga borib qolibdiku? Deb jilmayadi. Shunda bobo

Bobo: Eheyy, Men qaridim to’g’ri.Lekin ekkan ko’chatlarimni yo’lovchilar, bolalar yeyedilar.Soyasida yo’lovchilar dam oladilarda.

Boy: (Tajublanib shunday deydi) Qoyilman bobo shu gaplaringiz , niyyatlaringiz uchun ming tilloni sizga hadiya etgum. Deb bir xalta oltin tillo beradi. Shunda bobo nabirasiga qarab:

Bobo: Ko’rdingmi bolam xammani ko’chati yillar o’tib meva qilsa,mening ko’chatim esa ekilgan zaxotiyoq meva berdi. Deb xursand boladi.Shunda boy yana boboni sozomonligini ko’rib yana shunday deydi:

Boy; Barakalla bobo! Mana shu so’zlaringiz uchun xam men sizga yana ming tillo hadiya etaman.

Bobo: Rahmat…Mana ko’rdingmi men ekkan ko’chatlarim bir yilda ikki marta meva beradi.



Shunda vazir: Boy ota bir so’zim bor agar ruhsat etsangiz.

Boy: Gapir ruhsat.

Vazir: Xoziroq bu yerdan ketaylik,agar ketmasak bu otaxon sizni barcha boyligingizni olib qo’yadi.

Boy: Xa. Mayli qani endi saroyga yo’l olamiz. Bugunoq sayoyda chiroyli bog’ yaratgum.Qani ketdik. Deb saroyga yo’l oladi.



mmm



Shundan so’ng o’z ishidan ko’ngli to’lgan dono bobo ikki qo’lini ochib el - yurt tinchligi uchun duo qiladi.Va sahnadan chiqib ketadilar.

Boshlovchilar: Aziz bayram ishtirokchilari endi navbatni “Andijon polkasi” raqsiga navbatni beramiz. Yigitlar xirom aylab raqsga tushadilar.

Bayram oxirida boshlovchialr bugungi bayramda ishtirok etganlar,sahnani bezatganlar,liboslarni tayyorlaganlarni bir bir aytib musiqa ostida sahnaga taklif etadilar. Bayram so’ngida xamma jo’rlikda “ANDIJONIM” qo’shigini jonli ijro etadilar.

E’tiboringiz uchun katta rahmat sizlarga!.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Mehrjon bayrami

Автор: Karimova Zumradxon Isroiljonovna

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546134


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства