kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Стать: Asadova Gulrux Islomovna

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

       Chet tili o’rganishga bo’lgan talab  kundan-kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Стать: Asadova Gulrux Islomovna»

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Asadova Gulrux Islomovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi


Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

Kalit so’zlar: Chet tili, o’yin, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar, usullar, metodlar

Chet tili o’rganishga bo’lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tilini o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: − kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; − chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; − ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; − CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir.

Dars jarayonida qiyinchiliklar odatda darslar o'quvchilar uchun zerikarli bo'lganligi sababli paydo bo'ladi. O'qituvchilar va talabalar darsni tashkillashtirishda odatdagidek va an'anaviy avtoritar o'qitish bilan mashq qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Markazlashtirilgan o'quv shaklini (yoki ijtimoiy shaklni) amalga oshirish o'quvchilarning qo'liga muhim vakolatlarni beradi, ularni faollashtiradi va shu sababli ham ko'plab intizomiy qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyot:

  1. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil

  2. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева.

  3. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.

  4. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

  5. O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv qo’llanma) Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2003




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Стать: Asadova Gulrux Islomovna

Автор: Asadova Gulrux Islomovna

Дата: 10.06.2022

Номер свидетельства: 609375

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(68) "Статья: INGLIZ TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH"
    ["seo_title"] => string(58) "statia_ingliz_tili_darslarida_ogzaki_nutqni_rivojlantirish"
    ["file_id"] => string(6) "599014"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1643304601"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства