Статья: INGLIZ TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Статья: INGLIZ TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH
INGLIZ TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Asadova Gulrux Islomovna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada professional ta’lim muassasalari o’quvchilarining
ingliz tiliga boʼlgan qiziqishini oshirish va sodda yoʼllar bilan ularni kasbiy muloqot qilishga o’rgatish, o’quvchilar nutqini rivojlantirish haqida soʻz boradi.
Texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda yashar ekanmiz malakali, o’z kasbini chuqur egallagan, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan kadrlarga talab kundan kunga ortib bormoqda. O’quvchilariga ta’lim – tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri o’quvchilarga ona tilini o’rgatish bilan bir qatorda xorijiy tillarni o’rgatish, shu nuqtaiy nazardan ingliz tilini o’rgatishdir. O’quvchini ingliz tiliga qiziqtira olish, ingliz tilida nutqini rivojlantirish, kasbiy muloqot ga o’rgatishdir.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Статья: INGLIZ TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH»
INGLIZ TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Asadova Gulrux Islomovna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada professional ta’lim muassasalari o’quvchilarining
ingliz tiliga boʼlgan qiziqishini oshirish va sodda yoʼllar bilan ularni kasbiy muloqot qilishga o’rgatish, o’quvchilar nutqini rivojlantirish haqida soʻz boradi.
Texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda yashar ekanmiz malakali, o’z kasbini chuqur egallagan, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan kadrlarga talab kundan kunga ortib bormoqda. O’quvchilariga ta’lim – tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri o’quvchilarga ona tilini o’rgatish bilan bir qatorda xorijiy tillarni o’rgatish, shu nuqtaiy nazardan ingliz tilini o’rgatishdir. O’quvchini ingliz tiliga qiziqtira olish, ingliz tilida nutqini rivojlantirish, kasbiy muloqot ga o’rgatishdir.
Ingliz tilida kasbiy muloqot qilishni rivojlantirishdan asosiy maqsadi: o’quvchilarning ingliz tilidagi og’zaki nutqini yaxshilash, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’lish malakasini shakllantirishdan iborat. Nutq o’stirish vazifasi o’z ichiga bir qancha maxsus vazifalarni oladi:
1. O’quvchilarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o’stirish, lug’atini boyitish
2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Lug’at ustida ishlash ko’rgazmali qurollardan tashqari sinf xonasidagi
ko’rgazmalardan hamda tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali ham amalgam
oshiriladi. O’quvchilarni tevarak - tarofdagi buyumlar, hodisalar, o’simliklar,
hayvonot dunyosi va hokozolar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, hususiyatlarini, kasbga aloqadaor bo’lgan buyumlar, jihozlarning nomlarini ingilizcha so’zlar bilan aytamiz.
Masalan: sartarosh –modeler kasbi mutaxassislariga buyumlarning nomini anglatadigan: (things) mirror (ko’zgu) camp (taroq), soup (sovun),
Oshpaz qandolatchi yo’nalishida tahsil oladigan o’quvchilarga vagetables: (sabzavotlar nomini anglatadigan carrot (savzi), cabbage(karam), turnip (shalg’om), cucumber (bodring). Fruits: (mevalar) apple (olma), pear (nok), cherry (olcha), peach (shaftoli), banana (banan), grape (uzum) va cooking (pishirmoq) ,hot (issiq), cold (soviq) va hokazo so’zlar bilan tanishtirish jarayonida o’quvchlar lug’atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug’ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.
Ingliz tili darslarida lug’at bilan ishlash juda muhim bo’lib, o’qituvchi
o’quvchilarga o’rtoqlari bilan ingliz tilida nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan tanlab hamda diologik nutq yordamida ular nutqiga kiritib boradilar. O’quvchilarni so’zlarning tarjimasini tushunishga o’rgatibgina qolmay, balki bu so’zlarni nutqlarni faol ishlatishga ham odatlanib boradilar. Lug’at tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda so’zlarning o’zgarishi va ularning bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi) belgilaydi.
O’quvchi ingliz tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o’zlashtirsa, u
aqliy jihatdan ham, nutqiy jihatdan ham shunchalik tez rivojlanadi. Agar o’quvchida nutqning grammatik tomoni noto’g’ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi. O’qituvchi har bir mashg’ulot va o’yin turlarida bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatishi kerak. O’z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato o’quvchi nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik xatolarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Biroq maxsus tashkil etiladigan o’yinlarda o’quvchilar nutqidagi u yoki bu salbiy jihatlarni ogohlantirish bo’yicha ish olib, bola nutqida paydo bo’lgan grammatik xatolarni o’z vaqtida bartaraf etish lozim.
Maxsus tashkil etiladigan o’yin va mashg’ulotlarda bolaning diqqati faqat kerakli grammatik shakllarga jalb qilinadi. So’z, uning shakl jihatdan o’zgarishi, so’z birikmasi yoki gaplar ular aqliy faoliyatining mazmuni bo’lib qoladi. Bunday mashg’ulotlarni izchillik va ketma-ketlik bilan olib barish natijasida bolalar qanday gapirish kerakligini anglaydilar, savodli chiroyli gapirishga harakat qiladilar. Qulay ishchanlik ruhida tashkil etiladigan mashg’ulotlar o’quvchi diqqatini chalg’ib ketishining oldini oladi, ular o’qituvchining tushuntirishlarini, ko’rsatmalarini diqqat bilan tinglaydilar, o’rtoqlarini nutqini kuzatadilar. Mashg’ulotda nutq namunasini oladilar va o’z nutqlarida undan foydalanadilar. Ko’pgina o’quvchilar o’z o’rtoqlarining xatolarini tuzatishda o’qituvchining eng yaqin yordamchisiga aylanib qoladilar. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, tuzatish maqsadida tashkil etiladigan maxsus mashg’ulotlar olib borishda quyidagi metodik ko’rsatmalarga amal qilish kerak.
Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar
ko’rgazmali materiallar yoki ko’rgazmasiz o’tkaziladigan ta'limiy o’yin xarakteriga ega. O’quvchi nutqidagi xatolarni do’stona, xushmuomilalaik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shaklli to’g’ri bo’lgan so’zlarni, ta'limiy o’yinlarni takrorlash joizdir, o’qituvchi dars davomida yoki turli hil o’yinlar davomida bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarni tuzatishi shart.
O’quvchi nutqida grammatik xatolarni dars jarayonida etarli ovoz tonida, boshqa o’quvchilarga ham eshitarli qilib to’g’rilash kerak. O’quvchilarni grammatik to’g’ri gapirishga o’rgatish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyati ham o’rgatish lozim. O’quvchilar ingliz tili lotin alifbosiga o’xshab ketganligi bois ayrim tovushlarni almashtirib yuboradilar. Masalan: “school” [sku:l] so’zini “schol”, “book” [bu:k] so’zni bok, “bag”[ba:g] bag. O’quvchilarga bilim va tarbiya berishada so’zlashuv nutqiga (dialog) o’rgatish katta ahamiyatga egadir. Bolada so’zlashuv nutqini shakllantirish – bu boshqalarning nutqini tinglash va tushunish, so’zlashishni quvvatlash, savollarga javob berish va so’rashdir (savollar beris). Bola so’zlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning lug’at boyligiga, tilning grammatik tomonini egallaganligiga bog’liqdir.
Oʻqituvchi darsda nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchilarga alohida e’tibor
qaratishi kerak. Ayniqsa indamas, muloqot qilishni istamaydigan, o’zini tutib tura olmaydigan o’quvchilarga alohida yondashishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yu.Abdullaev. Xorijiy oliy ta’lim: taraqqiyot va tajriba yo’nalishlari.
O’zbekiston-1999
2. Pedagogika "Nashr" Toshkent 2011y J. Xasanboyev;