kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Роль информационно-коммуникационных технологий при обучении иностранному языку

Нажмите, чтобы узнать подробности

   В статье рассматривается важность применения информационно-коммуникационных технологий на уроке иностранного языка, их роль в закреплении полученных учащимися знаний и формы внедрения компьютерных технологий в образовательный процесс.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Роль информационно-коммуникационных технологий при обучении иностранному языку»


Chet tillarni organishda axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarning orni

Роль информационно-коммуникационных технологий при обучении иностранному языку


Караулбазарский профессиональный колледж

промышленности и транспорта, Узбекистан

Болтаева Элеонора Абдурасуловна

В статье рассматривается важность применения информационно-коммуникационных технологий на уроке иностранного языка, их роль в закреплении полученных учащимися знаний и формы внедрения компьютерных технологий в образовательный процесс.

Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Zero, Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 10 dekabrda e’lon qilingan “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori chet tili ta’limini rivojlantirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni  zamon talablariga mos yetuk  mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu maqsadlarga yo’naltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet tillarga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shu bilan bir qatorda ularning jahon sivilizatsiyasi  yutuqlari hamda dunyo axborot  resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni  rivojlantirishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ko’zda tutilgan. Chet tillarni izchil o’rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. 

   Aytish joizki, shunday vositalardan biri - interfaol elektron doskadir. Ushbu doskalar ijodkor o’qituvchilar uchun darslarni qiziqarli, noan’anaviy tarzda tashkil etish hamda har qanday murakkablikdagi mavzularni o’quvchilarga oson tushuntirish imkonini beradi. Undagi ko’plab tasvirli rolik va ovozli fayllar esa o’quvchilarga o’qish, yozish, sanashga oid ko’nikmalarini shakllantirish, nutqni soddalikdan murakkablik sari rivojlantirib borishga ko’maklashadi.

Bugungi kunda interfaol elektron doskalarning bir qator, jumladan, “SensBox”, “Interwrite DualBoard” va “Uboard” turlari mavjud bo’lib, ular respublikamiz maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot maydonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan. Albatta, bu kabi o’quv-texnika vositalarini amaliyotga keng joriy etish, birinchi galda, o’qituvchilardan ma’lum ko’nikma va ulardan samarali foydalanishni talab etadi. Aytish mumkinki, bugungi kunda til o’rganuvchilar uchun internet tarmog’ida ham bir qator saytlar mavjud.

Chunonchi, Xalq ta’limi vazirligining www. uzedu. uz sayti, www.ziyonet.uz “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot portali hamda Britaniya Kengashining “Learn, share, succeed” (“Learn English”), “Fun with English” (“Learn English Kids”) va “Teaching English” saytlari shular jumlasidandir. Qolaversa, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillar bo’yicha pedagog kadrlar, xususan, 2013 — 2014 o’quv yilida 1-sinflarda chet tillaridan dars beradigan o’qituvchilarning malakasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ham ishlab chiqilgan.

Muxtasar aytganda, navqiron avlodning mukammal bilim va salohiyatga ega bo’lishi, eng avvalo, o’quv muassasalarida tashkil qilinayotgan ta’lim jarayoniga bevosita bog’liq.2013-2016 yillarda ta’lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda o’qitishning texnik vositalari hamda anjomlari bilan jihozlashning jadallashtirilishi, shuningdek, televidenie, mahalliy telekanallar orqali bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatish bo’yicha ko’rsatuvlar tayyorlash, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnikasi yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsion filmlarni o’zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko’rsatib borishni amalga oshirish, “ZiyoNet” tarmog’i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini orttirish, ingliz tilida o’quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazeta va jurnallarni chop etishni tashkil etish kabi jihatlar mamlakatimiz yoshlariga dunyo xalqlari tarixi, madaniyati ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berish bilan bir qatorda, o’z tariximizni, madaniyatimizni va yutuqlarimizni ham namoyon etish imkonini beradi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Английский язык

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: .Болтаева Элеонора Абдурасуловна

Дата: 16.05.2018

Номер свидетельства: 469795


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства