kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ta’lim jarayonida о‘qituvchining innovatsion faoliyati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Pedagogning  innovatsion  faoliyatga  tayyorgarlik  darajasi  kasbiy  malakasining eng  muhim  kо‘rsatkichiga  aylandi.  Zotan,  pedagogning  innovatsion  faoliyati ijodiy  izlanishlari,  ta’lim  shakli  va  mazmunini  takomillashtirish  yо‘lidagi  ilg‘or g‘oyalar  yaratish,  yangiliklar  kashf  etish  salohiyatini  namoyon  qiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ta’lim jarayonida о‘qituvchining innovatsion faoliyati»

TA’LIM JARAYONIDA О‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI



Buxoro shahar kasb hunar maktabi o’qituvchilari

U.M.Ismatova

Q.T.Boltayeva



Ta’lim bosqichlariga innovatsion pedagogik texnologiyalarning jadal kirib kelganligi XXI asrning tezkor axborot texnologiyalari barcha jabhalarni qamrab olganligi bilan izohlanadi. Bugungi pedagogdan о‘z kasbiy malakasini muttasil takomillashtirib borish bilan birga innovatsion pedagogik texnologiyalar yaratish, ularni ta’lim jarayonida qо‘llashga layoqatli bо‘lish talab etilmoqda. Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy malakasining eng muhim kо‘rsatkichiga aylandi. Zotan, pedagogning innovatsion faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yо‘lidagi ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida ta’lim oluvchi-ta’lim oluvchilarda ham yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga о‘z izlanishlari, ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish kо‘zda tutiladi.

“Innovatsiya” lotincha sо‘z bо‘lib, yangilanish, “yangilik” ma’nosini ifoda etadi. Innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonining shakli va mazmunini takomillashtirishga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalar yaratishni kо‘zda tutadi. Innovatsion g‘oyalar bugungi ta’lim amaliyotiga jadal kirib bormoqda. Pedagogik innovatsiyalar ta’lim sifati va samaradorligi ortishiga xizmat qiladi. Ayni damda, jamiyatdagi har qanday yangilanish jarayonlari, islohotlar mohiyati bilan uzviy bog‘liq holda rо‘y beradi. Davlat ta’lim standartlarining yangilanib borayotganligi; о‘quv-metodik adabiyotlar, darsliklar, dasturlar, ta’lim sohalariga oid klassifikatorlar mazmun-mohiyati takomillashib borayotganligi yangi-yangi pedagogik konsepsiyalarga turtki bermoqda. Bu kabi yangilanishlar pedagogik innovatsiyalarning ta’lim sohalari va uzluksiz ta’lim tizimiga jadal kirib borishini taqazo etmoqda.

Zamonaviy pedagoglarning ayni jarayonlar ichida faol ish olib borishi qator kasbiy sifatlari qatori innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini talab etmoqda. Bunday faoliyatga layoqatlilik darajasi ta’lim texnologiyasi loyihasi va uning markazidagi pedagogik g‘oyada aniq namoyon bо‘ladi. Ta’lim texnologiyasining yaratuvchisi – pedagog nazariy bilim, amaliy tajriba, ilg‘or ta’lim metodlari va usullarini qо‘llash mahoratini egallagan bо‘lsa, ta’lim sifati bilan samaradorligi kafolatlanadi. Har qanday о‘qitish texnologiyasi muayyan didaktik maqsadga yо‘naltirilar ekan, uning asosida aniq pedagogik g‘oya yotadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyatini ta’lim oluvchi shaxsini xilma-xil jihatlardan rivojlantirish g‘oyasi tashkil etgani uchun xilma-xil mavzular bо‘yicha ta’lim texnologiyalari asosida ham ayni shu g‘oya harakat qiladi. Biroq bu g‘oyani qanday shaklda, qaysi usullar yordamida va qanday qilib amalga oshirish kerak? – degan savolga har safar yangi, original javob topishga harakat qilinadi. Ana shu “javob”dan texnologiyani harakatga keltiruvchi pedagogik g‘oya mohiyati tushuniladi.

Uzluksiz ta’lim bosqichlarida ta’lim texnologiyalari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. “6x6x6”, “aqliy hujum”, “pinbord”, “kauching”, “keys-stadi”, “loyihaviy о‘qitish”, kabi о‘nlab usullar nomi barchaga tushunarli va tanish. Ta’lim amaliyotida о‘qituvchi ulardan foydalanishni rejalashtirar ekan didaktik maqsadni asos qilib oladi. Ayni damda bu maqsadni qanday amalga oshirish ustida bosh qotiradi. Muammoni yechish uchun muayyan g‘oya yaratish zarurati kelib chiqadi. Xо‘sh, didaktik maqsad aniq, uni amalga oshirish bosqichlari, ta’lim usullari belgilandi, ammo ta’lim texnologiyasi nima asosiga quriladi? “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da “G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va odamlarni maqsad sari yetaklaydigan fikr. Unda olamni bilish va о‘zgartirish maqsadlari, ularga erishish yо‘llari va vositalari mujassam bо‘ladi”– deb izohlangan. Ushbu ta’rifni pedagogik texnologiyalarga tadbiq qiladigan bо‘lsak, “ta’lim berish va о‘zlashtirish usullarini yaratish, qо‘llash, ularni yagona tizimga keltirish” ning optimal variantlarini tadqiq etish degan ta’rif kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim oluvchilar nutqini о‘stirishga yо‘naltirilgan variantlari uni ishlab chiqqan о‘qituvchipedagoglar yaratuvchilik faoliyati natijasidir. Ayni faoliyat asosida ham muayyan qarash, ta’lim samaradorligini ta’minlash haqidagi g‘oya turadi.

Texnologik jarayonda pedagogning harakat funksiyalari

Har qanday pedagogik texnologiya yо‘llovchi (yо‘naltiruvchi), bajaruvchi nazorat qiluvchi va tuzatuvchi harakatlarni birlashtiradi.

Innovatsion texnologiya asosida pedagog va talaba munosabatlarining о‘zgarish darajalari:

  • pedagog bilimni tashuvchi, yetkazuvchi emas, talabani о‘qish bilim olishda yordamchi, maslahatchi, tashkilotchi rahbarga aylanadi;

  • pedagog konstruktorlash, loyihalash, algoritmlash, sharayotida ish yuritishga о‘rganib boradi;

  • ikki tomonlama faol, ma’suliyatli, ijodkorlik asosida ish yuritish malakasi shakllanadi;

  • ta’lim oluvchi о‘zini-о‘zi о‘qitish, faol ishlashida yakka, juft, kichik guruhlarda mustaqil ishlash muhiti yordam beradi;

  • о‘quv jarayoni individuallashtiriladi;

  • ta’lim natijalari kafolatlanadi.

“Aqliy hujum”, “Muammoli ta’lim”, “6x6x6” kabi metodlar vositasida о‘qituvchi Ta’lim oluvchining qanday о‘quv topshiriqlari ustida ishlashlari yoki qanday muammoni hal qilishlari lozimligini oldindan belgilab, shu masalalar yechimini topishga yо‘llovchi savollar, kartochkalar, jadvallar tayyorlaydi. Mashg‘ulot texnologiyasini ishlab chiqadi va loyihalaydi. Ta’lim oluvchilar tayyor topshiriqlar asosida izlanishga yо‘naltiriladi, topshiriqlar tushunib olingach, faol izlanish, о‘ylash, mustaqil faoliyat bosqichiga о‘tadilar. О‘z qarorlari, hukmxulosalarini tayyorlashga kirishadilar.

Ta’lim oluvchining aniq, mо‘ljalli harakatlari о‘zlashtirilgan о‘quv materiallari, bilim, kо‘nikma va malakalarni amalda qо‘llash natijasiga aylanadi. Ayni damda, yangi malakalar ham shakllanib boradi. О‘quv harakatlari davomida ta’lim oluvchilar taqdim etilgan topshiriqlarni о‘rganish, tahlil qilish, taqqoslash, bajarish kabi qator faoliyat turlarini amalga oshiradilar. Natija esa bu harakatlar yakunidan yuzaga keladi.

O’quvchi о‘z izlanishlari, о‘quv-biluv faoliyati natijasini о‘zi baholaydi. О‘qituvchi natijalar monitoringini yuritadi, loyihalangan texnologiyaning samaradorlik darajasini nazorat qiladi, uni yanada samaraliroq bо‘lish vositalari va imkoniyatlarini belgilaydi, aniqlashtiradi hamda tashxislaydi. Texnologiyaning muayyan qismlarini takomillashtirish bо‘yicha ijodiy ish olib boradi.











FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Avliyoqulov N.X. “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari”. Toshkent.: 2001. –69 b.

2. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. – 192 b.

3. “Ta’lim samaradorligini oshirish yо‘llari” mavzusidagi seminar-trening materiallari. Trenerlar uchun qо‘llanma. / tuzuvchi mualliflar A.Nishonov, B.Haydarov, B.Nuridinov, D.Razzoqov va boshq. –T.: О‘MKHTRI, OTB О‘ZB-1737 loyihasi, 2002 yil.- 112 b.

4. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-о‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2008. – 180 b.

5. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-о‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2010. – 142 b.

6. Yо‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: RTM, 2004. – 104 b.

7. Golish L. V. “Ta’limning faol usullari: mazmuni, tanlash, amalga oshirish”. –T.: Tasis, 2001. –69 b.

8. Golish L.V. “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: mazmun, loyihalashtirish va amalga oshirish” Toshkent.: Tasis, 2001. –59 b.

9. G.N.Axunova, L.V. Golish, D.F. Fayzullayeva: “Pedagogik texnologiyalarni loyihalash va rejalashtirish” T -2009

10. L.V. Golish, X.X.Abtobxudjayeva va boshq “О‘qituvchilarning о‘quv fanlaridan ta’lim texnologiyasi, о‘quv-metodik majmua, portfoliolarini qayta ishlab chiqish hamda ularning sifatini ekspertizadan о‘tkazish” T-2016y 137b.

Internet saytlari

1. https://etutorium.ru/

2. https://paidagogos.com/

3. https://kp-muk1.edu.yar.ru/

4. http://charko.narod.ru/


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Ta’lim jarayonida о‘qituvchining innovatsion faoliyati

Автор: U.M.Ismatova Q.T.Boltayeva

Дата: 02.04.2025

Номер свидетельства: 667855


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей


ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства