Просмотр содержимого документа
«Инглиз тилини оммалаштириш»
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tuman 50-umumta'lim maktabi o'qituvchisi Nabiyeva Niginaning maktab miqyosida ingliz tili fanidan ish tajribasining ommalashganligi
"Kim chet tillarini bilmasa, u o'z tilini ham bilmaydi"
Mashhur nemis olimi Y.V.Gyote
Bugungi kunda, ingliz tili 500 milliondan ko'proq kishining asosiy muloqot tili bo'lib, yana 1 milliard 300 millionga yaqin inson uchun ikkinchi tili hisoblanadi.
Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil o'yinlar orqali o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar o'ynatib turish sinfda fanni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passiv o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi, sinfda o'quvchilar o'rtasida raqobat va jamoatdoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o'quvchilarning ustozlariga bo'lgan hurmatini oshiradi.
Quyida sizga ingliz tili darslari davomida boshlang'ich sinflarda o'qitish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi o'yinlarni taqdim etmoqchiman:
Maqsadi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish, o'rganilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish.
Vazifasi: Zamonaviy o'quv-didaktik vositalardan(IQ doska,proyektor,noutbuk) dars jarayonida samarali foydalanib ta'lim sifatini oshirish.
Categories ( Kategoriyalar)
O'quvchilar bu o'yinni bir marta o'ynaganlaridan keyin har safar yana o'ynashlarini iltimos qiladigan bo'lib qoladi:
IQ sensor doskaga noutbuk orqali 4 ustundan iborat bo'lgan kategoriyalar yoziladi (eng ko'p qo'llaniladigan kategoriyalar oziq-ovqat, kiyimlar,hayvonlar, o'yinchoqlar, tana a'zolari, raqamlar va oxirgi o'tilgan mavzulardan tanlashingiz mumkin) . O'quvchi doskaga chiqib sensor doska orqali bitta kategoriyani tanlaydi va kursor yordamida o'zi shaxsan ochib, berilgan savollarga to'g'ri javobni tanlab bosadi. Savollar test tariqasida tuzilgan bo'ladi.