kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья: TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR

Нажмите, чтобы узнать подробности

TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR  

Ma’lumki, axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida hozirgi kunda alohida kasb egallaydi. Bunda uning asosiy vositalari bo‘lgan: audio va video qurilmalar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko’z, videoproektor va nusxalash qurilmalaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья: TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR»

TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR

Husenov Sharif Abdurahmonovich

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi



Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta`lim texnologiyalarining ahamiyati to`g’risida so`z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning "O`quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarini keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko`rsatadigan o`qituvchilalarga e`tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta`lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi boshichga ko`tarish diqqatimiz markazida bo`lishi darkor" degan so`zlarini ta`kidlash o`rinlidir. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko`rinib turibdiki, ta`lim jarayoniga ta'limning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda.

Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishini kompyuter texnologiyalarisiz tassavvur qilish qiyindir, bunda u global axborot olamini tashkil qilib, inson faoliyatidagi barcha sohalarga qo’llanilib, jamiyatda axborot oqimini keng tarqalishini ta’minlamoqda. Bu jarayonning ajralmas va o’ta muhim qismi bo’lib ta’lim jarayonini kompyuterlashtirilishi hisoblanadi. Bu yangi ta’lim tizimida dunyo axborot-ta’lim olamiga kirib borishga, o’quv-tarbiya jarayonini ham nazariy ham amaliy jihatdan o’zgartirishga, o’sib kelayotgan yosh avlodni axborot jamiyatida yangicha bilim olish, yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashga keng yo’l ochib berdi. Ma’lumki, axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida hozirgi kunda alohida kasb egallaydi. Bunda uning asosiy vositalari bo‘lgan: audio va video qurilmalar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko’z, videoproektor va nusxalash qurilmalaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, qilingan tahlillar, axborot texnologiyalar asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishlarini tashkil etish, ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo`nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Kompyuterlarning imkoniyatlari kengayganligi hamda ularda turli shakldagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin bo`lganligi sababli axborot resurslarini kompyuterda tayyorlashga intilish o`tgan asrning oxirgi yillaridan boshlab jadal suratlar bilan o‘smoqda. Jumladan, elektron axborot resurslarini yaratuvchilar va ularni to`plovchilar turli imkoniyatga ega, zamon talabiga javob beruvchi dasturiy mahsulotlarini yarata boshlashdi. Hozirgi kunda Internet tarmog`iga nazar tashlasak axborot resurslarini taqdim qiluvchi turli tuman saytlarni ko`ramiz. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlari bo‘yicha elektron ta’lim resurslarining yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim hissa qo‘shmoqda. Bu vositalar axborot texnologiyalari asrida yashayotgan pedagog va o‘quvchilar uchun ulkan izlanish, muvaffaqiyat va yangi marralarni qo‘lga kiritish yo‘llarini ochishga zamin bo‘lmoqda. Shunday qilib, elektron ta’lim resurslaridan foydalanishdan asosiy maqsad yangi axborot - ta’lim uslubini shakllantirish, zamonavii axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo’llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va unumdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonavii o’quv manbalari elektron - o’quv adabiyotlarini keng qo’llash, ta’limning masofadan o’qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o’quv tizimida munosib o‘rin olishidan iborat.

Ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalarning qo’llanilishi

natijasida muhim yutuqlarga erishish mumkin, ya’ni:

-kompyuter orgqali o’quvchiga yetkaziladigan materialni zarurat bo’isa,

qayta –qayta chiqarish va takrorlash imkon yatlari bo’ladi;

-Har bir o’qituvchinig o’ziga xos darsni tushuntirish uslubiyoti mavjud.

Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish ular ichidagi samarasiz uslubiyotlarga barham beradi.

-Yangicha texnologiyalar tig’iz bilimlarni o’zida ifoda etib, unda sxemalar, rasmlar, jadvallar, grafik va diogrammalarga keng o’rin beriladi. Bu narsa yoshlar obrazli xotirasini yanada jonlantiradi va eslab qolish qobiliyatini kuchaytiradi.

-Ushbu ma’lumotlarni tashqi xotira vositalariga yozib olish va xohlagan vaqtda ulardan foydalanish mumkin.

Eng muhimi, manfaatdor auditoriya ma’lumotni bir xil sifat va tizimda olishi mumkin bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. A.Muhamadiyev. Elektron resurslar ta’limning axborot ta’minoti sifatida. // Kutubxona resurslaridan faol va ijodiy foydalanish muammolari. Betger o’qishlari – 2004 ilmiy maqolalar to’plami. 2005 г.

  2. .Sh.Razzoqov, Sh. Yo’ldoshev, U.Ibragimov “Kompyuter grafikasi” T. Talqin” 2012 y

  3. 2.Sh.A.Nazirov,F.M.NuraliyevP.Sh.Ayitmuradov “Rastr va vector grafikasi” T.”Gafur Gulom”.2007 yil

  4. 3. U.Yu.Yuldashev,R.R.Boqiyev, F.M.Zokirova “Informatika” T.”Gafur Gulom”.2002y


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья: TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR

Автор: Husenov Sharif Abdurahmonovich

Дата: 13.05.2022

Номер свидетельства: 606813


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства