kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Maktablarda ma'naviy meroslarimiz adabiy yodgorliklarimiz timsolida o'rganilishi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ma'naviy meroslarimiz, milliy merosimiz haqida umumiy tushunch

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Maktablarda ma'naviy meroslarimiz adabiy yodgorliklarimiz timsolida o'rganilishi»

MAMLAKATIMIZDA MA'NAVIY MEROS ADABIY YODGORLIKLARIMIZDA

RAHIMKULOVA GULHAYO

Namangan viloyati Chust tuman XTBga qarashli 61-maktab ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi


Har bir millatning, har bir xalqning o’z milliy libosi va ana shu liboslarni bezab turguvchi naqshlari bo’ladi. Mamlakatimiz hududiy jihatdan ham bir nechta mintaqalarga bo’lingani kabi, har bir hududning o’z an’anaviy naqshlari bor. Masalan, vodiyda kashtalar bir muncha siyrakroq, jozibaliroq bo’lsa, Surxon vohasi kashtalari quyuq va o’ta rangdorligi bilan o’zgacha ma’no kasb etadi. Xalqimiz ma'naviyatini boyitishda xalq hunarmandchiligi turlaridan kashtachilikning muhim o`rni bor. “Kashtachilik” mehnati avlodlarimizning hayotiy tajribalaridan foydalanish, urf-odatlar, moddiy va ma'naviy meroslarini o`rganish, tarixiy, etnik, milliy, mahalliy, hududiy jihatlarini amalda qo`llab, kashtachilik sirlarini yoshlarga singdirish, noyob turlarini, yuksak badiiy nushalarini tayyorlash, ularni xalq qadriyatlari, merosimizga bo`lgan hurmatlarini oshirishga qaratilgandir.

Kashtachilik san'ati, uning tarixi, ishlatiladigan asboblar, iplar, gazlamalar, ranglar, naqshlar tanlash, naqshni ko`chirish usullari, bezak buyum turlari va ularni tikish texnologiyasi, milliy naqsh tili alifbosi, naqsh namunalarini chizish hamda kashta gul namunalari yoritilgan.

Keyingi vaqtlarda kashtachilik san'ati o`zining qiymatiga, ranglarda nazokatni chuqur his qilishga, milliy naqshlarning ayrim elementlari va kompozitsion tikilishiga talab kuchayib bormoqda. Chunki badiiy bezakka bo`lgan qiziqish tobora oshib bormoqda.

Kashtachilik hunarini qunt va tirishqoqlik bilan o`rganishingiz kerak. Tikilgan naqsh bezaklari orqali siz borliqni, go`zallikni, yaxshilikni, kishilarga tikkan kashtangiz orqali estetik zavq bag`ishlaysiz. Bular orqali siz kelajakda meros bo`lib qolgan milliy san'atimizni, an'analarimizni davom ettirib, nodir asarlar yaratib, kashtachilik san'atining xazinasiga, madaniyatimizga katta hissa qo`shgan bo`lasiz.

Ota-bobosidan meros bo’lgan kashtachilik kasbi bilan shug’ullangan yuzlab qo’li gul ustalar Buxoro amirining hashamatli saroyidagi himmatbaho zardo’zi kiyimlarni tayyorlash bilan band edilar. Buxoro zardo’zi ashyolarining deyarli hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlatilardi, faqat juda oz miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilardi. Erkaklarning zar bilan tikilgan to’n, kamzo’l, chakmon, chalvor, poyafzal, belbog’, salla, kuloh va jul faqat xonga va uning buyurtmasi yoki yaqinlari tomonidan bironta oilaviy tantana yoki bayram munosabati bilan tayyorlash buyuriladi. Hech kim, hatto eng katta amaldorlardan birontasi ham yuqorida aytib o’tilgan kiyimlardan hech birini o’ziga buyurtirishga haqi yuq edi, ular zarboft kiyimlarni amir sovga qilgandagina kiyishlari mumkin edi.

Ayollar va bolalarning zardo’zi kiyimlari faqat badavlat xonadonlarning a’zolarigagina kiyish rasm bo’lgan. Bu kiyimlarni ular bironta oilaviy tantana yoki bayram munosabati bilan kiyishgan. Boy xonadonlarning 8-10 yoshdan katta bo’lmagan o’gil bolalariga sunnat to’yi munosabati bilan zarboft to’n kiydirishgan. XIX va XX asr boshlarida, ya’ni 1785 yildan to 1920 yilgacha Buxoroda hukmronlik qilgan mangitlarning oxirgi sulolasiga taalluqli bo’lgan zardo’zi kiyimlari hozirgi kunda bizgacha etib kelgan yagona yodgorlik nusxalardir.

Mangitlarning birinchi sulolasi vakillariga mansub bo’lgan zardo’zi ashyolar bizgacha deyarli etib kelmagan. Ammo Gaydar (1800-1826 yy.) zamonidan yagona yodgorlik sifatida zardo’zi mahsi saqlanib qolgan. Mahsiga 1224 yil raqami tikilgan, bu milodning 1809-1810 yillariga to’gri keladi. Mazkur raqamning uchrashi shu paytgacha zardo’zi kiyimlarda ro’y bergan yagona holdir.

Amir Nasrullodan (1827-1860 yy.) anchagina zardo’zi kiyimlar saqlanib qolgan. Buyumlarning ko’pchiligi 1895 yildan 1911 yilgacha hukmronlik qilgan Abdulahadga mansubdir, zero Buxorolik kashtachilarning zardo’zlik san’ati shu davrda gullab yashnagan deb hisoblanadi. Buxoroda zardo’zlik 1920 yil amir taxtdan agdarilguncha rasmiy jihatdan saroy san’ati hisoblanardi. Bu shaharda tayyorlanadigan zardo’zi buyumlarning deyarli hammasini egallab olgan katta buyurtmachini yo’qotgach, tabiiyki, zardo’zlik korxonalari keskin kamayib ketdi. Zardo’zchilar hunarmandchilik ustaxonalariga birlashib, mayda buyumlar, do’ppilar va ayollarning ayrim kiyim-kechaklarini tayyorlashga kirishdilar. Zardo’z ustalar va ularning shogirdlari san’atlaridan ajoyib namunalar yaratdilar, unga yangicha mazmun, yangicha sayqal, yangicha kompozitsiya berdilar. Zardo’zlik ustaxonalariga jon deb a’zo bo’lib, tajribali usta kashtachilar ko’magida zardo’zlik san’atini tezda o’rganib oldilar. Kashtachilik san’atining tajribali ustasi, iste’dodli gulkor usta Omonjon Majidov va qo’li gul kashtachi usta Fayzullo Gaybullaevlar artel’ (uyushma)ga kelgan yoshlar, ayniqsa, ayollardan mohir kashtado’zlar yetishib chiqishida o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar.

Bunday amaliy san’at rivojlanishida ham katta ta’sir ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasi, barcha viloyatlarda xususiy ustaxonalar ochilgan, ularda ko’plab yoshlar san’at sirlarini o’rganmoqdalar, badiiy asrlar yaratmoqdalar. O’zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo’lganligi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-barangligi, geometrik va o’simliksimon naqshlar ularning kompozistion tasviri zavq olishga, tarbiyalanishga, ular orqali o’z orzu umidlarini, muhabbatlarini xalqqa izhor etishga chorlaydi. Asrlar davomida orttirgan madaniy boyligimiz, xalq amaliy san’ati turlari ayniqsa, kandakorlik san’atida naqsh turlari, maktablari va ularning o’ziga xos tomonlari, ishlash texnologiyasi hamda buyumlarga mos naqsh kompozitsiyalar tuzish va uni bezash usullari etarli darajada chuqur o’rganilmagan deb hisoblaymiz. Shuning uchun xalqimizning asrlar bo’yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan amaliy san’atini ko’z qorachigidek saqlash, qadrlash va ulardan foydalanish hozirgi davrimizning eng muxim vazifalaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish”. Toshkent -2008.

2. “Tafakkur gulshani”, Toshkent-1989.

3. F.Karimov va boshqalar “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish”. Toshkent-2003.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Maktablarda ma'naviy meroslarimiz adabiy yodgorliklarimiz timsolida o'rganilishi

Автор: RAKHIMKULOVA GULHAYO

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546377


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства