kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Подготовка к ЕГЭ

Научная статья : O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Содействие формированию толерантности, предупреждению межнациональной розни и нетерпимости

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi на узбекском языке»


O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi

Джураев Шарафиддин

Бухарский филиал Ташкентского института ирригации и инженеров механизации сельского хозяйства, Узбекистан

Факультет гидромелиорации

Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g’oyalar muhim o’rin tutadi. Shu ma’noda, insoniyat tarixi g’oyalar tarixidir.

Xo’sh, g’oya nima, nega unga bu qadar katta e’tibor va ahamiyat beriladi? Ma’lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o’z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko’zlab harakat qiladi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari mislsiz zaxmat chekkanini ko’ramiz. Suqrot va Platon, Konfutsiy va Zardo’sht, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig’idir.

Ularning har biri o’z davrida o’zi mansub xalqni birlashtiradigan ulkan ahamiyatga molik g’oyalarni yaratganlar. Bu g’oyalarga tayanib bunyodkorlik yo’lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu borada insoniyatga «o’zini anglamoq buyuk saodat» ekanligini anglatgan Suqrot ham, «xalqni yakqalam qildim», deya qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Hindiston va Pokiston ozodligi yo’liga umrini baxshida aylagan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bo’lgan ulug’ insonlardir.

Insoniyat tarixiga nazar soladigan bo’lsak qora kuchlarning moddiy boyliklar, siyosiy hokimiyat va boshqa manfaatlar uchun har davrda o’ziga xos tarzda kurashi kechganligiga guvoh bo’lamiz. Bu kurashlar dastlab qabilalar o’rtasida, keyinchalik esa davlatlar o’rtasidagi urushlarga olib keldi. XX asrga kelib insonning xohish istagi o’zining yangi bosqichiga o’tib, global darajaga ko’tarilib, butun jahon davlatlarini o’z domiga tortgan va millionlab kishilarning umriga zomin bo’lgan I va II “Jahon urushlari”ning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. 

Bugungi kunga kelib, o’zining kurash turlari va uslublarini takomillashtirib geosiyosiy o’yinlarni davom ettirayotgan qabih niyatli kimsalar endi biror-bir davlatni bosib olib, uning tabiiy boyliklariga erishish uchun avalgidek millionlab mablag’ sarflamasdan, qurol yarog’ ishlatib hujum qilayotgani yo’q. Balki, o’sha mamlakatning fuqorolari ongini zaharlab, ularni ma’naviyati, tarixi va o’zligidan ayirib, ularni manqurtga aylantirish orqali o’z maqsadlariga yetishni ko’zlamoqdalar. Shu sababli ham XXI asrni “inson ongi uchun kurash asri” deb atasak mubolag’a bo’lmaydi. Insonni boshqa maxluqlardan ajratib turuvchi ongini egallashga qaratilgan harakatlar turli xil ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda. Chunki, ongini o’g’irlatgan insonni xoxlagan kuyga solish mumkin. Bu kabilarni esa dono xalqimiz “manqurt” deb hisoblab kelgan.

Hozir esa insonni “manqurtga” aylantirishning bir necha xil yangi ko’rinish va usulublari yaratilgan bo’lib, ular allaqachon o’z samarasini bera boshladi. Inson ongi uchun kurash uslublarining takomillashishi kurash maydonlarining ham o’zgarishiga olib keldi. Endi avvalgidek biror-bir davlat hududida emas balki, OAV ning insonga nisbatan ta’sir kuchidan foydalanib, mafkuraviy poligonlar yaratildi va kibrterrorizmga asos solindi.

Internet insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunga kelib dunyo aholisining deyarli 35% (2 milliard 400 milliondan ortiq) qismi internetga ulanish imkoniga ega. Mutaxassislar tomonidan 2020 yilga borib bu ko’rsatkich 50%ni tashkil etishi aytib o’tilmoqda.

Mutaxassislarning tadqiqotlari natijasiga ko’ra hozirda internet tarmog’idagi ma’lumotlarning 70-75 %i inson uchun zarar keltiruvchi g’oyalar hisoblanadi. Afsuski bu nisbat yil sayin ortib bormoqda.Yangi poligonlarda inson ongini egallash uchun jang qilayotgan buzg’unchi g’oyalar qatoriga diniy-ekstremizm, terrorizm, missionerlik, “ommaviy madaniyat” va turli axborot xurujlarini kiritishimiz mumkin. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida dunyo siyosatchilari orasida “dunyoni kim boshqaradi?” degan savolga “Kim temir yo’lga egalik qilsa, o’sha” degan javob berilar edi. Bugun esa bu savolga “Kim axborotga egalik qilsa, o’sha” deb javob bersak mubolag’a bo’lmaydi.

Dastlab siyosiy xokimiyat vakillarini yo’q qilish yoki tinch aholi orasida vahima chiqarish maqsadida tashkil qilingan terrorizm ham vaqt o’tishi bilan o’z ko’rinishi o’zgartirib, dinni niqob qilish orqali global darajaga ko’tarildi va butun jahonni tashvishga solmoqda. Albatta, bu kabi tashkilotlar siyosatdagi “uchinchi qo’l” vakillari tomonidan tashkil qilinayotgan geosiyosiy o’yinlarda o’z rolini ijro etayotgan bir qo’g’irchoqdir. Insonni junbushga keltirishning eng samarali yo’li bu uning e’tiqodiga ta’sir qilishdir. Shu sababli ham bugungi kunda dunyoda 800 yuzdan ortiq dinni niqob qilib olgan turli diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunga kelib, turli buzg’unchi kuchlar inson ongini egallab, ulardan o’zlarining turli g’arazlari yo’lida OAV va internet orqali ta’sir etish orqali foydalanib kelishmoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozirda ekstremizmning turli ko’rinishlarini o’zida tashuvchi g’oyalar targ’iboti bilan shug’ullanuvchi 100 mingdan ortiq saytlar faoliyat olib bormoqda.

Diny-ekstremistik tashkilotlar qatorida missionerlik bilan shug’ullanuvchi turli sektalar ham inson ongini egallashda internet tarmog’idan foylanib kelmoqda. Ular o’zlarini ko’rinishidan beozor, insonlarga yordam berishni oldiga maqsad qilib qo’ygandek ko’rsatsalarda, bu buzg’unchilarning asl maqsadi butunlay boshqacha.

Internet tarmog’ining chegara bilmasligi, sun’iy yo’ldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga to’siq qo’yishning iloji yo’qligini hisobga oladigan bo’lsak, hozirgi kunda bu kabi buzg’unchi g’oyalardan aholini, xususan yoshlarni asrash uchun ularda bu kabi yot g’oyalarga qarshi ma’naviy immunitet hosil qilish, internet va OAV orqali mazkur guruhlarga asosli raddiyalar berish, sof diniy ta’limotlarni yoshlarga yetkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi.

Yoshlarni muqaddas diniy ta’limotlarimiz va qadiriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, xalq dardi bilan yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka umid ko’zi bilan boqish kabi ezgu tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz o’z burchimizni his etishimiz, ogoh bo’lishimiz, Vatanimizning kelajagi uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi на узбекском языке

Автор: Джураев Шарафиддин

Дата: 12.10.2018

Номер свидетельства: 480501

ПОЛУЧИТЕ БЕСПЛАТНО!!!
Личный сайт учителя
Получите в подарок сайт учителя


Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства