kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья: ELEKTRON TA’LIM VA UNI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA TADBIQ ETISHNING SAMARADORLIGI

Нажмите, чтобы узнать подробности

ELEKTRON TA’LIM VA UNI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA TADBIQ

ETISHNING SAMARADORLIGI

 

Annotatsiya:  ushbu maqolada elektron ta’lim va uni tadbiq etishning samaradorligi haqida so’z brogan.

Kalit  so’zlar:  electron,  kundalik,  ta‘lim  texnologiyasi,  model, algoritm.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi  talim sohasida olib borilayotgan islohotlar asosn ta’lim sifatini va samaradorligini yaxshilashga qaratilgan bo’lib, bunda  asosiy e’tibor  ta’lim vositalarini yaxshilash va yangilash, zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalandan holda o’quvchilar qiziqishini  oshirish, o’quv materialini  qiziqarli, tushunarli holda yetkazishga qaratilishi kerak. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья: ELEKTRON TA’LIM VA UNI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA TADBIQ ETISHNING SAMARADORLIGI»

ELEKTRON TA’LIM VA UNI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA TADBIQ

ETISHNING SAMARADORLIGI

Muhamedova Munira Ramazonovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolada elektron ta’lim va uni tadbiq etishning samaradorligi haqida so’z brogan.

Kalit so’zlar: electron, kundalik, ta‘lim texnologiyasi, model,

algoritm.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi talim sohasida olib borilayotgan islohotlar asosn ta’lim sifatini va samaradorligini yaxshilashga qaratilgan bo’lib, bunda asosiy e’tibor ta’lim vositalarini yaxshilash va yangilash, zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalandan holda o’quvchilar qiziqishini oshirish, o’quv materialini qiziqarli, tushunarli holda yetkazishga qaratilishi kerak. Aksariyat ta’lim muassasalarida dars va o‘quv mashg‘ulotlari davomida ilg‘or multimedia texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «O‘zbekistonda elektron kitob — «Jet Book»lardan foydalanish» loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va bilim darajasini doimiy tahlil etish imkonini bermoqda. Hozirgi davrda ta‘limning elektron shakli jadal rivojlanib borayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu holat elektron ta‘lim tizimi va ko‘plab boshqa ishlab chiqarish vositalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Elektron ta‘lim tizimi foydalanuvchiga o‘quv materiallari va ulardan olingan bilimlarni test topshiriqlaridan foydalanib, tekshirish imkoniyatini taqdim etadi. Zamonaviy talablarga muvofiq, o‘quv jarayoni murakkablashib borayotgan bir vaqtda, ta‘limda o‘quv vositalaridan foydalanish o‘zlashtirishni osonlashtirib, qiziqarlilik jihatini oshirmoqda. Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda o‘quvchilarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, bunda o‘quvchilarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo‘lish i talab etiladi.

Bizning fikrimizcha, elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga

alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi:

 namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va

o‘quvchilar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;

 o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talablarni ishlab chiqish;

 animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan

oshirmaslik;

 namoyish etilib borilayotgan lavhalarning o‘quvchi tomonidan mustaqil

ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;

 o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash.

Elektron ta‘lim texnologiyasining rivoji elektron o‘qitish tizimida ta‘lim

strategiyasining tuzilishi va har bir o‘quvchi uchun o‘quv materiallarini yakka tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarni bermoqda. Shunga muvofiq ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarning o‘sishi va elektron ta‘lim tizimini amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakllandi. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta‘lim tizimi sifatini baholash uslublari o‘qish jarayoni natijalari nuqtai nazaridan, o‘qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublar umumiy bo‘lib, paydo bo‘lgan va elektron ta‘lim tizimi hayot siklining turli bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi.

Shu sababli ham elektron ta‘lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi, joriy etish va foydalanish bosqichlarini ishlab chiqish zarur. O‘qitishning barcha

xususiyatlari mujassamlangan ishlanmaning uslubi va o‘rganilayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini baholashda darajalarga ajratish tizimining ishlashi hamda o‘lchov xususiyatlarini aniqlashtirish zarurati yu zaga keladi. Mazkur qoidalar birinchi navbatda, tizim bilan uning ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zidagi o‘zgarishlarni kuzatishni talab etadi. O‘qitish modeli quyidagi: ta‘lim maqsadi haqida; o‘quv kursi doirasida

o‘rganuvchining bilimi haqida (o‘quv kursining joriy holati); nazorat savollari va vazifalar tanlovi hamda o‘quv materiallarini uzatish asoslari haqida; o‘quvchilar bilan ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zgarishi qoidalari haqida

axborotlarni jamlashi kerak. Har bir o‘rganuvchiga tizimning boshlang‘ich

sozlanishni ajratish va o‘rganuvchi bilan kelajakda ishlash uchun baza paydo qilishda ko‘plab o‘quv materiallari va tizim bilan ishlashda o‘ziga maqsad berilgan bo‘lishi zarur.

O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli mavzuning qanday izchillikda o‘rgatish va ular orasida mantiqiy bog‘liqlikni aks ettiradi. O‘quv kursini loyihalashning boshlang‘ich bosqichlarida o‘quv materialini o‘rganishni rejalashtirish uchun alohida o‘quv elementlari ishlab chiqiladi. Model tarkibi - o‘quv elementlarining mantiqiy bog‘liqligi va matritsa tartibli munosabatlarga, o‘quv elementlarini o‘rganish izchilligiga o‘quv elementlari mantiqiy aloqasi chizmasiga asoslangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Usmonov M. Interaktiv elektron o‘quv kurslar — o‘qitish faoliyatining

yangi vositasi sifatida. //”Xalq ta’limi” jurnali, 2013, 5-son.

2. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot

texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. –T.: “Fan” 2007.

3. Taylaqov N. I. Elektron darslik yaratishda qo‘yiladigan talablar. //”Xalq

ta’limi” jurnali, 2005, 2-son


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья: ELEKTRON TA’LIM VA UNI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA TADBIQ ETISHNING SAMARADORLIGI

Автор: Muhamedova Munira Ramazonovna

Дата: 07.06.2022

Номер свидетельства: 609130


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства