kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tarbiyaviy soat: Islom Karimov-mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu ishda o'quvchilarning tariximizga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan ma'lumotlar keltirilgan

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tarbiyaviy soat: Islom Karimov-mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi»

2018-2019 o’quv yili





Samarqand viloyati

Xalq ta’limi boshqarmasi

Kattaqo’rg’on shahar

xalq ta’limi bo’limi

13-umumiy o’rta ta’lim maktabi

5-“B” sinf rahbari

___________________ning


2019 2020 o‘quv yili uchun



TARBIYAVIY SOATLAR

ISH REJASI VA

DARS ISHLANMALARI



























Tushuntirish xati


Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev


O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.

Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.

Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.

Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;

− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;

− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;

− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;

− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;

− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;

− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;

− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;

− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;

− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;

− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;



− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;

− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;

− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.

SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?

− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;

− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;

− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;

− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.

Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?

− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.

− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.

Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.

Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.

Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.

O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.

Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga

daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.

Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

Umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.

Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

Kun shiori:

  1. Kirish;

  2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;

  3. Yakuniy qism.

Tarbiyaviy soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.


(Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)



Tasdiqlayman:

Maktab MMIBDO: ______________________________

Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining 2018-2019 o’quv yili uchun o’quv-mavzu rejasi

5SINF

O‘tiladigan mavzular

Soat

Kalendar vaqt


O’tilgan vaqt

1.

Islom Karimov – Mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi!

1



2.

Dunyoni go’zallik qutqaradi

1



3.

Obodlik ko’ngildan boshlanadi

1



4.

Yo` l harakati qoidalariga oid bilimlarni tekshirish (Yo`l harakati qoidalari)

1



5.

Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar(1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

1



6.

Inson odobi bilan aziz

1



7.

Ona tilim - davlat tilim(O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan)

1



8.

Transport vositalarining harakati. (yo‘l harakati qoidalari)

1



9.

Mening kelajak orzuim.

1



10

Diniy ekstremizm va terrorizm - yoshlar kelajagiga tahdid

1



11.

Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz(18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

1



12.

Haydovchining ogohlantiruvchi ishoralari. (yo‘l harakati qoidalari)

1



13.

Huquqiy madaniyat – komil insonlik belgisi(8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan).

1



14.

Madhiyam faxrim mening(10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1



15.

Tartibga soluvchining ishoralari. (yo‘l harakati qoidalari)

1



16.

Yangi yilda yangi orzular!(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1



17.

Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1



18.

Mustaqilligimiz me’mori (O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan).

1



19.

Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak?

1



20.

Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi (G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).

1



21.

Vatan sog’inchi ila yashagan siymo (SHoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan)




22.

Buyuk allomalar vorislarimiz




23.

Tejamkorlik – farovonlik manbai




24.

Har doim bo‘lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1



25.

Sog’lig’ingda yugurmasang, kasalligingda yugurasan

1



26.

Navro’z – mehr-oqibatni ulug’lovchi qadriyat(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1



27.

Amir Temur – komillik namunasi(Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1



28.

Mehnat salomatlik garovi.

1



29.

Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (yo‘l harakati qoidalari)

1



30.

Tinchlik uchun kurashmoq kerak(Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1



31.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. (yo‘l harakati qoidalari)

1



32.

Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas.

1



33.

Buyuruvchi belgilar. (yo‘l harakati qoidalari)

1



34

Oltin yoz – o’tsin soz!

1





Mavzu: Islom Karimov – Mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi!

Kun shiori:

Ozod bo`lsang, ozod bo`l!

Erkin bo`lsang, erkin bo`l!

Mustaqil bo`lsang, mustaqil bo`l!

Islom Karimov

Maqsad: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalarni o’quvchilar ongiga singdirish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Mustaqillik biz uchun - davlatchiligimizni mustahkamlash, buyuk kelajagimizning poydevorini qurish,milliy ongimiz va faxrimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida munosib o`rnimizni egallashdir.”

Islom Karimov

Mashg`ulot: “Vatanni madh etuvchi” she’r bilan boshlanadi. Shoir aytganidek,

E y Vatanim, osmon bo`lsang,

Men bir yulduz erurman.

Yoki ulkan ummon bo`lsang,

Men bir tomchi suvdirman.

O`qituvchi:

  • Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O`zbekiston- mustaqil davlat. Bu o`z taqdiri va istiqbolini o`zi hal qilishdir, bu millatni ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy inqirozdan qutqarishdir: bu o`z yeriga, o`z yer osti boyliklariga egalik qilishdir, bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyoga dallollar va vositachilarsiz chiqish, xalqaro munosabatlar o`rnatish, millatlar hamdo’stligiga qo`shilishdir:

  • O`zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan.

  • “Davlat mustaqilligi haqida” gi qonunda ifoda qilingan. Prezidentimiz Islom Karimovning bu so`zlarida mustaqil davlat bo`lish bizga, yurtimizga, Vatanimizga, xalqimizga inom etgan boyliklar, qulayliklar, huquqlar, imkoniyatlar nechog`lik salmoqli, mazmunli ekanini va bizning xalq, millat, davlat, hudud sifatida ko`tarilishimiz, xalqaro miqyosga chiqishimiz, ajdodlarimizning ulug`ligini munosib ravishda davom ettirish uchun o`zimizning bor imkoniyatlarimizni sarflashimiz kerak. Ongimizdagi sho`ro tuzumi qoldirgan sarqitlarni umuman yo`q qilishimiz kerak, shunda haqiqiy mustaqillikka katta hissa qo’shamiz.

O`quvchilarga “Aqliy hujum” usuli qo`llaniladi.

Bunda har bir oquvchi o`zining mustaqil fikri bilan o`rtoqlashadi.

Savol: “Mustaqillik biz uchun…” so`zini izohlash.

O`qituvchi eng ta’sirchan va mazmunli fikrlarni bildirgan o`quvchilarni rag`batlantirib boradi.


Maktab MMIBDO’______________________ ____________________ sana______ _______ 201__yil


2-mavzu: Dunyoni go’zallik qutqaradi

  • Kun shiori: “Sog`liq – oltindan qimmat”

Vil’yam Shekpir

Maqsad: O’quvchilarni estetik qadriyatlarga yo’naltirish, ularda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, O’zbekiston tarixi va madaniyatiga muhabbat tuyg’ularini rivojlantirish orqali o’quvchilarni go’zallik qonunlari asosida yashashga o’rgatish..

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Sog`lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, imon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat, sog`lom avlodgina qura oladi”.

Islom Karimov

O`qituvchi: Oilaning sog`lomligini undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo`llab-quvvatlashi, o`zaro izzat-hurmati belgilaydi.

Atrof – muhitdagi turli omillarning (havo, tuproq , iqlim) va ishlab chiqarish faoliyatining kishi sog`lig`iga ta’siri hamda aholining hayot va mehnat sharoitlariga bo`lgan talabini ilmiy – amaliy jihatdan o`rganadi va zarur tibbiy choralarni ishlab chiqadi. Zero, atrof – muhit sog`lom bo`lmasa, insonlarning salomat yashashlari mumkin emas. Odam organizmi bilan tashqi muhit o`rtasidagi muvozanatning buzilishi aksariyat xastaliklarga sabab bo`ladi.

Inson yaratilibdiki, o`z sog`lig`ini saqlash, turli xavf – xatarlardan o`zini muhofaza qilish harakatiga tushgan. Yashash joylari va tuproqni ifloslanishdan asrash, suv manbalarini tanlash va ichimlik suvini o`ziga moslab saqlash, o`simliklar va hayvonlarni go`shtidan ovqat tayyorlash, ovqatlanish me’yorini bilish, badanni va idish – tovoqlarni toza tutish, mehnat, dam olish va uyqu tartibiga rioya qilish, yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish, bunday kasallik bilan og`riganlar bilan alohida saqlash, murdalarni ko`mish va boshqa ko`plar yumushlar uzoq yillik hayot tajribalari mevasidir.

“Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o`qimoq, o`qitmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozumdir” degan edi, Abdulla Avloniy bobomiz.

Topshiriq: “Rasmli izohlash” mashqi, bunda I-guruh- “Ozoda va obod shahrim”, II-guruh- “Sog`lom muhit” mavzusida rasm chizadilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.


Maktab MMIBDO’______________________ _______________________ sana_____ _____ 2020-yil


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Tarbiyaviy soat: Islom Karimov-mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi

Автор: Arslanova Maftuna Rinat qizi

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545324


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства