Просмотр содержимого документа
«Изучение английского языка-требование периода»
INGLIZ TILINI O`RGANISH-DAVR TALABI.
Xalimova Nafisa Murodovna
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi
ingliz tili oqituvchisi
ANNOTATSIYA Bugungi kun jamiyatimizda chet tillarni ayniqsa ingliz tilini o‘qitish kundan kun rivojlanib bormoqda. Ingliz tilini o‘qitish protsessida ta’lim metodlari mexanizmi muhim rol o‘ynaydi. Samarali metod kompetentlarini dars mashg‘ulotlari davomida qo‘llash bu har bir professor-o‘qituvchining o‘z kasbiga bo‘lgan intelektual yondashish va izlanish mahsuli sifatida baholanadi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning funksional serunumligi tilni o‘qitish jarayonidagi integratsional bog‘lanish protsessini mukammalashtiradi.
Kalit so‘zlar: zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, funksional protsess, intellektual aspekt, kasbiy samaradorlik, metod, usul, tamoyillar
Bugungi kunda chet til (ingliz tili)ni o‘qitish va o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash barcha ta’lim muassasalarida izchillik va bardavomiylik bilan rivojlanib bormoqda shu bilan bir qatorda keng ko‘lamda tatbiq qilinmoqda. Natijada barcha ta’lim dargohlarida mashg‘ulot xonalarning tobora xilma-xilligi oshib o‘quvchi va talabalarga boy imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda samarali o‘qitish, o‘rganish imkoniyatlarini keng ochmoqda. Butun dunyo bo‘ylab ingliz tilini o‘rganish soni kundan kun ortib borayotganligi sababli, muhim masala mavjud, barcha ta’lim muassasalarida mavjud resurs markazlari o‘rganuvchilar uchun zarur qo‘llanma materiallar zamonaviy metodlar asosida qamralgan manba shakllantrishni talab qiladi. Shuhbasiz, darsni ilmiy tashkil etishda muhim, hamda shu qatorda ko‘chmas strategik poydevor qolipini yaratish ham zamon talabidir, bu esa o‘z navbatida bir necha tamoyil va usullarga bo‘linadi. Bundan maqsad, darsni yanada samaradorligini oshirishga qaratilgan e’tibordir. Professoro‘qituvchilar tomonidan talabalar ishtirokida mashg‘ulot labaratoriyasida zamonaviy ta’lim metodlari asosida olib borilgan ta’lim jarayoni ikki sherikchilik asosidagi hamkorlik manbai hisoblanadi va yakuniy qismda kutilatgan natijani yuzaga olib chiqish esa bu o‘qituvchining kreativlik mahoratini aniqlab beradi. Mashg‘ulotga nisbatan turli yondashuv nafaqat fikrlash salohiyatni kuchaytirib qolmasdan balki talabaning sohaga oid ko‘nikmalarini( gapirish, yozish, o‘qish, eshitish) keskin rivojlantirishga qaratilgan. “Interaktiv metodlarning ko‘nikmalar bilan uzviy bog‘lanishi dars mashg‘ulotlarining qiziqarli va bir birini to‘ldirgan holda izohlanadi. Buning uzviyligini ta’minlash shak-shuhbasiz pedagog – o‘qituvchilarning o‘z vazifasiga nisbatan ma’suliyatlik hamda mahorat bilan yondashishni talab qiladi”
Hozirgi zamonaviy davrda sinf – mashg‘ulotlarini ijodkorona yondashish, o‘qitish bilan ko‘ramiz. Professor-o‘qituvchilarning bilimi, qobiliyati, mahoratlarini aniqlashda har bir dars-mashg‘ulotlardagi yondashilgan tamoyil prinsipi yoki tanlangan usulining samaradorligi mashg‘ulot yakuni va talabalarning dars davomida erishilgan ko‘rsatkich negizi asosida belgilanadi. Demak, bundan ko‘rinadiki zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llash va joriy etish bilan chegaralanmasdan balki ta’lim samaradorligini oshirishda hakorlik, qo‘llanilgan metod, tamoyilar maqsadini aniq ko‘rsatib berishdir. Agar biz o‘qitish metod va tamoyilarning mazmun va klassifikatsiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak ular quydagicha izohlanadi: O‘qitish tamoyili. O‘quv xonasida bajariladigan tabiiy o‘rganishning fikrlari, ishonchlari va usullar hamkorligidagi umumiy yig‘indi jamlanmasidir. O‘qitish strategiyasi. Keng izohli termin rejasi hisoblanib ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidagi aniq o‘qitish qolipi. O‘qitish metodi. Biron bir narsani bajarishda sistematik usul. Mantiqiy rejaning bosqichma bosqich borish yo‘nalishi. Juda samarali usul. O‘qitish texnikasi juda yaxshi belgilangan ish tartibining maxsus faollik va vazifani amalga oshirishga asoslangan kreativ yondashish. Alohida shug‘ullanish tamoyili. Bunda talabadan alohida va yolg‘iz o‘zi shug‘ullanishni talab qilanadi, maqsad talabaning muammoli vaziyatni mustaqil hal qila olishdir. Aniq o‘qitish tamoyili Bu yerda shuhbasiz o‘qituvchidan aniq gapirib berish va ko‘rsatish yoki namoyish qilishi talqin qilinadi. Tartibli tamoyil. U chegaralanadi, o‘qituvchining munozarali muhokamasi o‘quvchilar ishtirokida ko‘zlangan mavzu bo‘yicha asoslanadi. Hamkorlikda ishlash tamoyili. Guruh , jamoa, sherikdoshlik asosida ishlash va guruh muhokamasi; hamkorlik usuliga tayanadi. Banking tamoyili. O‘qituvchi bilimini garovga qo‘yadi, o‘quvchilarning bo‘shliq fikrlash doirasida ularning eslash va xotiraga olish prinsipi asosida bo‘ladi. Integratsiya tamoyili. Bu tamoyil o‘qituvchini undaydi o‘zining fanini boshqa fanlar bilan bog‘lashga buning natijasida o‘zaro moslashgan ravishda muhitning ichki va tashqi tartibni yaratadi. Interaktiv tamoyili. Bu tamoyilda interaktiv sinfda ko‘proq o‘quvchilar gapiradilar va o‘qituvchi roli kamroq.Talabalarga o‘qituvchi va boshqa o‘quvchilar bilan interaktiv kirishishga ruxsat beriladi. Ijodiy qurilma tamoyili. “Talabalardan bilim ko‘nikmasini yaratish va ilgaridan mavjud bo‘lgan malaka tajribasini mohiyat mazmunini anglash” . Yuqoridagi qayd etilgan ta’lim strategiyasi tamoyili va metod bu umumiy ta’lim komponentlari yig‘indisidir. “Bu komponentlar ingliz tilini o‘qitishda umumiy integratsiya protsessini kuchaytiradi natijada dars-mashg‘ulot protseduralarini bosqichma-bosqich rivojlantiradi” . Har bir o‘qituvchining ingliz tilini o‘qitishda kasbiy komponentlik mahoratini aniqlashda uning mashg‘ulotni tashkil etishdagi sifati, tarkibiy strategik tamoyili hamda ketma-ketlik bosqichlarni samarali bajara oladigan metod tamoyilini to‘g‘ri tashkil eta olishi bilan belgilanadi. Binobarin sifatli dars mashg‘ulotini tashkil etishda bir necha tamoyilar mavjud bo‘lib ular o‘z o‘rnida o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilarning ko‘zlangan maqsadiga to‘la to‘kis erishish hisoblanadi. Mashg‘ulot davomida bir necha metoddan foydalanish shuhbasiz imkonsiz yoki eng kamida bitta metodan to‘la-to‘kis samarali foydalanish shakshuhbasiz murakkab jarayondir. Shunga ko‘ra biz aytaolamaymiz, qaysi metod juda murakkab yoki foydali o‘qituvchilar uchun deb, aksincha biz shunday hisoblaymizki eng maqbul usul va yondashuv mashg‘ulot uchun bu professor-o‘qituvchilarning o‘z dars mashg‘ulotlarining sifat va tuzulish asosiga tayangan holda o‘zi tanlagan tanlovli aspekti o‘z o‘rnida talabalarga ko‘mak beradigan hamda muhitnin samaradorligini oshiradigan maqsaddir. Har xillik va moslashuvchanlik sinfdagi sharoitning mazmunli xususiyatidir. Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, strategiyalar, metod va tamoyillar zanjiri interaktiv dars-mashg‘ulotlarni tashkil etish mezoni hisoblanadi hamda qiziqarlilik potensiyasi yetarli darajada rivojlanadi, natijada hamkorlik usullari indivudallik salohiyatidagi ijobiylik xususiyatlari tegishli ravishda mukammalashadi. “Har bir metod yoki usul o‘qituvchi tomonidan tanlab olingan dars – mashg‘ulotning effektivligini nafaqat kuchaytirib qolmasdan balki talabaningreproduktivligini oshiradi, bu o‘qituvchining o‘z odiga qo‘ygan maqsadlari sari bir qadam oldin qo‘yilganlik maqsadini ifodalaydi”
Xulosa qilarkanmiz, yuqoridagi har bir maqsadli qo‘llanilgan dars usullari o‘quvchining qaysidir mahoratini yuzaga chiqarishga yordam beradi, masalan, deduktiv va induktiv o‘rganish sohalari o‘rganuvchining ichki va tashqi bilim kunikmalarini rivojlantirib talabani kreativ fikrlash o‘rganish va tahlilash usullariga yo‘naltiradi. Demak o‘qituvchi o‘z prinsipi asosida o‘zining rejalashtrilgan dars - mashg‘ulotining maqsad-tamoyilidan kelib chiqqan holda saralab olingan metod usullarni individual yoki jamoa tarzidagi o‘quv shakliga joriy etganda umumiy jonlanish ya’ni o‘sish suratini qadamma-qadam kuchaytirib boradi. Biz pedagoglar shuni yaxshi tushunamizki ingliz tili darsida faqat bitta metod yoki usul bilan chegaralinib qolishimiz mumkin emas qaysiki talabani qiyin ahvolga solib qo‘yadigan vaziyatdir bu. O‘qituvchi – pedagog bunday bir xillik modelidan qochish va yangidan yangi kompetentlik samadorligini oshirib borish zarur. Turli xillik va moslashuvchanlik mashg‘ulotda har qanday holatda amalga oshirish uchun eng muhim xususiyatlardir. Ma’lum darajadagi majburiyat talabaning rolga kirishishb o‘ylash qobiliyatini, bosqichma bosqich o‘rganib chiqish va yakuniy xulosa berish bilan amalga oshiriladi, o‘qituvchi esa talabaning ijrosini xulosalash, baholash bilan rag‘batlantiradi. O‘qituvchi pedagogik salohiyatidan kelib chiqqan holda darsga yondashadi, o‘z ixtiyoriy prinsipi asosida metod, usul tanlaydi va joriy etadi o`quvchi esa bu protsessda mukammal ijro etishga kirishadi Hamkorlik vositasi o‘qituvchi va oquvchi o‘rtasidagi barcha zamonaviy ta’lim metodalari usullari va sermahsullik kaliti hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar o‘qitish texnikasini kuchaytiradi ayniqsa qiyoslanib o‘rgatish progresslik holatini oshiradi. Yuqorida aytib o‘tilgan metodlar yoki usullar darsga muofiqlik tarzida olib borilsa dars yakunida talabaning bilib olganlik istagi to‘la to‘kis bajarilganligi namoyon bo‘ladi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, usullar asosidagi bir butunlik mashg‘ulot har ikki ijrochilarning jamoaviy sermahsullik yondashish prinsipi hisoblanadi.
Adabiyotlar
Jalolov J. “Ingliz tilini o’qiish metodikasi” (darslik) T.- 2012
2. Hoshimov O’., Yoqubov I. “INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) T.-., Sharq Nashriyoti. 2013 3. Рахманова, М. Қ. (2020). Таълим жараёнида ўқув мунозараларини ташкил этишда ўқитувчининг педагогик маҳорати, ижодкорлиги ва фаоллиги.