kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Квадрат тенгламалар

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ашатладцлу аокппооглудцд ллкщущив лкоудцд амп

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Квадрат тенгламалар»

O’QUVCHILARDA UCHRAYDIGAN NUTQIY XATO VA KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Hasanova Zulayho Jorabayevna

Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 1-maktab O’IBDO’

Murodova Dilorom Sharipjanovna

Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 1-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Nutqiy xatolarga noto'g'ri (noo'rin) tanlangan so'zlar, noto'g'ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto'g'ri ishlatish kiradi. Boshlang'ich sintlarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to'g'rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma'lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o'rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.

Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug'aviy-uslubiy, morfologik-uslubiy, sintaktik-uslubiy.

Boshlang'ich sinf o`quvchilari nutqida lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:

1. Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zni ishlatishga kam e'tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'quvchining so'z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. Agar o'qituvchi bir so'zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma'nodoshlaridan yoki shu so'z o'rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o'quvchi matnni e'tibor bilan o'qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.

2. So'zning ma'nosini yoki ma'no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma'nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so'z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.

3. Shevaga xos so'zlardan foydalanish. O'quvchilar bunday so'zlarni ota-onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta'sirida qo'llaydilar. Ularda adabiy tilda qo'llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so'zlarni ishlatmaslik ko'nikmasi hosil qilinadi.

Leksik xatolar xilma-xil bo'lgani uchun uni to'g'rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo'li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o'qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so'zlarning ma'no qirrasini tushuntirishdir.

Morfologik-uslubiy xatolarga so'z shaklini, so'z o'zgartuvchi va so'z yasovchi qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.

Sintaktik-uslubiy xatolarga so'z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto'g'ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.

Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya'ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. Inshoga tayyorgarlik vaqtida o'quvchilar kuzatish, material to'plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko'z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo'l qo'yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to'liq qamrab ololmaslik, materialni o'z o'rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko'nikmasi murakkab ko'nikma bo'lib, u o'quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.

Mantiqiy xatolar:

1.Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo'lgan so'z, ba'zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o'quvchining insho yozish vaqtidagi rihiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya'ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o'rinlar yozuvda aks etmay qoladi.

2.Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip yigiriladi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o'quvchilar matnni qayta o'qish va tahlil qilish jarayonida oson to'g'rilaydilar.

O'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o'rganish asosida nutqqa oid xatolarni to'g'rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi. Bunda quyidagilarga e`tibor beriladi:

- nutqqa oid xatolarni o'quvchilar daftarida to'g'rilash;

- sinf o'quvchilari uchun umumiy bo'lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 daqiqalik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o'quvchilarning yo'l qo'yilgan xatoni mustaqil ravishda topishiga va uni to'g'rilashiga imkon beriladi);

- ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to'g'rilash;

- yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan nutqiy xatolarning oldini olishga qaratilgan uslubiy mashqlar tizimi (o'qish va grammatika darslarida matnni til tomonidan tahlil qilish o'quvchilar yo'l qo'ygan xato ustida ishlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi);

- o'quvchilarni tuziladigan matn leksikasidan, ayrim sintaktik qurilmalardan foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya, insho, bayondan oldin uni til jihatidan mashq qilish;

- imkoni bo'lsa, grammatik mavzu o'rganilayotganda, shu mavzu xatoning oldini olish uchun asos bo'lib xizmat qilishini ko'rsatish, tushuntirish;

- o'quvchilarni yozgan insho va bayonlarini o'zlari tekshirishiga va mustaqil takomillashtirishi (,,tahrir qilish")ga maxsus o'rgatish.

Ko'rsatilgan yo'nalishlarning hammasi har bir sinf o'quvchilari uchun, ayniqsa, 3- va 4-sinf o'quvchilari uchun muvofiq keladi. Nutqiy xatolarni to'g'rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog'lab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.

O'quvchilar og'zaki va yozma nutqida yo'l qo'ygan nutqiy xatolarni o'z vaqtida to'g'rilab borish zarur. O'quvchi yo'l qo'ygan xatosining to'g'ri variantini o'zlashtirsin, imkoni bo'lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to'g'rilashning eng foydali usuli yo'l qo'ygan xatosini o'quvchining o'zi to'g'rilashi hisoblanadi, agar o'quvchi xatosini to'g'rilay olmasa, uni o'qituvchi to'g'rilaydi. Xato turiga qarab to'g'rilanadi: gap yoki so'z birikmasi qayta tuziladi, so'z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so'z qo'shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.

Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi - 20-25 daqiqasi ajratiladi. O'qituvchi o'quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o'qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo'l qo'yilgan xatoni to'g'rilash yo'li tushuntiriladi. Shundan so'ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o'qituvchi yo'l qo'yilgan xatoning bir turini to'g'rilash yuzasidan topshiriq beradi: ,,Noo'rin ishlatilgan so'zni boshqasi bilan almashtiring". Xatosi bor matnni o'qib yoki yozib beradi, o'quvchilar yo'l qo'yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so'z bilan almashtirib, uni to'g'rilaydilar va tushuntiradilar.

Ayrim o'quvchilar yo'l qo'ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo'shimcha mashg'ulot jarayonida to'g'rilanadi. O'quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo'lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya'ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to'g'rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.

Grammatikaga oid mavzuni o'rganishda o'quvchilar yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, ,,Olmosh" mavzusini o'rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so'zlar o'rnida qanday ishlatilishi o'quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar. O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bog'liq:

- so'zga e'tibor bilan munosabatda bo'lish, o'quvchilarning ko'p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to'g'ri va ifodali nutqi, ya'ni nutqiy sharoit;

- bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;

- nutq o'stirishda o'qituvchining til nazariyasiga, grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko'nikmasi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:


1. Alavutdinova N. Ona tilim–jonu dilim. Boshlang‘ich ta‘lim, -T.: 2001, 2-son, 6-7 betlar

2. Azimov E. Ona tilidan muammoli dars. Til va adabiyot ta‘limi, - T.: 1993, 3-4 qo‘shma son, 27 bet.

3. Bektashev Sh. Ona tili darslarida o‘yin usulidan foydalanish. Til va adabiyot ta‘lim, -T.: 1993, 5-6 qo‘shma son. 15-16 betlar.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Алгебра

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 8 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Квадрат тенгламалар

Автор: АБДУЛЛАЕВА МУКАДДАС СОБИРЖАНОВНА

Дата: 21.04.2020

Номер свидетельства: 547401


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства