Ingliz tili fanini o’qitishda interfaol usullardan foydalanishning uslubiy asoslari
Ingliz tili fanini o’qitishda interfaol usullardan foydalanishning uslubiy asoslari
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars – ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois ba’zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Ingliz tili fanini o’qitishda interfaol usullardan foydalanishning uslubiy asoslari»
Ingliz tili fanini o’qitishda interfaol usullardan foydalanishning
uslubiy asoslari
Buxoro shahar kasb-hunar
maktabi o’qituvchisi M.Ismatova
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars – ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois ba’zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o’quvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
O’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
O’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab-quvvatlash;
Amaliyot orqali o’rganish;
Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta`minlash;
O’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
O’qituvchi-o’quvchilar uchun o’quv jarayonini yengilashtiruvchi shaxs;
O’quv jarayonini baholash.
An’anaviy dars o’tishmodelida ko’proq ma'ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli – tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash rang-barang baholash usullaridan foydalanish ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
An`anaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlari
1. Kirish.
- o’tgan materialni takrorlash
- dars maqsadini tushuntirish
- dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.
2. Yangi mavzuni yoritish.
- yangi mavzuni kichik-kichik bo’lakchalarga bo’lib berish
- rang-barang misollar imkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish
- mavzudan chetlashmaslik
- materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish
- o’quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish
- teskari aloqani ta`minlash.
3. «Teta – poya» mashq.
Biror misol (yoki masalani) o’quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil qilish.
4. Yo’naltirib turiluvchi mashq.
O’quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi o’qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5. Mustaqil bajariladigan mashq.
O’quvchilar mashqni mustaqil holda o’qituvchi yordamisiz bajarishadi.
6. O’quvchilar tushunarlilik darajasini tekshirish.
7. Yakunlash
Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o’quv maqsadlarini jamlash.
O’qitishning noan`anaviy modellari
Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
- hamkorlikda o’rganish modeli
- modellashtirish
- o’rganishning tadqiqot modeli.
Bu modellar asosan o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib ularni boshqacha qilib markazda o’quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan xodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko’zda tutuvchi metod.