kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Teaching methods for developing young learners' speaking skills.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu metodik tavsiyada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo‘llash natijasida, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to‘g‘ri javob berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg‘otishi, darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Teaching methods for developing young learners' speaking skills.»


BUXORO VILOYATI SHOFIRKON TUMANI

9-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI FANINI O‘QITISHDA GAPIRSH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODLARI



Shodiyeva Sarviniso Karimovna


9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi





















BUXORO – 2024

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI FANINI O‘QITISHDA GAPIRSH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Taqrizchilar: Shofirkon tumani 9-umum taʼlim maktabi

OʻTIBDOʻ: Firdavs Azimov

Xorijiy tillar fanlari metod birlashmasi rahbari: Nozira Oripova


Ushbu metodik tavsiya Shofirkon tumani 9-umumta’lim maktabining __-_______dagi ___-sonli Pedagogok Kengashida muhokama qilinib ,tumanda ommalashtirish uchun tavsiya qilindi.

Tuzuvchi:_________ Shodiyeva Sarviniso

Taqrizchi :_________9-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi:

Oripova Nozira


TAQRIZ

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning zamonaviy maqsad, mazmun va texnologiyalarini takomillashtirish, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tili o‘qitish amaliyotida to‘plangan an’anaviy va xorijiy tajribalarni umumlashtirishga xizmat qiluvchi o‘quv qo‘llanmalar va metodik tavsiyalarning yetishmasligi oqibatida mazkur soha uchun kichik yoshdagi oʻquvchilarning gapirish koʻnikmasini shakllantirish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Muallif yuqorida bayon etilgan muammolarni bartaraf etish, ya’ni mazkur ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, amaliyotchi o‘qituvchilar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun maxsus metodik tavsiya yaratish mas’uliyatini o’z zimmasiga olishga jur’at etdi va mazkur tavsiyadan ingliz tili fani o`qituvchilari dars jarayonlarini samarali tashkil etishlarida foydalanishlari mumkin.






ANNOTATSIYA

Ushbu metodik tavsiyada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo‘llash natijasida, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to‘g‘ri javob berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg‘otishi, darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang‘ich, o‘yin, ta’limiy, ta’lim






















MUNDARIJA

    1. Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish

    2. Talimda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish



KIRISH

Zamonaviy boshlang‘ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012- yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko‘ra, Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlarida beqiyos ko‘lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o‘quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o‘yin tarzidagi mashg‘ulotlar va og‘zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga mo‘ljallangan darslik hamda o‘quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o‘yin-mashg‘ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so‘zlarni dialog shaklida o‘rganishdan boshladilar.







ASOSIY QISM

Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning ilg‘or texnik vositalari bilan jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o‘smirlarni xorijiy tillarga o‘rgatuvchi ko‘rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni o‘zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalqlarining o‘tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Boshlang‘ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o‘quvchilarga chet tillarni o‘rgatishda o‘quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta'kidlanganidek, birinchi sinflarda o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida chet tillarini o‘rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir. Ta'limda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O‘yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta'limga o‘yin orqali yondashuv ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O‘yin tarzidagi darslar bolalarning og‘zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o‘quvchilari rasmli yoki videoli turli ko‘rishlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o‘stirishda o‘yinlardan muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko‘p so‘z biladi?” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin jarayonida bolalarning so‘zlarni eslab qolishi, to‘g‘ri talaffuz etishiga qarab rag‘batlantirib borish zarur. Bolalarning so‘z boyliklarini ortib borishiga qarab boshqa turdagi o‘yinlar, turli xil musobaqalarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga dastlab “Meva nomlari”, “Kasblar”, “Uy jihozlari” kabi mavzulardagi mashqlarni o‘yinlar yordamida bajartirish mumkin. So‘ngra ular kompyuterdagi rangbarang tasvirlarga uyg‘un holatda ko‘rsatilsa, o‘quvchilarning nutqi rivojlanib, atrofmuhitga munosabat doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish bosqichida ekranda so‘zlar va uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo‘ladi. O‘quvchilar so‘zlarni tinglab, ularni talaffuz etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim o‘quvchilar so‘zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Kompyuter u yoki bu qiyinchilikni mashqlar vositasida bartaraf etib, o‘quvchining ingliz tilidan o‘zlashtirishga qiynalayotgan jihatlarini topishga va ularni bartaraf etishga yordam beradi. Ikkinchi sinfdan boshlab grammatikani o‘zlashtirishga qaratilgan boshqa ta'limiy o‘yinlarni ham tashkil etish mumkin. Masalan, “Kim savodxon?”, Kim zukko?, “Men kimman?“, “Zanjir“, “Rolli o‘yin“, “So‘z o‘rnini top kabi qiziqarli o‘yinlar shular jumlasidandir. “Kim zukko? “ o‘yini imlo savodxonlikni oshirishda yaxshi natija beradi. Bunda karton qog‘ozga 5-6 ta so‘z yozilgan bo‘lib, so‘zlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilardan noto‘g‘ri yozilgan so‘zni topib, to‘g‘ri yozib berish talab qilinadi. Qaysi o‘quvchi noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni to‘g‘ri va birinchi bo‘lib yozib berishga qarab o‘yin g‘olibi aniqlanadi. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda: “Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish. Ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish. “Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo‘lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o‘quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo‘ladi. “Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi. “Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo‘llanilishi mumkin “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib, ingliz tilini o‘rgatishda, o‘quvchilarning o‘g‘zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o‘quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. “So‘z o‘rnini top“ o‘yinida so‘zlarning o‘rni almashtirib qo‘yiladi hamda so‘zlarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish orqali gap hosil qilinadi. “To‘plam“o‘yini ma'lum bir mavzu asosida o‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so‘zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o‘rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o‘rganishda qiziq va samarali yo‘l hisoblanadi. Bolalar uchun ingliz tili qo‘shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o‘rgatib kelinmoqda.

“Rasmli” o‘yin. O‘quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun rasmli o‘yinni qo‘llash mumkin. O‘quvchilarga hali ko‘rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2: No, she is not. P1: Is the girl standing? P 2: Yes, she is Rasmda ifodalangan harakatni to‘g‘ri topgan o‘quvchi g‘olib xisoblanadi. U boshlovchi bo‘lib boshqa rasmni oladi. “Rasmdagi gaplar”o‘yini. Bu o‘yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi ko‘rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o‘ynayotgan, kitob o‘qiyotgan rasmlar bor. O‘qituvchi rasmli kartalarni ko‘rsatadi (bola konkida uchayapti) va so‘raydi: What is he doing? O‘quvchilar o‘zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: He is skating.

Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan keyin juda kech" kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo‘lishi mumkin...". Yana shunga e'tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tilni o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini susaytirip qo‘yishi mumkin. Chunki boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilarga chet tilini o‘rgatish qiyin shu bilan birga mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin :

 Ko‘rish orqali eslab qolish . Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan ko‘ra, ko‘proq ko‘rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan , darsni turli xil ko‘rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so‘zlarni o‘rgatish va o‘rgangan yangi so‘zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table), doska (blackboard), ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko‘zga doimo tushib turishi va doimo qo‘llanishi bois, bola bu so‘zlarni ixtiyorsiz tarzda o‘rganadi.

 Qo‘shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo‘lgan so‘zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so‘zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og‘zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo‘shiq qilib o‘rganishlari shunchaki yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini ko‘rsatish mumkin .

 TO raqobatdosh grammatika va so‘z boyligini o‘zlashtirishga yordam beradigan o‘yinlarning aksariyatini o‘z ichiga oladi . Bunda bolalar o‘qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi . Natijada o‘quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy mutafakkirlari aytganidek: " Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi".

 Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o‘yin o‘ynashi, qo‘shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so‘zlarni ko‘rsatib berishi mumkin . Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o‘quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib qolmaydi.

 Multfilmlar orqali o‘rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko‘rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko‘rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilim qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o‘rganishlari uchun samarali yo‘l.

 Qiziqarli o‘yinlar orqali o‘rganish; Ingliz tili fanini o‘qitishda turli xil o‘yinlar orqali o‘rgatishning o‘rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o‘yinlar o‘ynatib turish sinfda fanni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo‘lmagan o‘quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi o‘yinlar so‘zimizga misol bo‘la oladi.

 "Quvnoq topishmoqlar"(Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar.

 "Pantomima" (pantomime) . Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga biron bir so‘zni aytadi va o‘quvchi uni ko‘rsatadi. Qolgan o‘quvchilar esa so‘zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo‘ladi.

 Sezgi a'zolar orqali o‘rganish (sabzavot, mevalar , oziq-ovqatlarni tatib ko‘rish, turli xil buyumlarni ushlab ko‘rish, gullarni hidlab ko‘rish). Ushbu yangi metodni o‘rganishdan oldin bir amaliyotchi psixologning fikrlarini keltirish kerak: "Bolalarning esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagok bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak".

Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til o‘rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali hisoblanadi . Masalan, o‘quvchi birgina olmani tatib ko‘rish jarayonida uning rangi, ta'mi, hajmi, hidi qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, o‘qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so‘rab qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan foydalanish o‘quvchining ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi.

Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli. Shuning uchun o‘qituvchi topishmoqni ingliz yoki o‘zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so‘zlarni tez o‘rganishadi.

Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli. Shuning uchun o‘qituvchi topishmoqni ingliz yoki o‘zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so‘zlarni tez o‘rganishadi.

-- amaliy mashg‘ulotlar(mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko‘rish, gullarni hidlab ko‘rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: " Bolalarning esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo‘lsa, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Masalan: o‘qituvchi bir o‘quvchining olmani tatib ko‘rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta'mi shirin(tasty) yoki katta(big), kichik(small )shakli haqida ma'lumot berishi va boshqa o‘quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o‘sha meva haqida inglizcha ma'lumotlar berishini talab qilishi lozim. Bu hol bolaning keyingi o‘rganishlarida ham yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilardan ranglarning inglizcha nomini so‘rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi, qizil-red, yashil-green ekanligini tez xotirlaydi. Demak, bunday usuldan foydalanish o‘quvchining ma'lumotni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishini ta'minlaydi. - imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O‘qituvchi bolaga biror gapni gapirganda yoki buyruq berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni och(open the book), turing(stand up), doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda imoishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo‘ladi. - ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali; - ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish. Masalan:eshik(door), kitob(book), stol(table), doska(blackboard), oyna(window) va shu kabilarga yozish. Bunday narsa-buyumlar doimo ko‘zga tushib turishi va amliyotda ko‘p qo‘llanishi bois, bola bu so‘zlarni ixtiyorsiz tarzda o‘rganadi. – yangiliklar orqali; Bilamizki, bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o‘tish emas, balki bunday usullarni o‘zgartirib, yangilab dars o‘tish lozim. Aks holda bolalar o‘qituvchining qanday dars o‘tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko‘rishadi. Usullarni yangilab dars o‘tish bolalarning intilishlarini oshiradi.

Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e'tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo‘riqtirib qo‘yish va qiziqishini so‘ndirib qo‘yish mumkin. Shunday ekan, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: - qo‘shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo‘lgan, ma'noga ega bo‘lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o‘rgatish. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo‘shiq qilib o‘rganishlari shunchaki yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini ko‘rsatish mumkin. - aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo‘g‘liq bo‘lgan o‘yinlar; - multfilmlar; Bolalar til o‘rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o‘rganishlari uchun samarali yo‘l. - rol ijro etish(role play) o‘qituvchi biror ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o‘rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o‘quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko‘rsatib bersa, boshqa bir o‘quvchi bu tovushlar qaysi hayvon ekanligini ko‘rsatish mumkin. - mavzuga oid muhit; O‘qituvchi mavzusiga qarab o‘sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o‘rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Traveling(sayohat) mavzusida o‘qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish(Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma'lumot beradi. Bu hol o‘quvchilarning so‘z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o‘stiradi.















Xulosa

Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish muaommoning amaliy yechimini ta‘minlaydi.

Kichik yoshdagi bolalarga til o‘rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg‘ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o‘tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o‘rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to‘g‘ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko‘plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo ilm- fanini o‘rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo‘lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Til bilgan — el biladi”.














FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «CHet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875- sonli qarori.

  2. Turdaliyeva G.N "Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar"// 2020

  3. Bekmuratova U.B . " Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" // Toshkent 2012.

  4. Toliboboeva, S. J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).

  5. Толибобоева, Ш. (2020). Ingliz tilini o‘qitishdagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari. YoungScientist, 19(309), 581-582.

  6. Juldasheva, N. N. (2020). Хорижий тилларни ўқитишда ахборот технологиялар ва инновацион методларнинг ўрни. Молодой ученый, (12), 332-333.

  7. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).

  8. John Adams Analysis of retirement age in different countries of the world.London 2017.

  9. Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to‘g‘risida (PQ-1875-son) Xalq so‘zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.

  10. J. Jalolov . ingliz tilini o‘qitish metodlari‖ ―O‘qituvchi‖ nashiryoti Toshkent To‘Xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAGMA’NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 141-146.

  11. Тухтасинова, Н. Р. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫХ И ТАГМАНСКИХ СОБЫТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЫ КАХХАР. Экономика и социум, (2-2), 240-244.

8



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Английский язык

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Teaching methods for developing young learners' speaking skills.

Автор: Шодиева Сарвинисо Каримовна

Дата: 03.04.2024

Номер свидетельства: 648503

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(54) "The tale is a cartoon – a method of learning english"
    ["seo_title"] => string(50) "the_tale_is_a_cartoon_a_method_of_learning_english"
    ["file_id"] => string(6) "548307"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "planirovanie"
    ["date"] => string(10) "1588104786"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства